Uh tortar, kech kirgan koʻchalar mudrab,
Aprel... óynoqi yor, sózida turmas.
Aprel... óynoqi yor, sózida turmas.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abduqayum Yoʻldoshning "Puankare" asariga ishlangan filmdan lavha.
Filmni tomosha qilarkansiz insonning juftini toʻgʻri tanlashi keyingi hayotining qanday kechishini belgilab berishini yaxshiroq anglaysiz.
Asardan kelib chiqib, umuman munosabatlar haqida koʻp gapirish mumkin. Ammo, men sizlarga, shunchaki, filmni koʻrishni tavsiya etaman.

👍1
Tirgak
Insonning ichida ustuni boʻladi, uni bu hayotda ushlab turadigan deymizmi.. Kimnidir boyligi, kimnidir erki, din va yana kimlarnidir erkakka/ayolga nisbatan muhabbati. Inson juda ojiz, bir suyanchi yoʻqolsa qulab tushsa, yashash instinktlari darrov boshqasini izlay boshlaydi topilsa hoʻp - hoʻp, topilmasa ikki yoʻldan yuradi: befarq boʻlib qoladi, tirik-u, ammo, unda hech narsa qolmaydi buni qanday tushuntirishni bilmayapman, ikkinchi yoʻl esa, suisid boʻladi.
Ózimda doim yashash instinktlari faolligini kuzataman, ustunlarni tez tiklayman, yiqilganlari haqida ğam chekmaslikka urinaman. Hafagarchiliklarni tez unutib yuboraman: koʻp hollarda buni kechib yuborish orqali amalga oshiraman.

Asr tushgan qalbga taskinning eng yaxshisi - narigi qalbdagi aks-sadodir!
© Abduqodir Polvonov
© Abduqodir Polvonov
💯3👍1
Forwarded from Rayhona Kamolova | Blog
#kundaliklar
Ikkinchi qól kitoblar sotiladigan doʻkonlarga kirsam ğalati bólaman. Eski kitobni qólimga olganimda unda biror rasmni kórsam óyga botaman. Kóp hollarda uni kimdir kimgadir uzun va samimiy tilaklar yozib sovğa qilgan boʻladi. Deylik, bundan ellik yil muqaddam bir qiz bir yigitga sovğa qilgan kitob qólimga tushdi. Keyin nima boʻldi ularning taqdiri? Birga bólishdimi? Yoki vaʼdalarga vafo qilishmadimi? Yoki oila qurib, rózğor tashvishlari bilan boʻlib, kitob óqimay qóyishdimi? Yoki umr boʻyi kitob óqishdiyu, ólimlaridan sóng bu kitoblar farzandlari uchun keraksiz yuk boʻlib, arzon-garovga sotib yuborildimi?
Biz hayot jósh urayotgan kóchalardan kimningdir kulgusini bağrimizga mahkam bosib ótamiz.
Kun kelib birdaniga yóqolib qolamiz. Untilamiz. Kóp hollarda ólmasimizdan ancha oldin unutilgan bólamiz. Shu bois biz ham unutishni órganishimiz kerak. Ba'zi xotiralar qanchalik aziz bólmasin umr boʻyi koʻtarilib yurishga oğirlik qiladi.
Ilhom Salimov
@ijodhona

❤2
***
Sen menda umid paydo qilasan
Men kutishni oʻrganaman
Oʻqishni oʻrganaman
Yozishni oʻrganaman
Sen menda umid paydo qilasan
Menga muammolar koʻrinmaydi keyin
Gʻamlar koʻrinmaydi keyin
Dogʻlar koʻrinmaydi keyin
Sen menda umid paydo qilasan
Men oddiy narsani kutaman
Sayr qilishimizni oʻylayman
Gapirishingni oʻylayman
Oʻrindiqda jim oʻtirishimizni oʻylayman
Sen menda umid paydo qilasan,
Ey Xudo
Meni nimam bor yana?
Sen menda
Umid paydo qilasan.
© Ahmad Ali
Sen menda umid paydo qilasan
Men kutishni oʻrganaman
Oʻqishni oʻrganaman
Yozishni oʻrganaman
Sen menda umid paydo qilasan
Menga muammolar koʻrinmaydi keyin
Gʻamlar koʻrinmaydi keyin
Dogʻlar koʻrinmaydi keyin
Sen menda umid paydo qilasan
Men oddiy narsani kutaman
Sayr qilishimizni oʻylayman
Gapirishingni oʻylayman
Oʻrindiqda jim oʻtirishimizni oʻylayman
Sen menda umid paydo qilasan,
Ey Xudo
Meni nimam bor yana?
Sen menda
Umid paydo qilasan.
© Ahmad Ali
❤2👍1
Imkonsiz narsaga erishishning yagona yoʻli - uning imkoni borligiga ishonishdir.
Charles Kingsliegh
❤1
#mutoladan
Shu ondayoq Maratning hayoliga yana ósha fikr keldi - chiroyli qiz. Kim bilsin, aqli qanaqaykin. Koʻpincha, qizlar oʻzlarining gʻoʻzalliklarini payqashsa, aqllarini ishlatmay qoʻyadilarku..
Forwarded from Khulkar | NurAliyevna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Videodagi yigitlarni ichidagi gapni qisqacha tushuntiraman:
O'zimdan bilim'lisi avvalo menga tegmaydi. Ahmoqligim bilinib qoladi. Undan keyin boshqarishga na aqlim va na duxim yetmaydi.
Karochi ashnaqa deyolmayaptikan bular)
O'zimdan bilim'lisi avvalo menga tegmaydi. Ahmoqligim bilinib qoladi. Undan keyin boshqarishga na aqlim va na duxim yetmaydi.
Karochi ashnaqa deyolmayaptikan bular)
Prizma
Сен телеграмда история қўйиш орқали ҳаётингдаги қанақадир ҳодисаларни яқинларингга бўлишмоқчи бўласан. Мен история қўйиш орқали кимларнинг контактида борлигимни билиб оламан. Биз фарқлимиз.
Sen mushkul vaziyatda qiyin deyishni óylaysan, va nolishga tusharsan balki, men kurashmoq kerak deyman, va hamma hammasiga tik bormoq haqida oʻylayman. Biz farqlimiz.
Men qaytmasligim mumkin:
Ammo, sen yashashda davom etasan
Uyğonasan
Yuzingni yuvasan
Nonushta qilasan
Ishga ketasan
Ishlaysan
Ammo, zavqlanmaysan.
Ishdan qaytasan
Tanish chehralar
Ammo, yaqin emas.
Tushlik qilasan
Ammo, zavqlanasanmi,
bilmadim.
Kitob oʻqiysan,
Chalğimoq uchun
Ammo,
chalğiysanmi - bilmadim
Keyin uxlaysan
Dam olmoq uchun
Ammo, tubsizlikka qulab tushasan
Uxlaysanmi - bilmadim.
Yashaysanmi - bilmadim,
Kulasanmi - bilmadim
Bilganim - bóshliqsan.!
Ammo, sen yashashda davom etasan
Uyğonasan
Yuzingni yuvasan
Nonushta qilasan
Ishga ketasan
Ishlaysan
Ammo, zavqlanmaysan.
Ishdan qaytasan
Tanish chehralar
Ammo, yaqin emas.
Tushlik qilasan
Ammo, zavqlanasanmi,
bilmadim.
Kitob oʻqiysan,
Chalğimoq uchun
Ammo,
chalğiysanmi - bilmadim
Keyin uxlaysan
Dam olmoq uchun
Ammo, tubsizlikka qulab tushasan
Uxlaysanmi - bilmadim.
Yashaysanmi - bilmadim,
Kulasanmi - bilmadim
Bilganim - bóshliqsan.!
😢3
Оқ илон оппоқ илон--Султонпошша Ўдаева
@Qalbgavhar--Қалбимда Сенсан канали
Bu qóshiqni "Ikki eshik orasi" ni óqiganlar yaxshi biladi. Ra'no, Umar zakunchi bilan qochib ketib, baxtsiz bólganda, Shomurodning hayolidan beixtiyor shu misralar ótadi.
Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotqoning qani,
Senku, meni yomon deding, yaxshini topqoning qani.
Bu asarni óqigan vaqtlarim, bu qóshiqni eshitmagandim, hozir tinglab, roman voqealari bir - bir hayolimdan oʻtdi. Shomurodning kóngil kechinmalari ham qóshiq misralariga aynan mos.

😢6
Barcha ikki oyoqlilar - dushman.
Shu jumla haqiqatmi deymanda, agar shunday boʻlsa, yashashdan bir mani qoladimi? Bunday oʻylab qarasangiz atrofingizdagilar ózlarining istaklari uchun sizni parcha-parcha etmoqqa tayyor turishadi, etishadi ham. Bot-bot yodimga keladigan bir jumla bor: "bir kitob, bir asar, yoinki bir sheʼr oqiganingizda edi dunyoni bu qadar kirlatmagan boʻlardingiz".

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Fayzullayevni qarang, mabu yosh bolani qarang, hahahaa..
— Mani óğlimdanam kichkinayu bu, hahahaaa
Millatimizning aksariyati nafratga loyiq odamlardir. Ikki futbol sharhlovchisining sharxiga eʼtibor bering. Qoyilmaqom sharx, qoyilmaqom tanishtiruv. Hech narsadan tap tortmay shaxsiyatu, jismoniy koʻrinishini hammaning oldida tanqid qilib kulib tashlayverishyapti.
Fayzullayev esa, boʻyi past boʻlsada, boʻyi baland futbolchilarning aksariyatidan yaxshi óynay olishini prosta, butun dunyoga isbotlab kelyapti.
🤔1
ROMIZ RAVSHAN SHE'RI SHOHIRA HAMRO IJROSIDA!
Ma'rifat bulog'i
Yana bu shaharda yuzma-yuz keldik,
Noiloj boshqa bir shaharimiz yoʻq.
Balki biz baxtiyor boʻla olardik,
Ehtimol baxtlimiz xabarimiz yoʻq..
@ijodhona
Noiloj boshqa bir shaharimiz yoʻq.
Balki biz baxtiyor boʻla olardik,
Ehtimol baxtlimiz xabarimiz yoʻq..
@ijodhona
⚡2
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHO‘LPON
Ko‘ngil
Ko‘ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do‘stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
Haqorat dilni og‘ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi?
Qilichlar endi sinmasmi?
Tiriksan, o‘lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsen,
Kishan kiyma,
Bo‘yin egma,
Ki, sen ham hur tug‘ilg‘ansan!
Toshkent, 1922
Ijro: Art House Hamsa" teatrining "Cho'lpon" spektakli
Video: Mehrinoz Abbosova
@FeruzaXayrullayeva

⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu kuylar nurab borayotgan qalbimga qayta ilinj bergandek boʻldi. Ha qayerlardadir, seningdek qalblar, kuylar, faryodlar, muhitlar, zilol suvlar bor, dunyo butkul chirkin emas deyman: biz hali ólmaymiz va har qanday holatdan bizni ilm, ajdodlar ilmi olib chiqishiga ishonaman.
Choʻlponni men XX asr oʻzbek jadidchiligining haqiqiy vakili deb bilaman. Ijodi ham shunday. Sheʼriyatini avval shunchaki oʻqirdim, chuqur anglamasdim, "Goʻzal" sheʼrini ham yor talqinida yozilgan deb tushunganman, aslida u ozod va hur kunlar uchun yozilgan ekan. Shoir "qorongʻu kechada" eʼtibor bering, ósha qorongʻu kechalarda koʻkka koʻz tikib, oydan, yulduzlardan erk haqida soʻraydi, uning qanchalik goʻzal va totli boʻlishini hayol va orzu qiladi. Aslida ham, insonning eng birinchi huquqi - erki deb bilaman, u boʻlmasa, umr oʻtmogʻidan bir mani koʻrmayman.
"Binafsha" sheʼridagi bu dard qayerdan? Balki, ne ne umid va maqsadlar bilan tuzilib, atigi 72 kun yashagan Turkiston muxtoriyatining fojeasiga bağishlangandir..