Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media loyiha - Insonlar bilan bir kun
Ehtiyojmand shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirildi.
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yordam ko‘rsatish tartiblari yangilandi. Endilikda jamg‘armaning oziq-ovqat, kiyim-kechak, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari kabi 3 turdagi yordamlari elektron savdo orqali taqdim etiladi.
Shuningdek, davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash tartibi ham soddalashtirildi. Endi jarrohlik amaliyoti va davolanish uchun 20 mln 600 ming so‘mgacha (eng kam ish haqining 50 baravari) yordam ko‘rsatiladi.
Bu yordamlar kambag‘al oilalar reyestrida bo‘lgan yoki daromadi past oilalar uchun mo‘ljallangan.
Yordam olish uchun fuqarolar o‘z mahallasidagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishlari lozim.
Ushbu videoda mazkur xizmatdan foydalangan ehtiyojmand shaxs bilan suhbat o’tkazildi.
Batafsil videolavhada…
—
📝 IHMA_Andijonviloyati

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Irodali inson uchun nogironlik to‘siq emas
Batafsil:
Andijon davlat universitetining Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti
102-guruh 1-kurs talabasi
Jamshidbek Adashaliyev maqolasi
—
📝 IHMA_Andijonviloyati
Batafsil:
Hayot bu sinov maydoni — kimlargadir u yengil, kimlargadir og‘ir kechadi. Ammo bir haqiqat borki, chinakam irodali inson uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Nogironlik ham bunga istisno emas. Hayotning og‘ir sinovlari insonni sinmay, aksincha, yanada kuchli, sabrli va qat’iyatli qiladi. Bugun jamiyatimizda nogironlik imkoniyatlar chegarasi sifatida emas, balki inson irodasining kuchini namoyon etuvchi sinov sifatida qaralmoqda.
Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilash borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. 2023-yil 1-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorati tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi. Ushbu farmon asosida zaif ijtimoiy qatlamlar — nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va parvarishga muhtoj insonlar uchun yangi ijtimoiy xizmatlar tizimi joriy etildi. Shuningdek, 2023-yil 15-oktabrdan boshlab tajriba tariqasida 28 ta tuman va shaharda ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil qilinib, ularning faoliyati doirasida “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” ish boshladi. Agentlikning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda yagona, shaffof va samarali ijtimoiy himoya tizimini yaratish hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashdir. Agentlik 8 ta yo‘nalishda faoliyat yuritadi: nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish, keksalar va yolg‘iz fuqarolarga yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya va ijtimoiy xizmatlar tashkil etish, moddiy yordam va nafaqalar bilan ishlash, monitoring va tahlil, hamda jamoatchilik va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik shular jumlasidandir. Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan insonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularning ta’lim olishiga, kasb egallashiga, mehnat faoliyatida ishtirok etishiga, shuningdek, transport, infratuzilma va axborot-kommunikatsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish — davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bularning barchasi “Hech kim e’tibordan chetda qolmasin” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Chunki nogironligi bo‘lgan insonlar jamiyatning ajralmas qismi, ularning faolligi va o‘ziga ishonchi ijtimoiy taraqqiyot ko‘rsatkichidir.
Nogironlik bu nuqson emas, balki inson irodasining kuchini ko‘rsatuvchi hayotiy sinovdir. Irodali inson bu sinovdan qo‘rqmaydi — u undan o‘tadi, boshqalarga ham kuch, umid va hayotga muhabbat ulashadi. Shunday ekan, keling, biz ham ularni qo‘llab-quvvatlaylik, mehr va e’tibor beraylik. Unutmaylik: “Nogironlik to‘siq emas — irodasizlik to‘siqdir.”
Andijon davlat universitetining Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti
102-guruh 1-kurs talabasi
Jamshidbek Adashaliyev maqolasi
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi
Viloyatimizning Jalaquduq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari holati va markaz faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Bunda markazda olib borilayotgan qayta ta’mirlash ishlari, ehtiyojmand shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, xodimlar faoliyati ko‘rib chiqildi. Mas’ul xodimlarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Aholiga xizmat ko‘rsatish borasida faollikni oshirish ta’kidlandi.
—
📝 IHMA_Andijonviloyati
Viloyatimizning Jalaquduq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari holati va markaz faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Bunda markazda olib borilayotgan qayta ta’mirlash ishlari, ehtiyojmand shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, xodimlar faoliyati ko‘rib chiqildi. Mas’ul xodimlarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Aholiga xizmat ko‘rsatish borasida faollikni oshirish ta’kidlandi.
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
#tahlil
Kunduzgi parvarish guruhlari: oilalar farovonligi va bolalar rivoji sari yangi bosqich
Bu kabi yangi ijtimoiy xizmatlar doirasida oilalarning mehnat bozorida faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Ayniqsa, farzand parvarishi tufayli ishlay olmayotgan ota-onalar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Tahliliy ma’lumotlarga ko’ra, 424 nafar bola kunduzgi parvarish guruhlariga qabul qilingach, ularga qarab uyda qolishga majbur bo‘lgan ota-onalar ishga chiqib, daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu — bolalar va oilalar hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochgan haqiqiy ijtimoiy yutuq.
🤝 Kunduzgi parvarish guruhlarini tashkil etgan 206 nafar tadbirkorga jami 6 milliard so‘m subsidiya ajratilgan.
🇺🇿 Hududlar kesimida tahlil shuni ko‘rsatadiki, Andijon (448 nafar), Samarqand (417 nafar) va Surxondaryo (348 nafar) viloyatlari kunduzgi parvarish guruhlariga jalb qilingan bolalar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Kunduzgi parvarish guruhlari: oilalar farovonligi va bolalar rivoji sari yangi bosqich
Bu kabi yangi ijtimoiy xizmatlar doirasida oilalarning mehnat bozorida faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Ayniqsa, farzand parvarishi tufayli ishlay olmayotgan ota-onalar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Tahliliy ma’lumotlarga ko’ra, 424 nafar bola kunduzgi parvarish guruhlariga qabul qilingach, ularga qarab uyda qolishga majbur bo‘lgan ota-onalar ishga chiqib, daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu — bolalar va oilalar hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochgan haqiqiy ijtimoiy yutuq.
Natijada, 116 ta oila daromadi oshdi, 69 ta oila esa kambag‘allikdan chiqishga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
So‘zdurki, nishon berur o‘lukka jondin,
So‘zdurki, berur jong‘a xabar jonondin,
Insonni so‘z ayladi judo xayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin.
Alisher Navoiy
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazida benefitsiarlarga kasb-hunar ham o‘rgatiladi
Ayollarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida reabilitatsiya markazlarida kasb-hunarga o‘qitish tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda ushbu markazlarda psixologik yordam bilan bir qatorda ayollar turli kasb-hunarlarni o’zlashtirmoqda.
Xususan, viloyatimizdagi reabilitatsiya markazida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish va ayollarni daromad topish tizimiga jalb etish ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil ma’lumot ushbu videolavhada taqdim etiladi…
—
📝 IHMA_Andijonviloyati
Ayollarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida reabilitatsiya markazlarida kasb-hunarga o‘qitish tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda ushbu markazlarda psixologik yordam bilan bir qatorda ayollar turli kasb-hunarlarni o’zlashtirmoqda.
Xususan, viloyatimizdagi reabilitatsiya markazida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish va ayollarni daromad topish tizimiga jalb etish ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil ma’lumot ushbu videolavhada taqdim etiladi…
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"IHMА Stajyor" dasturi asosida talabalarning amaliyot jarayoni
Joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining “ijtimoiy ish”, “psixologiya” hamda “yurisprudensiya” yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Xususan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarda malaka oshirish va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan “IHMA ish tajribasi” loyihasi bir qator maqsadlarni ko‘zda tutadi.
Jumladan, talabalar tomonidan oliy ta’lim muassasalarida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, Agentlik tizimi uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Loyihada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar belgilangan tartibda suhbatdan o‘tkazilib, saralab olinadi. Ular Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi turli tashkilotlarda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bugungi kunda esa dasturi bo‘yicha suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 38 nafar talabalar tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlariga biriktirildi.
talabalar hozirda joylardagi markazlarda amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirmoqdalar.
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyojmand hamda daromadi kam boʻlgan oilalar bilan hududlarda ishlar olib borilmoqda
Andijon tumanida og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi va daromadi kam boʻlgan oilalar bilan kompleks ishlar tashkil etildi. Mazkur ishlar doirasida ehtiyojmand shaxslar o‘rtasidagi mavjud muammolar aniqlanib, ularni hal etish choralari belgilandi.
Shuningdek, “Kambag‘al oilalar reyestri” ro‘yxatida turuvchi fuqarolar bilan ham ishlar olib borilib, ularga zarur bo’lgan amaliy yordam ko‘rsatildi. Har bir holat joyida o‘rganilib, ehtiyojlar bo‘yicha yechimlar belgilandi.
—
📝 IHMA_Andijonviloyati
Andijon tumanida og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi va daromadi kam boʻlgan oilalar bilan kompleks ishlar tashkil etildi. Mazkur ishlar doirasida ehtiyojmand shaxslar o‘rtasidagi mavjud muammolar aniqlanib, ularni hal etish choralari belgilandi.
Shuningdek, “Kambag‘al oilalar reyestri” ro‘yxatida turuvchi fuqarolar bilan ham ishlar olib borilib, ularga zarur bo’lgan amaliy yordam ko‘rsatildi. Har bir holat joyida o‘rganilib, ehtiyojlar bo‘yicha yechimlar belgilandi.
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya tizimidagi xodimlarning bilim va malakasi oshirilmoqda
Ayni paytda Xonobod va Qo’rg’ontepa tumanlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari hamda mahalladagi ijtimoiy xodimlar uchun "tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash" mavzusida o’quv-seminari o’tkazilmoqda.
—
📝 IHMA_Andijonviloyati
Ayni paytda Xonobod va Qo’rg’ontepa tumanlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari hamda mahalladagi ijtimoiy xodimlar uchun "tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash" mavzusida o’quv-seminari o’tkazilmoqda.
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” respublika tanlovini E’LON QILADI
Tanlovning maqsadi — Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirib borish.
Tanlov ishtirokchilari —Nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
1. Namunaviy shaklda ariza
2. Tanlov ishtirokchisi tomonidan amalga oshirilgan eng samarali bitta loyihaning batafsil tasnifi (taqdimot).
3. Loyihani samarali amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilish muddatlari — 2025 yil 15-oktyabrdan 2025-yil 15-noyabr kuniga qadar.
G‘oliblarni mukofotlash tartibi
1-o‘rin uchun - BHMning 100 baravari,
2-o‘rin uchun - BHMning 70 baravari,
3-o‘rin uchun - BHMning 50 baravari.
Tanlov ishtirokchisi tomonidan hujjatlar yuboriladigan manzillar —[email protected]
Telefon raqam —71-239-59-24
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Tanlovning maqsadi — Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirib borish.
Tanlov ishtirokchilari —Nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
1. Namunaviy shaklda ariza
2. Tanlov ishtirokchisi tomonidan amalga oshirilgan eng samarali bitta loyihaning batafsil tasnifi (taqdimot).
3. Loyihani samarali amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilish muddatlari — 2025 yil 15-oktyabrdan 2025-yil 15-noyabr kuniga qadar.
G‘oliblarni mukofotlash tartibi
1-o‘rin uchun - BHMning 100 baravari,
2-o‘rin uchun - BHMning 70 baravari,
3-o‘rin uchun - BHMning 50 baravari.
Tanlov ishtirokchisi tomonidan hujjatlar yuboriladigan manzillar —[email protected]
Telefon raqam —71-239-59-24
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IHMA Andijon viloyati boshqarmasi
Ijtimoiy himoya tizimidagi xodimlarning bilim va malakasi oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish" bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorining ijrosi ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan "tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash" mavzusida trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Bugunning o’zida viloyatimizdagi 4 ta tumanlar, Xonobod, Qo’rg’ontepa, Jalaquduq va Izboskan hududlarida malaka oshirish kurslari o’tilmoqda.
Jarayonlarda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining tegishli xodimlari ishtirok etmoqdalar.