Telegram Web Link
Himoyangiz kuchlimi?

E-mail'ingiz paroli yodingizdami? Turli ilova va saytlarga kiritgan pin-kod'laringizchi? Xavfsizlik choralarini maksimal qo'llaysizmi yoki xotirangizdan hadiksirab oddiygina parollarni afzal ko'rasizmi?

Har yili ko'plab kiberxavfsizlik kompaniyalari veb ma'lumotlar bazalaridagi eng yomon deb topilgan parollarni e'lon qiladi va bu ro'yxatda siz ham o'zingizning "himoyachi"ngizni ko'rishingiz mumkin. Demak, eng ishonchsiz deb topilgan ba'zi parollar quyidagilar:
12345
Qwerty
11111
Qwerty123
Пароль
va hokazo. Hakkerlar hujumidan imkon qadar himoyalanish uchun siz yaratayotgan parolingizda katta va kichik harflar, sonlar va belgilarning kutilmagan kombinatsiyasidan foydalanganingiz ma'qul. Albatta, u parolni ishonchli joyga yozib qo'yish ham yodingizdan ko'tarilmasin.

Sizning parollaringiz ishonchlimi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
IT vataniga sayohat uyushtiramiz

Silikon (Kremniy) vodiysi haqida eshitmagan, uyerga borib, yashashni, ishlashni xohlamagan IT'shnik yo'q bo'lsa kerak. Shimoliy Kaliforniyadagi San Fransisko bo'g'ozidan janubdagi mintaqaning norasmiy nomi bo'lib, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va ijtimoiy media kompaniyalarining global markazi sifatida qaraladigan Silikon vodiysi o'z sohasining ustalarini doimo o'ziga jalb qilib keladi.

Hozirgi kunda ushbu mintaqada dunyodagi ko'plab yirik texnologik kompaniyalar, 30dan oshiq Fortune 1000 ro'yxatidan o'rin olgan kompaniyalarning shtab kvartiralari hamda minglab startap kompaniyalar joylashgan. Eng yirik va mashhur shirkatlardan: Apple Park, Googleplex, Cisco systems va Intel kabi kompaniyalarning asosiy binolari ham ushbu hududda faoliyat yuritadi. Kuchli mutaxassislar bu yerda yaxshi daromad va turar joy bilan ta'minlanadi.

Kremniy vodiysi haqida yana nimalarni bilasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Kompyuteringizga eng ishonchli antivirus o'rnating

Kompyuter xavfsizligi haqida gap ketganda, darhol bir nechta savollar paydo bo'ladi: qaysi antivirus yaxshiroq? Bir vaqtning o'zida bir nechta antiviruslarni o'rnatsam bo'ladimi? Pullik antivirusmi yoki bepul? Kasperskiy'ni sotib olsammikan yoki "piratskiy"si ham bo'laveradimi? Va hokazo shunga o'xshash savollar.

Avvalo, bir narsani bilish kerak: kompyuterni himoya qilish har doim har tomonlama bo'lishi kerak. Agar sizda pullik bo'lsa ham, faqat bitta antivirusga ishonish noto'g'ri. Qanchalik yaxshi bo'lmasin, uni har doim chetlab o'tish mumkin. Shunchaki, eng ishonchli antivirus mavjud emas. Qaysidir qismida nozikligi bo'lgan himoyachini buzib kira oladigan zararli viruslar bor. Shunday ekan, kamida ikkita antivirus dasturini qurilmangizga o'rnatganingiz maqsadga muvofiq. Faqat ehtiyot bo'ling, bu dasturlar o'zaro bir-birini virus sifatida ko'rmasin.

Siz qaysi antivirus dasturlaridan foydalanasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Musulmon ahliga Hayit muborak!

Eng go'zal bayramlardan biri bo'lmish Hayit ayyomi bilan Infoshop jamoasi sizni chin ko'ngildan tabriklaydi. Hayotingiz quvonchga, go'zal lahzalarga, baxtli onlarga doim to'la bo'lsin. Sog'lik, do'stlik, vafo, to'kis oila, zavqli turmush go'zalliklari doim siz bilan bo'lsin. Hayotingiz nurga to'lsin, Hayitingiz yana bir bor muborak bo'lsin!

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Veb sayt yaratamiz

Veb sayt yaratish uchun Full Stack(inglizcha– to'liq to'plam)ni bilish kerak. U ikkiga bo'linadi:
1. Front end
2. Back end

Front end – bu (foydalanuvchi interfeysi) veb-sayt yoki dasturning mijoz tomonidan ishlaydigan foydalanuvchi interfeysi va funksiyalarini ishlab chiqish. Bu veb-sahifani ochishda foydalanuvchi ko'radigan va u bilan aloqada bo'lgan hamma narsa. Ya'ni sayt foydalanuvchilariga ko'rinadigan qismi.
Back end – bu serverda ishlaydigan har qanday narsa. Apparat va dasturiy ta'minot to'plami bo'lib, uning yordamida sayt ishlashi mantig'i amalga oshiriladi. Ya'ni bu foydalanuvchiga ko'rinmas qismi.

Ushbu ikki ko'nikmani o'rgangan dasturchilar mukammal sayt yaratish imkoniga ega bo'ladi.

Siz veb sayt yarata olasizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Chet elda o'qish uchun nimalar qilish kerak?

Shunday reklamalarga kunda bir bor bo'lsa ham ko'zingiz tushsa kerak. Chet elda o'qish talabgorlari soni ham oshib bormoqda. Chetda o'qishning afzalliklari haqida siz ham bilasizmi?

Avvalo, bu sarguzashtlarga boy akademik, professional va shaxsiy o'sish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. O'zga yurt, o'zga madaniyat dunyoqarashingiz, fikrlash doirangiz o'sishiga xizmat qiladi. Yaxshi maoshli ish topishni yoki o'z biznesingizni qurishni istasangiz, unda bu maqsadlarga erishishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Xullas, muvaffaqiyatli kelajak uchun kuchli poydevor qo'yishning eng ishonchli va samarali usuli bu chet elda ta'lim olishdir.

Siz ham qaysidir davlatga chet elda o'qishga ketishni xohlaysizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Qanday qilib muvaffaqiyatsiz bo'lish mumkin?

Sarlavhada xatolik yo'q. Shunchaki, atrofimiz qanday qilib baxtli bo'lishni o'rgatayotganlarga to'la, biz esa muvaffaqiyatsizlik sirlarini ochmoqchimiz.

Demak, ishni befarqlikdan boshlaymiz. Hech narsaga intilmang, biror narsaga erishishga aslo harakat qilmang. Umuman yangi reja va maqsadlar haqida o'ylashni xayolingizga keltirmang. Fikrlash tarzingizni o'zgartirish, olg'a intilish sizdan juda ko'p energiya va qattiq mehnat talab qiladi. Shunday ekan, komfort zonadan chiqishga urinmang. Biror yanglik yaratish, nimadir yangi ish boshlash doim ham omadli bo'lavermaydi. Demakki, siz o'zingizni nafaqat ruhan va jismonan charchashdan, balki o'xshamay qoladigan ish ortidan keladigan tushkunlikdan ham himoya qilasiz. Shunday qilib, o'z odatiy hayot tarzingizda davom eting. Axir, hayot shundoq ham davom etadi, o'zgachalik siz uchun emas.

Nima demoqchiligimizni tushungan bo'lsangiz, bu postni kimga "share" qilishni bilasiz.

Site | Telegram | Facebook | Instagram
🤝 Sotuvda CRM kerakmi yoki yo’q?

CRM (Customer Realitonship Management) – mijozlar bilan aloqalarni boshqarish

Ba’zi sotuv menejerlari CRM ni mijozlar bilan ishlashda ortiqcha vaqt va mablag’ sarflash xolos, deb o’ylashadi. Biz bu fikrlarning xato ekanligini yuqorida isbotlaymiz💪

ℹ️ Infoshop – faqat foydali va ishonchli info!

Site | Telegram | Facebook | Instagram
2022-yilning TOP 6 byudjet ilovasi

2️⃣ Post matni:
Mablag'laringiz hisobini qachon va qanday yuritasiz? Oxirgi marta oylik olganda hisob qilganlar oramizda ko'p bo'lsa kerak)

🔝 Quyida biz siz uchun moliyaviy hisob yuritishdagi TOP 6 ta ilovani taqdim etamiz:

Eng yaxshi umumiy hisob uchun ilova: youneedabudget.com
Eng yaxshi bepul byudjet ilovasi: mint.intuit.com
Pul oqimi uchun eng yaxshi variant: quicken.com
Me'yoridan ko'p xarajat qiluvchilar uchun: pocketguard.com
Daromad to'plash uchun eng maqbuli: personalcapital.com
Juftliklar uchun eng yaxshi ilova: askzeta.com

Daromadingiz va harajatlaringiz miqdori teng bo'lishi qanchalik to'g'ri deb hisoblaysiz?
Javoblaringizni izohlarda kutamiz📮

Infoshop - qiziqarli va foydali ma'lumotlar makoni!

Site | Telegram | Facebook | Instagram
G lar aslida nimani anglatadi?

3G, 4G va 5G uyali aloqa texnologiyasining mos ravishda 3, 4 va 5 avlodlaridir. Ya'ni G bu "Generation" — avlod.

Har bir avlod o'rtasidagi farq birinchi navbatda ularning imkoniyatlari (tezlik, tovush sifati)ning yaxshilanib borishi bilan ifodalanadi.

3G tarmog'i 8 mbp/s (sekundiga megabit) uzatish tezligida, 4G 28 Mbp/s tezlikda ishlaydi. 5G esa 4G dan 10 barobar tezroq bo'lib, yuqori tezlikda ko'proq ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish mumkinligini anglatadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, keyingi avlod 6G tezligi 2030-yilda faollashtirilishi aytilmoqda. Ammo kim biladi deysiz, balki shu yil oxiridayoq 6G imkoniyatlaridan hayratlanishni boshlarmiz😉

▶️ Infoshop — eng so'nggi va qiziqarli xabarlar manzili!

Site | Telegram | Facebook | Instagram
ESET: O'zbekistonning 50 % dan ortiq kompaniyalari axborot xavfsizligi uchun byudjetga ega emas

🚫 ESET xalqaro antivirus kompaniyasi 2019-yilda O’zbekistondagi kompaniyalarning kiberhujumlarni qaytarishga tayyorlik darajasini aniqlash uchun so’rovlar olib borgan. Ushbu so’rovnomada 242 ga yaqin mahalliy va qo’shni respublika tashkilot rahbarlari va xodimlar qatnashgan.

Vaziyatni yaxshilash uchun ESET korxonada keng qamrovli axborot xavfsizligi tizimlari DLP texnologiyalaridan foydalanishni tavsiya qiladi.

Bundan tashqari, pochta serverlarini barcha turdagi zararli dasturlardan himoya qilish va xabarlarni filtrlashda ehtiyot bo'lish tavsiya etilgan.

♻️ Nihoyat, korxonada axborot xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bilan ishlash uchun xodimlarni o‘qitishni tashkil etish zarur.

Infoshopda statistik ma'lumotlarni kuzatishda davom eting.

Site | Telegram | Facebook | Instagram
2025/07/08 04:24:09
Back to Top
HTML Embed Code: