Telegram Web Link
Forwarded from EDU.DIGITAL
ICT4Girls sport dasturlash oromgohi start oldi

✔️ Bo‘stonliq tumanidagi Oqtosh oromgohida bugun ICT4Girls yozgi sport dasturlash oromgohi start oldi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan saralab olingan 50 nafar qizlar ishtirok etmoqda.

10-19-avgustgacha 10 kun davomida o’tkaziladigan yozgi oromgohda 6 nafar trenerlar tomonidan sport dasturlash bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim beriladi.

Shuningdek, oromgohdagi treninglar davomida 20 nafar o’qituvchilarning ham malakasi oshiriladi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥4👍2
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“ICT4Girls” sport-dasturlash oromgohiga xalqaro trenerlar jalb etildi

🏆 “ICT4Girls” yozgi sport-dasturlash oromgohiga respublikamizning barcha hududlaridan saralab olingan 50 nafar qizlar ishtirok etdi.


⚜️Oromgoh doirasida Yevropa qizlar informatika olimpiadasida (EGOI) uch karra oltin va bir karra kumush medal sohibasi bo'lgan polshalik trener Paulina Żeleźnik tomonidan intensiv mashg'ulotlar o'tkazildi.

Ma’lumot uchun, u joriy yil oʻtkazilgan EGOIʼda 226 nafar ishtirokchi orasida eng yuqori natijani qayd etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43
ICT4Girls CP Camp: qanday o‘tdi?

🏆10-19-avgust kunlari Toshkent viloyatida o‘tkazilgan ICT4Girls sport dasturlash oromgohi O‘zbekistonning eng iqtidorli yosh qizlari va fidoyi o‘qituvchilarini bir joyga to‘pladi.

👩🏻‍💻1000 nafar nomzod orasidan saralangan 50 nafar qiz malakali murabbiylar yordamida dasturlash bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirdi.

🧑🏻‍🏫Bundan tashqari, oromgohda 20 nafar IAT fani o‘qituvchilari ham malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy yondashuv va bilimlarni o‘zlashtirdi.

🏆Oromgoh yakunida barcha ishtirokchilar uchun yakuniy musobaqa – olimpiada o‘tkazildi. 4 soat davom etgan bahsda qizlar qisqa muddat ichida murakkab masalalarga yechim topib, o‘zaro bellashdilar. Natijada, ishtirokchi qizlardan 2 nafari oltin, 4 nafari kumush va 12 nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi.

🤝Ushbu oromgohni nafaqat samarali, balki unutilmas, qiziqarli va maroqli o‘tishida hissa qo‘shgan trenerlar, hamkorlar, ko‘ngillilar va, albatta, ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Telegram | YouTube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🔥6👍3🤩1
Forwarded from Digital.edu IT Career
Bilimli, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlarni ishga taklif qilamiz!

🏢 Tashkilot: Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
📚 To'liq ma'lumot: havola
📍 Hudud: Toshkent shahri

Ariza topshirishdan oldin tavsiya etiladi:
🔹Lavozim tavsifi va talablarni to‘liq o‘qib chiqish;
🔹Rezyume tayyorlash (maks. 2 bet);
🔹Cover letter tayyorlash (maks. 250-350 so‘z);
🔹Bir necha topshiriqni bajarishga tayyor bo‘lish (tarjima, ijtimoiy tarmoqlar uchun material tayyorlash, berilgan ssenariyga ko'ra reja yoki argument ishlab chiqish va boshq.). Topshiriqlarni bajarish taxminan 40–80 daqiqa vaqt oladi.

🗓 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 31-avgust

👩🏻‍💻Ariza shakli: havola
9
Forwarded from Sherzod Shermatov
11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni

Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha qizlarni bayram bilan samimiy tabriklaydi.

Bugun raqamli iqtisodiyotda faol, izlanuvchan va ijodkor qizlarimiz mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Ularning soni yildan-yilga ortib, axborot texnologiyalari sohasida qizlarning ishtiroki sezilarli ravishda kengaymoqda.

Vazirlik har bir qizning bilim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga intiladi.

💻 Kelajakni qizlar bilan birga quramiz!
17🔥3👍1
CodeforcesUz: 8 oyda Expert darajasi

🚀O'zbekistonda Codeforces platformasidan samarali foydalanayotgan yosh dasturchilar bilan tanishtirib boramiz.

👩🏻‍💻Durdona Akramova — sport dasturlash yo‘nalishida tanila boshlagan iqtidorli yoshlardan biri. U ICT4Girls 2025 olimpiadasi g‘olibi va EGOI 2025 xalqaro olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi.

📈Durdona o‘z ustida ishlashni ham unutmaydi. U Codeforces platformasidagi kontestlarda 2-fevraldan buyon muntazam ishtirok etib, 3-oktabrgacha jami 33 ta kontestda reytingini oshirib, Expert darajasigacha ko‘tarildi.

🍀Durdonaga kelgusida ham shu izchillik va intilish bilan o‘z ustida ishlashda davom etishini tilab qolamiz.

📊 Siz ham keyingi Codeforces kontestlarida qatnashing va keyingi postimiz qahramoniga aylaning!

@xalqaro_it_olimpiada
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍31👏1🤩1
2025/10/27 02:16:48
Back to Top
HTML Embed Code: