Telegram Web Link
O‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatiga ehtirom davom etmoqda

Bugun viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatlarda faoliyat olib borayotgan bir guruh fidoiy pedagog xodimlar taqdirlandi. Ular yillar davomida nogironligi bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish, ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga ko‘maklashish yo‘lida qilgan fidokorona mehnatlari uchun tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari boshchiligida o‘tkazildi hamda tadbirga yig‘ilgan pedagoglarga samimiy tabrik so‘zlari yo‘llanib, ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni alohida ta’kidlandi.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida viloyat saralash musobaqasi oʻtkazildi

Bugun viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatlarida tahsil olayotgan aqliy rivojlanishda nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha viloyat saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jismoniy faolligini oshirish va jamiyatda faol ishtirok etishlariga keng imkon yaratish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqa jarayonida iqtidorli yoshlarni aniqlash, keyingi bosqich musobaqalariga saralab olish hamda ularning sportdagi muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, sog‘lom turmush tarziga da’vat etish hamda ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Yakunda g‘olib va faol ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Internat maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari ko‘zdan kechirildi

Maxsus-maktab internatlarida kuz-qish mavsumi doirasida tayyorgarlik jarayonlarini faollashtirish, amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va bir qator chora-tadbirlar yuzasidan bugun boshqarma boshlig‘i ixtisoslashtirilgan maktablarda bo‘ldi.

Bunda maktablarning isitish tizimlari sozligi, ularning yaroqlilik hamda yoqilg‘i mahsulotlar omborlari o’rganildi.

Qolaversa, yangi barpo etilayotgan va qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan maktab binolariga ham e’tibor qaratildi.

📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jasorat va ilm yo‘lida: Eldorbek Matiyev namunasi

Ulug‘nor tumani Mingbuloq MFY Maktab ko‘chasida istiqomat qiluvchi Matiyev Eldorbek Shuhratbek o‘g‘li xalqimizning yosh, fidoiy va tashabbuskor farzandlaridan biridir. U Janubiy Koreyaning nufuzli Gyeongsang National University oliygohida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, yurtimiz yoshlariga ilm o‘rganish va ilmli bo‘lish yo‘lida yorqin ibrat ko‘rsatmoqda.

Eʼtiborga molik jihati shundaki, Eldorbek 2-guruh nogironligi mavjud bo‘lishiga qaramay, sinovlardan cho‘chimay, hayotda faol bo‘lish va jamiyatga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Shu ezgu niyat bilan u ʼʼMatyev Schoolʼʼ nomli o‘quv markazini tashkil etib, yoshlarni chet tillari, zamonaviy bilimlar va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatishda samarali faoliyat yuritmoqda.

Uning harakatlari bugungi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki mahalladagi ijtimoiy hayotga ham sezilarli hissa qo‘shmoqda.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Andijon shahri “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan bildirilgan moddiy yordam va bolalar nafaqasi tayinlash bo‘yicha murojaatga munosabat

Ushbu murojaat tegishli hudud joyiga chiqib, ijtimoiy xodim va masʼul xodimlar tomonidan o‘rganildi hamda fuqaroning oilaviy, ijtimoiy va moddiy ahvoli yuzasidan tegishli ma’lumotlar to‘plandi.

Ma’lum qilamizki, amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq, moddiy yordam va bolalar nafaqasi kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun to‘lanishi belgilangan. Ushbu imtiyozlarni tayinlashda oilaning umumiy daromadi, mulkiy holati, oila a’zolari soni, sog‘ligi va ijtimoiy ahvoli hisobga olinadi.

Shuningdek, murojaatlar Yagona ijtimoiy reyestr axborot tizimi orqali avtomatik tarzda ko‘rib chiqiladi, natijada ushbu oilaning ijtimoiy holati yaxshili ekanligi hamda belgilangan tartibga mos kelmagani sababli nafaqa tayinlash rad etildi. Bunday hollarda fuqaroga moddiy yordam tayinlanmasligi mumkin.

Ariza rad etilgan hollarda fuqaro my.gov.uz portali orqali arizani qayta yuborish yoki mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga murojaat qilib, holatini joyida qayta o‘rganish va qo‘shimcha ma’lumot kiritish imkoniyatiga ega.


📝IHMA_Andijonviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/24 11:41:05
Back to Top
HTML Embed Code: