Telegram Web Link
Kriptovalyuta kelib chiqishi

📃 2011-yilda Forbes jurnalida chop etilgan „Kripto valyutasi“ Bitcoin tizimi haqidagi maqola eʼlon qilinganidan keyin elektron pullarning yangi davri boshlandi.

💳 Kriptovalyuta raqamli valyutaning bir turi bo'lib o'zining mukammal tizimda ishlashi, ishonchli himoya tizimi va albatta eng qulay to'lov usullaridan biri hisoblanadi.

🔰Bitcoin- bu birinchi va asosiy kriptovalyuta. Bitcoindan oldin hech qanday kriptovalyuta boʼlmagan va mavjud boʼlgan barcha kriptovalyutalar bitcoindan kelib chiqqan....
Bitcoin bu mohir dasturchi Satoshi Nakamoto tomonidan yaratilgan dasturiy taʼminot.

Site | Telegram | Instagram | Facebook
3Ds Max bilan tanishing

💻 Murakkab shakllar, zamonaviy inshoatlar, noodatiy detallarning tashqi ko'rinishi ko'p hollarda 3Ds Max dasturida tayyorlanadi.

3Ds Max Autodesk kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo'lib, animatsiya va uch o'lchamli grafika yaratuvchi va tahrir qiluvchi to'liq funksiyali professional dastur. 3Ds Max multimediya sohasidagi mutaxassislar va rassomlar uchun eng zamonaviy vositalarni o'z ichiga oladi.

♻️ 3Ds Max turli ko'rinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch o'lchamli modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega.

3Ds Max dasturuni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

3Ds Max 2019
3Ds Max 2020
3Ds Max 2021

Site | Telegram | Instagram | Facebook
Online yoki Offline ta'lim?

Offline
ta'limda yangiliklar, suhbatlar va qo'shimcha ma'lumotlar almashinuvi bilan online ta'limdan ustunlik qilganini hech kim yashira olmaydi. Ammo bu bilan online ta'lim yomon yoki online ta'limga ishonch yo'q deb hech kim ayta olmaydi.

⌨️ Hozirda dasturlash tillarini bemalol offline va online o'rganish mumkin. Online ta'limdan ko'zlangan maqsad uzoq joydan kelib o'qiy olmaydiganlar uchun qulaylik yaratishdir. Biroq online ta'limga qaraganda ofline ta'lim anchagina samaraliroq va ishonchlidir. Sababi offlineda real loyihalar va real jamaoa bilan bemalol ishlab keta olasiz.

💁‍♂️ Siz aynan qaysi ta'lim shaklini tanlaysiz Online yoki Offline?

Site | Telegram | Instagram | Facebook
Gamer shunchaki havaskor emas u virtual olam qiroli

📱 Hozirgi kunda butun dunyo qatorida Oʻzbekistonda ham kibersportga qiziquvchi yoshlar soni tobora kengaymoqda. Bu borada «Asus» kompaniyasining «ROG» (Republic of gamers) brendi haqida eshitmagan gamer boʻlmasa kerak.

💻 Ushbu loyiha 15 yildan buyon kompyuter oʻyini ishqibozlarining eng katta hamjamiyatini birlashtirishga harakat qilib, bu yoʻlda eng sifatli jihozlar yetkazish bilan birga, jahon miqyosida gamer'lar uchun turli chempionat va tadbirlar tashkillashtirishmoqda.

🤔 Sizningcha gamer'larning hozirgi kundagi sevimli oʻyinlari qaysilar?

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍1
Dizayner uchun qanday konfiguratsiyadagi kompyuter kerak bo’ladi?

🗽 Professional grafik dizayner tomonidan qilingan har bir ish insonlarga to'laqonli mavzuni keng ochib beradi.

💻 Grafik dizaynerning asosiy ish quroli yaxshigina parametrga ega bo'lgan kompyuterdir.

Protsessor:
Intel Core i5 3 Ghz+
• Video karta 4GB
• Operativka 16GB
• Disk 256GB SSD + HDD

🔋 Ushbu o'rtacha parametrga ega, ushbu kompyuterlar orqali bir nechta grafik dasturlar bilan ishlashingiz mumkin.

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍1
Guruh va kanallarda anonim postlar

Ko'plab messenjerlardan ajralib turuvchi Telegram yana bir bor o'zgacha ekanligini isbotladi.

👨‍🎤 So'ngi yangilanishdan keyin siz ommaviy kanal va guruhlarda kanallaringiz, guruhingiz va qo'shimcha akkountingiz nomidan ham fikr bildira olasiz. Bu esa sizning akkountingiz anonim qolishini ta'minlaydi.

👇 Yangilanishni sinash uchun, xabar paneli yonidagi profil rasmini bosing va kanallaringizdan birini tanlang, shundan keyin siz yuboradigan xabarlar shaxsiy hisobingiz oʻrniga kanal nomi va rasmi bilan koʻrinadi. (Eslatib o'tamiz bu funksiya faqat Kompyuter versiyasida ishlamoqda va super guruhlarda.)

Site | Telegram | Instagram | Facebook
Biznesingiz internetda boʻlmasa siz biznesda emassiz.

🏢 SMM agentligi deb, kompaniyangiz brendini internetda tanitib beradigan insonlardan tashkil topgan jamoaga aytiladi. Ular sizning real hayotdagi biznesingizni virtual olamga oʻtkazib beradi. Jamoa asosan 5 kishidan iborat boʻladi. Bular:

👨‍💻 SMM menejer - Bir soʻz bilan jamoaning rahbari deyishimiz mumkin. U biznes egasi va agentlikni bogʻlab turadigan kishi;

👨‍🎨 Dizayner - Loyihaning vizual koʻrinishini shakllantirib beruvchi xodim;

🌐 Targetolog - Zarur barcha maʼlumotlarni kerakli insonlarga yetib borishini taʼminlovchi odam;

Kopirayter - Kerakli xabarlarni odamlarga tuygʻu uygʻotadigan holatda yetkazib beruvchi shaxs;

🎥 Montaj ustasi - Media xabarlarini taʼsir doirasini yanada kengayishida sabab boʻladigan xodim.

🔝 Agar siz ham biznesingizni yangi bosqichga olib chiqishni istasangiz, albatta bu insonlarning xizmatidan foydalanishingiz kerak.

Site | Telegram | Instagram | Facebook
Barcha muammolar yechimi "Ok Google"

🏢 «Google» kompaniyasi 2016-yilning 18-mayida oʻzining «Google asisstant» ilovasini ishlab chiqdi. Dastlab u asosan shunchaki ovoz yordamida xabar almashishga xizmat qilar edi, hozirgi kunga kelib esa 1000 ga yaqin buyruqlarni bajara oladi.

🔥 Bu koʻrsatkichni «Алиса» ovozli yordamchisi bilan solishtirganda 10 baravar koʻp degani. U qurilmalaringizni boshqarish, kunni rejalashtirish, umuman olganda ishingizni oson boʻlishida xizmat qiladigan deyarli barcha topshiriqlarni bajara oladi.

🚀 Ushbu dastur 90 ta davlatda, 30 ta tilda, 500 million odam foydalanayotgan 1 milliard qurilmada mavjud.

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍2
Havas qilishga ilmli insonlar munosib

🚀 «Osmondagi bolalar» loyihasi bir yildan oshiq muddat davomida yoshlarning sevimli koʻrsatuviga aylanib ulgurdi. Bu loyiha oʻzining harakati bilan muvaffaqiyatga erishgan insonlarni ommaga tanitish va yoshlarga ular misolida sof motivatsiya berish.

📌 Koʻrsatuv ijtimoiy loyiha hisoblanib, hech qanday moddiy manfaat koʻzlanmagan. Undan kelib tushayotgan pullar, «oqqon» kasalligi bilan xastalangan bolalarning davolanishi uchun ajratilib kelinmoqda.

🙂 Bu koʻrsatuv haqida sizning fikringiz qanday ekanini izohlarda yozib qoldiring.

Site | Telegram | Instagram | Facebook
Hamma bilishi kerak boʻlgan 3 ta maʼlumot:

- Boy boʻlish uchun bu narsani kutmang;
- Eʼtiborni tortuvchi psixologik soʻzlar;
- Bilimingizni tasdiqlovchi pasport.

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍3
XXI asrning zarur yoqilgʻisi

🌐 Internet haqida gap ketar ekan, mutlaqo yetakchi kompaniyani koʻrsatib boʻlmaydi. Chunki joylashuv hududiga qarab koʻrsatkichlar farqlanishi tabiiy holat. Bugun siz bilan «Uzmobile» internet tezligiga toʻxtalamiz.

🛫 Uning tezliklari haqida ham aniq bir maʼlumot keltirish qiyin. Shuning uchun tekshirishlar natijasida olingan taxminiy natijalarni maʼlum qilamiz:

- Poytaxt, markaziy shaharlarda internetning tezligi 1,605 megabayt/sekund;
- Tuman, kichikroq shaharda bu koʻrsatkich 0.538 megabayt/sekund;
- Chekka qishloqlarda, internet yaxshi yetib bormagan joylarda esa 95 kilobayt/sekund;

Internetning tezligi emas, borligini oʻzi ham katta imkoniyat.

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍2
Yangi yil yangi imkoniyatlar eshigi 🥳

Yangi yilda ham sizga «Info shop» jamoasi foydali bilimlarni kelajagingiz uchun investitsiya qilishingizda yelkadosh boʻladi. Kirib kelgan yangi 365 imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar muborak boʻlsin.😊

Site | Telegram | Instagram | Facebook
Kelajakning raqamli valyutasi

🛬 TON 2017-yilda Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan yaratilgan blokcheyn hisoblanib, shu paytgacha "Ton Foundation" tomonidan quvvatlanmoqda. Toncoin – blokcheyn kriptovalyutasi boʻlib, avtomatik rejimda ishlaydigan markazlashtirilmagan to'lov tizimi.

🔝 Yaratuvchilar loyihadan voz kechishgan va oʻtgan yili Telegram TON bilan xayrlashgan edi. Endilikda "Ton community" bilan Donate (Telegram tomonidan tasdiqlangan toʻlovlar xizmati) rasmiy hamkorga aylanib, xayriya va obuna uchun toʻlovni "Toncoin"da toʻlash tizimini ishlab chiqishmoqda.

🧐 Kelajakda biz foydalanayotgan qogʻoz pullar yoʻqolib ketishi mumkinmi?

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍1
Ilk foydalangan shaxsiy telefoningizni eslaysizmi?

🔍 60 foiz ehtimol bilan xayolingizga "Nokia" kelgani aniq, undagi ilon oʻyini oʻynamagan odam oramizda topilmasa kerak. Chunki 2000-2010-yillarda butun dunyodagi 10 ta telefondan 8 tasi "Nokia" kompaniyasiniki edi.

📌 Bu brendning «11:00» modeli 250 000 000 nusxada sotilib dunyo rekordini oʻrnatgan. Lekin 2010-yildan boshlab kompaniya qulashni boshladi va yakunda 7,2 milliard dollarga "Microsoft" kompaniyasiga sotilib ketdi.

🤔 Sizningcha "Nokia"ni halokatiga nima sabab boʻldi?

Site | Telegram | Instagram | Facebook
Apple va Microsoft oʻrtasidagi tortishuvlar

⚔️ «Macintosh» yoki qisqacha «Mac» - Stiv Jobs tomonidan ishlab chiqarilgan eng mashhur kompyuterlar seriyasi. «Mac» tayyorlangandan soʻng, kutilmaganda Bill Geyts oʻzining yangi grafik muhitga asoslangan «sichqoncha»sini ommaga taqdim etadi.

📜 Bu esa «Anonim» xakerlar jamoasining xabariga koʻra Stiv Jobsning loyihasidan koʻchirib olingan edi. Bu holat koʻp tortishuvlarga sabab boʻlib, yakunda Bill Geyts loyihasini qaytadan yangilashga majbur boʻladi.

💪 Sizningcha qaysi operatsion tizimga asoslangan kompyuterlar yaxshi, «Windows» yoki «MacOS»?

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍3
Surʼatlar hayotimizni yorqinroq koʻrish imkonini beradi

📸 Koʻp insonlarni telefonining kamerasi qiziqtirmaydi. Lekin baʼzilar uchun kameraning koʻrsatkichlari muhim. Shu sababli katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan «Samsung Galaxy S21 Ultra» kamerasining afzallik va kamchiliklarini koʻrib chiqamiz.

☺️ Nima deb oʻylaysiz bu kamera fotoapparatning oʻrinini bosa oladimi?

Site | Telegram | Instagram | Facebook
🔥1
Pulni osmonga sochish emas yoʻnaltirish kerak.

🔍 «Targeting» bu – sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz haqidagi maʼlumotlarni ayni bir maʼlum doiradagi kishilarga yetkazib beruvchi reklama mexanizmi. Yaʼni, sizning reklamangizni hamma emas, faqat koʻrishi kerak boʻlgan auditoriya koʻradi.

📌 «Instagram» messenjerida "lenta" yoki "story" koʻrayotgan paytingiz chiqayotgan reklamalar, unga «Target» yoqilganini va shu reklama bilan sizning qandaydir bogʻliqligingiz bor ekanini bildiradi. Aks holda u reklamani siz koʻrmagan boʻlar edingiz.

🧐 Siz ham oʻz loyihangiz uchun bu xizmatdan foydalangan boʻlar edingizmi?

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍3
Hamma narsaning oʻz dasturi bor

🦾 Uni esa dasturlash kerak. Dasturlash inson bilan kompyuter bir tilda gaplasha olishi uchun zarur. Dasturlash tillarining ichida eng koʻp tarqalgani va keng sohalarda ishlatilishiga koʻra «Python» yetakchi oʻrinlarda turadi.

📊 Buni «Telegram»dagi deyarli barcha botlarning shu dastur orqali yasalishida ham koʻrishimiz mumkin. Shuning uchun ushbu dasturning qoʻllanilish tarmoqlarini koʻrib chiqamiz:

- «AQSh Milliy xavfsizligi» shriftlash va razvedka maʼlumotlarini tahlil qilish uchun;
- «NASA» agentligi ilmiy hisoblash uchun;
- «Intel», «HP», «IBM» kabi kompaniyalar sinov uchun.

Agar siz dasturlashga qiziqsangiz, bu dasturni oʻrganishni hoziroq boshlashingiz kerak.

Site | Telegram | Instagram | Facebook
Hech qanday maʼlumoti ham kasbi ham boʻlmagan insonlar

👨‍💻 Xaker deganda hamisha yomon niyatli kishilar tushunilmaydi. Lekin afsuski yomon niyatda harakat qilgan xakerlarning koʻpchiligi mashhurlikka erishadi. Ana shunday xakerlarning TOP 3 taligi bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz.

👤 Yana bu maʼlumotlarni oʻqib xaker boʻlishga qiziqib qolmang - Top Hakerlar

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍6
Endilikda hammasi oldingidan ancha oson

🖨 «Canva» bu – 2012-yilda yaratilgan, bepul, boshlangʻich va hatto tajribali dizaynerlar uchun moʻljallangan, grafik dizayn xizmatlaridan foydalanish mumkin boʻlgan TOP platformalardan biridir.

🤩 Bu saytdagi 250 000 dan oshiq bepul shablonlar orqali ijtimoiy tarmoqlar uchun postlar, kreativ dizaynlar va juda koʻplab vizual materiallar tayyorlashingiz mumkin. Keyin bu dizaynlarni internet saytlari orqali ham sotsangiz boʻladi.

🤔 Canva.com orqali tayyorlagan dizaynlarni professional ish deyish mumkinmi?

Site | Telegram | Instagram | Facebook
👍3
2025/07/10 11:43:08
Back to Top
HTML Embed Code: