This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bahorga yaqin, qalbimiz bahorga oshufta..
❤1
#hikmat
Qurʼoni karim bizga:
Qari va tugʻmas ayol homilador boʻlganini...
Ersiz, turmushga chiqmagan bokira qiz Maryam farzand koʻrganini...
Pichoq Ismoil alayhissalomni kesmaganini...
Olov Ibrohim alayhissalomni yoqmaganini...
Baliq Yunus alayhissalomni yutib, hazm qilmaganini...
Toshning ichidan tuya chiqqanini...
Oyning yorilib, ikkiga boʻlingani...
Chaqaloq gapirganini...
Dengiz yorilib yoʻl ochilganini... gapiradi!!!
Bu bilan Alloh taolo bizga imkonsizliklarning Robbisi ekanligini anglatmoqda.
©Abduqodir Samarqandiy
@ijodhona

👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ozodbek Nazarbekov - Boburxonlik
2014-2015 yillarda Ozodbek Nazarbekov Bobur tavalludiga bagʻishlab, gʻazallarini kuyga solgandi. Ósha yillarda televideniyega uzatilganda zavq bilan tomosha qilganimni eslayman.
@ijodhona
@ijodhona
Yuqorida shu sonning mp variantini ulashyapman, tinglab bemalol ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlaversangiz boʻladi.)
👍1🤩1
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
Biz ko‘rmagan filmlar,
Biz bormagan konsertlar,
Biz yurmagan yo‘llar,
Biz gaplashmagan gaplar
Bugun hayotimni yorqinroq qilar.
Sening vaqting yo‘q edi mudom,
Mening jur'atim.
Bilasanmi, bugun
Bir-biriga suyanganicha
Jaz tinglayotgan juftlikni ko‘rdim.
Yoshligini eslardi ular,
Muhabbatini.
Va bu muhabbat,
Bu yoshlik
ikkisiniki edi.
O‘ylanib qoldim,
Sen kimga suyanib,
Eslaysan "Yulduzli yoz"ni
Men konsert ko‘ryotib,
Yig‘laganimdek ko‘zlaring eslab.
Ammo bu u qadar muhim ham emas,
Ahamiyatlisi, vaqt o‘tib har ne o‘zgarar. Va dunyo yangidan tug‘ar bolalarini.
Yangi ertaklar,
Yangi qo‘shiqlar,
Yangi filmlar yaralar.
Sen esa qachondir
Bir-biringga suyangancha
Konsert tinglaydigan bir odam tani.
Asli shudir yolg‘on dunyoning
Bittagina rost mohiyati.
@FeruzaXayrullayeva

Forwarded from Abdulaziz Ahmad | Blog (Абдулазиз Ахмедов)
O‘zbekistondagilar bilan tez tez gaplashib turamiz...
Bir tanishim o‘tgan yili uylangandi, to‘y o‘tishi bilan Rossiyaga ketgan ekan, xabarim yo‘q edi. Ayoli yaqinda farzandli bo‘libdi, chaqaloqning sal suyagi qotgach, onasiga qoldirib, xotini ham yoniga ketarkan, bola katta bo‘lgunicha er-xotin ishlaymiz, sharoit qilamiz deyapti...
Bitta “bratishka”m bor edi. O‘ziga to‘q oiladan, ota-onasining marketlari bor, “zapravka” yurgizishadi. Uyam mendan biroz o‘tib, kursdoshiga uylangandi, birga o‘qishgan.
Kecha gaplashsak, 8 oylik bolam bor, ayam chaqaloqqa qarashga qiynalyapti, bog‘chaga bermoqchiman, Maktabgacha ta’lim vazirligida ishlagansanku, yaxshi xususiy bog‘chalar yo‘qmi, deydi.
Kelin bir emas naq ikkita joyda ishlayapti ekan, bola 3 oylik payti ishga chiqib ketibdi. Kasha bilan katta qilishibdi bechorani. Hayronman, nimangga yetmayotgandi, dedim...
Bunday holatlar to‘lib yotibdi, afsuski. O‘zbekiston bolajon xalq deb aytamiz, ko‘p eshitamiz. Respect! Lekin bu gap faqatgina bolalar soniga urg‘u berayotganday tuyuladi...
Bola sonini ko‘paytirib tashlayverib, sifatga umuman qaralmasa, kichkintoylarga baxtli bolalik berilmasa, orzu-umidlari bilan hisoblashilmasa, kelajagi bilan hech kim qiziqmasa, yumalab-yumalab katta bo‘laversa hammasi, qarov bo‘lmasa umuman, bunaqa “bolajon xalq”dan kimga naf?
Reja bilan farzandli bo‘lish, bola ko‘rishga tayyorlanish degan tushuncha bor. Bola ko‘rishdan oldin yaxshilab tayyorgarlik ko‘rasiz, unga sharoit hozirlaysiz, keyingina chaqaloq dunyoga keladi. Sizning puch hoyu havaslaringizni deb murg‘ak qalb egasi qiynalishga, azob chekishga mahkum emas, uvolidan qo‘rqish kerak!
To‘ydan bir yil o‘tib farzandli bo‘lish kerak, birinchisidan keyin “srazu” ikkinchisiga harakat boshlash kerak, baxtli hayot formulasi eng kamida 3 ta farzand bilan to‘kis bo‘ladi... tupurdim hammasiga!
Hech qayerda bunaqa qoida yo‘q, o‘sha hayotingizni chaynayotganlar ertaga bolangizning pampersi tugab qolsa yoki kashasiga pul topolmaganingizda, bir so‘m chiqarib ber(ol)maydi. Aksincha, yana g‘iybatingizni qilishga, ustingizdan mag‘zava ag‘darishga o‘tishadi...
“Raz” bolasiga baxtli bolalik bera oladigan ota-ona emasmisiz, hali boshqa rejalaringiz bormi, farzand ko‘rishga tayyor emasmisiz, kechiktirib turavering. Bu nafaqat sizning, balki yangi mehmonning ham faqat va faqat foydasiga ishlaydi...
@ijoddardi

🥰1
Bu qorlar sónggi qorlar:
kun chiqishi oldidan qorongʻulik zimiston bólgandek,
xoriganingda, hamma - hammasi óz jozibasini yoʻqotyotganda - ğoyibdan bir yól kóringanidek, kóklam oldi yoqqan qor bu.
Hayrli oqshom...
kun chiqishi oldidan qorongʻulik zimiston bólgandek,
xoriganingda, hamma - hammasi óz jozibasini yoʻqotyotganda - ğoyibdan bir yól kóringanidek, kóklam oldi yoqqan qor bu.
Hayrli oqshom...
👍2❤1
Gunohning boshlanishi
Gunohning boshlanishi qiyin boʻladi, vaqt oʻtib odatlanasan undan soʻng odatiy tusga kirib qoladi, deyilgandi - "daftar hoshiyasidagi bitiklar"da. Boshida foydasiz reelslarga yarim soat vaqt sarflasam ichimdagi odamchaga qattiq hisob berardim.
Keyin keyin bu odatiy tusga kirdi, hozir bemalol ikki soat vaqt sarflab yuborishim mumkin.

👍1
***
Muslim boʻldik arabdan ortiq,
Óris boʻldik rusdan ziyoda.
Birni topsak yorugʻ dunyoda,
Ón karrani qilganmiz tortiq.
Yedik, ichdik shoʻro yurtida
Ózdik katta ogʻalardan ham.
Surbetlikda oshmasak boʻldi,
Ovrupalik togʻalardan ham.
Erkin Vohidov
@ijodhona
Muslim boʻldik arabdan ortiq,
Óris boʻldik rusdan ziyoda.
Birni topsak yorugʻ dunyoda,
Ón karrani qilganmiz tortiq.
Yedik, ichdik shoʻro yurtida
Ózdik katta ogʻalardan ham.
Surbetlikda oshmasak boʻldi,
Ovrupalik togʻalardan ham.
Erkin Vohidov
@ijodhona
***
Men birinchi marta sevdim,
faqat, bir bora kutdim,
bir bora sof saqlay oldim uni,
tağin kim bilsin.
Faqat, bir bora qattiq talpindim
izsiz izladim,
umidlar ummoniga chuqur shónğidim,
duo etdim.
yor dedim, ham or dedim-
sen esa kelmading.
Men hech narsasiz qolgandayman,
tağin hislarimni masxaralayman:
ojiz qolishga haqqim yoʻqdek,
hech nesiz qolmoqqa haqqim yoʻqdek,
tan bermoqqa yoʻqdek haqqim
yiğlashgaku, yiği kelmaydi,
Jin ursin, "jabrdiydalik" dermidi,
ha, men jabrdiyda emasman,
va yiğiga hojat yoʻq,
ahr, sen jabrdiyda emassan.
Jin ursin, shunchaki yashab boʻlmaydimi,
qiyinmi shunchaki yashash,
qól siltamoq shunchaki...
qiyinmi,
izlamasdan yasholmaysanmi,
sen kelmasang yasholmaymanmi?
axir, ismingni ham bilmaymanku,
Jin ursin, menga hech narsa qoldirmading.!

👍2❤🔥1
Forwarded from Rayhona Kamolova | Blog
****
Azizim! Qalbimning sohibi ózing.
Shunchaki, ózing ból, ózligingcha qol!
Men seni sevganman shu bolrliğingcha...
Men bilgan kulguchi daryo bólib qol!
Hech qachon ğam chekma, ğam bilmagin hech,
Shukrona keltirki, sakinat toʻlsin.
Qalbingning tórida ezgulik chiroq:
Doim porlab tursin, nurafshon bólsin.
Óylanma - nima der ekan insonlar,
Bilki, har kimsaning óz yozuği bor.
Sen axir bittasan, hech óxshashi yóq,
Qalbimda tanhosan, bil- tengisi yoʻq!
Tonglarim umidga toʻla sen bilan,
Koʻzlarim quvonchdan kular sen bilan,
Shu umrim nurlarga tóla sen bilan,
Men bilgan bir mehri daryo boʻlib qol!
Rayhona Kamolova