Telegram Web Link
🤓 Daromadidan gapiring, xay

Yozish, qayta yozish va tahrirlash san’ati bu — kopirayting!

✍️ Siz hamma joyda ko'zingiz tushadigan matn mualliflari "ilmiy" tilda kopirayterlar deb yuritiladi.

Endi faoliyatini boshlagan "junior" kopirayterlarga 1 ta tilda yozilgan post hajmiga ko'ra o'rtacha $2 to'lanadi. Portfolioga qarab narx O'zbekiston sharoitida maksimum $10 gacha chiqishi mumkin.

Narxlar tillar soni va loyiha hajmiga ko'ra oshib boraveradi.

Sayt va mobil ilovalar uchun esa $20 dan boshlab $200 gacha narx takliflari mavjud.

Kopiraytingda o'zingizni sinab ko'rgan bo'larmidingiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Kibersport – kelajak sporti

🔫 Kompyuterda o'yin o'ynasangiz-u, yutganingizda mukofot berishsa, ajoyib-a? Tag'in sizni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga taklif qilishsa-chi? Uydagilaringiz bo'lsa, "vaqtingni kompyuter o'yinlariga bekor sarflama",- deyaverishadi. Ularga kibersport va "Esports Uzbekistan" Federatsiyasi haqida aytib bering.

💡 "Esports Uzbekistan" Federatsiyasi 2016-yilda Adliya vazirligida rasman ro'yxatdan o'tgan bo'lib, elektron kompyuter sporti(kibersport) sohasida bir qator ishlarni amalga oshirib, turli turnir va musobaqalarni tashkil qilmoqda. Jumladan:
— WESG Uzbekistan
— PCL Uzbekistan (liga)
— MinSport onlayn kubogi
— ICT Week doirasida Uzbekistan Cup va boshqalar.
Ushbu tashkilotning maqsadi – mamlakatimizdagi barcha kibersport klublari va ixlosmandlarini birlashtirish hamda O'zbekiston nomini kibersport yo'nalishida jahonga tanitishdan iborat.

😉 "Vijdonim qiynalmay, PUBG o'ynashda davom etaman",-deysizmi? Qani, foydali ish qilishga marsh!

Site | Telegram | Facebook | Instagram
⚠️ Diqqat: Telegram News!

TOPga chiqayotgan messendjer foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshganligi sharafiga Durov jamoasi "Telegram Premium" ta'rifini ishga tushirdi.

Ushbu ta'rif qanday qo'shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi?

Yuqoridagi rasmlar orqali bu haqida to'liq ma'lumot olishingiz mumkin!

Telegram Premium'ga ulanish tartibi: Настройки > Telegram Premium

Imkoniyatlarni ko'rdik. Xo'sh, Premium narxi qancha deb o'ylaysiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Siz qanday shop turlarini bilasiz? Barbershop, bookshop yoki Infoshop'mi?

Shop bu ingliz tilidagi so'z bo'lib, biror narsa sotiladigan joy ma'nosini anglatadi. Dehqonchasiga aytganda, bozor)
Sizlar bilan bugun qiziqarli va foydali ma'lumotlar sotilmaydigan, balki tekin ulashib boriladigan Infoshop platformasi haqida gaplashamiz.

Infoshop - foydali ma'lumotlar blogi bo'lib, o'zida IT va uning atrofidagi sohalarni qamrab olgan platforma hisoblanadi. Siz ushbu platforma kunlik fresh' kontentlardan erkin foydalanish va o'zingiz qiziqqan sohada fikrlar almashish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Infoshop'ning o'ziga xos tomoni shundaki, siz qiziqarli mavzularda post uchun buyurtma qoldirishingiz mumkin. Platforma jamoasi sizni taklifingiz aktuallik darajasiga qarab, buyurtmani tep-tekin amalga oshiradi👌

Bizda barchasi qulayliklar kuzatuvchilarimiz uchun amalga oshiriladi! Demak, taklif sizdan - ijro bizdan!

Kommentda kutamiz...


Site | Telegram | Facebook | Instagram
Telegram kanallar va bekatlardagi e'lonlarni izlashni bas qiling! Siz uchun yagona yechim bor!

💼 Jobo.uz — malakali xodimlar izlash va ularga ish taklif etish imkoniyatini beruvchi konsalting firma va qulay platforma.

Jobo.uz ning afzallik tomonlari nimada?
- Tartib: e'lonlar va rezyumelarning tartibli joylab boriladi
- Filtr tizimi: daromad, faoliyat turi va shakliga ko'ra e'lonlarni saralash
- Status: vakansiyalarning aktiv va passiv statuslari aks ettirilishi
- Doimiy: kompaniyalarning ishonchli vakansiya e'lonlarining doimiy joylab borilishi

Jobo.uz nafaqat ish o'rinlari haqidagi e'lonlar platformasi, balki karyera va ish samaradorligini oshiruvchi foydali ma'lumotlar bazasi @jobouzrasmiy kanaliga ham ega.

"Jobo" jamoasiga gap yo'q 30 kun ichida 40 000 ta obunachini telegram kanaliga yig'ishga muvaffaq bo'lishdi!

🤝 Jobo.uz uzoq va samarali hamkorlik tarafdori!

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Pepsi va Cola jangi xuddi Real Madrid va Barselona klublari orasidagi to'qnashuvlar kabi doimo murosasiz va intrigaga boy! Biz kabi mijozlar esa marketologlarning aqlli yurishlarini mazzaaa qilib kuzatamiz😉

Bugun tomonlarning biri qizillar haqida fresh faktlarni tayyorladik.

📌 Siz uchun bonus info: Coca Cola'ning ikkinchi qisqa nomi ham bo'lib, Coke deb yuritiladi.

Infoshop - saralangan ma'lumotlar bazasi!

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Siz IT ning qaysi yo'nalishida qiziqasiz, o'qiysiz, yoki ishlaysiz?
Anonymous Poll
25%
Dizayn
41%
Dasturlash
12%
SMM
8%
Sun'iy intellekt
8%
Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash
8%
Robotatextika
OK, Google: “Google” dasturchilarining maoshi qancha?

🏢 “Google” koʻplab dasturchilar orzu qilgan va ish faoliyatini olib borish uchun dunyodagi eng yaxshi joylardan biri deya tan olingan kompaniya. “Google”ning 40 dan ortiq mamlakatlarda 70 dan oshiq ofislari mavjud. Kompaniya xodimlarining umumiy soni 50 000 kishidan oshadi.

🧑🏻‍💻 “Google” kompaniyasida ishlovchi xodimlar uchun rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratiladi. Ularga bepul oziq-ovqat, oʻyin xonalaridan foydalanish imkoniyati va hattoki kir yuvish xizmati taqdim etiladi. Bundan koʻzlangan maqsad dasturchilarning qimmatli vaqtini maishiy muammolar bilan band qilib qoʻymaslikdir.

“Google” dasturchilarining oʻrtacha yillik maoshi 120 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Siz ham “Google” kompaniyasida ishlashni istagan boʻlarmidingiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
2025/07/01 10:03:48
Back to Top
HTML Embed Code: