Telegram Web Link
Live stream finished (1 hour)
Mutatsiya
hujayra.uz
Bugungi mutatsiya, uning xillari, yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar va oqibatlari haqidagi suhbatimizning audiosi

Audiochatda qatnashgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

@hujayrauz
Otalikni DNK testi orqali aniqlash mumkin.

Quyidagi rasmda ona, bola va uchta ehtimoliy ota DNK sining solishtirma holati keltirilgan. Odatda bolaning DNK profayli ona va ota DNK kombinatsiyasidan tashkil topadi.

Rasmga qarab bolaning otasi kim ekanligini topa olasizmi?

@hujayrauz
Bu yerda to‘g‘ri javob 1-ehtimoliy ota bolaning otasi hisoblanadi. Ko‘pchilik buni juda osonlik bilan topa oldi. Qoyil 👏.

@hujayrauz
Sizlarga yana bir rasmli savol.

Mana bu qo‘lda turgan narsa nima bo‘lishi mumkin?

@hujayrauz
Kechadan beri ushbu rasmdagi narsaning nimaligi to‘g‘risida turli xil variantlar ilgari surildi. Baxtimizga ular orasida to‘g‘ri javob ham ko‘p bo‘ldi.

Bu Avstraliya qirg‘oqlarida yashovchi Port Jekson akulasi (Heterodontus portusjacksoni)ning tuxumi edi.

@hujayrauz
"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursiga marhamat!

Shu nomli kursimni yana qayta tashkil etish bo‘yicha juda ko‘p so‘rov olmoqdaman. Mazkur kursni yana bir bor tashkil etishga qaror qildim.

👨‍🎓Kurs kimlar uchun:
Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi
- magistrlar;
- doktorantlar;
- mustaqil ilmiy tadqiqotchilar.

Kursda nimalar o'rgatiladi?
👉 Tadqiqot gipotezasini shakllantirish, tadqiqotni tashkil etish;
👉 Xalqaro IMRAD yo'nalishidagi maqolaning tarkibiy qismlari bilan tanishish;
👉 Maqolaning "Kirish" (Introduction) qismini qanday yozish kerak, u nima bilan boshlanib nima bilan tugaydi?
👉 Maqolaning "Material va metodika" (Materials and Methods) qismi nimalardan tashkil topgan bo'lishi lozim?
👉 Maqolaning "Natijalar" (Results) qismiga aynan nimalarni yozish lozim, mana shu bo'limda eng ko'p yo'l qo'yiladigan xatoliklar.
👉 Maqolaning "Muhokama" (Discussion) qismi nima va nima uchun muhim?
👉 Scopus va WOS tarkibidagi jurnallar ichidan maqola uchun munosib jurnal qanday saralanadi?
👉 Xalqaro darajadagi mashhur va tekin (!) jurnallarga maqola qanday yuboriladi?
👉 Maqolani yuborayotganda tadqiqotchilar yo'l qo'yadigan eng ko'p uchraydigan xatoliklar nimalardan iborat?
👉 Maqola taqrizi (Peer Review) nima va u nima uchun muhim?
👉 Taqrizlangan va taqrizlanmagan maqolaning farqi nima?
👉 Impakt faktor (IF) nima, soxta impakt faktorlarni qanday aniqlash mumkin?
👉 OAK jurnallari uchun maqola tayyorlash usullari.
👉 "Yirtqich nashrlar" nima va ulardan nega saqlanish lozim?

💻 Kurs qayerda bo'lib o'tadi?
- ZOOM platformasida
- Telegramda yopiq guruhda muhokama

👨‍🏫 Kurs hajmi qancha?
- kurs jami 8 ta darsdan iborat. Har bir dars 1,5 soatdan. Darslar haftada ikki marotaba bo‘lib o‘tadi.

💵 Kurs to'lovi qancha?
- 1 mln so'm

💼 Kursga necha kishi qabul qilinadi?
- 8-10 kishi, ortiqcha odam qabul qilinmaydi. Talabgorlar ko'p bo'lsa alohida guruh tashkil etiladi. Boisi kurs davomida har bir ishtirokchi bilan mustaqil ishlanadi. Darsda qatnashayotgan ishtirokchi dars davomida bevosita o'z maqolasini yozib, darsda o'rgatilayotgan bilimlarni amalda qo'llaydi.

📆 Kurs qachon boshlanadi?
- 2024-yil 5-yanvar kuni boshlanadi. Agar 8-10 kishi bu muddatdan avvalroq yoki keyinroq yig'ilsa boshlanish vaqti o'zgartirilishi mumkin.

Yana qanday qo'shimchalar mavjud?
- kurs yakunlangach kursda ishtirok etganlarning har biri bilan alohida yakka tartibda 2 soatlik amaliy dars o'tkaziladi. Bu dars ixtiyoriy. Ushbu dars uchun alohida to'lov qilinadi. Bunda o'sha ishtirokchining kurs davomida olgan bilimlari asosida yozgan maqolasi birgalikda tahrirlanadi, xalqaro darajadagi maqola yozish talablari bo'yicha shakllantiriladi.

Kursga qatnashishni istovchilar quyidagi manzilga yozishi mumkin:
- @hujayrauz_bot

@hujayrauz
Ushbu kanalni roppa rosa 6 yil avval yanvar oyi boshida ochgan edim. Bu kanal orqali biologiya va uning turli sohalariga oid shu vaqtgacha uch mingdan ortiq maqola va ma'lumotlar yozildi. Ko'plab tanishlar, do'stlar, hammaslak biolog qadrdonlar bilan tanishdim. Eng muhimi kanalga material tayyorlash davomida biologiyaning o'zim bilmagan juda ham ko'plab yo'nalishlaridagi bilimlarimni oshirdim. Shu bois ham kanal va uning obunachilari men uchun juda ham qadrli.

Tan olaman, o'tgan yil hujayrauz faoliyatida eng kam ijod qilgan yilim bo'ldi. Yozgan umumiy postlarim soni 200 taga ham yetmabdi. Vaholanki 2020-yilda ular mingtaga yetgan edi. Mayli, har ishda xayr bor. Alloh nasib qilgan kungacha ushbu kanal orqali sizlar bilan biologiyaning bir-biridan ajoyib qirralarini kashf etishda davom etamiz.

Kirib kelayotgan yangi yil barchamizga muborak bo'lsin!

Sizning hujayrauz'ingiz 😊
Maqola strukturasining xalqaro amal qilinadigan IMRAD yo'nalishi mavjud. Yuqoridagi tasvirda shunday strukturali maqolaning skeleti keltirib o'tilgan.

Istalgan xalqaro jurnalga maqola yuborayotganingizda sizdan tadqiqot maqolangiz aynan shu struktura asosida yozilgan bo'lishi so'raladi.

Bizning "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" pulli kursimizda ushbu strukturaning har bir qismini batafsil o'rganish imkoniyati sizda mavjud. Kurs 5-yanvar kuni boshlanishi kutilmoqda. Sanoqli joylar qoldi. Batafsil ma'lumotni 👉 bu yerda 👈 o'qiysiz.

Kursga yozilish uchun:
@hujayrauz_bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu animatsiyada Golji majmuasining umumiy faoliyati tasvirlangan. Pastdagi endoplazmatik to‘rdan birlamchi ishlangan moddalarni qabul qilib, ularni qayta ishlamoqda. Undan ajralayotganlar esa vezikulalar - bo‘lajak lizosomalar.

Manba: Smart Biology

@hujayrauz
Kirib kelayotgan yangi 2024-yil barchamizga muborak bo‘lsin! Yangi yilda ezgu amallarimiz 2023-yildagiganda ko‘p bo‘lishini tilayman!
🎉🎉🎉
FarDU - Biologiyadan xalqaro konferensiya to'plami.pdf
13.5 MB
Esingizda bo'lsa Farg‘ona davlat univetsitetida 2023-yil 29-30-noyabr kuni "Biologik tadqiqotlarda zamonaviy yondoshuvlarning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tgan edi. Sizlarga mana shu konferensiyaning materiallar to'plamini taqdim qilaman.

Fursatdan foydalanib konferensiyada ishtirok etgan barcha biologlarga FarDU Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi a'zolari nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman.

@hujayrauz
hujayra.uz
"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursiga marhamat! Shu nomli kursimni yana qayta tashkil etish bo‘yicha juda ko‘p so‘rov olmoqdaman. Mazkur kursni yana bir bor tashkil etishga qaror qildim. 👨‍🎓Kurs kimlar uchun: Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi - magistrlar;…
Kichik e'lon!

"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizning birinchi guruhi deyarli to'ldi. Kim bot orqali ro'yxatdan o'tgan bo'lsayu, lekin hamon unga kursning yopiq guruhi linki yuborilmagan bo'lsa, iltimos, botdan yana bir karra yozsangiz.

Guruhda yana 2 kishiga joy bor. Kursda ishtirok etmoqchi bo'lgan magistrant, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar @hujayrauz_bot orqali bog'lanishlari mumkin.

Bakalavr talabalar uchun va'da qilganimdek oy oxirida hamyonbop narxda alohida kichik kurs o'tkazamiz.

UPD: birinchi guruh to'ldi. Yana o'qiydiganlar bo'lsa ular uchun alohida guruh tashkil qilamiz.

@hujayrauz
Azamatlarim bilan Farg‘ona viloyati zovurlaridagi ixtiokompleksning shakllanish mexanizmlarini tadqiq etmoqdamiz. Bugun Farg‘ona shahri yaqinidagi zovurlarni ko‘rdik. Jami 5 ta baliq turi qayd etdik: Gambusia holbrooki, Pseudorasbora parva, Micropercops sinctus, Abbottina rivularis, Triplophysa strauchii. Afsus, birorta mahalliy tur qayd etilmadi. Faqat invaziv turlar.

Rasmda Micropercops sinctus tasvirlangan.

P.S. qahramonlarni ham tanib olinglar (chapdan o‘ngga): doktorant Obbosxon A'zamov, magistrant Murodjon Raxmonov va bakalavr Bahodirjon Nazirov.

@hujayrauz
Hurmatli biolog bilimdonlar, ushbu rasmdagi (x40 kattalashtirilingan) ikkita obyekt nima ekanligini toping.

@hujayrauz
Qoyil, ko‘pchilik biologlar rasmdagi obyektni juda to‘g‘ri topishdi. Bu chindan ham lola bargidagi barg‘ og‘izchalarining mikroskop ostidagi ko‘rinishi edi.
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 6-fevral kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 775 valid baliq turi mavjud. 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 41 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda yanvar oyi so'ngida Janubiy Xitoy dengizidan kashf etilgan tikanli akulalar (Squaliformes) turkumi qora tikanli akulalar (Etmopteridae) oilasiga mansub Etmopterus lii balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro The Raffles Bulletin of Zoology jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz
Vanihoyat bugun "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" deb nomlagan kursimizning ikkinchi guruhi bilan kursni tamomladik.

10 kishidan iborat bo'lgan jamoada ilmiy maqola yozish bilan bog'liq juda ham ko'plab jihatlar - ilmiy maqola strukturasi, maqola yozishdagi qoidalar, maqolaga nom tayyorlashdan tortib to uning adabiyotlar ro'yxatini tuzishgacha bo'lgan kichik detallar haqida o'rgandik. Shu bilan birga ilmiy maqola uchun jurnal topish, ularni saralash, maqolalarni yuborish, "musor" jurnallar, ulardan himoyalanish va bu borada amal qilishini kerak bo'lgan qoidalarni ko'rib chiqdik. Eng muhimi kurs ishtirokchilari bilan har ilmiy tadqiqotchi amal qilishi kerak bo'lgan ko'plab ilmiy etika qoidalarini o'rgandik.

Umid qilaman, ushbu kursda qatnashgan 10 nafar yosh tadqiqotchilar o'rgangan bilimlaridan o'zlarining ilmiy faoliyatlarida keng foydalanadilar.

Ilmiy maqola yozish bo'yicha kursimizni to'xtatmaymiz. Yangi guruh tuzilishi allaqachon boshlangan. Kursda qatnashmoqchi bo'lganlar @hujayrauz_bot ga murojaat qilishlaringiz mumkin.

Bu qanday kurs o'zi degan savollarga 👉 bu yerda 👈 javob olasiz.

@hujayrauz
Yanvar boshida ilmiy maqola yozish kursiga yozilgan, to‘lov qilgan, lekin ikkinchi guruhga ulgurmagan tadqiqotchilar, iltimos, menga qaytadan aloqaga chiqsangiz. Katta rahmat!
2024/06/17 18:24:13
Back to Top
HTML Embed Code: