This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mask–Twitter munosabatlarida yangi davr
Ilon Mask bir vaqtlar o'zining shaxsiy ijtimoiy tarmog'ini yaratmoqchi edi. Ammo, rejalari biroz o'zgarganga o'xshaydi. Yangini yaratishga vaqti yo'q shekilli, tayyoriga egalik qilishni xohlab qolibdi. U yaqinda Twitter'ning 9.2% aksiyalarini sotib oldi.
U bundan keyin nima qilishi qiziq, albatta. Ilon Mask avvalroq ushbu ijtimoiy tarmoqni so'z erkinligiga rioya qilmayotgani uchun tanqid qilib, kompaniya bosh direktorini masxara qilgan va o'zi ham hazillar nishoniga ( turli xil memlar) aylangandi.
Ammo, Maskning yangi qarori allaqachon foyda berishni boshlagan. Ushbu yangilikdan so'ng aksiyalar 28%ga o'sgan. "Bir urushib, so'ng do'stlashgan abadiy do'st bo'lur",- degan xalqimizning ajoyib naqli o'z isbotini topgan bu vaziyatda.
Nimayam, derdik? Ilonjonga yangi tarmoq muborak bo'lsin 😉
Site | Telegram | Facebook | Instagram

Qimmatga tushadigan qimmatli mulk
"Bitta bo'lay, zo'r bo'lay",- degan xayol faqat o'zbeklarga tegishli emas ekan shekilli, shu kunlarda "bunaqasi faqat menda bor",- deb, g'alati hayvonlarning rasmimiyey yoki shunga o'xshash narsalari bilan maqtanib, uni palooon pulga olganini iddao qilayotganlar soni ko'payib qoldi. U nima ekanligini bilasizmi?
NFT. Texnologiyalar asrining eng yangi atamalaridan. Inglizcha "non-fungible token" so'zlarining qisqartmasi bo'lib, blokcheynda saqlanadigan almashtirib, o'zgartirib bo'lmas ma'lumotlar birligidir. U fotosurat, video, audio kabi shakllarda bo'lishi mumkin. Har bir NFT takrorlanmas bo'lgani uchun ular Bitcoin kabi blokcheyn kriptovalyutalaridan farq qiladi. Yagona nusxada yaratiladigan NFT'larni qimmatga sotish yoki sotib olish mumkin.
Siz NFT sotib olgani bilan maqtangan qaysi mashhurlarni bilasiz?

Maxfiylik Top darajada
Siz kasbingiz sabab ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirishga yoki biror yangilik yozishga ikkilanasizmi? Kompaniyangiz yoki qarindoshlaringiz "tirnet"da har qadamingizni kuzatishadimi? Siz ko'p hollarda guruhlarga anonim xabarlar chiqarasizmi? Balki shaxsiy ma'lumotlaringiz tarqab ketishidan qo'rqarsiz.
Bularning bari ortda qoldi. Endi butkul anonimlik asosida qurilgan butun boshli yangi ijtimoiy tarmoq mavjud – Anon. U foydalanuvchi ma'lumotlarini to'plamaydi, bundan tashqari har kim anonim tarzda postlar chiqarishi va kommentariyalarda izohlar qoldirishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq allaqachon ishlamoqda. Siz har qanday kontentni nashr qilishingiz mumkin: matn, rasmlar, video, audio. Hatto, jonli efir o'tkazish mumkin. Ilovani hech qanday taklif va SMS'larsiz o'rnatish mumkin va buning evaziga shaxsiy ma'lumotlaringizni berishingiz shart emas.
Siz bu yangi tarmoqdan foydalanishni xohlaysizmi?

Saytimizga xush kelibsiz
Biror bir saytga kirganingizda, o'sha saytning nechta sahifasini ko'rganingiz, qanchalik faol bo'lganingiz qayd etib borilishini bilarmidingiz?
Yandeks kompaniyasining veb saytlarga tashriflar va foydalanuvchilarning xulqini analiz qilib borishni baholash uchun yaratilgan, Yandeks Metrika deb nomlangan bepul internet xizmati mavjud. Hozirda ushbu xizmat veb analitika sistemasida Yevropada 3-o'rinda turadi. Yandeks Metrika saytlardagi konvertatsiya va internet reklamalarni o'lchab boradi. Unda ma'lumotlar har kuni ma'lum qilib boriladi. Har 5 daqiqada hisobotlar yangilanib turadi. Ushbu xizmatning yangilangan versiyasi 2015-yildan ish boshlagan. Yangi versiyada barcha ma'lumotlar xomashyo sifatida saqlanadi va keyingi hisobotlarni yaratishda ishlatiladi.
Bu xizmat turi nega kerak deb o'ylaysiz?

Kaktus – tikanli himoyachimiz(mi?)
Kompyuter bilan ishlaydiganlar ish stoliga kaktusni qo'yishlari odatiy holga aylangan. Kaktuslar kompyuterlardan chiqayotgan zararli nurlarni yutib, insonni nurlanishdan asraydi, degan tushuncha mavjud. Aslida ham shundaymi?
Ma'lumki, zamonaviy LCD ekranli kompyuterlarda zararli nurlar miqdori maksimal kamaytirilgan. Agar xonada bitta kompyuter bo'lsa, zararlanish haqida o'ylamasa ham bo'ladi. Ko'p kompyuterlar bilan to'la xonada esa ularning to'g'ri joylashtirilishiga e'tibor berish zarur. Xo'sh, bu vaziyatda kaktusning roli qanday? Gap shundaki, kaktuslar zararli nurlarni yutmaydi, balki shunday muhitda yaxshi o'sadi. Kompyuterning old emas, orqa yoki yon tomoniga joylashtirilgan kaktuslar tez rivojlanadi.
Demak, kaktus "afsonaviy" dushmanimizdan himoyalaydigan "qahramon"imiz emas, shunchaki, o'z foydasiga ishlaydigan oddiy dekorativ gul ekan, xolos.
Sizning ish stolingizda ham kaktus bormi?

"3D modeling" bilan shug'ullanamizmi?
IT'ga qiziqadiganlar bilishadi, bu sohaning 3D modellashtirish yo'nalishi anchayin obro'ga ega. Chunki bu yo'nalish bilimdonlari qilgan ishlari ortidan yaxshigina daromad topishadi. Xo'sh, o'zi 3D modellashtirish nima?
3D modellashtirish - bu har qanday ob'ekt yoki yuzaning 3D raqamli tasvirini yaratish uchun kompyuter grafikasidagi texnikadir. 3D modellashtirish ko'plab ijodiy ishlarning ajralmas qismidir. Muhandislar va arxitektorlar undan o'z ishlarini rejalashtirish va loyihalash uchun foydalanadilar. Animatorlar va o'yin dizaynerlari o'z g'oyalarini hayotga tatbiq etish uchun unga tayanadilar. Va deyarli har bir Gollivud blokbasteri maxsus effektlar, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarishni tezlashtirish uchun 3D modellashtirishdan foydalanadi. Masalan, “Taxtlar o‘yini” filmi suratga olishdan oldin har bir epizod namunasi uchun 3D modellashtirish va animatsiyadan foydalanadi.
Siz bu sohaga qiziqasizmi?

Daraxtni tepsang, SMM'chi yog'iladi
So'nggi vaqtlarda yoshlar orasida zamonaviy kasblar tendensiyasi o'sib bormoqda. Hozirda yoshlar o'rtasida SMM mutaxassisi, kopirayter, grafik dizayner, veb dasturchi, video editor kabi kasblar "moda"ga aylangan.
Xo'sh, ko'pchilik allaqachon SMM'shiklar bozori to'yindi, endi bu sohani o'rganishdan foyda yo'q, deb hisoblasa, ba'zi ish beruvchilar "shuyam ishmi, o'zimam eplayman begonaga pul berguncha",- deb o'ylashadi. Aslida, professional SMM'shik – biznesingiz rivojining ishonchli kalitidir. Siz biznesingiz boshqaruvi bilan mashg'ul bo'lavering, uni yurgizish, internet olamida mashhur qilish, auditoriya yig'ish va brendingiz ommaviyligini ta'minlashni esa, o'z sohasining ustalariga qo'yib bering. Ishonavering, professional SMM mutaxassislari sizga hatto siz kutmagan natijani hadya qilishadi, soqqasidan qochmasangiz bas.
Kuchli SMM'shiklar oyiga qancha daromad qiladi, deb o'ylaysiz?

Nokia ixlosmandlari, bormisiz?
Tugmachali telefonlar davri nihoyasiga yetishi bilan, shu kabi mahsulotlari bilan mashhur Nokia kompaniyasining umri ham tugadi, go'yo. Aslida-chi?
2007-yilda mashhurlik cho'qqisiga erishgan Nokia sekinlik bilan pog'onalardan pastlay boshladi. Kompaniya Microsoft qo'l ostiga o'tgandan so'ng, foydalanuvchilar katta qismining e'tiboridan qoldi. Ammo bu vaqtincha bo'lib chiqdi.
HMD Global va FIH Mobile kompaniyalari Nokia mulk huquqlarini sotib olgach kompaniya yangidan "tug'ildi".
2017-yilda korporatsiya tomonidan 10 turdagi telefon, planshet va smartfonlar chiqarildi. 2019-yilda ishlab chiqarilgan eng asosiy maqtovga arzigulik Nokia 9 PureView smartfoni o'zining xotira va kamera imkoniyatlari bilan anchagina mashhur, yana narxi boshqa kompaniyalar smartfonlaridan ko'ra ancha cho'ntakbop. Qisqa aytganda, Nokia brendi ulkan qadamlar bilan tobora kuchayib bormoqda.
Sizningcha, Nokia mahsulotlari Apple yoki Samsung'ni "sindirishi" mumkinmi?

Yangicha yangilanamiz
Yangi operatsion tizimga ega bo'lish qo'lingizda yangi qurilmaga ega bo'lish kabi qiziqarli. 2021-yil Oktyabr oyida Windows 11'ning chiqarilishi ajoyib shov-shuvga sabab bo'ldi. Agar siz allaqachon ushbu tizimga ega bo'lsangiz, ehtimol uning yangi interfeys va imkoniyatlaridan bahra olayotgandirsiz. Hali kompyuter operatsion tizimini yangilamaganlar uchun biz ma'lumotlar yomg'irini siz tomon armug'on qilamiz.
Demak, yangi operatsion tizimning eng yaxshi funksiyasidan biri bu – ish stolini faoliyatlarga bo'lingan holda boshqarish imkonidir. Keyingisi, Snap Layout, ya'ni turli oynalarni tashkil qilish va ularni guruh sifatida saqlash imkoni. Eng ajoyibi, endi kompyuteringizda Android ilovalarni ishlatishingiz mumkin. Yana, Microsoft Teams orqali siz video chat platformasidan foydalanishingiz mumkin.
Sizning kompyuteringiz operatsion tizimi qanday?

Video ma'lumotlar dengizida marjon izlaymiz
Videomateriallar hostingini taqdim etuvchi vebsayt YouTube – foydalanish qulay va ko'rish osonligi tufayli juda ham mashhur va foydalanuvchilarning soni bo'yicha jahonda 3-o'rinda turadigan saytdir.
2005-yilda PayPal'ning sobiq 3 ishchisi tomonidan yaratilgan YouTube hozirda Google kompaniyasiga tegishli bo'lib, 76 tilda foydalanuvchilariga xizmat ko'rsatadi. 2021-yil mart oyida YouTube funksiyalaridan biriga o'zgartirish kiritishi haqida ma'lum qildi. Endi kontentga qo'yilgan dizlayklar soni yashiringan bo'ladi, salbiy kommentariyalar esa faqat videoblogerning o'ziga ko'rinadi.
Yana bir qiziq fakt: YouTube tarmog'idagi eng uzun video 596 soatdan oshiqroq davom etadi.
Siz YouTube'da bloging yuritasizmi?

IT mutaxassislari uchun yaxshi imkoniyat
Har qanday o'z sohasining ustasi mehnati qadrlanadigan, yaxshi haq to'lanadigan joyda ishlashni xohlaydi. IT'shniklar talabi esa, undanam kuchliroq: ularga nafaqat yaxshi ish joyi, balki IT rivojlangan davlat ham kerak. Shundan kelib chiqib, kuchli IT mutaxassislariga ega va ularga qulay sharoitlar va'da qilingan davlatlar Top 3'ligi haqida ma'lumot berishga qaror qildik.
Demak, boshladik:
1. Amerika Qo'shma Shtatlari. IT mutaxassislari uchun cheksiz imkoniyatlar taqdim etadigan bu davlat eng yaxshi tanlov bo'lishi mumkin. Buyerda IT'shniklar uchun raqobat juda kuchli
2. Kanada. Qo'shnisidan ilhomlangan bu davlat ham professionallar va foydali raqobat maydoni.
3. Buyuk Britaniya. Ajoyib imkoniyatlar va karyerada o'sish va'da qiladigan bu davlat ham kuchli IT'shniklari bilan mashhur. Faqat buyerda yashash biroz qimmatlik qilishi mumkin, ammo professional IT'shnikka pul muammo bo'lmaydi.
Siz qaysi davlatga ketgan bo'lardingiz?

Kompyuter o'ynaymizmi?
Shubhasiz, kompyuter o'yinlari hozirgi bolalar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ko'pchilik, bunday o'yinlar koni zarar deb hisoblaydi. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Demak, kompyuter o'yinlarining foydali va zararli tomonlarini ko'rib chiqamiz.
O'yinda yutishni maqsad qilgan bolada diqqat yaxshi jamlanadi va bu ularning mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyatlarini oshiradi. G'alaba nashidasi keltiradigan kuchli hislar stressni yo'qotishning ajoyib usulidir. Ko'p ishtirokchi talab etadigan o'yinlar bolalarda jamoaviy ishlash ko'nikmasini shakllantirsa, bu ularda qaror qabul qila olish qobiliyati rivojlanishiga ham olib keladi.
O'yinlarning zararlari haqida gapirsak, avvalo, bu bolada o'rganib qolishni keltirib chiqarishini aytish kerak. O'yinga berilgan bola jamiyatdan uzilishni boshlaydi va bu ularning o'qishlariga ham jiddiy zarar keltiradi. Natijada, bolalarning sog'liklari va hissiy turg'unligiga ham putur yetadi. Kompyuter qarshisida o'yin o'ynab ko'p vaqt o'tkazadigan bolalarda agressiya, jahldorlik kuzatiladi.
Demak, har narsada me'yor bo'lishi kerak. Siz ham kompyuter o'ynab turasizmi?

Doim Top'da bo'lish sirlari
Internetdan biror ma'lumot yoki mahsulotni izlaganimizda turli saytlar chiqadi va ularning qaysilaridir birinchilikda bo'lsa, qaysilaridir eng oxirida turadi. Bunda qidiruv tizimining roli katta.
SEO (search engine optimization) – qidiruv tizimlarini optimallashtirish bo'lib, maksimal darajada mijozlarni jalb qilish maqsadida saytlarni qidiruv tizimlarining yuqori o'rinlarga olib chiqishga qaratilgan amaliyotlar jamlanmasi. Sayt egalari Google, Yandeks kabi qidiruv tizimlari aynan ularning saytini yuqoriga ko'tarishi uchun kalit so'zlar va iboralardan foydalanadilar. To'g'ri tanlangan SEO mutaxassisi va to'g'ri amalga oshirilgan SEO targ'ibot bilan sayt egalari o'zlari ko'zlagan maqsadlarga erishib, saytlari mashhurligiga va doim Top'da turish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Siz bu yo'nalishda ishlab ko'rganmisiz?

Reklamangiz qancha bo'lyapti, bloger aka?
Hozirgi kunda bizneslar o'zlarini target yoki blogerlar orqali reklama qiladi. Agar siz blogerlarni afzal ko'rsangiz, nimalarga e'tibor berishingiz kerak?
Avvalo, blogerning auditoriyasi soni sizni chalg'itmasin. So'nggi tendensiyalarga ko'ra, muxlislari kamroq bo'lsa-da, ular bilan ancha iliq munosabatda bo'lgan blogerlarda reklama ancha foydali bo'ladi. Songa emas, sifatga e'tibor berish kerak, ya'ni maqsadli auditoriyaga. Reklama bermoqchi bo'lgan blogeringizning folloverlari sizning biznesingizga qiziqishi uchun ularning yoshi, jinsi, qiziqishlari mos kelarmikan? Blog egasi oldingi reklamalarini qay tarzda e'lon qilgani va unga bildirilgan fikrlarni ham o'rganing.
Blogerlarga reklama berish ancha qimmatligini hisobga olsak, ham naqdidan, ham foydadan quruq qolmaslikka harakat qiling.

Kelajakka sayohat qilamiz
2050-yilgacha dunyo aholisi 9 mlrd'dan oshishi tahmin qilinmoqda. Milliardlab insonlar iqtisodning quyi sohasida. Yoshlar ishsizligi ko'p davlatlarda inqirozli holatda. Ko'pchilik nafaqat ertangi, bugungi kunidan ham tashvishda. Shunday vaziyatda hayotimizni yaxshilashi mumkin bo'lgan yangi texnologiyalarga boy ancha omadli kelajak haqida orzu qilishimiz mumkin.
Hozirgacha egalik qilayotgan texnologiyalarimiz ancha foydali, ammo hayotimiz hali to'liq raqamlashgani yo'q. Agar IT shu tarzda rivojlanishda davom etsa, qurilmalar ustidan nazorat va raqamli dunyo siz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Hammasi – insonlar, xizmatlar, joylar yonginamizda. Ilovalar, elektron kitoblar, TV dasturlar, kino, musiqa va butun dunyo bo'ylab jonli video efirlar bo'lishi mumkin. Bularning barini masofadan turib boshqara olamiz. Raqamli hayotimiz doimo aktual, ochiq va doim o'zimizniki bo'ladi.
Siz IT va dunyo kelajagini qanday tasavvur qilasiz?

Puling bo'lsa xaltada, dam olasan(mi?) Yaltada
Xalqimizda shunday xislat bor: oson pul topishni va bu pullarimiz o'z-o'zidan ko'payib boraverishini xohlaymiz. Shungami, turli firibgarlarga aldanadiganlarning soni kundan kunga oshmoqda.
Tan olish qiyin bo'lgan haqiqat: yaxshi pul topish uchun hech bo'lmaganda biror sohani yaxshi bilishimiz shart. O'z kasbimizning ustasi bo'lish uchun esa, o'qishdan, o'z ustimizda ishlashdan, mehnat qilishdan bo'yin tovlamasligimiz kerak. Ta'limga, bilim olishga tikilgan investitsiya doim o'zini oqlagan. Yangi bilimlar yana yangi daromad manbai demakdir. Bu yo'l mushkuldek tuyilishi mumkin, ammo bu eng ishonchli, halol va manfaatli investitsiya bo'ladi. Demak, pulingiz ko'payib, bosar-tusaringizni bilmay qolishingizdan oldin, mablag'ingizni qo'rqmay ta'limga yo'naltiravering, keyin bizga rahmat aytasiz.
Siz pulingizni nimalarga investitsiya qilasiz?

Bilimlarimizni sotamiz
Shaxsiy blogga ega bo'lish, avvalo, o'zaro virtual aloqa almashish hamda ma'lumotlar va yangiliklarni tarqatishning eng yaxshi yo'liga aylangan. Keyinchalik esa, bu faoliyat turi o'z egasiga daromad keltirishni boshladi.
Shaxsiy blog orqali insonlar o'z bilimlarini sotib pul ishlashni boshlashdi. Demak, sizning biron sohada tajribangiz yoki bilimingiz bormi va buni kimgadir keng miqyosda o'rgatish orqali qo'shimcha daromad olmoqchimisiz, unda siz, albatta, shaxsiy blogga muhtojsiz. Shaxsiy blogni kim ochishi mumkin? Qisqa va lo'nda qilib aytganda:Hamma! Siz professor olimmisiz yoki dehqon, talabamisiz yoki o'qituvchi, buning ahamiyati yo'q. Muhimi siz qiziqqan va boshqalarga o'rgata oladigan soha bo'lsa bas.
Baxtimizga hozirgi kunda shaxsiy blog yaratish va uni yuritish juda oson hamda buni qanday qilish haqidagi ma'lumotlarni topish mushkul emas.
Sizning ham shaxsiy blogingiz bormi?

Himoyangiz kuchlimi?
E-mail'ingiz paroli yodingizdami? Turli ilova va saytlarga kiritgan pin-kod'laringizchi? Xavfsizlik choralarini maksimal qo'llaysizmi yoki xotirangizdan hadiksirab oddiygina parollarni afzal ko'rasizmi?
Har yili ko'plab kiberxavfsizlik kompaniyalari veb ma'lumotlar bazalaridagi eng yomon deb topilgan parollarni e'lon qiladi va bu ro'yxatda siz ham o'zingizning "himoyachi"ngizni ko'rishingiz mumkin. Demak, eng ishonchsiz deb topilgan ba'zi parollar quyidagilar:
12345
Qwerty
11111
Qwerty123
Пароль va hokazo. Hakkerlar hujumidan imkon qadar himoyalanish uchun siz yaratayotgan parolingizda katta va kichik harflar, sonlar va belgilarning kutilmagan kombinatsiyasidan foydalanganingiz ma'qul. Albatta, u parolni ishonchli joyga yozib qo'yish ham yodingizdan ko'tarilmasin.
Sizning parollaringiz ishonchlimi?

IT vataniga sayohat uyushtiramiz
Silikon (Kremniy) vodiysi haqida eshitmagan, uyerga borib, yashashni, ishlashni xohlamagan IT'shnik yo'q bo'lsa kerak. Shimoliy Kaliforniyadagi San Fransisko bo'g'ozidan janubdagi mintaqaning norasmiy nomi bo'lib, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va ijtimoiy media kompaniyalarining global markazi sifatida qaraladigan Silikon vodiysi o'z sohasining ustalarini doimo o'ziga jalb qilib keladi.
Hozirgi kunda ushbu mintaqada dunyodagi ko'plab yirik texnologik kompaniyalar, 30dan oshiq Fortune 1000 ro'yxatidan o'rin olgan kompaniyalarning shtab kvartiralari hamda minglab startap kompaniyalar joylashgan. Eng yirik va mashhur shirkatlardan: Apple Park, Googleplex, Cisco systems va Intel kabi kompaniyalarning asosiy binolari ham ushbu hududda faoliyat yuritadi. Kuchli mutaxassislar bu yerda yaxshi daromad va turar joy bilan ta'minlanadi.
Kremniy vodiysi haqida yana nimalarni bilasiz?

Kompyuteringizga eng ishonchli antivirus o'rnating
Kompyuter xavfsizligi haqida gap ketganda, darhol bir nechta savollar paydo bo'ladi: qaysi antivirus yaxshiroq? Bir vaqtning o'zida bir nechta antiviruslarni o'rnatsam bo'ladimi? Pullik antivirusmi yoki bepul? Kasperskiy'ni sotib olsammikan yoki "piratskiy"si ham bo'laveradimi? Va hokazo shunga o'xshash savollar.
Avvalo, bir narsani bilish kerak: kompyuterni himoya qilish har doim har tomonlama bo'lishi kerak. Agar sizda pullik bo'lsa ham, faqat bitta antivirusga ishonish noto'g'ri. Qanchalik yaxshi bo'lmasin, uni har doim chetlab o'tish mumkin. Shunchaki, eng ishonchli antivirus mavjud emas. Qaysidir qismida nozikligi bo'lgan himoyachini buzib kira oladigan zararli viruslar bor. Shunday ekan, kamida ikkita antivirus dasturini qurilmangizga o'rnatganingiz maqsadga muvofiq. Faqat ehtiyot bo'ling, bu dasturlar o'zaro bir-birini virus sifatida ko'rmasin.
Siz qaysi antivirus dasturlaridan foydalanasiz?