Rasmiylik belgisi – ishonch garovi
🧐 Biror yangi chiqqan xabarni "forward" qilishganida, uning ishonchli ekanligini bilish uchun odatda, kanal yoki guruh nomiga, a'zolari soniga va ✅ Verified(tasdiqlangan) belgisi bor yoki yo'qligiga e'tibor qaratamiz.
🔍 Izlash funksiyasidan foydalanganimizda ham, variantlar orasidan "galochka"si borini tanlaymiz. Chunki, bir xil nomdagi kanal-u guruhlar urchib ketgan bir paytda,bu belgi, biz uchun ishonch belgisi vazifasini bajaradi. Kuzatuvchilarini saqlab qolmoqchi bo'lgan blogerlar uchun bu belgi, haqiqiy ekanliklarini isbotlovchi "fishka"dir.
📌 Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uchun bu belgi shunchaki taqdim qilinmaydi. O'ziga xos bir necha shartlarga mos kelgan talabgorlargina uni qo'lga kiritishadi. Shuning uchun ham bunday belgili nomlar ularga nisbatan foydalanuvchida ishonch hissini uyg'otadi.
❓ Siz shunday belgiga ega qaysi kanal yoki blogerlarni kuzatib borasiz?
Site | Telegram | Facebook | Instagram

Pullar seni oʻzi topib keladi!
🧑🏻🎓 Bundan 4-5 yil avval daromadli ish topish uchun qoʻlingizda diplom va bir necha yillik tajribangiz boʻlishi shart edi. Bugun esa maktab oʻquvchisi ham moʻmaygina daromad olib keladigan ish topishning uddasidan chiqyapti...
💻 Bunga zamonaviy kasblarning shiddat bilan rivojlanayotgani sabab boʻldi. Ularni oʻzlashtirish uchun bir necha oy davomida oʻqib-oʻrganish yetarli, aksariyatida masofadan turib faoliyat olib borish ham mumkin. Qarabsizki, ish oʻqishga, oʻqish ishga xalal bermaydi...
❗️ “Hali oʻqiyman”, “Tajribam yoʻq” kabi son-sanoqsiz bahonalarni chetga suring. Zamonaviy kasblarni oʻrganing, tajriba orttiring va “soqqani bosing”! 😉
❓ Siz zamonaviy kasblarning qaysi biriga koʻproq qiziqasiz?

Kompyuter uchun qanday “pilot” tanlagan maʼqul?
💻 Kompyuter qurilmalari uchun qimmatbaho tarmoq filtri (“pilot”) dan foydalanish shartmi? Hamyonbop qurilmalar ShKga zarar yetkazib qoʻymaydimi? Bugun shu haqida gaplashamiz.
⚡️ Mutaxassislar kompyuter qurilmalari uchun tarmoq filtrini sotib olishda tejamkorlik qilmaslikni maslahat berishadi. Odatda arzon qurilmalar qoʻshimcha himoyaga ega boʻlmaydi va elektr kuchlanishidagi oʻzgarishlar vaqtida kompyuterga zarar yetishining oldini ololmaydi.
Nisbatan qimmatroq va sifatli tarmoq filtrlari uchta asosiy vazifani bajaradi. Bular:
1️⃣ Qurilmalarni qisqa tutashuvlardan himoya qiladi;
2️⃣ Yuqori chastotali oʻzgarishlarni filtrlaydi;
3️⃣ Qisqa muddatli kuchlanish impulslari xavfini kamaytiradi.
📌 Bir soʻz bilan aytganda, kompyuter qurilmalari uchun narxi balandroq boʻlsa-da, sifatli “pilot” sotib olish tavsiya etiladi. Yoʻqsa, tejamkorlik aks taʼsir qilishi mumkin!

TikTok qanday qilib dunyoni zabt etdi?
📱 TikTok – qisqa vaqt ichida dunyoning turli burchaklarida yashovchi bir necha avlod vakillarining hayotiga kirib bordi. Avvaliga ushbu ilovaga jiddiy eʼtibor qaratilmagan boʻlsa, bugungi kunga kelib undan brendlarning mashhurligini oshirish, biznes yuritishda faol foydalanmoqdalar.
🔥 Ilovaning bunchalar mashhur boʻlib ketishi sababi nimada deb oʻylaysiz? Ushbu savolga javob bergan foydalanuvchilarning 65%i TikTok'da har bir odam asl qiyofasida koʻrinishi mumkinligini aytishgan. 70% foydalanuvchilar esa uni foydali ilova sifatida yaqinlariga tavsiya qilishar ekan.
❓ TikTok haqida sizning fikringiz qanday? Undan foydalanasizmi?

Dasturlashni oʻrgan, davay
❓Bugun kimning ketmoni balandroq uchyapti desangiz, dasturchilar kamtarlik ila bir chetda sukut saqlab turishlari mumkin. Chunki, dasturchilarning ketmonda uchib yurishlariga ehtiyoj qolmagan. Kelajak ularning qoʻlida turganda eski ketmonga ne hojat?
💵 Bugungi kunda tajribali dasturchi mutaxassislar soatiga 13-19 dollardan daromad topishadi. Ularning bir soatlik daromadi ayrim soha vakillarining bir kunlik tushumidan oshyapti. Tushunyapsanmi, Karl?
🖐 Hazilni biroz nari surib turamiz. Hali yosh boʻlsangiz-u qaysi sohadan ketishni bilmay boshingiz qotsa, ikkilanmay dasturlashni tanlayvering. “Dasturlashni oʻrganishga kechikdim” deb hisoblasangiz, telefonga muk tushgan farzandingizning qoʻlidan tuting-da ushbu sohaga yoʻnaltiring. Birgina qaroringiz oradan vaqt oʻtib bolani daromadli va kelajagi porloq sohaning yetuk mutaxassisiga aylantiradi.
P.S. Dasturlashni bolalarga 6-7 yoshdan oʻrgatish mumkin. Dasturlashning kelajagi haqida fikringiz qanday?

Epson VS Canon: Gigantlar dueli
📈 Texnik inqilob jahon bozorida yashab qolishni istagan kompaniyalarni oʻz ustida ishlashga majbur etdi. Mashhur raqobatchilar orasidagi ikki gigant – “Canon” va “Epson” dueli oradan yillar oʻtsa hamki, haligacha davom etib keladi. Ularning ikkisi ham foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erisha olgan, obroʻ va eʼtibor orttirgan.
➡️ “Epson” bugungi kunda printerlar, skanerlar, proyektorlar va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. U proyektorlar bozoridagi №1 brend hisoblanadi va ushbu nomni 10 yildan beri qoʻldan boy bermay kelmoqda.
➡️ “Canon” brendining dunyo boʻylab 198 ta kompaniyasi mavjud, umumiy savdo aylanmasi yiliga 29 mlrd dollarni tashkil etadi. Kompaniya printerlar, kompyuterning tashqi qurilmalari, nusxa olish apparatlari, shuningdek foto va videokameralar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.
❓Siz ushbu kompaniyalarning qaysi biriga tegishli mahsulotlar sifatli va ishonchliroq deb oʻylaysiz?

Oyijon, "2v1" shampunda sigiriz yaltillab ketdi...
😌 Atrofimiz mikrob-u viruslarga to'la muhitda, doim o'zimiz, kiyimlarimiz, oziq-ovqatimiz, hatto, hayvonlarimizni toza saqlash uchun har xil "sredstvo"lardan foydalanamiz. Ammo, eng kerakli yordamchilarimiz telefon va kompyuterlarimizga virus tushib qolganda, ularni eng kuchli tozalagichda ishqalab yuvish ham foyda bermaydi.
💡 Albatta, bunday vaziyatda bizga antiviruslar yordamga keladi! Hozirgi vaqtda viruslarni yo'qotish uchun ko'pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlar antiviruslar deb ataladi. Qo'llanish usuliga ko'ra, ular quyidagilarga bo'linadi:
– detektorlar;
– faglar;
– vaksinalar;
– privivka;
– filtrlar va
– revizorlar. Bularning har biri alohida vazifa bajarishadi. Eng muhimi, yangi viruslarning to'xtovsiz paydo bo'lib turishini hisobga olib, antivirus bazalarini doimiy ravishda yangilab turish lozim.
❓ Siz qaysi antivirus dasturidan foydalanasiz?
Site | Telegram| Facebook | Instagram

Aql yoshda emas, boshda: Dunyodagi eng yosh dasturchilar
🎯 Qarshisiga aniq maqsad qoʻygan odamni unga erishishdan hech qanday toʻsiq toʻxtata olmaydi. Bu borada yoshning zarrachalik ahamiyati yoʻq. Yurakda oʻqib-oʻrganish istagi va kuchli ishtiyoq boʻlsa kifoya.
🧑🏻💻 Dunyodagi eng yosh dasturchilar haqida eshitganmisiz? Ular mazkur sohani necha yoshdan boshlab oʻrganishgan va ayni vaqtda qayerlarda faoliyat olib borishadi? Bugun shu haqida suhbatlashamiz.