Elon Mask Erondagi raketalarni ko‘rib, o‘z faoliyatini to‘xtatishga qaror qilibdi:)

© Nurmuhammad Nursaidov
Pegasus - bu eng xavfli josus dastur. Uni Isroilning NSO Group nomli kompaniyasi ishlab chiqgan.

Telefoningizga yoki planshetingizga yashirincha kirishi mumkin, asosan Android va iPhone (iOS) tizimlarida ishlaydi. Odatda faqat hukumat va maxsus xizmatlar sotib oladi, narxi bir foydalanuvchi uchun yuz minglab dollargacha yetishi mumkin.

Foydalanuvchidan hech narsa so‘ramaydi, oddiy ilova sifatida ko‘rinmaydi, antivirus topolmaydi, hech qanday bildirishnoma chiqmaydi. Kamera va mikrofonni masofadan yoqadi, joylashuvingizni aniqlaydi, barcha xabar va fayllaringizni ko‘radi. Hamma messenjer, kontakt, hatto parollaringizni ham o‘g‘irlashi mumkin. Uni oddiy odam o‘zi o‘rnatolmaydi, faqat professional josuslik uchun ishlatiladi. Pegasus’ning oddiy .apk yoki .ipa versiyasi yo‘q, faqat maxsus zaifliklar orqali kiradi. Oddiy foydalanuvchi Pegasus o‘rnatilganini bilishi deyarli imkonsiz.

Belgilari - batareya tez tugash, telefon isishi, internet tez ishlashi, lekin bu belgilar boshqa sababdan ham bo‘lishi mumkin. Uni aniq aniqlash uchun mutaxassis va maxsus tahlil kerak. Xavfsizlik uchun shubhali linklarga kirmang, ilovalarni tekshirib o‘rnating, doim yangilab yurib, ehtiyot bo‘ling.

© Nurmuhammad Nursaidov
Pegasus - bu juda qimmat va professional josus dastur. Uni oddiy odamlar sotib olib, bemalol ishlata olmaydi. Asosan davlatlar va maxsus xizmatlar tomonidan, katta pul evaziga olinadi.

Gondurasga o'xshagan korrupsiya kuchli, jamiyat moliyasi ustidan xalq yoki mustaqil nazorat bo‘lmagan davlatlarda, byudjetdan millionlab dollarlar “milliy xavfsizlik”, “aksilterror choralar”, “maxfiy harajatlar” sifatida chiqarilishi mumkin. Shu sababli, hukumat yoki kuch tuzilmalari xalqdan yashirin tarzda katta mablag‘larni shunday josus texnologiyalarga yo‘naltirishi mumkin.

Natijada, muxoliflar, dindorlar, mustaqil jurnalistlar, faol bloggerlar, va ba’zan oddiy fuqarolar ham Pegasus kabi dasturlar yordamida yashirin nazorat ostiga olinishi ehtimoldan xoli emas.

© Nurmuhammad Nursaidov
O‘zbekistonda barcha telefonlar IMEI raqami bilan 100% ro‘yxatga olinishda davom etmoqda. IMEI raqamning josus dasturlar bilan qanday bog'liqligi bor?

Dunyo bo‘yicha maxsus xizmatlar va hukumatlar josuslik vositalaridan foydalanadi: masalan, Pegasus va FinFisher kabi dasturlar 90% hollarda IMEI orqali aniq nishonni tanlaydi. IMEI orqali nafaqat telefon, balki egasining joylashuvi, harakatlari va kontaktlari ham to‘liq kuzatiladi. 2021-yildagi Pegasus Project fosh etilishida, 50 mingdan ortiq IMEI raqami aniqlanib, nishonga olingani tasdiqlangan.

IMEI ro‘yxatga olish bir tomondan o‘g‘irlangan telefonlarni bloklash uchun yaxshi (masalan, bloklangan IMEI’larning 80% dan ortig‘i qayta ishlamagan), lekin boshqa tomondan, shaxsiy hayot va maxfiylikka tahdid kuchayadi. Davlat va maxsus xizmatlar uchun nishonni aniqlash va kuzatish, endi IMEI orqali 100% aniq va tez bajariladi.

© Nurmuhammad Nursaidov
Keyingi josus dastur - FinSpy!

FinFisher (FinSpy) - bu juda xavfli va professional josus dastur bo‘lib, uni Germaniyaning Gamma Group kompaniyasi ishlab chiqadi. Asosan davlat va maxsus xizmatlar uchun sotiladi. Pegasusdan ustunlik tarafi, barcha operatsion tizimlarda jumladan, Android, iPhone (iOS), Windows, Mac va Linux qurilmalariga yashirincha o‘rnashib oladi. Narxi o‘n minglab, ba’zan yuz minglab dollar bo‘lishi mumkin.

Dastur o‘zini yashiradi, foydalanuvchiga ko‘rinmaydi, antiviruslar ko‘pincha aniqlay olmaydi. Kamera, mikrofon, joylashuv, xabarlar, fayllar va messenjerlardagi ma’lumotlarni masofadan o‘g‘irlaydi. Oddiy odam o‘zi o‘rnata olmaydi, odatda faqat professional eksploit va zaifliklar orqali tizimga kiradi. FinFisher qurilmada borligini oddiy foydalanuvchi sezmaydi.

So‘nggi yillarda FinFisher texnologiyasi yanada xavfli bo‘lib, Kaspersky tadqiqotiga ko‘ra, u Windows, macOS va Linux qurilmalariga to‘rt bosqichli yashirinlik (obfuskatsiya) va hatto UEFI bootkit (tizim yuklanish bosqichida) orqali ham o‘rnatilishi mumkin. Bu, hatto operatsion tizimni to‘liq qayta o‘rnatishda ham spyware omon qolishini ta’minlaydi. Dastur oldin faqat nishonga olingan maxsus qurilmalarga o‘rnatiladi va serverga ulanishdan oldin “aniqlash vositalaridan qochish”ni tekshiradi.

Xavfsizlik uchun qurilmani va operatsion tizimni doim yangilab yurish, faqat ishonchli dastur va havolalardan foydalanish, shubhali fayllarga hech qachon kirmaslik tavsiya etiladi.

© Nurmuhammad Nursaidov
Forwarded from Nursaidov.uz
Yana bir amaliyotga mo'ljallangan, yirik mobil ilova tayyor bo'ldi.

@Nursaidovuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanzila opamni feyk intervyusi tarqaldi...

Hozirgi kunda sun’iy intellekt yordamida shunaqa video qilish mumkin va tayyorlab kelinyapti. Masalan, biror odam aslida boshqa mavzuda intervyu bergan bo‘lsa ham, unga butunlay boshqa gaplarni aytyapti deb ko‘rsatishadi. Yuzini umuman o‘zgartirishmaydi - o‘sha-o‘sha qoladi. Faqat uning ovozini sun’iy intellekt yasab beradi (bunga ElevenLabs, PlayHT kabi dasturlar ishlatiladi), keyin lab harakatlarini o‘sha yangi ovozga moslab qimirlatadi (bunga Wav2Lip, SadTalker ishlatiladi). Natijada video shunaqa chiqadiki, qaragan odam: “haqiqatan shu odam shuni aytyapti”, deb o‘ylaydi. Bu texnologiyalarni HeyGen, Synthesia, Runway degan xizmatlar bir joyda qilib beradi. Shuning uchun hozir videolarga, ayniqsa mashhur insonlar haqida chiqqan gaplarga, darrov ishonishdan oldin o‘ylab ko‘rish kerak. Ko‘rgan narsangiz rostdek ko‘rinsa ham, bu aslida sun’iy intellekt yordamida qilinayotgan aldov bo‘lishi mumkin.

AI zamoniga xush kelibsiz)

@Nursaidovuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Estoniyada PhD himoyasi.

Qani bu yerda kengash a'zolariga hurmat? Qani abet? Qani odob? Qani shirinliklar?


@Nursaidovuz
🏕 ICT4Girls oromgohi

Davlat: O'zbekiston🇺🇿
Moliyaviy ta'minot: To'liq
Yosh toifasi: 14-25

Avgust oyida 50 nafar qizlar uchun Toshkent viloyatida sport dasturlash oromgohi tashkil etiladi.

➡️ Imtiyozlari:
- To'liq moliyalashtirilgan oromgoh;
- Do'stlar orttirish;
- Xorijiy ekspertlar bilan muloqot;
- IT olimpiadalarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari;
- Sertifikat va sovg'alar.

🔗Ro'yxatdan o'tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeY-XMarOZcUniHtYtFPM-vvJ5KgMom8Qry6vjkoxa5475C-Q/viewform

📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 13-iyul

⚡️@Nursaidovuz
Faqat ta'limga e'tibor beradigan bitta universitet bor. Soqol, ro'molga muamo qilishmaydi. Sizga qiziqmi? Kontrakti ham arzon.
Anonymous Poll
66%
Ha
8%
Yo'q
26%
Natijalarni ko'rish
Bir universitetda bir haftada kitob chiqarishni talab qilib, professorlarni shoshirib qo‘ygani esimdan chiqmaydi.

Bir professor "Android buttonchalarining tabiatga ta'siri" degan g‘alati kitob chiqarib, "hammani" hayron qoldirgan edi. O‘zi kitob yozolmaganidan, xorijiy kitobni Google Translate orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib, talabalarni shu bema’ni tarjima bilan qiynab qo‘ygandi. Buni g'alatiligini juda kam sonli o'qituvchi va talabalar tushunib yetgandi.

Talabalarning baxtsizligi shundaki, ular hozir ham shu "ilmiy asar"ni o‘qishga majburligi bo'lsa kerak.

© Nurmuhammad Nursaidov
Japan Youth Summit

Davlat: Yaponiya 🇯🇵
Moliyaviy ta'minot: To'liq
Yosh toifasi: 16-35

Bu eng yirik xalqaro yoshlar sammitidan biri bo‘lib, u butun dunyodan yetakchilar, talabalar va o‘zgarishga intiluvchilarni o'ziga chorlaydi.

➡️ Imtiyozlari:
- Bepul turar-joy, yegulik va transport;
- Xalqaro do'stlar orttirish;
- Diplomatik mahoratni oshirish;
- Sertifikat va sovg'alar.

📌 Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 10-iyul

🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola

⚡️@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Боласига диний таълим бераётган ё буни хоҳлаётганлар, уларга дунёвий билимларни ҳам беринг! Боласига фақат дунёвий таълим бераётганлар, уларга дину-диёнатни ҳам ўргатинг! Таълимнинг бу икки жиҳати қушнинг икки қаноти каби. Агар қанотларнинг бир томони оқсаса, қуш тўғри уча олмайди. Бир томонга оғиб кетади ва қулайди.

© Mubashshir Ahmad
Creative Tech Grant Program

Davlati: O'zbekiston🇺🇿
Dastur shakli: Online va offlayn
Yosh toifasi: 20-25 (3-kurs va undan yuqorilar)

Ushbu grant texnologiya, kreativlik va raqamli sanʼatga qiziqqan universitet talabalari uchun ajoyib imkoniyatdir.

➡️Imtiyozlari:
- Soha mutaxassislaridan bilimlar;
- Eng so‘nggi texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar;
- Kreativ hamjamiyat va networking imkoniyatlari;

🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola

📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi sanasi: 7-iyul

⚡️@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UniSat Stage 3

Davlati: O'zbekiston🇺🇿
Dastur shakli: Online va offlayn
Yosh toifasi: 15-24

UniSat - qizlar uchun yaratilgan 4 oylik dastur bo'lib, unda qatnashuvchi qizlar STEM va nanosun'iy yo'ldoshlar bo'yicha mentorlar tomonidan bilimlarga ega bo'lishadi.

➡️Imtiyozlari:
- Kosmik texnologiyalar, elektronika, dasturlash va sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarni o‘rganish  
— Haqiqiy “CubeSat” nanosun’iy yo‘ldoshi bilan ishlash
— 2025-yil kuzida: nanosun’iy yo‘ldoshni Orol dengizi tubidan stratosferaga uchirish

🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola

📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi sanasi: 5-iyul

⚡️@Nursaidovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 13:11:13
Back to Top
HTML Embed Code: