Telegram Web Link
IMAN kompaniyasining 2024-yildagi 4 oylik ko’rsatkichlari bilan tanishing📊

Yanvar, fevral, mart, aprel oylarida :

- ilovamizda yangi foydalanuvchilar soni;
- boshqaruvdagi mablag’lar;
- to’langan soliqlar miqdori;
- kompaniya olgan sof foyda;
- savdo hajmi bo’yicha ko’rsatkichlarda qanday o’zgarish bo’lgani haqida batafsil yuqoridagi rasmlardan👆bilib olishingiz mumkin.

Iman Invest — bizda hammasi shaffof!

IZOHLAR
14-19-may kunlari Qozon shahrida «Rossiya – Islom dunyosi: KazanForum 2024» bo‘lib o‘tdi.

Unda IMAN nomidan kompaniya rahbari Rustam Rahmatov ishtirok etdilar va islom moliyasi asosida moliyaviy mahsulotlar yaratish tajribasi bilan bo‘lishdilar.

Ushbu forum savdo munosabatlari, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Islom moliya tizimi masalalarini muhokama qilish uchun yaratilgan platforma hisoblanadi.

KazanForum 2024 biznes dasturining asosiy mavzulari quyidagilar bo'ldi: xalqaro hamkorlik, Islom moliyasi va investitsiyalar, halol sanoat.

Shuningdek, forum doirasida Rossiya Halal Expo xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik ko'rgazmasi, Kazan Halal Market xalqaro savdo yarmarkasi va Modest Fashion Day islomiy moda festivali tashkil etildi.

Bu tadbirda ishtirok etish kompaniyamiz uchun investorlar, yangi hamkorlar topish va jahon tajribalarini o‘rganishda yangi imkoniyatlarni ochadi.

IZOHLAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib Uorren Baffet 66 mlrd$ bilan dunyodagi eng yirik va boy investorga aylandi?

Sababi shundaki, u investitsiya bilan shug’ullanayotganda 5 ta muhim qoidalarga amal qilgan va ularning kuchiga tan bergan.

Yuqoridagi videoda investorning tajribasidan olingan 5 ta xulosani bilib olishingiz mumkin👆

Shunday foydali ma’lumotlarni o’tkazib yubormaslik uchun kanalimizga obuna bo’ling!

IZOHLAR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔒 Seyf pulingizni turli zararlardan saqlashi mumkin, lekin inflyatsiyadan emas.

💰Mablag’ingizni @imaninvest da to’plang va uni qadrsizlanishidan himoya qiling. Shunda siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lasiz:

🔹Maqsadlar uchun pul toʻplash odatini shakllantirish;
🔹To‘planayotgan puldan sherikchilik asosida halol barqaror foyda olish;
🔹Mablag‘larni doimiy nazorat qilish;

Hoziroq @imaninvest ilovasini oʻrnatib, birinchi sarmoyangizni kiriting.

IZOHLAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱 Izohlarga javob berishda davom etamiz.

- Nima uchun kartadan pul o’tkazishda 1% xizmat haqi olinadi?
- IMAN kompaniyasi faoliyati sudxo’rlikdan yiroqmi?

Shu va boshqa savollarga javoblarni Izohlarga javob rubrikamiz doirasida kuzatib boring!

IZOHLAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😍 Jamoamizda pozitiv atmosfera yaratuvchi inson – HR departamenti mutaxassisi, Abdujalolova Ruhshona.

Videoda IMAN’ni tanlash sabablari, jamoaga munosabatlari va kelajakdagi rejalari hamda qanday qilib IMAN kompaniyasiga ishga kirish mumkinligi haqida so‘zlab berdilar.

IZOHLAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Foiz (%) ishlatilsa, bu sudxo'rlik emasmi?🤔

Bu — bizga eng ko'p beriladigan savollardan biri. Foiz qaysi o'rinlarda taqiqlangan va ruxsat berilganligini videodagi qarz oldi-berdisiga asoslangan kelishuvlar va savdo-sotiq misolida bilib olishingiz mumkin.

Shuningdek, ushbu videoda siz foiz aslida nima va IMAN kompaniyasida foiz qanday ishlashi haqida ma’lumotga ega bo’lasiz

IZOHLAR
💰 Islom moliyasi hozirgi kunda an’anaviy moliya tizimidan ko‘ra uch barobar tezroq rivojlanmoqda. Shu sabab u butun dunyo bo‘ylab insonlar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda va moliyaviy savodxonlik darsajasi o'sib bormoqda, shu jumladan O‘zbekistonda ham.

📌 Shuning uchun bugun sizlar bilan islom moliyasi qanday paydo bo'lgani hamda qay bosqichda hozirgacha rivojlangani haqida gaplashamiz.

Batafsil: https://telegra.ph/Islom-moliyasi-qanday-paydo-boldi-05-28 👈
🗓 30-may soat 16:00 da IMAN kompaniyasining TOP menejerlari bilan jonli efir bo'lib o'tadi

Jonli efir ishtirokchilari

Mirzo Qodirov
Marketing bo'limi rahbari

Nodir Alijonov
Moliya bo'yicha mutaxassis

Amirxon Kamalov
Mijozlar bilan ishlash bo'limi rahbari

Zuxrullo Boboyev
Sotuv bo'limi rahbari

Ulug'bek Abduqaxxorov
Product menejer

👨🏻‍💼Kompaniya TOP menejerlari sheriklarimiz va kuzatuvchilarimizdan kelayotgan eng ko'p savollarga javob berishadi va so‘nggi yangiliklar, yaqin kelajakdagi rejalar haqida ma'lumot berishadi

Savollaringizni shu yerda qoldiring

IZOHLAR
⚡️Aprel oyida 1,75% foyda olindi.

💰 Iman Pay orqali umumiy hisobda 1 milliard 360 million so‘m sof foyda olindi. Kompaniya olgan sof foyda ko‘rsatkichi 1,75 foizni tashkil etdi. Bunda har bir sherigimiz olgan foyda ko‘rsatkichi sherikchilik ulushiga qarab farq qilishi mumkin.

*ikkinchi grafikda kelasi oylar uchun foyda prognozlarini ham ko‘rishingiz mumkin. Unda foydalar o‘tgan 3 oylik natijalardan kelib chiqib hisoblangan. Real ko‘rsatkichlar undan ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin.
Har bir inson iqtisodiyotning faol ishtirokchisi bo‘lishi lozim!

📈 Butun dunyoda moliyaviy xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj juda yuqori va har kim o'z talablariga javob beradigan xizmatlardan foydalanishni xohlaydi.

😔 Dunyo aholisining 36 foizini musulmonlar tashki etadi, lekin dunyo moliyaviy xizmatlari bozoriga nazar solsak, musulmonlarning talabiga javob beradigan xizmatlar, atigi 6 foiz.

👆Yuqorida biz ko‘rgan raqamlar hozirgi kunda oldimizda turgan muammoni yaqqol ko‘rsatib beradi.

🔗 Insonlarning o‘zlari xohlagan usulda moliyaviy ehtiyojlarini qondira olmasligi bora-bora moliyaviy savodxonlikning pasayishi, turli xil riski baland vositalarga qiziqishning ortishi va o‘z navbatida firibgarlik qurboniga aylanishga olib kelishi mumkin.

📌 Shundan so‘ng insonlarda moliyaviy vositalarga bo‘lgan ishonch kamayadi va pullar to‘shaklar ostiga yashirila boshlanadi. Bu esa oxir-oqibat mamlakatlar va mintaqalarni iqtisodiy jihatdan zaiflashtiradi.

💪 Mana nima sababdan har bir inson islom moliyasida ham faol bo’lishi lozim. O’z navbatida biz ham 70 000 ga yaqin siz sheriklarimiz va mijozlarimiz bilan ana shu jarayonga o‘z hissamizni qo‘shyapmiz.

🤝 Bu uchun har birimiz o‘zimizga rahmat aytsak arziydi.

Siz bu fikrga qo’shilasizmi? Reaksiya qoldiring🔥
💼 IMAN jamoasi aksiyadorlar, sheriklar va foydalanuvchilar uchun maxsus taklif tayyorlamoqda.

Bugungi postda taklif taqdimoti qachon bo'lishini bilib olishingiz mumkin.

20:30 🤫
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz kutgan yangilik! 9-iyun kuni🤩

💼 Bir necha oylik tinimsiz mehnat, katta maqsadlar, missiyamizga yaqinlashtiradigan yana bir muhim qadam.

💁‍♂️ 9- iyun kuni barchasini bilib olasiz. Bunaqasi oldin bo‘lgan, lekin bu oxirgisi bo‘lishi mumkin.

Shu kunlarda bizni yaqinroqdan kuzating, yaxshi xabarlarimiz bor.

Sheriklarimiz va aksiyadorlarimizni nima kutmoqda? Taxminlaringizni yozing👇

IZOHLAR
💁‍♂️ Bir necha kun oldin sizlar bilan islom moliyasi tarixi va uning naqadar kerakligi haqida gaplashdik.

Shularni inobatga olib IMAN kompaniyasi ham o‘z oldiga juda katta maqsadlar qo‘ygan. Siz ular haqida bilasizmi?

📌 Avval yuqoridagi muammolarni mahalliy holati haqida aytib bermoqchimiz. O‘zbekistonda 35 mln aholi bor va uning 90% dan ko‘rog‘i islom diniga e’tiqod qiladi. Savdo-sanoat palatasining BMTTD bilan o‘tkazgan tadqiqoti natijalariga ko‘ra biznes vakillarining 38 foizi va jismoniy shaxslarning 56 foizi an’anaviy banklar xizmatlaridan foydalanishmaydi.

💵 Bunga muqobil islom banklari xizmatlari esa hali mavjud emas. Ammo Islom moliyasi asosida ishlaydigan moliya tashkilotlariga talab oshmoqda. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining baholashiga ko‘ra, Islom moliyasini joriy etish budjetga qo‘shimcha 100 mln dollar foyda keltiradi.

Qo'shimchasiga islomiy moliya xizmatlarini yo'lga qo'yish orqali 3 ta maqsadga erishiladi:
a. insonlarda o‘zlari xohlagandek moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi;
b. aholi farovonligi oshadi;
d. davlatlar va mintaqalar iqtisodiyotini o‘stiradi.
🎯 Shu asnoda IMAN kompaniyasining eng katta maqsadi ham ana shu 2 mlrd musulmon aholiga o'z talablariga mos moliyaviy xizmatlarni taqdim qilishdir.

Hozircha O‘zbekiston miqyosida esa aholiga muqobil moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali ularga moliyaviy savodxonlikni oshirish va shu orqali hayot sifatini yaxshilashga yordam berishdir.

📊 Hozirgi kunda Iman invest va Iman Pay loyihalarimiz orqali 70 000 dan ortiq insonni qamrab, ularga o‘z talablariga mos xizmatlar taqdim etyapmiz va bu bilan global maqsadimizning 0,004% ga erishdik va oldimizda yana juda katta mehnat kutmoqda.
2024/06/01 08:13:44
Back to Top
HTML Embed Code: