Dizaynerlar yo'l qo'yadigan xatoliklar

Bugun siz bilan kompyuter grafikasi, umuman grafik dizayn olamiga qadam qo'ygan yosh dizaynerlarda uchrab turadigan xatoliklar va ularga mos yechimlarni ko'rib chiqamiz.

Yuqoridagi rasmlar orqali oddiy, lekin ko'p kuzatiladigan xatoliklarning bir qismini bartaraf etishingizga yordam bera oladigan kontent ulashgan bo'lsak, xursandmiz.

🔗 Ushbu postdan foydali ma'lumotlar olgan bo'lsangiz, boshqa dizaynerlarga ham ulashishni unutmang.

Telegram | Facebook | Instagram
Tanlagan sohangizda rivojlanishni istaysizmi? Qiyinchiliklar borligini unutmang!

🦾 Qaysidir sohani tanladingizmi, shunchaki muvaffaqiyatga erishaman deb o'ylamang. Sohangiz bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lmoqchimisiz, doimiy mehnat qilish kerakligini unutmang.

Grafik dizayn, SMM... Qaysi sohani tanlaganingiz muhim emas. Asosiysi, hozirgi mehnatlaringiz samarasi. Rivojlanishni, yangi bilimlarga ega bo'lishni istaysizmi, qiyinchiliklarga tayyor turing. Hech kim shunchaki bilimli bo'lib qolmaydi.

Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Najot Taʼlim markazi hamkorlikda nogironligi boʻlgan yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish maqsadida "IMKON" loyihasini yoʻlga qoʻyganidan xabaringiz bor. Mana, 2 oy bo'libdiki, darslar qizg'in davom etib kelmoqda.

📌 Bizni kuzatishda davom etsangiz, loyiha g'oliblari va kuzatuvchilarimiz uchun foydali kontentlarni ulashib boramiz.

📞 Telefon raqam: +998712001123

Telegram | Facebook | Instagram
Mashhurlardan mas'uliyat borasida kerakli iqtiboslar

⚡️ Mas'uliyat - bu majburiyatmi yoki xohish-istakmi? Mas'uliyat inson o'z vijdoni oldidagi kuchli javobgarlik hissi bo'lib, u ham majburiyatdir, ham xohish-istakdir.

Berilgan topshiriqning muhimligini anglagan holda, o'z vaqtida bajargan kishi mas'uliyatli kishi hisoblanadi. Bunday insonlar ishonchli do'st, unumdor ishchi, munosib lider bo'la oladilar. Oramizda ana shunday insonlar ko'payishini xohlab qolamiz.

💭 Yuqoridagi rasmlarda orqali, siz uchun mashhur insonlarning mas'uliyatlilik haqida keltirgan fikrlari bilan o'rtoqlashdik.

Mas'uliyatli kishi deganda siz qanday kishilarni tasavvur qilasiz? Fikringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

📞 Telefon raqam: +998712001123

Telegram | Facebook | Instagram
“Imkon” loyihasi o‘quvchilari bilan muloqot tashkil etildi

Ikki oydan buyon Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Imkon loyihasining darslari qizg'in ravishda davom etib kelmoqda. Bugun ushbu darslar qanday olib borilmoqda, o'quvchilar shu kunga qadar nimalarni o'rganishdi va darslarning sifati ko'zdan kechirildi.

📸 Fotogalereyaga marhamat!

🔥 Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Najot Ta'lim markazi jonbozlik ko'rsatgan ushbu grantda 30 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlarga Grafik dizayn va SMM kabi zamonaviy kasblar bo'yicha bepul ta'lim berib kelinmoqda.

Zamonaviy kasblarni shiddat bilan o'rganayotgan ushbu yoshlarga omad tilab qolamiz.

📞 Telefon raqam: +998712001123
Qobiliyatni topa olmaslik...

Inson zoti borki, albatta, qaysidir qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadi. O'sha qobiliyatni vaqtida anglab, o'z ustida tinimsiz ishlash natijasida o'zidagi imkoniyatlarni kashf qila boshlaydi. Bu imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish esa, har bir insonni muvaffaqiyat sari yetaklaydi.

🔥 Cambridge universitetining Nazariy Kosmologiya Markazi asoschisi Stiven Hokingning fikriga ko'ra, "Imkoniyatning cheklanganligi muvaffaqiyatga yetishish uchun to'siq bo'lmasligi kerak!".

Siz ham qobiliyatingizni haligacha topa olmayapsizmi, uni izlamaslik bu aslida yechim emas. Yillar davomida uni izlab, qidirib yurgan insonlar bor oramizda. Kimdir esa, uni bugun topdi. Hammasi o'zingizga bog'liq.

Eng muhimi, inson ruhan va jismonan bardam bo'lishligidir...

Telegram | Facebook | Instagram
​​Duolar ijobat bo'lgan edi...

Yoshlari ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Najot Taʼlim markazi hamkorligida tashkil etilgan IMKON loyihasi doirasida tahsil olayotgan Muhammadqodirning hayot hikoyasi bilan "Mening hikoyam" loyihasi orqali tanishing.

Bugungi kunga kelib, grant asosida grafik dizayn yoʻnalishini oʻrganayotgan Muhammadqodir aslida qanday qilib IT olamiga kirib kelgani, grafik dizayn sohasini oʻrganishlik uchun mehr qanday uygʻongani haqida soʻzlab berdi.

Grant yutish davomida qanday bosqichlardan oʻtganligi, kelajakda oʻz oldiga qoʻygan maqsad va rejalari haqida hikoya qildi.

Film premyerasini bugun, 19-noyabr, soat 20:00 da, YouTube sahifamiz orqali koʻrishingiz mumkin boʻladi.

🔗 Premyerani ko'rish: https://youtu.be/ImFu0T4sgBQ
Nay chalishni bilmay o'lgandan ko'ra, bilib o'lganim yaxshi!

Xabaringiz bor, Najot Ta'lim jamoasi "Mening hikoyam" turkumida filmlar ishlashni boshlagan edi. Bugun ushbu loyiha ishtirokchisi Shohrux o’zining hikoyasini biz bilan bo’lishdi.

Hozirda Yoshlari ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Najot Taʼlim markazi hamkorligida tashkil etilgan IMKON loyihasi doirasidagi SMM kursida tahsil olayotgan Shohrux, IT olamiga kirishdagi mashaqqatlari haqida so'zlab berdi.

Agarda filmni birinchilardan bo'lib ko'rishni istasangiz, Najot Ta'limning YouTube kanalida film premyerasini ko'rishingiz mumkin.

Film premyerasini bugun, 3-dekabr, soat 20:00 da quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin.

Havola: https://youtu.be/rXYe_PQMelE
"IMKON" granti loyihasining bitiruvchilarini «O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Respublika Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Najot Ta'lim markazi hamkorlikda nogironligi bo'lgan yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash maqsadida Imkon loyihasini yo'lga qo'yganligidan xabaringiz bor.

🎯 Ushbu loyiha doirasida bu galgi, ya'ni 2-marta tashkil qilingan grant bo'yicha 27 nafar yoshlar grafik dizayn va SMM yo'nalishlarida oflayn tarzda bo'lib o'tgan dars mashg'ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlab, o'z ishlarini ham topishga ulgurishdi.

Bugun bo'lib o'tgan Yoshlar forumi tadbir kechasida yoshlarimiz bitiruv sertifikatlari va Asus modelidagi noutbuk (Core-5 11th, 8GB RAM, 256 SDD) sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

👉 Taqdirlashdan lavhalar

Biz Imkon loyihasining barcha bitiruvchilariga ulkan muvaffaqiyat va omadlar yor bo'lishini chin dildan tilab qolamiz. 😊

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123
2024/05/03 10:54:25
Back to Top
HTML Embed Code: