Viloyatimizdagi 12-sonli yordamchi maktab-internatida 600 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
Andijon viloyatidagi 12-sonli yordamchi maxsus maktab-internatida qariyb 600 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Ushbu ishlar doirasida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib o‘quvchilarga yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratildi.
Ta’mirlash ishlari doirasida sinf xonalari, oshxona hamda sanitariya-gigiyena obyektlari zamonaviy talablarga muvofiq yangilandi. Binoning issiqlik tizimi, elektr tarmoqlari qayta ta’mirlandi.
Nogironligi bo‘lgan o‘quvchi bolalar uchun maxsus panduslar, tutqichlar va harakatlanishni osonlashtiruvchi moslamalar o‘rnatildi. Mazkur yangilanishlar o‘quvchilarning ta’lim olish, tarbiya va reabilitatsiya jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
—
📝 IHMA_Andijonviloyati

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energiya tejamkorlik – har bir xonadonda muhim odat bo‘lishi kerak!
Muzlatkichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang! Bu nafaqat muzlatkichning ishlash samaradorligini pasaytiradi, balki elektr energiyasi sarfini 20–30% gacha oshiradi.
Energiyani tejash — bu nafaqat mablag‘ni iqtisod qilish, balki tabiatni muhofaza qilish hamdir!
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Muzlatkichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang! Bu nafaqat muzlatkichning ishlash samaradorligini pasaytiradi, balki elektr energiyasi sarfini 20–30% gacha oshiradi.
Energiyani tejash — bu nafaqat mablag‘ni iqtisod qilish, balki tabiatni muhofaza qilish hamdir!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qizimga" 2.0 media loyihasi davom etadi
“Qizimga” media loyihasi ilk bor 2024-yilda, 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan ishga tushirilgan edi. Ushbu tashabbus jamiyat tomonidan juda iliq kutib olindi va yaqinda Red Jolbors Festivalda INTERNATIONAL nominatsiyasida xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi.
Bu tashabbus orqali biz otalarga o‘z qizlariga mehr, ishonch va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini aytish uchun maydon yaratdik; qizlar esa otalaridan eng kerakli so‘zlarni eshita oldilar. Aslida, loyiha otalarga ham o‘z his-tuyg‘ularini ochiq ifoda etib, mehrni so‘z bilan bildirishga ruhlandi.
“Qizimga” — bu oddiy kampaniya emas. Bu loyiha jamiyat ongida chuqur oʻzgarishlarni boshladi: biz ko‘p yillar davomida shakllangan ijtimoiy me’yorlarni buzib, ota-qiz o‘rtasidagi samimiy muloqot madaniyatini qayta tikladik.
Endi biz “Qizimga” loyihasining ikkinchi mavsumini boshlayapmiz!
Har bir ota, ona, aka-uka yoki opa-singilni ushbu tashabbusga qo‘shilishiga chorlaymiz — qizlarga o‘z maktubingizni, mehr va ishonch so‘zlaringizni @qizimga_bot orqali yuborishingiz mumkin.
Biz ishonamizki, 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni endi an’anaviy Otalardan qizlariga yozilgan maktublar kuniga aylanadi. Har bir qiz bola shu kuni o‘zini muhim, sevimli va eng yaxshisiga loyiq ekanini his etsin

Andijon axboroti | Raqamlashtirilgan tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining joriy etilishi oʻz samarasini koʻrsatmoqda
Viloyatimizdagi “Imkoniyatlar olami” markazi to‘liq raqamlashtirilgan xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tdi. Ushbu yangilik orqali jarayonlarda shaffoflik, tezkorlik va fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmat sifati yanada oshirildi. Raqamli boshqaruv — bu inson manfaatiga xizmat qiluvchi zamonaviy, ochiq va adolatli tizim sari tashlangan muhim qadamdir.
—
📝 IHMA_Andijonviloyati
Viloyatimizdagi “Imkoniyatlar olami” markazi to‘liq raqamlashtirilgan xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tdi. Ushbu yangilik orqali jarayonlarda shaffoflik, tezkorlik va fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmat sifati yanada oshirildi. Raqamli boshqaruv — bu inson manfaatiga xizmat qiluvchi zamonaviy, ochiq va adolatli tizim sari tashlangan muhim qadamdir.
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat Reabilitatsiya markazida maxsus jihozlangan sport maydonchasi tashkil etildi
Bugungi kunda jamiyatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash, ularning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda mazkur reabilitatsiya markazida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun maxsus jihozlangan sport maydonchasi tashkil etildi.
Mazkur maydoncha nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini olib borishlari hamda jamiyatda faol bo‘lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Maydonchada turli darajadagi jismoniy imkoniyatlarga ega fuqarolar uchun moslashtirilgan sport jihozlari o‘rnatilgan.
Zamonaviy sharoitlar: Sport maydonchasida nogironlar aravachalarida harakatlanish uchun qulay panduslar, maxsus qoplamali yo‘laklar, tutqichlar va xavfsizlik belgilari bilan jihozlangan. Shuningdek, maydonchadagi trenajyorlar nogironligi bo‘lgan insonlarning sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini qulay va xavfsiz tarzda o‘tkazishlari uchun mo‘ljallangan.

Vazirlar Mahkamasining 587-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi
Vazirlar Mahkamasining 587-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida nogironlikni belgilashning yangi tartiblarini amaliyotga joriy etish yuzasidan shahar va tumanlardagi sog‘liqni saqlash bo‘limlari, oilaviy shifokorlar hamda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari a’zolari ishtirokida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida nogironlikni belgilashning yangi tartiblari, ehtiyojmand shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tizimi hamda bu boradagi o‘zgarishlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
—
📝 IHMA_Andijonviloyati
Vazirlar Mahkamasining 587-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida nogironlikni belgilashning yangi tartiblarini amaliyotga joriy etish yuzasidan shahar va tumanlardagi sog‘liqni saqlash bo‘limlari, oilaviy shifokorlar hamda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari a’zolari ishtirokida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida nogironlikni belgilashning yangi tartiblari, ehtiyojmand shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tizimi hamda bu boradagi o‘zgarishlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IHMA Andijon viloyati boshqarmasi