Telegram Web Link
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda.

📆 Bugun, 30-may kuni yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida 9-sinf kesimida:

🟢 Prezident maktablaridan 334 nafar oʻquvchi Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha;

🟢 Ijod maktablaridan 354 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha;

🟢 Sport maktablaridan 26 nafar oʻquvchi Matematika fani bo‘yicha;

🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablardan 11 397 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha sinovdan oʻtdi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktabiga_qabul

🇺🇿Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

✍️Hujjatlar ONLAYN shaklda 📥ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🥇 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

Oxirgi o‘quv yilidagi tabelning direktor tomonidan tasdiqlagan nusxasi;
Imtihon ruxsatnomasini shakllantirish uchun oxirgi ikki oy davomida tushgan fotosurati;
Nomzodning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
Ota-onaning hujjat to‘ldirish uchun pasport ma’lumotlari. Bog‘lanish uchun telefon raqam.

Imtihon bosqichlari.
1⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2⃣-bosqich: ijodiy suhbat;
3⃣-bosqich: ona tili adabiyot (20 ta), ingliz tilidan (15 ta) va intellektual qobilyatni aniqlash bo‘yicha (15 ta) jami 50 ta test sinovlari beriladi.

✍️Hujjatlar 2025-yil 1-20-iyun kunlari qabul qilinadi.
☎️Murojaat uchun: +99894 294 51 52, +99894 394 51 52
📊Texnik muammolar vujudga kelganda 1⃣2⃣0⃣6⃣ Call-markaziga murojaat qiling.

@ikki_qalb_izdoshlari

🌐 Telegram I 🔍Web sayt  I 📹YouTube I 🌐Instagram I
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥11
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda

2025-yil 20-martdagi 36-AF-sonli buyruqqa muvofiq, 2024/2025-o‘quv yilida Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish belgilangan.

31-may kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 11-sinf o‘quvchilari uchun Matematika fanidan yozma imtihon bo‘lib o‘tmoqda

Telegram I Web sayt  I YouTube I Instagram I
17🔥2
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda.

📆 Bugun, 31-may kuni yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida 11-sinf kesimida:

🟢 Prezident maktablaridan 329 nafar oʻquvchi O‘zbekiston tarixi fani boʻyicha;

🟢 Ijod maktablaridan 319 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha;

🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablardan 6833 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha sinovdan oʻtdi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Ubbiyev
#Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

Qadrli va aziz bolajonlar!

Sizlarni bugungi quvonchli sana — 1-iyun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

Sizlar bizning hayotimiz mazmuni, Vatanimizning eng bebaho boyligi va ertangi porloq kelajagisizlar. Har biringizda yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan ulkan salohiyat, buyuk orzu va cheksiz imkoniyatlar mujassam. Ushbu kuch — Sizning ilmga bo‘lgan intilishingiz, go‘zal tarbiyangiz va yurtga bo‘lgan sadoqatingiz bilan mustahkamlanib boradi.

Bugun maktablarda chuqur o‘rganayotgan fanlaringizga, bir zamonlar bolaligida xuddi sizlar kabi zehni o‘tkir, ilmga chanqoq bo‘lgan buyuk ajdodlarimiz asos solgan. Tinimsiz o‘qish va izlanishlari, ustozlari bergan saboqlar tufayli ular dunyoni lol qoldirgan buyuk shaxslarga aylanishgan. Bugun ilm-fan eshigining kaliti — aynan Sizning qo‘lingizda.

Mamlakatimizda Sizning bilim olishingiz, yuksak orzularingiz sari intilishingiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalaning, orzularingiz sari dadil qadam tashlang.

Men ishonaman, Sizlar Vatanimiz, ota-onalaringiz va ustozlaringiz ishonchini oqlaydigan, bilimli, vatanparvar va kasb-hunar egasi bo‘lgan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayasiz.

Bu kabi shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, ota-onangiz, ustozlaringiz, qolaversa, jonajon O‘zbekistonimiz kutgandek yigit-qizlar bo‘lib ulg‘ayishingizga ishonaman.

Aziz bolajonlar! Sizlarga doimo sog‘lik-salomatlik, baxtli bolalik, oila davrasida quvonchli damlar va orzularingiz ro‘yobini tilayman!

@alisher_ubbiyev
👍7👏21
2025/07/14 00:37:41
Back to Top
HTML Embed Code: