Telegram Web Link
#insayt

Qo'shinning ojizligi - lashkarboshining loqaydligidan.

©Amir Temur

@IbrahimGulyamov
👍18🔥7💯4🤩3❤‍🔥2
Yaxshi xodimlarning o'zi qidirib keladigan muhit qurish

Ko'p tadbirkorlar yaxshi xodim yo'q deyishadi. Chunki yaxshi xodimlar yaxshi joylarda ishlashadi-da. Siz ham yaxshi muhit quring-ki, yaxshi xodimlar o'zi kelsin.

Xodim uchun faqat maosh taklif qiladigan ish — eng yomon ish. Chunki buni istalgan ish joyi qilib beradi. Sizda qolib, zo'r ishlashi uchun sabablar bo'lishi kerak. Bugun ana shu sabablar haqida gaplashamiz.

1. Inson jamiyat tarafidan e'tirof etilishni va qadrlanishni istaydi. Xodimning kichik yutuqlarini ham e'tirof etish kerak. Katta yutuqlarini esa albatta rag'batlantirish kerak.

2. Inson xatokor, ish bor joyda xato bo'lishi tabiiy. Lekin, xatosini yashirishi fojia. Xatolarni qo'rqmay ayta oladigan va o'rnida fikr-mulohaza olib, to'g'rilayigan muhit quring!

3. Ularga aniq maqsad bering. Bu postda aytganimdek nima uchun ishlayotganini bilsa jon dildan ishlaydi. Berayotgan rejalaringiz aniq va o'lachash mumkin bo'lsin.

4. "Xodimlaringizni tinglang, ular sizni boy qiladi" ochiq va oshkora ish muhiti uchun bu muhim. Har kim o'z fikrini erkin ayta oladigan muhit qilish muhim. Odamlar fikrlari inobatga olinadigan jamiyatda qadrli his qilishadi.

5. Adolat puldan ustun. Qancha oylik bermang lekin, adolatsizlik qilsangiz yaxshi xodim qolmaydi. Har doim, kimga bo'lmasin adolat qilsangiz xodimlaringiz ham sizni yaxshi ko'radi.

Yana qaysi mavzularda yozishimni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!

@IbrahimGulyamov
💯11👍84❤‍🔥2🔥2🏆1
#insayt

Bilimning boshlanishi — biz tushunmaydigan narsa borligini anglash.

@IbrahimGulyamov
💯6👍32🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4
Ibrahim Gulyamov
Video message
Toshkent📍

Biznes transformatsiyasi, 3 kunlik intensiv dasturining so’ngi manzil darslari boshlanmoqda!
6🔥3🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥2110💯8👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15💯3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
11🔥6👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👏3👍1
#insayt

Yaxshi jamoa - eng katta raqobatbardoshlik
.

@IbrahimGulyamov
19💯8🔥4
Iltimos. hech kimga aytmang!

New Yorkdagi Tompkins maydoni yaqinidagi avliyo Mark mavzesida qizil g‘ishtlik eski uylar va do‘konlar orasida kichik oshxona bor. U yerda xot-dogning 17 xil turini tayyorlashadi. Ammo gap xot-doglar haqida emas.

Oshxona ichiga kirib olachipor dasturxonlar-u, xot-dog yeyayotgan xo‘randalardan ko‘zingizni uzib, yaxshilab kuzatsangiz burchakda yog‘och telefon butkasini ko‘rasiz. U Klark Kent kiyimini Supermenga o‘zgartirish uchun shoshib kirib ketadigan butkaga juda o‘xshaydi.

Butka ichida barmoq bilan aylantirib teriladigan telefon apparati bor. Kirib qiziqishga 2 raqamiga barmog‘ingizni tiqib soat strelkasi bo‘ylab oxirgacha aylantirib qo‘yib yuboring va go‘shakka quloq soling.

"Salom, joy buyurtma qilganmidingiz?" Joy? Qanaqa joy? xot-dogxona ichidagi telefon butkasidanmi? Ammo birozdan so‘ng butkaning orqa devori surilib "maxfiy barga eshik ochiladi. Bu bar "Iltimos, hech kimga aytmang" deb nomlanadi.

Juda qiziq to‘g‘rimi? Bu bar 2007-yilda ochilgan bo‘lsa-da aqldan ozgandek o‘zini reklama qilmaydi, rang-barang saytlar, bannerlar ilmaydi. Hatto hech kimga borligi haqida og‘iz ham ochmaydi. Lekin ochilganidan beri New Yorkdagi eng ko‘p so‘ralgan qahvaxona bo‘lib kelgan.

Buning siri nimada? Buning siri insonlarga gapirishlari uchun mavzu yaratib berishda.

Insonlar do‘stlari, qarindoshlari, hamkasblari oldida gap ochilganda doim hech kim bilmaydigan, hammaga qiziq nimadir aytishni xohlaydi. Har doim e’tibor markazida bo‘lishni, qiziq odam bo‘lishni xohlaydi. Shunchaki insonlarga o‘zlari xohlagan narsalarini bering, bir tiyin sarflamasangiz ham o‘zlari siz haqingizda tinmay gapirishdi.

Xo‘sh sizning yo‘nalishingizda qanday mana shunaqa uslublar qilsa bo‘ladi? Izohlarda yozib keting!

Shu va shunga o‘xshash juda ko‘p marketing, sotuv va biznesga oid instrumentlarni Tez Natija 4 Biznes Kouchingimizda batafsil o‘rganasiz. Biznesingizni bir necha barobarga o‘stirishni xohlasangiz mana bu havola orqali saytimizga o‘tib batafsil tanishib chiqing va ro‘yxatdan o‘ting. O‘zimiz sizga aloqaga chiqamiz.

Shoshiling 15-noyabrda kouchingimiz boshlanadi, joylar esa cheklangan. Nasib bo‘lsa darsda siz bilan suhbatlashamiz.

@IbrahimGulyamov
19🔥6👏6👍42💯2👌1
#insayt

Asl boylik son bilan emas bor boyligini yo‘qotsa ham qaytib shularni topa olish qobiliyatida.

Chunki boylik marafon so‘ngida beriladigan yutuq kabidir. Yutuqni olsangiz-u lekin yugura olmasangiz g‘olib emassiz.

Lekin yutuq bo‘lmasa ham yana yugurib o‘sha natijaga chiqa olasiz. Asl boylik qila olish qobiliyati. Natija avtomatik bo‘laveradi.

@IbrahimGulyamov
💯1410🔥74🤩1
Mijozlaringiz sizdan qanchalik rozi?

Ko‘p tadbirkorlar mijoz yo‘q, mijoz yo‘q deyishadi. Chunki mijozlar bazasi bilan ishlashmaydi.

Qancha mijozga xizmat ko‘rsatildi, qanchasi rozi, qanchasi norozi, rozilarga mahsulot yoki xizmatning nimasi yoqdi-yu, norozilar nimadan xafa?

O‘zi mahsulot yoki xizmatimni boshqalarga ham tavsiya qiladigan mijozlarim bormi deb o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Lekin eng sodiq va yangi mijozlar olib keladigan ular-ku.

NPS - mijozlar bazasi bilan ishlashda qo‘llaniladigan eng yaxshi formulalardan biri. Mijozlarning mahsulot yoki xizmatdan rozilik darajasini ko‘rsatadi.

Bunda mahsulot yoki xizmatingizni boshqalarga ham tavsiya qiluvchilardan (masalan ularni 75% deb olsak) norozi mijozlarni ayirasiz (masalan ular 10%) va umumiy mijozlarga bo‘lasiz (bu 100% bo‘ladi)

Natija ballarda hisoblanadi. Masalan yuqoridagi misolda 65 ball bo‘ladi.

80-100 ball NPS - Bozor yetakchilari. Mijozlar undan qayta-qayta sotib olishga tayyor.

60-80 ball NPS - yaxshi ko‘rsatkich, o‘z yo‘nalishida yetakchi bo‘lmasa-da rivojlanadi va raqobatlasha oladi.

0-60 ball NPS - juda past ko‘rsatkich. Bunday kompaniyalar deyarli rivojlanmaydi.

@IbrahimGulyamov
👍105🔥2💯1
"100 million berishga tayyorman"

Farg'onaliklar "Ishonch" gilam yuvish fabrikalarini yaxshi tanishsa kerak.

Dastlab "avtomoyka"dan boshlangan ish bugun O'zbekiston bo'ylab bir nechta filiallarga ega, gilam yuvish sohasidagi ko'zga ko'ringan kompaniyaga aylangan.

Kompaniya asoschisi Muhiddin Alimov bilan kompaniyaning muvaffaqiyatga erishguncha bo'lgan yo'li haqida suhbatlashdik.

Yangi biznes boshlaganlarga ham va anchadan beri biznes yuritayotganlarga ham birdek manfaatli bo'ladigan suhbatimiz YouTube platformasiga joylandi.

Hoziroq quyidagi havola orqali o'tib suhbatni to'liq tomosha qiling va fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

https://youtu.be/cHnGgy1doBo?si=5zGGdSrkV8qpE-bZ
👍43🔥2
Assalomu alaykum hurmatli tadbirkorlar!

Biznesingizdagi muammolar yoki rivojlantirishga oid aniq-aniq, dolzarb va qiynayotgan savollaringiz bo'lsa izohlarda yozib qoldiring!

Eng dolzarblariga video yoki audio ko'rinishda javob beraman.

@IbrahimGulyamov
1🔥73🙏3
#Insayt

Yaxshi marketing - mahsulotning o‘zi.

@IbrahimGulyamov
🔥103
Hammaga "yengil" dushanba tilayman.

@IbrahimGulyamov
228🔥13👍2🤩1
Usta bo'lmang!

Kompaniya boshqaruvida 4 xil bosqich bor:
usta, prorab, arxitektor va buyurtmachi.

Usta. Bu bosqichda biznes egasi hamma ishni o'z qo'li bilan qiladi.

Prorab. Ishlarni qo'l ostidagi xodimlar qo'li bilan qiladi.

Arxitektor. Kompaniya strategiyasi, qanday faoliyat yuritishi kabi narsalarni o'ylaydi va prorablar yordamida ularni amalga oshiradi.

Buyurtmachi. Bunday kompaniyalarning egalari o'z kompaniyalariga alohida boshqa direktorlar yollashadi va kompaniya egasi sifatida asosiy vazifalari buyurtma berish va qabul qilib olish. Hamma ishni boshqalar bajaradi.

Bizda juda ko'p tadbirkor afsuski Usta bosqichida qolib ketishadi. Prorablikka o'tganlar kam. Ulardan ham kamrog'i Arxitektorlikka o'tgan. Buyurtmachi bo'lib kompaniya boshqaruvchilar esa juda kam.

Kompaniyangizni usta emas Buyurtmachi bo'lib boshqarmoqchi bo'lsangiz 15-noyabrda boshlanadigan Tez Natija 4 Biznes Kouchingimiz aynan siz uchun.

Kouchingda yaxshi xodim topishdan tortib kuchli jamoa qurish va ularni ushlab qolish uchun kuchli muhit va tizim qurishgacha o'rganasiz. Batafsil ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish uchun pastdagi havolaga bosing!

Ro'yxatdan o'tish!
👍85👏2
#insayt

Qoidalar yozilmasa, xatolar ko'payadi.

@IbrahimGulyamov
💯21🔥104
Biznesga qiziqadigan shijoatli, yonib turgan yigit-qizlar, yaqinroq kelamiz!

15-noyabrdan boshlanadigan 5 haftalik "Tez Natija 4" nomli Biznes Kouchingimiz uchun biznesga qiziqadigan, yonib turgan yigit qizlarni volontyorlikka taklif qilamiz.

Talablarimiz:

- 17-23 yoshli yigit va qizlar
- Ma'suliyatli bo‘lishi
- 15-noyabrdan boshlab 5 hafta davomida shanba va yakshanba kunlari Toshkent shahrida to'liq kun davomida ishlay olish

Volontyorlarimiz mana bularga ega bo'lishadi:

- Biznesmenlar bilan networking, muvaffaqiyatli tadbirkorlar va soha mutaxassislari bilan muloqot qilish;
- Biznes bo'yicha bilimlar, biznes strategiyalari, bozor tendensiyalari va tadbirkorlikka oid bilimlaringizni oshirishish;
- Biznes trening, mentorlik sessiyalarida ishtirok etish; 
- PCG volontyorlari uchun maxsus kiyim;
- Ibrahim Gulyamovni imzosi qo'yilgan maxsus Sertifikat;
- Biznes Kouching dasturini 1 oy platformada bepul ko'rish;
- Bepul tushlik;
- "Perfect Consulting Group" kompaniyasi tomonidan tavsiyanoma va shu kabi ko‘plab imkoniyatlar mavjud.

Volontyorlikka talabgorlar
Ushbu havola orqali o'tib so'rovnomani to'ldiring!

Kouchingda ko'rishguncha!


@IbrahimGulyamov
6🔥5
2025/10/27 06:51:45
Back to Top
HTML Embed Code: