Telegram Web Link
Bugungi So‘x ekspeditsiyasida qo‘lga kiritilgan eng katta yangilik bu So‘x daryosining o‘rta oqimidan Turkiston qumbalig‘i (Gobio lepidolaemus)ning qayd etilgani bo‘ldi. Shu bilan daryo ixtiofaunasi to‘rt turdan iborat bo‘ldi.

Ekspeditsiyada men bilan birga FarDUdan tadqiqotchilar Dr. Yorqinoy Qayumova, doktorantlar Obbosxon Azamov, Sultonbek G‘ulomov, magistrant Murodjon Raxmonov hamda bakalavr Hayotjon Hakimjonov qatnashdi.

@hujayrauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Baliqlar ko'payish ekologiyasi bilan bog'liq bir-biridan qiziq holatlar mavjud. Shulardan biri Janubiy Amerika suv havzalarida keng tarqalgan xarasisimonlar turkumi vakili Copella arnoldi hisoblanadi.

Ular yosh avlodlarini suvdagi dushmanlardan muhofaza qilish maqsadida tuxumlarini suvdan tashqariga - daraxt barglariga qo'yadi. Bunda erkak va urg'ochi baliqlar suvdan sinxron tarzda sakrab suv yuzasidagi daraxt barglariga yopishib olishadi. Urg'ochi baliq tuxum qo'yadi va o'sha zahoti erkak baliq ularni urug'lantiradi. 3-5 soniyadan keyin har ikki baliq suvga tushadi. Keyinchalik erkak baliq tuxumlar qurib qolmasligi uchun ularga dumi bilan suv sepib turadi.

Ikki-uch kunda tuxumlardan mayda ikralar rivojlanadi va ular suvga tushib o'z rivojlanish hayotini davom ettiradi.

@hujayrauz
Rekordchi baliqlar

Ayrim baliq turlari tez suzishda uncha-muncha kemalarni ortda qoldiradi. Bugun mana shunday rekordchi baliqlar bilan tanishamiz:

🐠 yo'lbars akula - 32 km/soat

🐠 uchar baliqlar - 56,5 km/soat

🐠 yo'l-yo'l marlin - 81 km/soat

🐠 qilichbaliq - 97 km/soat

🐠 yelkan baliq - 110 km/soat

Solishtirish uchun

🚢 Titanik - 42 km/soat

@hujayrauz
Kuni kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 11-may kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 863 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 2-aprel kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 40 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 84 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 149 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda aprel oyi so'ngida Xitoyning Guizhou provinsiyasi Bayan qishlog'idan kashf etilgan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi daryo yalangbaliqlari (Nemacheilidae) oilasiga mansub g'or yalangbaliqlarining yangi turi Karstsinnectes cehengensis balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zoological Systematics jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz
🚩🚩🚩🚩🚩🚩

Hozirda FarDUda "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini oflayn tarzda o'tmoqdaman. Lekin mazkur kursni onlayn ham tashkil qiling degan takliflar bo'lmoqda. Kurs tabiiy fanlar yo'nalishidagi magistrant, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan. Kurs haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Onlayn kursda ishtirok etish istagidagi bo'lganlar menga @hujayrauz_bot orqali yozsangiz, iltimos. Ko'ramiz, kurs yig'iladigan bo'lsa albatta onlayn tarzda ham tashkil qilamiz.

Kurs haqida batafsil ➡️bu yerda o'qing
Murojaat uchun: @hujayrauz_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun shogirdlarim bilan Isfayramsoy daryosining quyi oqimini tadqiq etgani chiqdik. Daryoning quyi oqimi vodiydagi boshqa kichik daryolarga nisbatan turlar soni nisbatan ko‘pligi bilan farq qildi. Birgina quyi oqimning o‘zidan 11 turdagi baliqni qayd etdik. Qiziq tomoni shuncha turning atigi 3 tasigina mahalliy turlar bo‘lib, qolganlari invaziv turlar ekanligi aniqlandi.

Rasmda Isfayramsoydan qayd etilgan mahalliy tur - qora baliq (Schizothorax eurystomus) ifodalangan.

Rasmda magistant shogirdlarim Murodjon Raxmonov (chapda) va Sharofiddin Xalimov (o‘ngda).

@hujayrauz
Qadrli vodiylik biolog ustozlar, orangizda 3-6-iyun kunlari Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi malaka oshirish mintaqaviy markaziga malaka oshirish kursiga kelayotganlar bormi?

Men 3-4-iyun kunlari mana shu malaka oshirish tinglovchilariga ma'ruza o‘qigani kiryapman. Albatta ma'ruza mavzulari ma'lum, lekin sizlar uchun nimalar qiziq, shu haqida yozsangizlar, men ma'ruzamni shunga qarab moslashtirar edim.

Xudo xohlasa, dushanba kuni 09:30 da ko‘rishamiz.
Forwarded from BIOLOGIYA | RASMIY (Mirmuhsin Mahmudov)
Assalomu alaykum xurmatli abituriyentlar❗️

2024 yil iyun oyida biologiya faniga doir masalarni va "GENETIKA" darslarini (0) noldan boshlab to'liq o'rganamiz. Darslarimiz biolog abituriyentlar uchun mutlaqo bepul kelishingiz mumkin. Qaysi markazda o'qishingizdan qat'iy nazar hatto sizga ham.

❗️Darslarimiz B.Sheraliyevni "Biologiya va genetikadan masalalar" nomli qo'llanmasi asosida olib boriladi.

Ushbu habarni yaqinlaringizga ulashing. Joylar soni ko'p emas❗️

Bogʻlanish uchun 👉 @biomuallim

Manzilimiz: Farg'ona shahar Burhoniddin al-Marg‘iloniy ko‘chasi 30-uy

👉 @Uz_Biologiya
So‘nggi ikki kun davomida Farg‘ona vodiysidan kelgan akademik litseyning biologiya fani ustozlari bilan malaka oshirish kursini birgalikda o‘tkazdik. Anchadan beri bunday maza qilib ma'ruza o‘qimagan edim. O‘qituvchilar shunchaki 🔥🔥🔥

Ustozlar, ma'ruzalarda faol qatnashganlaringiz uchun barchangizga katta rahmat! Sizlar o‘qitayotgan o‘quvchilardan hali katta-katta biolog olimlar yetishib chiqishiga ishonaman.

P.S. Birga tushgan rasmlarimizni menga ham yuboringlar, uydagilar maqtanaman 😊

@hujayrauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahrida 9-14-iyun kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Olimpiadada 20 ga yaqin xorijiy davlatlarning terma jamoalari kuch bellashadi. Kamina ushbu olimpiadada hakam sifatida ishtirok etadi. Barcha ishtirokchilarga, ayniqsa milliy terma jamoamizga omad yor bo‘lishini tilayman!

Buxoroda ko‘rishguncha azizlar!

@hujayrauz
Vanihoyat kecha qadimiy va navqiron Buxoro shahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasining ochilish marosimini chiroyli qilib o‘tkazib oldik. Tadbir juda ham chiroyli bo‘ldi. Unda 18 ta davlatdan 120 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

Bugun olimpiadaning birinchi nazariy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. O‘quvchilar hujayra biologiyasi, biokimyo, molekulyar biologiya, o‘simliklar anatomiyasi va fiziologiyasi, hayvonlar anatomiyasi va fiziologiyasi, genetika, evolyutsiya, ekologiya va etologiya kabi biologiyaning turli sohalaridan nazariy savollarga javob beradilar.

Ertaga olimpiadaning ikkinchi amaliy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

@hujayrauz
Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasining birinchi nazariy bosqichini chiroyli tarzda yakunlab oldik. O'zi ham guruh rahbarlari hamda hakamlar jamoasi kecha kechki payt soat 10 da ish boshlashganicha tuni bilan uxlashmadi. Endi ozgina dam olinadi va ertagalik amaliy bosqich uchun tayyorgarlik boshlanadi.

Kamina ertagalik amaliy bosqichga mas'ul hisoblanadi va hozir shunga hozirlanmoqdaman. Jarayon o'tib olsin, olimpiada uchun qanday amaliy topshiriq tayyorlaganim haqida batafsil aytib beraman.

@hujayrauz
Allohga shukur Xalqaro biologiya olimpiadasining so‘nggi bosqichini ham hozirgina yakunlab oldik.

Ikkinchi amaliy bosqichda men zoologiya fanini tanlagan edim. Bunda o‘quvchilar ularga taqdim etilgan baliq namunalari asosida ularning turini aniqlashlari, shundan so‘ng ushbu turlarning morfologik va meristik belgilarini topishlari hamda COI geni asosida berilgan genetik farqlari asosida ushbu turlarning filogenetik daraxtini chizishlari lozim edi (ixtiolog yana qanaqa topshiriq berar edi, albatta baliq haqida topshiriq beradi-da 😄).

Endi navbat o‘quvchilarning ishlarini baholashga. Undan avval esa uxlab olish kerak, chunki kecha tuni bilan savollarning tarjimasi qilindi hamda imtihonga materiallar tayyorlandi.

P.S. Xalqaro olimpiadada savollar odatda ingliz tilida tayyorlanadi. Shundan so‘ng ishtirokchilarning guruh rahbarlari imtihondan bir kun avval tunda savollarni olishadi va o‘z tillariga tarjima qilishadi. Tarjima vaqtida ular o‘quvchilari bilan aloqaga chiqishlari cheklanadi. Imtihon tugagachgina o‘quvchilari bilan ko‘rishadilar.

@hujayrauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizlar uchun olimpiadaning amaliy qismidan video lavha olganman. Bu yerda o‘quvchilar aniqlagich yordamida o‘zlariga berilgan baliq namunalarini tur darajasida aniqlashmoqda.

@hujayrauz
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 11-iyun kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 867 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 11-may kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 31 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 4 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 177 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda may oyi so'ngida Tinch okeanning shimoliy-g'arbiy qismidan kashf etilgan ximeralar (Chimaeriformes) turkumiga mansub yangi tur Chimaera stellata balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Ichthyological Research jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz
Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun uning yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgina medallarni topshirdik.

To‘rt davlat - Rossiya (5 ta), O‘zbekiston (3 ta), Xitoy (1 ta), Belarus (1 ta) o‘quvchilari oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Qo‘shimcha tarzda shuni aytishim mumkinki, milliy terma jamoamiz kumush va bronza medallarni ham qo‘lga kiritishdi.

Farg‘onaga qaytib olay, olimpiada haqida imkon qadar batafsil yozaman. Kanalga savollaridan namunalar qo‘yaman.

@hujayrauz
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, aziz dindoshlar!

Barchangizga sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, uzoq va mazmunli umr tilayman. Alloh mana shunday ulug‘ ayyomlarning ko‘pini birgalikda nishonlashni nasib qilsin!

@hujayrauz
2024/06/17 18:17:48
Back to Top
HTML Embed Code: