Virtual olamdagi haqiqiy reallik
🗣 Mark Zuckerberg Facebook kompaniyasining «rebranding» qilinishini va u endilikda «Meta» deb nomlanishini aytib oʻtgan edi. Ammo uning insonlarni birlashtirish maqsadi aslicha, oʻzgarishsiz qolishini taʼkidlagan. U nafaqat kompaniya, balki butun internet uchun yangi bosqich boʻloladi.
🏢 «Meta»da siz oilali boʻlishingiz, doʻstlar orttirishingiz, biznes boshlashingiz, umuman olganda real hayotdagi deyarli barcha jarayonlarni amalga oshirishingiz mumkin. Yaʼni, haqiqiy hayot uchun, virtuallikda tayyorlanish imkoningiz boʻladi.
⁉️ Sizning ham «Meta» olamida oʻz dunyoyingiz bormi?
Site | Telegram | Instagram | Facebook

Onlayn bozor – zamon talabi
✏️ "Agar sen Internetda bo'lmasang, biznesda ham yo'qsan",- Stiv Jobsdan hozirgi davr bizneslari uchun aktual yechim.
📲 Bugungi kundagi muvaffaqiyatli bizneslarning hammasi Internetda o'z akkountiga ega. Biror bir yangi brend haqida eshitgan zamonaviy xaridor borki, u brendni Internet olamidan izlab ko'radi. Yorqin, o'ziga jalb qiladigan kontentli biznes tezda muvaffaqiyatga erishadi, aksincha esa, qiziqish so'nadi.
🛒 Yangi biznes boshlamoqchimisiz, avvalo, onlayn bozordagi talabni o'rganing, va shunga yarasha taklif bilan kirib keling. Sifat va narx borasida "onlayn" raqiblaringizdan o'zib ketolsangiz, marra sizniki.
🧐 Nima deb o'ylaysiz, onlayn bozorlar yaqin kelajakda an'anaviy bozorlar o'rnini butkul egallay olarmikan?
Site| Telegram | Facebook | Instagram

Tadbirkormisiz yoki biznesmen?
🤨 "Iye, bu ikkalasi bir ma'noli so'z emasmi",- deysizmi?
Yo'q, unday emas ekan.
💡 Tadbirkor – bu yangi g'oya yoki konsepsiyani o'ylab topadigan va uni haqiqatga aylantiradigan shaxs.
Biznesmen – esa, mijozlarga mahsulot va xizmatlarni taklif qiluvchi avvaldan mavjud g'oya asosida biznesni tashkil etadigan kishi.
✏️ Quyidagi rasmda tadbirkor va biznesmen o'rtasidagi asosiy farqlar keltirilgan. Ma'lumotlardan foydalanib, yuqoridagi savolga javob bering-chi: siz tadbirkormisiz yoki biznesmen?

Eng qimmatli boyligimiz
"Hayotni sevsang, vaqtni boy berma. Chunki vaqtdan hayot yaraladi". ©
Hamonki, tirik ekanmiz, nimadir qilishga hali vaqtimiz bor. Biror yangi til yoki hunar o'rganish, biznes boshlash, o'qishni davom ettirish, va hokazolar uchun hech qachon kech emas. Muhimi, ishtiyoq va vaqt uyg'unligi.
"Hali yoshman, vaqtim bemalol", "buni sinab ko'rishga endi kech", "yo'q, qo'limdan kelmaydi, qarilik qilaman", "hozir, birrov Instagramga kirib chiqay, darsimni qilaman", "kelasi Dushanbadan aniq boshlayman", ....
Bu kabi bahonalar tuganmas, vaqt esa chegaralangan. Biz nimadir keraksiz narsaga chalg'ib turganimizda yoki o'zimizga ishonchimiz yo'q holdaligida, raqiblarimiz tashnalik ila nimadir yangi narsa o'rganishyapti.
Motivatsiya yo'qolib qolmasidan vaqtdan unumli foydalanish uchun siz hozir nima bilan shug'ullanmoqchisiz?

Biznesda strategiya – muvaffaqiyat garovi
📝 O'z biznesingizni boshlash uchun sizga, avvalo, g'oya, asosiy vositalarni sotib olish uchun kerakli miqdordagi pul, shuningdek, aniq ishlangan biznes strategiyasi kerak.
💡 Biznes strategiyasi – bu biznes o'z maqsadlariga erishishi uchun mo'ljallangan harakatlarning integratsiyalashgan modeli. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, bu biznesni hozir o'zi turgan joydan o'zi xohlagan joyga ko'chirish rejasi, ya'ni biznes maqsadlariga erishishning aniq va ishonchli yo'lini topish, demakdir.
❌ Aniq yo'l xaritasiga ega bo'lmagan, maqsadlari noma'lum, qanday harakatlanishni bilmaydigan biznes halokatga mahkum. Siz pulsiz biznes boshlashingiz mumkin, ammo aniq maqsadsiz olg'a harakatlana olmaysiz.
⁉️ Samarali biznes strategiyasini ishlab chiqish uchun nimalarga e'tibor berish kerak, deb o'ylaysiz?
Site | Telegram | Facebook | Instagram

IT sohasining eng boy odamlari
💰 Shubhasiz, bugunning eng zamonaviy, eng innovatsion va eng daromadli sohalaridan biri bu – IT. Natijada, ushbu sohada faoliyat yuritib, yaxshigina moliyaviy yutuqlarga erishayotganlar soni tobora ortmoqda. Bu sohaning "boyvachchalari" sizga ham qiziqmi?
"Forbes"ga ko'ra, Top 5 talik quyidagicha:
1. Ilon Mask (302 mlrd $). Tesla asoschisi.
2. Jeff Bezos (196.3 mlrd $). Amazon do'konlari tarmog'i asoschisi.
3. Bill Geyts (137.6 mlrd $). Microsoft asoschisi.
4. Larri Peyj (123.7 mlrd $). Google kompaniyasi asoschilaridan.
5. Larri Elison (122.6 mlrd $). Oracle asoschisi
😉 Sizda hozircha buncha pul yo'q va siz Forbes ro'yhatida ham emassiz. Ammo, bularga erishishning imkoni bor.
💸 IT– sizni milliardlarga yetaklovchi yo'l.
Shu amakilardan qayering kam, brat?

Endi reklama okeymi?
⚖️ Xalqimiz orasida ikki tushuncha keng tarqalgan. Ba'zi insonlar "yaxshi mahsulot reklamaga muhtoj emas",- deb hisoblasa, boshqalar "reklamasiz biznes bo'lmaydi",- deyishadi.
🥤 "Coca-Cola" yoki "Pepsi" reklamaga muhtoj tovar emasdek, nazarimizda. Shundoq ham bu ichimliklarning savdosi doim yuqori. Ammo, eng ko'p reklama qilinadigan va reklamasi uchun anchagina pul sarflanadigan ichimliklar ham– shular. Demak, bu yerda bir gap bor.
❗️ Aslida, reklama biznesda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bir narsani qayta-qayta ko'rish yoki eshitish natijasida, o'sha ma'lumot miyamizda o'ziga xos o'rin egallaydi. Natijada, biz, hatto, o'zimiz xohlamagan yoki ehtiyojimiz bo'lmagan holatda biror reklamasi kuchli mahsulotni xarid qilishimiz mumkin. Demak, biznesda reklamadan pulni ayamaslik kerak.
❓ Siz reklamasi yo'q, lekin sotuvi yuqori o'rinlarda turgan mahsulotlarni bilasizmi?

Xato qildim yiqildim, ibrat oldim yuksaldim
♻️ Ish bor joyda xato bor. Ilk zarbadanoq tushkunlikka tushish, boshlagan ishidan voz kechish – zaiflik belgisi. Xatosini tushunib yetgan, qilgan ishini tahlil qilgan inson endi yana-da tajribaliroq, puxtaroq, chidamliroq bo'lib boraveradi.
💡 Tomas Edison lampochkani yaratish jarayonida 2000 marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan ekan. Shogirdlaridan biri, "2000 marta xato qildik", -deb tushkunlikka tushganida, Edison, "aksincha, biz 2000 ta ishlatmasligimiz kerak bo'lgan mahsulot haqida ma'lumotga ega bo'ldik", -degan ekan.
🔚 Ko'pchilik muammolarning sababi sifatida atrofdagilarni ko'radi: ishini eplolmaydigan odamlar, sotqin do'stlar, korrupsiya, monopoliya va hokazo. Ammo biror sodir bo'lgan ish uchun javobgarlikni o'z bo'ynimizga olishni boshlasak, har bir xato bepul darsga aylanadi, har bir xatolardan keyin aqllilashib boraveramiz.
❓Sizda ish faoliyatingizda qimmatga tushgan va to'g'ri xulosaga yetaklagan xato bo'lganmi?

Yangi davr – yangicha imkoniyatlar
👩💻🧑💻 Tobora virtuallashayotgan bugungi kunda zamon-zamon blogerlarniki, bo'lib qolgan. Ular o'z profillariga joylashtiradigan rasm-u videolarga talab kuchli. Obunachilari soni anchagina bo'lgan mashhur blogerlar, reklamalar-u, sayohatlar bilan shunchalik band bo'lib ketishganmi, endi "istoriya"lariga qo'yiladigan videolari uchun ham alohida boshqa shaxslarni o'zlariga "story maker" qilib olishmoqda. (Shu yerida orqa fonda "sizdayam pul ko'payib ketdiii,..." qo'shig'i jarang sochmoqda)
📸 Story maker – siz uchun tarix yaratib beradigan inson. Bu kasb egalari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uchun sifatli va qiziqarli kontentga ega bo'lgan videolarni yaratishga mas'uldirlar. Buyurtmachilarining imkoniyatidan kelib chiqib, oyiga 300$ dan 1000$ gacha daromad qiladilar. Bundan tashqari, ularda o'z buyurtmachilari bilan birga turli sarguzashtlarni boshdan kechirish imkoni bor (masalan, ular bilan birga sayohat qilish, turli joylarda ovqatlanish, va hokazo).
❓ Sizning ham yangi postini intizorlik bilan kutadigan sevimli blogeringiz bormi? Uning story maker'ini taniysizmi?

Xavfsizligimiz ta'minotchisi
👨🏫 Universitetda filologiya yo'nalishini qizil diplomga bitirgan,
👨✈️ Zahiradagi leytenant,
👨💻 Kuchli "IT'shnik". Bu tariflarning bari bir insonga tegishli. Kim ekan, deysizmi?
💡 Ijtimoiy tarmoqlar orasida foydalanuvchilari ma'lumotlarini 3-qo'llarga topshirmaydigan yagona tarmoq bu – Telegram hisoblanadi. Ushbu tarmoqning, ya'ni ma'lumotlarimiz xavfsizligini ta'minlaydigan platformaning yaratuvchisi – Pavel Durov. 11 yoshidayoq IT'ni o'rganib maktabidagi kompyuterlardagi ma'lumotlarni o'zgartirib qo'ygan Pavel, filologiya va harbiylik sohasida o'zini sinab ko'rgan bo'lsa-da, ish faoliyatini baribir IT'da davom ettirdi. "Bo'ladigan bola boshidan ma'lum",- deyishgani shu bo'lsa kerak.
❓ Siz shaxsiy ma'lumotlaringizni Durovga ishonasizmi?

Rasmiylik belgisi – ishonch garovi
🧐 Biror yangi chiqqan xabarni "forward" qilishganida, uning ishonchli ekanligini bilish uchun odatda, kanal yoki guruh nomiga, a'zolari soniga va ✅ Verified(tasdiqlangan) belgisi bor yoki yo'qligiga e'tibor qaratamiz.
🔍 Izlash funksiyasidan foydalanganimizda ham, variantlar orasidan "galochka"si borini tanlaymiz. Chunki, bir xil nomdagi kanal-u guruhlar urchib ketgan bir paytda,bu belgi, biz uchun ishonch belgisi vazifasini bajaradi. Kuzatuvchilarini saqlab qolmoqchi bo'lgan blogerlar uchun bu belgi, haqiqiy ekanliklarini isbotlovchi "fishka"dir.
📌 Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uchun bu belgi shunchaki taqdim qilinmaydi. O'ziga xos bir necha shartlarga mos kelgan talabgorlargina uni qo'lga kiritishadi. Shuning uchun ham bunday belgili nomlar ularga nisbatan foydalanuvchida ishonch hissini uyg'otadi.
❓ Siz shunday belgiga ega qaysi kanal yoki blogerlarni kuzatib borasiz?