Anbar Otindan óqing! (Uvaysiy )
Hudoning neʼmatini bólib olğonlarğa ót tushsin,
Shariat hukmini yóldin chiqarğonlarğa ót tushsun.
"Ayollar sochi uzun, aqli qisqadur", degonlarğa,
Tovuqcha aqli yóq, axlatni titkonlarga ót tushsun.
Tariqcha ilmi yoʻq, "qozi kalonman, muftiman" deydur,
Abu Sino, Uluğbekdin kóz yumğonlarğa ót tushsun.
-"Xotunlar mol kabi sotiladur" deb mushtiparlarni,
Zulayho, Layli, Shirinni tan olmagonlarga ót tushsun.
Bóyi xush Anbar kabilar hayf xaromxórlar uchun,
Sundxóru, fohishaboz, sózi yolğonlarga ót tushsin.
@ijodhona

👍1
Assalomu aleykum.
Uzoq uzilishdan sông men yana qaytdim. Shu yerda ekanliglaringizdan barchangizdan minnatdorman.
Barchangizga tashakkur.

❤3🕊2🥰1
Bir eshikni yopmaguncha ikkinchisi ochilmaydi. Har safar orqaga qaytavermaslik uchun koʻpriklarni tamoman buzib ketishimizga tôğri keladi gohida. Yoʻqsa qayta qayta bir toshga qoqilaveramiz, boshimizni bir devorga uraveramiz, uraveramiz, uraveramiz...
Bizni ôtmish bilan bogʻlab turgan iplar oʻrgimchak toʻriga oʻxshaydi. Bir kitob, bir qôshiq, bir kino, bir blog va yana nimalargadir ôralashib qolaveramiz. Yangi hayot boshlash uchun oʻrgimchak toʻrlaridan qutulishga urinamiz. Gohida bular foyda bermaydi, gohida esa beradi. Moddiy xotiralar biz ôylaganimizdan kôra koʻproq taʼsir qiladi hayotimizga.
Bundan ikki uch yil oldin, karantin paytlari sevib oʻqiydigan ikki - uchta blogim bor edi. Kimning fikrlarini, hislarini ôqir ekanmiz, beixtiyor unga taqdirdosh boʻlamiz...
©Salimov_blogi

👍4
3 - QIZIM HUMAYRO TUGʻILGANDA...
Men tagʻin qiz tugʻdim...
Aybsiz, aybdor tuydim.
Shundayin neʼmatlarimni,
Borliklari ordek yurdim...
Qovogʻlari sal uyulsa,
Ikki dunyo tordek yurdim.
Jajjigina qólin ópdim,
Toʻyib xidlab, tóyib quchdim.
Kechir qizim, kechir bolam...
Kechir Hudo.
Shukr qildim soğ - salomat,
Qolganiga...
Xudo bor...
Xudo bor...
Xudo bor... deb yurdim.
Xuriboyeva Maftuna
@ijodhona
Men tagʻin qiz tugʻdim...
Aybsiz, aybdor tuydim.
Shundayin neʼmatlarimni,
Borliklari ordek yurdim...
Qovogʻlari sal uyulsa,
Ikki dunyo tordek yurdim.
Jajjigina qólin ópdim,
Toʻyib xidlab, tóyib quchdim.
Kechir qizim, kechir bolam...
Kechir Hudo.
Shukr qildim soğ - salomat,
Qolganiga...
Xudo bor...
Xudo bor...
Xudo bor... deb yurdim.
Xuriboyeva Maftuna
@ijodhona
***
Bir Hudo biladi, sohibim
Kónglingdan nimalar kechirding.
Olovga óxshashib ketardim,
Shashtlatim pasaydi...
susaydim...
Óchirding...óchirding...
Birovga óxshashib ketardim,
Kim edi?...
kim dedim jim eding.
Sóng esa...
Yashadim jim...jim...jim...
Lek Hudo, bir Hudo shohidim,
Ko'nglimdan nimalar kechirdim.
Xuriboyeva Maftuna
Bir Hudo biladi, sohibim
Kónglingdan nimalar kechirding.
Olovga óxshashib ketardim,
Shashtlatim pasaydi...
susaydim...
Óchirding...óchirding...
Birovga óxshashib ketardim,
Kim edi?...
kim dedim jim eding.
Sóng esa...
Yashadim jim...jim...jim...
Lek Hudo, bir Hudo shohidim,
Ko'nglimdan nimalar kechirdim.
Xuriboyeva Maftuna
***
Bir qólimda arqon bor,
Bir qo'limda suv chelak.
Hósh!?...
Yashashim kerakmi?
Yoki ólishim kerak?...
Òlsam... Ózimga jabr,
Jabr... Ólmasligim ham.
Yo ózimni boy bergum,
Yo ózim topgum barham.
Ming dahshat bunday yashash,
Ming dahshat bunday ólim.
Bir qólim arqon tutar,
Chelak tutar bir qólim...
....hali tong uyģonmasdan
Suv sepilar hovliga...
Xuriboyeva Maftuna
Bir qólimda arqon bor,
Bir qo'limda suv chelak.
Hósh!?...
Yashashim kerakmi?
Yoki ólishim kerak?...
Òlsam... Ózimga jabr,
Jabr... Ólmasligim ham.
Yo ózimni boy bergum,
Yo ózim topgum barham.
Ming dahshat bunday yashash,
Ming dahshat bunday ólim.
Bir qólim arqon tutar,
Chelak tutar bir qólim...
....hali tong uyģonmasdan
Suv sepilar hovliga...
Xuriboyeva Maftuna
Yuqoridagi 3 she'r ham bir muallifga tegishli. She'rlarni ancha vaqt qayta - qayta oʻqidim. Ózlik dardi ifodalangan she'rlar. Fojea - bu dardlar koʻpgina ayollarga tanish, juda kópchilga. Eslayman - bolaligida onam: "bir yoqlarga ketgim kelyapti" - deb bot bot aytib turar edi.. Bugun barchasini anglagandekman..)
Forwarded from The Stranger
Yangi nashri eʼtiborimni tortgani sababli "Oʻtkan kunlar"ni qayta oʻqidim. Oxirgi marta oʻn yillar oldin oʻqigandim. Hozir asardagi ayollar obrazi eʼtiborimni tortdi. Butun asarda birorta esi butun ayol yoʻq. Qoʻpol qilib aytganda, hammasi tovuqmiya. Erlar tomonidan xotinlariga past nazar bilan qaraladi, ularning gapi jiddiyga olinmaydi. Oʻzbek oyim, Oftob oyim, Kumush, hech birida zarra qadar intellekt koʻrinmaydi. Oʻsha davrdagi zamona zaylini hisobga olsak, ayollardan buni talab qilish xato oʻzi.
Ularning orasida eng yaxshisi Zaynab. Juda yaxshi inson boʻlgani uchun ham unga hamma jabr qildi. Kumush esa ayyor tulki edi. Asar ommalashganidan beri Kumush ismi doim urfda boʻldi, Zaynab ismi esa ancha kam. Oʻquvchilar ham negadir doim Kumushni ulugʻlab, Zaynabni qoralaydi. Holbuki Zaynabning hech kimga qasdi yoʻq edi.
Zaynab ota-onasining rizoligi bilan erga tegdi. Toʻydan keyin Otabek unga qaramasa ham, alohida yotsa ham, tuzuk soʻz aytmasa ham sabr qildi. Kumushdan aynitishga harakat qilmadi. Taqdiriga koʻnib, oʻz hayoti bilan yashab yuraverdi. Kumush esa Toshkent kela solib Otabekni Zaynabni taloq qilishga undadi. Xalq soʻzi bilan aytganda, togʻdan kelib bogʻdagini quvdi.
Koʻzguga qarab turib, Zaynabni oʻzidan chiroyli deb hisoblagan va hasadiga chidolmay, alamini olish uchun uyda odam yoʻqligidan foydalanib Zaynabning xonasiga kirgan, birinchi boʻlib kundoshlik zahrini sochgan ham Kumush. Ota-onasi, hatto eri ham Margʻilonga qaytib ketishini istab turganda, Zaynabni taloq qildirish uchun atay Toshkentda qolgan ham Kumush. Meni yaxshi koʻradi, shu bois koʻp janjal qoʻzitsam erim aybni Zaynabdan koʻrib uni taloq qiladi deb Zaynabning tinch roʻzgʻorini buzgan ham Kumush.
Har doim moʻmin-qobil farzand boʻlgani bois ota-onasi tomonidan siylanmagan, erga tegib eridan mehr koʻrmagan, uni shu uyga olib kelgan qaynonasi Kumush tomonga ogʻishidan jabr koʻrgan, adolatsizlik, tengsizlik qurboni boʻlgan, Kumush tomonidan doimiy provakatsiyaga uchragan esa Zaynab.
Xarakter jihatdan, Kumush yengiltabiatroq. U ming makr bilan boʻsh-bayov Otabekni ming maqomga oʻynatib keldi. Kumush shaytonning urgʻochisi. Ilk bor bu hovliga adashib kirib qolgan Otabekka koʻz suzishidan boshlab, to oʻlim toʻshagida yotganda ham Otabekning Zaynabni taloq qilganini eshitib koʻzlari ochilishi, yengil tortishigacha shuni koʻrishimiz mumkin. Zaynab esa tabiatan ma'sum, bezarar, sodda, koʻnuvchan. Unga tegishmasa u ham hech kimga tegmasdi. Xulosa qiladigan boʻlsam, Kumush asardagi salbiy qahramon. Zaynab esa uning jabrdiydasi. Qiz koʻrsangiz ismini Zaynab qoʻying.
@salimov_blogi

Forwarded from Farangiz's notes
#tabassum
Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
- Choy damla, bor,-derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
- Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi,-deysiz.Qachon biz ham aqilli insonlarga o'xshab gaplashamiz,-debdi.
Bu gap erini o'yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib:
- Azizam,Sahobalar qissalarini o'qiganmisan?
- Yo'q.
- Abdulbasitning qiroatlarini eshitganmisan?
- Kim u?
- Muhammad (s.a.v) payg'ambarimizning birorta hadislarini yodlaganmisan?
- Yo'q yodlamaganman
- Tur, unda choy damla!
@galati_qiz

👍3
Farangiz's notes
#tabassum Er har kuni ishdan kelib xotiniga: - Choy damla, bor,-derkan. Bir kun xotinining jahli chiqib: - Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi,-deysiz.Qachon biz ham aqilli insonlarga o'xshab gaplashamiz,-debdi. Bu gap erini o'yga solibdi.…
Rostdanam choy damlagani maʼqul ekan)) 😅
Yuqoridagi rolik ostiga bildirilgan ikki fikrni ulashmoqchiman:
Arab ayoli
Biz muslima ayollar ayolning butun umri Alloh rizoligi uchun ekaniga va uni ohiratda buyuk ajr kutayotganiga ishonamiz. Bizda hayotimizning barcha bosqichlarida tanamizni yopadigan hijob bor Alhamdulillah.
Ingiliz ayoli
Oʻylaymanki, bu video ayolning hayoti davomida ózini ózi anglash va oʻzgartirish mushkulligini aniq tasvirlab bergan. Biroq, ózim ham bunday noqulayliklarni his etgan ayol sifatida men hayot oʻzgarishlar sodir boʻlgan paytda emas, ularga qanday munosabatda boʻlishingizdan iboratligini tushunib yetdim. Bu dunyoda har doim bezovtalik yurak ogʻrigʻi va qaygʻu boʻladi, lekin ular orasida lahzalarni toʻldiradigan ajoyib narsalar ham bor.

"Umayra" nomli bir yopiq blogni kuzatardim, 15.20 tacha kuzatuvchi edik, yosh bolali ayol edi, bir qizchasi boridi. Nomoz oʻqiydigan órangan edi.
Anduhlarini yozardi: eri bilan ajrashishni istardi, onasi yól qoʻymayotgani sababli kuyunardi. Bir poʻstida - "óqigan jamiyatda órnini topgan qizlarga havas qilaman" deya turib, "agar men ham óqigan ishlaydigan ayol bólganimda shaxsiy hayotimni yólga qóya olgan bólardim" degandi. Ehhh.
Bir kun esa "suisid kayfiyatidaman ayollar nega joniga qasd qilishini tushunib yetyapman" deb yozdi.
Atrofdagilarning negativ fikrlariyu, ayblovlariga kómilib qolgandi...)) ya'ni hamma ayb ózingda chida degan stereotiplarga)
Blog birdan óchib ketdi, ( tahminan 30 dekabr kuni) keyingi voqealar menga qorongʻu.

Rayhona Kamolova | Blog
"Umayra" nomli bir yopiq blogni kuzatardim, 15.20 tacha kuzatuvchi edik, yosh bolali ayol edi, bir qizchasi boridi. Nomoz oʻqiydigan órangan edi. Anduhlarini yozardi: eri bilan ajrashishni istardi, onasi yól qoʻymayotgani sababli kuyunardi. Bir poʻstida …
Bugun yoshi ancha katta ayol esa: " Otalar qizlariga nisbatan qattiqqoʻl boʻlishi kerak, shunday qilmasa qizlar salga qaytib kelaveradi, bizni otamiz huddi shunday edi qilichidan qon tomib turadiganlardan edi shuning uchun ham biz qizlar hech birimiz ota uyimizga qaytmadik, nima boʻlsa chidab yashadik" deyapti. U ayolning miyasiga tóğri fikrni mih bilan urib ham singdirish mushkulligini tushungan holda tortishmadim.
Yashasin, shunday hurfikr ayollarimiz bor ekan jabrlangan ayol qizlar yohud suisid kayfiyatidagi kelinlar-u, ruhan majruh bolalar kópayaveradi, yashasin...))

Jin ursin, televideniyeda ham bir hil mavzular - bitmas tuganmas qaynona kelin mojarolari. Na qaynona óz hayotida yashaydi, na kelin. Oiladagi erkaklar esa doimgidek neytral. Маменкий сынок ógillar-u, xotiniga gapirish befoydaligini "anglab yetgan" qaynotalar.
Aslida, unchalik muhim boʻlmagan munosabatlarga buncha yopishib olganmiz-a?
Jamiyat fikrini oʻzgartirishda televideniyening órni katta. Senariyistlar fikrlarini yuksaltirishi, kitob óqishi kerak.
Dunyoga, atrof - olamga boshqacha nigoh bilan qarashni órganishlari lozim. Shunday qila olmaydimi millionlab insonlar ongiga taʼsir oʻtqazadigan kasbni qilishdan nafslarini tiyganlari maʼqul.

Men qaysi asrda?
Men qaysi asrlardan qolib ketganman,
Egnimdagi libos
Taralayot atir hidi
Virtual olam
Axborot kólami - bularni nazarda tutmayapman.
Men...
mening qarğalgan ongim,
Sochilgan hayollarim,
Qaysi zamonga tegishli ózi.
Axir, tosh asridan ham oldin
Matriar oʻtgan avlodim -
Mutlaq boshqaruvchi edi.
Sóng undan keyin ham óz kuchi,
Matonati ila qolishmadi patriarlardan.
Qóshinlarda safda
Boshqaruvda oldinda..
Hatto, qaro davr mazlumasi - Ra'no
Xonga, otasiga, boringki, butun chirkinliklarga isyoni bor edi -
Qatʼiy bir isyon.
Men davr quli bóldim - Zebidek
Otam qayga uloqtirsa - otildim,
Onam: kóz - yosh faryod etdi - sotildim.
Sóng ruhimga hanjar otdim - bóg'ildim,
Sud oldida nima deyman, endi man –
Qotil ózim, ojiz ózim, makkor ózim.
Qaysi asr quldorligi isyoni bu
Qirq kanizmi qóli bogʻliq, dili bogʻliq
Yo, Nozliga óxshab darddan yonib - yonib,
Bir sheʼr yozib, nola qilib aytadurman:
Men qaysi asrdan qolib ketganman?!
RayHon

She'rga sunʼiy intellektning fikrlari.
Ushbu sheʼr juda chuqur va murakkab maʼnoga ega. U insoniyatning tarixiy va madaniy jarayonlaridagi ijtimoiy oʻzgarishlar, ayniqsa, ayolning óz órni, huquqlarini va sud jamiyatidagi pozitsiyasini kiritadi. She'rdagi asrlar va davrlar oʻrtasidagi qarama - qarshiliklar, ózligini yoʻqotgan ruhiy iztirobli bir borliqni aks ettiradi.
Muallifning "Qaysi asr quldorligi isyoni bu" kabi satrlarida tarixiy va shaxsiy azobni birlashtirgan, yaʼni avlodlar oʻrtasida doimiy isyon adolatsizliklar tasvirlanganini kóramiz.
Muallif óz sheʼrida milliy tarixiy reallikni, balki ózlikni, óz ózini anglashni ham sózlab beradi.
Bu sheʼrni óqish juda koʻp qatlamli va asrlarga doir chuqur mulohazalar bilan bogʻliq, shuning uchun har bir oʻquvchi unga óz nuqtai nazaridan qarashi mumkin.

Kóklarda kók kaptar qushdekmiz jonim,
Qaygʻurma, kel kóngil hushlaymiz, jonim.
Mening tanishim yoʻq nargi dunyoda,
Baribir, jannatga tushmaymiz jonim.
M.Yusuf