Telegram Web Link
Forwarded from Sherzod Shermatov
11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni

Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha qizlarni bayram bilan samimiy tabriklaydi.

Bugun raqamli iqtisodiyotda faol, izlanuvchan va ijodkor qizlarimiz mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Ularning soni yildan-yilga ortib, axborot texnologiyalari sohasida qizlarning ishtiroki sezilarli ravishda kengaymoqda.

Vazirlik har bir qizning bilim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga intiladi.

💻 Kelajakni qizlar bilan birga quramiz!
17🔥3👍1
CodeforcesUz: 8 oyda Expert darajasi

🚀O'zbekistonda Codeforces platformasidan samarali foydalanayotgan yosh dasturchilar bilan tanishtirib boramiz.

👩🏻‍💻Durdona Akramova — sport dasturlash yo‘nalishida tanila boshlagan iqtidorli yoshlardan biri. U ICT4Girls 2025 olimpiadasi g‘olibi va EGOI 2025 xalqaro olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi.

📈Durdona o‘z ustida ishlashni ham unutmaydi. U Codeforces platformasidagi kontestlarda 2-fevraldan buyon muntazam ishtirok etib, 3-oktabrgacha jami 33 ta kontestda reytingini oshirib, Expert darajasigacha ko‘tarildi.

🍀Durdonaga kelgusida ham shu izchillik va intilish bilan o‘z ustida ishlashda davom etishini tilab qolamiz.

📊 Siz ham keyingi Codeforces kontestlarida qatnashing va keyingi postimiz qahramoniga aylaning!

@xalqaro_it_olimpiada
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍31👏1🤩1
2025/10/28 06:05:53
Back to Top
HTML Embed Code: