Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Aloqachilar #kuni

🇺🇿7-MAY – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASI XODIMLARI KUNI!

So'nggi yillarda O'zbekistonda aloqa sohasida ko'plab o'zgarishlar ro'y berdi, ushbu sohaga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi, ko'plab yutuqlarni qarshi oldi.

Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Qayerda bo‘lmaylik, uzoq-yaqindagi qadrdonlarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lishimiz, zamon bilan hamnafas yurishimizda aloqa xodimlarining hissasi katta. 🌐

🥳Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi 7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan sohada faoliyat olib borayotgan fidoyi va jonkuyar xodimlarni samimiy tabriklab, ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaydi!

Maktabimiz o'quvchilaridan ham ushbu rivojlanayotgan yo'nalishda ko'plab yetuk kadrlar chiqishiga tilakdoshmiz🤩
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IELTS #SAT #niners

⚠️ IELTS HAMDA SAT IMTIHONLARIDAN YUQORI NATIJAGA ERISHISH SIRLARI⚠️

📍Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda joriy yilning 16-may sanasi soat 14:30da yurtimizning eng ko'zga ko'ringan yoshlari, nufuzli Johns Hopkins Universitetining talabasi hamda ELTSdan 9 va SATdan 1600 ball olgan Bobirjon Bahtiyorov va Suxrob Murodovlar bilan master class va uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bu uchrashuvda siz qanday qilib IELTS va SAT imtihonlaridan yuqori ballga ega bo'lish sirlarini va bunga erishish yo'llarini bilib olasiz. 👀

Barcha o‘quvchilarni ushbu uchrashuvda kutib qolamiz.
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xotira #muqaddas

INSON - AZIZ, XOTIRA - MUQADDAS!

🇺🇿 O'tganlar yodi hamisha qalbimizda, mangu va barhayotdir.

🎖Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-04-sinfida 9-May - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan bu galgi sinf soati azim poytaxtimiz go'zal go'shasida joylashgan "Shahidlar xotirasi" maydoni hamda "Qatag'on qurbonlari" muzeyida o'tkazildi.

O'quvchilar bu yerda bugungi tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etishdi. Chinakam yurt fidoyilarining achchiq qismati bitilgan muzey eksponatlari o'quvchilar qalbida chinakam Ona Vatan tuyg'usini, mustaqil yurtimiz go'zalligini yana bir bor his etishga undagan bo'lsa ajab emas.🤩
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xotira #muqaddas #millat #qahramonlarti #9may #Xotiravaqadrlashkuni

MILLAT QAHRAMONLARI XOTIRASI QALBIMIZDA BARHAYOT!


🇺🇿Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barchani qutlaydi!

Yurt tinchligi, xalq farovonligi va ozodligi uchun kurashgan ajdodlarni xotirlash, nuroniylarni e'zozlash va ularga munosib avlod bo'lish har birimizning oliy burchimiz hisoblanadi.

Tinch va totuvligimiz bardavom bo'lsin!
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#volontyorlar

🔔 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Al-Xorazmiy Volontyorlari" guruhining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
 
🔤Ochilish marosimi maktab ixtisos fanlari direktor o‘rinbosari Fazliddin Ismailov boshchiligida o‘tkazildi. Tadbirda maxsus  mehmon sifatida O'zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi direktori Shirin Abidova ishtirok etdi.
 
🔤Tadbir davomida “Al-Xorazmiy Volontyorlari" guruhining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va kelajakdagi rejalari haqida so‘z yuritildi, shuningdek , Shirin Abidova tomonidan  turli qiziqarli interaktiv o'yinlar ham o'tkazildi.
 
🔤 O'quvchilar o‘yin davomida qizg'in bahs-munozaralar olib bordilar  hamda assotsiatsiya rahbari bilan o‘z taassurotlarini  o‘rtoqlashdilar. Ular orqali volontyorlar uchun zarur bo‘lgan asosiy fazilatlarni aniqlab,   volontyorlikning afzalliklari va maqsadlarini bilib oldilar.
 
Jamoamizga qo'shilishni istasangiz quyidagi havolani bosing: 👇
• Volontyor bo’lish uchun
• Admin jamoaga suhbatdan o'tish uchun
 
Sizni jamoamizda kutib olishdan xursand bo'lamiz! 🇺🇿


🔔В специализированной школе имени Мухаммада аль-Хорезми состоялась церемония открытия свободной волонтёрской инициативы «Волонтеры Аль-Хорезми».

🔤Церемония открытия под чутким руководством заместителя директора школы по специализированным предметам, Исмаиловым Фазлиддином. А специальной гостьей, приглашённой на данное мероприятие, была директор Ассоциации волонтёров Узбекистана, Ширин Абидова.

🔤 На церемонии открытия были обсуждены цели и дальнейшие планы группы. Были проведены не только информационные, но и интерактивные игры.

🔤 В ходе игры, ученики бурно обсуждали и делились впечатлениями с руководителем Ассоциации, посредством чего выявили основные качества, нужные для волонтёров, и узнали про пользу волонтёрства.

Если вы хотите присоединиться к нашей команде, нажмите на ссылку ниже: 👇
• Стать волонтером
• Записаться на собеседование для админ команды

Мы будем рады приветствовать Вас в нашей команде! 🇺🇿
________
🚀Telegram | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Duke #TOP #Alabama #Constructor #University

MUKAMMAL OLINGAN BILIM SAMARASIZ KETMAYDI!

📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning iqtidorli 11-01-sinf oʻquvchisi, yaqindagina IELTS imtihonlaridan 7,5 ballni qoʻlga kiritgan Muxiddinov Komron AQSH va Germaniyaning yetakchi universitetlaridan jami 276 420$ miqdorida grantlarni qoʻlga kiritdi. AQSHning dunyoda 54-oʻrinda turuvchi Duke Kunshan Universitetiga 90 foiz grant, Alabama Universiteti, Germaniyaning Constructor Universiteti shular jumlasidandir.

⚠️ Ma'lumot uchun, Dyuk yirik nashrlar tomonidan Qoʻshma Shtatlar va dunyodagi eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradi. Universitet tadqiqotlar uchun yiliga 1 milliard dollardan koʻproq mablagʻ sarflaydi. Oʻndan ortiq professor-oʻqituvchilar muntazam ravishda dunyodagi eng koʻp iqtibos keltiriladigan tadqiqotchilar roʻyxatiga kiritilgan. Universitet hisobida o'n beshta Nobel hamda uchta Tyuring mukofotlari bor.

🔥Jahonning yana koʻplab nufuzli universitetlaridan javob xatlarini kutayotgan Komronga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

💥Bilamizki, mukammal olingan bilim samarasiz ketmaydi! Komron, yangi zafarlar senga yor bo’lsin!
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/29 10:46:15
Back to Top
HTML Embed Code: