Telegram Web Link
Sotuv - har qaysi biznesning yuragi. Chunki u biznes uchun qon bo'lmish pulni olib keladi.

Biznesingizda sotuv bo'limi yaxshi ishlamasa - xuddi yuragida nuqsoni bor insondek yaxshi harakat qila olmaydi.

Biznesingizning ana shu "yuragi"ni davolashni va kuchli ishlashi uchun 1 oylik "kuchli sotuv bo'limi qurish" nomli alohida kurs tashkil qilganmiz.

Bir oy davomida tadbirkorlar yoki ularning sotuv bo'lim raxbarlari zamonaviy, eng so'ngi metodlarni o'rganishadi.

Batafsil ma'lumot va kursga ro'yxatdan o'tish uchun pastdagi havola ustiga bosing. Shoshiling chunki joylar cheklangan. 1-noyabrda esa navbatdagi guruh darslari boshlanadi. Bir haftagina ham vaqt qolmadi.

👉
Ro'yxatdan o'tish

@IbrahimGulyamov
2
Ibrahim Gulyamov
Biznesingiz hali "go‘dak"mi, yoki qariyaptimi? Coca-cola, Bank of Amerika, Volvo kabi yirik korporatsiyalarga biznes konsultatsiyalar bergan Isxak Adizes bizneslarning hayot davrini 10 ta qismga bo‘ladi. Bu - biznesning darajasini bilib, shunga ko'ra muammolariga…
Biznesingiz hali "go‘dak"mi, yoki qariyaptimi? (II qism)

Go‘daklik - kompaniya ochilganidan boshlanadi. Bu bosqichdagi muammolar:
- professional xodim topa olmaslik;
- asosiy ish qolib 2-darajali ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish;
- chala mahsulotni bozorga chiqarish kabi.

Bu paytda mana bu ishlarni qilish tavsiya qilinadi:
- hamma narsa asoschiga bog‘liq bo‘lib, hamma ishda qat’iyat va namuna ko‘rsatish;
- bor e’tiborni mahsulotni yaxshilash va mijozlar bilan ishlashga qaratish;
- autsorsing(tashqaridan xodim yo‘llash) orqali professional xodimlar yollash.

Yuqori faollik bosqichida esa kompaniya mashhur bo‘lib mahsulot tez sotiladi.
- asoschi va xodimlar hayajonlanib, hovliqib ketadi va quvvatdan ko‘p buyurtmalar olinadi;
- natijada sifat buzilib, mijozlar ketishi kuzatiladi;
- pul oqimi nazorat qilinmaydi.

Bu bosqichda sifat nazorati va tartib qat’iy o‘rnatilishi va moliyaga alohida xodim yo‘llash kerak. Buyurtmalar quvvatga mos bo‘lishi kerak.

Xo‘sh siz qaysi bosqichdasiz va qanday muammolar kuzatilmoqda? Izohlarda yozing, fikr almashamiz. Post foydali bo‘lsa saqlab olishni va tadbirkorlarga yuborishni unutmang!

Biznesingiz bosqichlariga xos muammolarini aniqlab, ularga real yechim olishni va sof foydani karrasiga oshirishni istasangiz, mana bu havola orqali o‘ting. Allaqachon 9000+ tadbirkorlar bunga erishishgan, siz qachon erishasiz?

@IbrahimGulyamov
🔥21
2025/10/28 06:48:04
Back to Top
HTML Embed Code: