Telegram Web Link
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Bank huquqi" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.

"Bank huquqi" nomli o‘quv qo‘llanma tanlov fan bo‘yicha tasdiqlangan, o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.

💬 O‘quv qo‘llanmada banklar faoliyati va ular tomonidan amalga oshiriladigan bank faoliyatining huquqiy asoslari mohiyati, ularning sabablari, rivojlangan xorijiy mamlakatlar bank tizimi faoliyatida amal qiladigan me’yoriy normalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda xalqaro bank sektori faoliyatini boshqarishdagi amaliyotidan O‘zbekiston bank tizimiga bank huquqiy normalarini samarali joriy qilishda foydalanishni takomillashtirish yo‘llari kabilar o‘z ifodasini topgan.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar" nomli darslik chop etildi.

Darslik oliy ta’lim, kollej va litsey talabalari, doktorant, ilmiy xodim, magistrant, shuningdek, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan shug‘ullanuvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

💬 Zamonaviy dunyodagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar internatsionalizatsiya va globallashuv jarayonlarining barqaror rivojlanishi bilan ajralib turadi. O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab xalqarolashtirish jarayoni rivojlanib bordi va endi deyarli barcha mamlakatlarda davlatlararo hamkorlikning yangi shaklini qabul qila boshladi. Eng muhimi, bu jarayon global nisbatlarga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘liq global iqtisodiyotning shakllanishiga zamin yaratadi.

👍Zamonaviy xalqaro tashkilotlar jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi va ular mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy shaklini anglatadi. Jahon bozorining globallashuvi bilan ushbu shakllar tobora takomillashib bormoqda, ishtirok etuvchi davlatlar soni ortmoqda. Jamiyatning ko‘plab sohalarini xalqarolashtirish istagi xalqaro hamkorlikning to‘laqonli tizimini yaratish zaruriyatini keltirib chiqardi, shu jumladan, O‘zbekiston ham ushbu jarayonlarga integratsiyalashib bormoqda.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odamlar ikki toifaga bo‘linadi: kitob o‘qiganlar va o‘qiganlarni tinglaydiganlar.

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqdi.

Obuna bo'ling 👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Iqtisodiy tahlil" nomli darslik chop etildi.

Darslik oliy o‘quv yurtlarida “Buxgalteriya hisobi va audit”, shuningdek, “Bank ishi”, “Moliya” va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

💬 Ushbu darslikda iqtisodiy tahlilning nazariy asoslari, predmeti, vazifalari, mazmuni, metodi, iqtisodiy-matematik usullari, axborot manbalari, tashkillashtirish, turlari, korxonalarning operatsion faoliyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari yoritilgan.

👍 Shu bilan birga amaliy topshiriqlar, mustaqil ish uchun keyslar, o‘quv loyihalari hamda testlar berilgan.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
28%
Talon-toroj
73%
Talon-taroj
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
36%
Uzulish
64%
Uzilish
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Prognozlash asoslari" nomli o‘quv qo‘llanma chop etildi.

O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 60310200 ‒ “Ekonometrika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, mazkur qo‘llanmadan malaka oshirish kurslarining tinglovchilari va ilmiy tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.

💬 Mazkur o‘quv qo‘llanmada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash usullari va ulardan foydalanish imkoniyatlari keltirilgan. Qo‘llanmada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda qo‘llaniladigan asosiy tushuncha va tamo­yillar, dinamik qator o‘rtachasiga asoslangan prognozlar, trend modellari yorda­mida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlash, mavsumiy tebranishlar va ularni prognozlash, ekonometrik modellar yordamida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash, taqsimot qatorlari va prognozlashning ehtimoliy modellari, iqtisodiy tadqiqotlarda adaptiv prognozlash metodidan foydalanish, prognozlashda ekspert so‘rov usulining qo‘llanilishi, prognozlashda ayrim ishlab chiqarish funksiyalaridan foydalanish, prognozlashda matritsaviy modellarning qo‘llanishi kabi mavzular o‘rin olgan.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Savdo xizmatlari" nomli o‘quv qo‘llanma chop etildi.

O‘quv qo‘llanmadan professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, bakalavrlar, magistrantlar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari, sohaga qiziquv­chilar ham foydalanishlari mumkin.

💬 Ushbu o‘quv qo‘llanmaning maqsadi talabalarga savdo xizmatlari faoliyati bo‘yicha chuqur bilimlar berish, ularning ko‘rsatkichlarini tahlil qilish usullarini chuqur o‘rganishni ta’minlash, savdo xizmatini ko‘r­satish uchun belgilangan talablarni bayon etish, ularni ama­liyot­da qo‘llash yo‘llarini talabalarga tushuntirish, bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlarni baholay bilish; mahsulotlarni savdo korxonalari omborxonalariga qabul qilish va ularni chiqarish tartib-tamoyillarini yoritish, ularni amaliyotda ijrosini ta’minlash, savdo xizmatini ko‘rsatishda tijorat binolariga o‘rnatilgan talablar kabi masalalar to‘g‘risida nazariy va metodologik bilimlarga, ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Soliq siyosati" nomli darslik chop etildi.

Mazkur darslik "Soliqlar va soliqqa tortish" ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari bakalavrlari, magistrlari, moliya va soliq mutaxassislari, bank xodimlari, buxgalterlar, auditorlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilari hamda shu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

💬 Ushbu darslikda O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati, soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimi, ularni qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash, O‘zbekiston Respublikasi soliqlar va yig‘imlar tizimi, soliq munosabatlarining subyektlarining huquqlari va majburiyatlari, soliq qonunchiligini soddalashtirish va davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari, soliq majburiyatini bajarish soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash, soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini takomillashtirish, soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa choralarining huquqiy oqibatlarining mazmun va mohiyati o‘z aksini topgan.

📞 Murojaat uchun: +998 (97) 705-90-35

➡️ Batafsil

Obuna bo'ling👇
👉 @indep_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/04/25 13:59:56
Back to Top
HTML Embed Code: