Telegram Web Link
“Bo’taqora” internat uyida Ustoz va Murabbiylar kuni bayram tadbiri

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Bo’taqora” internat uyida xodimlar uchun tadbir tashkil etildi.

Bunda uzoq yillik fidokorona mehnati bilan ajralib turgan faol va faxriy xodimlar maxsus taqdirlanib, ularning fidokorona xizmatlari va vasiylikka olingan shaxslarga bo’lgan e’tibor-mehrlari yuqori baholandi.

Xodimlar uchun madaniy konsert dasturlari, bolajonlarning raqslari va bir qancha ko’ngilochar chiqishlar taqdim etildi.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ʼʼXorijiy tillarni oʻrganish kelajak uchun qadamʼʼ nomi ostida mini loyiha ijtimoiy xodim va mahalla yettiligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyildi

Paxtaobod tuman Yangi obod MFY ijtimoiy xodimi tomonidan ʼʼKambag‘allik reyestriʼʼ ro‘yxatiga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun bepul til darslaridan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Loyihadan koʻzlangan maqsad, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda farzandlarning intellektual til bilimi savodxonligini oshirish, ruhiy rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir.


Loyihaning amalda joriy etilishi bilan natijada, o‘nlab bolalar sifatli ta’lim bilan ta’minlanadi, ehtiyojmand oila farzandlari bilim orttirib, kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadi shuningdek, mahallada ijtimoiy birdamlik va bolalarga bo‘lgan e’tibor mustahkamlanadi.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, daromadi past bo‘lgan oilalar uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi to‘lovlarining bir qismini qoplash maqsadida kompensatsiyalar ajratilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan respublikaning barcha hududlarida, jumladan, mahallalarda ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mahalla faollari, tegishli mutasaddi idoralar hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli chuqur o‘rganilmoqda, ularning ehtiyojlari aniqlanmoqda. Shuningdek, mavjud imtiyoz va kompensatsiyalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, har bir oilaga ularni rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy xodim tomonidan navbatdagi mini loyiha: Ijtimoiy tashabbus – mustaqil hayot sari qadam

Ulugʻnor tumani Mingbuloq mahallasida faoliyat yuritayotgan kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim tashabbusi asosida navbatdagi mini loyiha amalga oshirildi.

Mingbuloq mahallasining Maktab koʻchasida istiqomat qiluvchi Roʻzmatov Muhammadqodir Abdullayevich orttirilgan nogironlik – oyoqlarining falajligiga qaramay, oʻzida mustahkam iroda va tashabbuskorlikni namoyon etib kelmoqda. U kichik tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, bugungi kunda nafaqat oila farovonligini taʼminlamoqda, balki qoʻshimcha 3 ta doimiy ish oʻrni yaratib, mahalladoshlarini ham bandlik bilan taʼminlashga hissa qoʻshmoqda.

Mazkur tashabbus ijtimoiy himoya tizimi imkoniyatlari va insonning oʻz kuchiga boʻlgan ishonchi uygʻunlashganda, jamiyatda yangi imkoniyatlar eshigi ochilishini yana bir bor yaqqol tasdiqlab bermoqda.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Innovatsion ta’lim loyihasi: nemis tili to‘garagiga yoʻnaltirilgan ijtimoiy mini loyiha

Paxtaobod tumani “Ziyoli” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xorijiy tillarga ixtisoslashgan mini loyiha yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tashabbus doirasida Germaniyaning ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda nemis tili to‘garagi tashkil etildi.

Mazkur loyiha nafaqat bolalarning bilimini oshirish, balki ularda til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirish, kelajakda xalqaro imkoniyatlardan foydalana olishlariga zamin yaratishni ko‘zda tutadi. Bugungi kunda to‘garakda qatnashayotgan o‘quvchilar nemis tili darslarini qiziqish bilan o‘zlashtirmoqda.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/27 13:41:36
Back to Top
HTML Embed Code: