Farg‘onalik botaniklarga taklif!

Farg‘ona shahrida 40 gektar maydonda Farg‘ona san'at saroyi va uning bog‘i tashkil etilgan. Har gal bog‘ni aylanar ekanman bog‘dagi o‘simliklarni kuzataman. Bog‘ xodimlari tomonidan ekib parvarishlanayotgan manzarali daraxt va butalar o‘z yo‘liga, lekin bog‘dagi turli o‘tsimon o‘simliklarni alohida tadqiq etsa bo‘ladi.

Bizda negadir ilmiy tadqiqot mavzusini juda ideallashtirishga harakat qilishadi. Aslida o‘z atrofimizni tadqiq etishga e'tibor qaratsak ko‘proq yangilik qilgan bo‘lar edik. Men shu bog‘dan kamida 50 turdagi o‘tsimon o‘simlikni sanadim, oilalar soni ham 15 tadan kam emas. Murakkabguldoshlardan tortib ziradoshlar, ayiqtovontoshlar vakillarigacha uchraydi. Yer bag‘irlab o‘sadigan archalar, bir necha o‘n turdagi bug‘doydoshlar o‘sib yotibdi.

Urbanoflora tarkibining shakllanishini o‘rganishda Farg‘ona san'at saroyi bog‘i eng qulay obyekt bo‘la oladi. Fikrimcha bog‘ florasidan bemalol bitta PhD va kamida 3-4 ta MSc dissertatsiyasi tayyorlasa bo‘ladi.

@hujayrauz
25-aprel Xalqaro DNK kuni

Bundan 71 yil muqaddam 1953-yil 25-aprelda Jeyms Uotson, Frensis Krik, Moris Uilkins, Rozalind Franklinlarning DNK molekulasi haqidagi uchta (1, 2, 3) maqolalari Nature jurnalida chop qilinadi.

2003-yilda "Inson genomi loyihasi" (Human Genome Project) tomonidan ushbu kunni butun dunyoda "Xalqaro DNK kuni" sifatida nishonlash taklif qilinadi va mana 21 yildan beri bu kun nishonlab kelinmoqda.

DNK kuni muborak, hurmatli biologlar 😊👨‍🔬🧬

@hujayrauz
​​​​25-aprel Xalqaro pingvinlar kuni

Ha, bugun nafaqat DNK kuni, shu bilan birga Xalqaro pingvinlar kuni hamdir. Pingvinlar pingvinsimonlar (Sphenisciformes) turkumi pingvinlar (Spheniscidae) oilasi 6 ta urug'ga mansub 17-20 ta turdan (ayrim turlarning taksonomiyasi bahsli, shunday bo'lsa-da BirdLife International tashkiloti ularning 18 ta turi mavjud deb ko'rsatgan) iborat uchmaydigan qushlardir.

Pingvinlarning deyarli barcha turi janubiy yarimsharda yashaydi, faqatgina bitta turi - Galapagos pingvini (Spheniscus mendiculus) ekvator yaqinida Galapagos orollarida uchraydi. Hozirgi mavjud pingvinlar orasida eng yirigi imperator pingvini (Aptenodytes forsteri) bo'lib, voyaga yetgan vakilining bo'yi 1,1 metrgacha, og'irligi 35 kg gacha yetadi. Eng kichik pingvin esa mitti moviy pingvin (Eudyptula minor) bo'lib, uning bo'yi 33 sm gacha, og'irligi 1 kg gacha yetadi.

Pingvinlar koloniya bo'lib yashaydi. Tana tuzilishi yashash sharoitiga moslashgan. Terisi ostidagi 2-3 sm qalinlikda yog' qatlami hamda uning ustidagi uch qavatli suv o'tkazmaydigan patlari uni kuchli sovuqdan himoya qiladi. Barcha turlari suvga juda yaxshi sho'ng'iydi va suzadi. Asosan suvdagi baliqlar bilan oziqlanadi.

Pingvinlar 18 ta turining 16 tasi shu bu kungacha Xalqaro Qizil kitobning mutaxassislari tomonidan o'rganilgan va baholangan (ya'ni Qizil kitobga kiritilgan).

@hujayrauz
Bugun xalqaro DNK va pingvinlar kuni. Shu bilan birga bugun yana bir kun nishonlanadi? Nima deb o‘ylaysiz, u qanday kun?

P.S. Yordam sifatida aytaman, u odamning birinchi raqamli dushmani. 2021-yilda u sabab 619 ming odam halok bo‘lgan.
Anonymous Quiz
38%
Xalqaro viruslarga qarshi kurashish kuni
19%
Xalqaro mashinasiz yurish kuni
24%
Xalqaro bezgakka qarshi kurashish kuni
20%
Xalqaro GMO mahsulotlari kuni
hujayra.uz pinned «🚩🚩🚩🚩🚩🚩 Vanihoyat va'da qilingan kichik kurs! "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursi haqida e'lon berganimda, kurs magistr, doktorant va mustaqil ilmiy tadqiqotchilar uchun deb aytgan edim. Lekin shunga qaramay bakalavrda o'qiydigan juda ko'plab uka-singillarimiz…»
Kichik bildirish!

FarDUda o'qiyotgan talabalar uchun!

Ertaga kechga xudo xohlasa "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" bir martalik kursini o'tkazamiz. Lekin menga FarDUda o'qiydigan ayrim talabalarimiz oy yakuni bo'lgani bois kursga qatnashish uchun moliyaviy tomondan qiynalib turishganini, keyingi oy hisobidan to'lov qilsak bo'ladimi deb yozishmoqda.

Albatta bo'ladi. Agar hozir kurs to'loviga pulingiz bo'lmasa kelasi oy to'lasangiz ham bo'ladi. Bemalol xijolat bo'lmasdan @hujayrauz_bot ga yozing.

P.S. Bu imkoniyat hozircha faqat FarDU talabalari uchun.

FarDUdan murojaat qilayotgan talabalar, o'zingizning ism-sharifingiz va qaysi yo'nalish, kursda o'qishingiz haqida yozing.
Hozirgina antiqa bir maqolani o‘qib qoldim. U yerda yozilishicha, o‘rta yoshlilarda marixuana iste'moli va epigenetik o‘zgarishlar orasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligi qayd etilgan.

Genomika kursini o‘qigan biologlar biladiki, genomdagi nukleotidlar ketma-ketligini o‘zgartirmagan holda kelib chiqadigan fenotipik o‘zgarishlar aynan epigenetik o‘zgarishlar deyiladi. Bu DNK yoki giston oqsillarining metillanishi hisobiga yuzaga keladi. Epigenetika hali juda yosh soha bo‘lib, insoniyat oldida turgan ko‘plab genetik savollar javob berishi kutilmoqda.

AQSh kabi davlatlarda marixuana iste'moli qonuniylashgan bo‘lib, uni do‘kon yoki dorixonalardan sotib olishingiz mumkin. AQShdagi aholining 49%i umrida kamida bir marotaba bo‘lsa ham marixuana iste'mol qilgan. Olimlar hozirgacha uning odam salomatligiga ta'siri haqida to‘la ma'lumotga ega emasligimizni aytishadi. Yuqorida men o‘qigan maqola kabi tadqiqotlar mana shu yo‘ldagi navbatdagi qadam hisoblanadi.

To‘g‘ri, marixuana og‘riq qoldirishda foyda berishi mumkin, lekin uning ziyon keltirish ehtimolini ham istisno qilmaslik kerak. Shaxsan meni xursand qiladigani, yaxshi ham bizda marixuana qonunan taqiqlangan.

@hujayrauz
🚩🚩🚩🚩🚩🚩

Hurmatli bakalavriatura o‘qiyotgan uka-singillarim, bugun kechga soat 19:00 da "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" deb nomlangan bir martalik kursimizni o‘tkazamiz.

Agar hamon kursga yozilmagan bo‘lsangiz sizda hali imkon bor.

Kurs haqida 👉 bu yerda 👈 batafsil yozilgan.

@hujayrauz_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kursimiz boshlanishiga bir soatdan kamroq vaqt qoldi.

Shoshiling!!!
🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩

Bakalavrlar uchun tashkil qilgan qisqa kursimizni hozirgina tugatdik. O'ylaymanki kursda ishtirok etganlar o'zlari uchun qiziqarli hamda kerakli bo'lgan ma'lumotlarni qo'lga kiritishdi. Va eng asosiy umidim ushbu yoshlar ilmiy tadqiqotga qadam qo'yar ekan, bugungi kursda o'rganganlarini faol qo'llab, yurtimiz ilm-faniga o'z hissalarini qo'shishadi.

Kurs ishtirokchilaridan kurs haqida fikrlarini kutib qolaman. Bu kurs materiallarini qayta ko'rib chiqish va boyitish jarayonida men uchun foydali bo'ladi.

Barcha kurs ishtirokchilariga rahmat!

@hujayrauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning eng yirik eksklavidan barchaga salom!

Bugun shogirdlarim bilan So‘x daryosi havzasini tadqiq etishga keldik. So‘x bizni tonggi mayin yomg‘ir bilan kutib oldi. Havo ajoyib. Suv muuuuzdek 😄.

Asosiy o‘zandan har doimgidek uch baliq turi - Cottus spinulosus, Schizothorax eurystomus va Triplophysa daryoae ni qayd etdik.

Bu galgi ekspeditsiyamizning yangilik qismi daryoning asosiy o‘zanidan tashqarida, kichik soylarida ham T. daryoae ning uchragani bo‘ldi.

@hujayrauz
Bugungi So‘x ekspeditsiyasida qo‘lga kiritilgan eng katta yangilik bu So‘x daryosining o‘rta oqimidan Turkiston qumbalig‘i (Gobio lepidolaemus)ning qayd etilgani bo‘ldi. Shu bilan daryo ixtiofaunasi to‘rt turdan iborat bo‘ldi.

Ekspeditsiyada men bilan birga FarDUdan tadqiqotchilar Dr. Yorqinoy Qayumova, doktorantlar Obbosxon Azamov, Sultonbek G‘ulomov, magistrant Murodjon Raxmonov hamda bakalavr Hayotjon Hakimjonov qatnashdi.

@hujayrauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Baliqlar ko'payish ekologiyasi bilan bog'liq bir-biridan qiziq holatlar mavjud. Shulardan biri Janubiy Amerika suv havzalarida keng tarqalgan xarasisimonlar turkumi vakili Copella arnoldi hisoblanadi.

Ular yosh avlodlarini suvdagi dushmanlardan muhofaza qilish maqsadida tuxumlarini suvdan tashqariga - daraxt barglariga qo'yadi. Bunda erkak va urg'ochi baliqlar suvdan sinxron tarzda sakrab suv yuzasidagi daraxt barglariga yopishib olishadi. Urg'ochi baliq tuxum qo'yadi va o'sha zahoti erkak baliq ularni urug'lantiradi. 3-5 soniyadan keyin har ikki baliq suvga tushadi. Keyinchalik erkak baliq tuxumlar qurib qolmasligi uchun ularga dumi bilan suv sepib turadi.

Ikki-uch kunda tuxumlardan mayda ikralar rivojlanadi va ular suvga tushib o'z rivojlanish hayotini davom ettiradi.

@hujayrauz
2024/05/06 12:17:11
Back to Top
HTML Embed Code: