Telegram Web Link
😉 Jamoa jamuljam, faqat siz kam!

👍 5-iyul (ertaga), soat 20:00 da "Ibrat Academy" ilovasidagi yangi premium dastur "Tezkor Turk tili" ning taqdimoti bo'lib o'tadi.

🎁 Taqdimot qatnashchilaridan naq 10 kishi qiymati 159.000 ga teng bo'lgan 3 oylik premium til kurslaridan birini yutib olish imkoniga ega bo'ladi. Bundan tashqari, 40% gacha bo'lgan qaynoq chegirmalar ham sizni kutmoqda.

• Vaqt borida imkonni qo'ldan boy bermang: https://www.tg-me.com/+gBiFBk6UZFM0Mjky

Ertaga taqdimotda ko'rishguncha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥8👍2
🧠 Nakapitelniy Effekt — hayotingizni o‘zgartiradigan kuch!

Ko‘pchilik o‘zgarish bo‘lishini istaydi, lekin tez natija kutadi. Aslida esa hayotdagi eng katta natijalar — sekin, ammo uzluksiz harakatlardan tug‘iladi. Bunga nakapitelniy effekt deyiladi.



🔄 Bu nima degani?

Nakapitelniy effekt — bu kichik-kichik harakatlarning vaqt o‘tishi bilan katta o‘zgarishlarga olib kelish jarayonidir.

🎯 Har kuni atigi 10 daqiqa ingliz tili o‘rganish
📚 Har hafta bitta foydali kitobdan 5 bet o‘qish
🤲 Har tong bir duoni doim takrorlash
🏃‍♂️ Har kuni 15 daqiqa yugurish

➡️ Bu narsalar bir oyda katta o‘zgarish qilmaydi. Lekin 6 oyda, 1 yilda — sizni boshqa darajadagi insonga aylantiradi.



💥 Bu effekt qayerda ishlaydi?

Moliyaviy mustaqillikda – oz-ozdan jamg‘arish
Til o‘rganishda – har kun 10 ta so‘z
Salomatlikda – har kuni sog‘lom tanlov
Ma’naviy o‘sishda – doimiy zikr, Qur’on, ilm
Bolalarni tarbiyalashda – har kuni mehrli muloqot



🚫 Ammo ko‘pchilik nima qiladi?
• “Keyin boshlayman” deydi.
• Bir kun ko‘p o‘rganadi, keyin 5 kun tanaffus.
• Harakat qiladi, natija ko‘rinmagach tashlab yuboradi.

Natijada — hech qanday nakapitelniy effekt bo‘lmaydi.



🔑 Esda tuting:

“Katta o‘zgarishlar — doimiy kichik harakatlar natijasidir. Baraka, bilim, kuch – yig‘ilib boradi, birdan emas.”

Bugun bitta kichik yaxshi odat boshlang — va shunchaki sabr qiling. Oradan vaqt o‘tib, bu odat sizni umuman boshqa insonga aylantiradi.



📌 Savol:

Siz bugundan boshlab qaysi kichik odatni har kuni bajarasiz?
52🔥14👍9
Forwarded from Tezkor Turk tili taqdimot | 5-iyul
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Promokod 72 soatdan so'ng o'z aktivligini yo'qotadi!

TURK40 promokodi bilan "Tezkor Turk tili" 3 oylik premium til kursini 159.000 emas, balki 95.400 ga xarid qiling.

📌 Eslatib o'tamiz, ushbu premium ta'rif 36 bo'lim, 216 ta darsdan tashkil topgan bo'lib, siz turk tilini interaktiv va noan'anaviy metod asosida sun'iy intellekt yordamida mustaqil o'rganishingiz mumkin bo'ladi.

👉🏻 Ilovaga kirish va to'lov qilish:  https://buy.ibrat.dev
👉🏻 Ilovani yuklab olish: https://onelink.to/ibratfarzandlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥3👍2
Orqamdagi juda mashxur bino qaysi? U nima uchun shunchalik muhim?

Topganga bitta sovg'a?)
42👍14🔥8
Men hayotimdagi eng muhim burilishlarni, eng katta ilhomlarni va eng to‘g‘ri qarorlarni aynan kitoblar orqali topganman.
Ustozlarim yetarli bo‘lmagan paytlarda – kitob ustozim bo‘ldi.
Tushunmagan savollarimga javobni – kitob sahifalaridan izladim.
Va eng muhimi – o‘zimni topish yo‘lida ham kitob menga yo‘lchi bo‘ldi.

Mana sizga hayotiy tajribamdan kelib chiqqan kitob o‘qishning 10 ta foydasi:
1. 🧠 Fikr qilishni o‘rgatadi. O‘z mustaqil fikringiz paydo bo‘ladi. Endi boshqalar nima deydi, deb yashamaysiz.
2. 💬 So‘z boyligingiz oshadi. Oddiy fikrni chiroyli aytish san’atiga ega bo‘lasiz.
3. 🌍 Dunyoqarashingiz kengayadi. Bir kitob – bir insonning umri. Siz har safar bir umrni o‘qib chiqasiz.
4. 😌 Ruhiy hotirjamlik beradi. Ayniqsa, kechqurun jimlikda mutolaa qilish – qalbga taskin.
5. 🔥 Tasavvuringiz ochiladi. Yozuvchilar chizgan manzara orqali o‘zingizni yaratishni boshlaysiz.
6. Sabrni o‘rgatadi. Kitobni oxirigacha yetkazish sabr va intizom talab qiladi.
7. 📈 Shaxsiy o‘sishga xizmat qiladi. Har bir o‘qilgan sahifa – ichingizda nimanidir uyg‘otadi.
8. 🗝 Hayotni boshqacha ko‘rishga majbur qiladi. Qanday yashayapman? Nega yashayapman? degan savollar paydo bo‘ladi.
9. 👨‍🏫 Yolg‘iz qolganingizda ham sizni tark etmaydi. Kitob har doim yoningizda. Bepul, sodiq, jim, ammo dono do‘st.


Bugun siz ham kuningizning hech bo‘lmasa 20 daqiqasini kitobga ajrating.
O‘zgarish darrov bo‘lmaydi, lekin kundan-kunga o‘zgarayotganingizni sezasiz.
Men shunday qilganman. Siz ham uddalaysiz!

🤍 Kitoblar – eng sokin, ammo eng qudratli o‘qituvchilardir.
🔥7739👍17
🇺🇿 IBRAT FARZANDLARI TARG‘IBOTCHISI – 2025!

📣 E’lon qilamiz! 2025-yil — Ibrat Farzandlari Targ‘ibotchilari Yili bo‘ladi!

🧭 Bizning chaqiruvimiz — butun O‘zbekiston bo‘ylab:
• viloyatlar,
• tumanlar,
• mahallalar,
• maktablar,
• kollej va oliygohlarida ta’lim olayotgan Ibrat Elchilariga qaratilgan!



Nega bu muhim?

📊 Bugungi kunda O‘zbekistonda 20 millionga yaqin yoshlar bor — bu aholi sonining 55% degani!

📱 “Ibrat Akademiya” ilovasi esa hozirgacha 2 milliondan ortiq yoshlar tomonidan yuklab olingan va faol foydalanilmoqda.

Ammo hali ham minglab yoshlar bor — ular hali bu imkoniyatdan bexabar, ular ham til o‘rganishga haqli!



💡 Sizdan nima talab qilinadi?

Siz:
• Faqat “til o‘rganing” demaysiz.
• Balki til o‘rganishning hayotda nechog‘li muhimligini, kelajakda qanday eshiklarni ochishini tushuntirasiz.
• “Ibrat Akademiya” ilovasining:
bepulligi,
o‘zbek tilidagi interfeysi,
soddaligi,
interaktivligi haqida atrofdagilarga yetkazasiz.



🏆 Nima uchun bunga arziydi?

📌 Eng faol targ‘ibotchilar yil yakunida Ibrat Farzandlari tomonidan alohida taqdirlanadi!
🎓 Sertifikat, sovg‘alar, maxsus loyihalarda ishtirok etish imkoniyati va eng muhimi — mamlakat yoshlari ravnaqi uchun hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz!



📢 Endi navbat sizda!

Agar siz:
Vatanga befarq bo‘lmasangiz,
O‘rtoqlaringiz va atrofdagilar til o‘rgansin deya harakat qilmoqchi bo‘lsangiz,
Yoshlar orasida haqiqiy o‘zgarish qilishni istasangiz –
Ibrat Farzandlari Targ‘ibotchilari safiga qo‘shiling!

Qo'shimcha ma'lumot uchun;
@ibratadmin
🔥4521👍2
Tavallud ayyomingiz muborak, hurmatli Prezidentimiz!

Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun. Sizni 68 yoshga to‘lganingiz bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, yoshlarga bo‘lgan e’tibor, ularning orzulari va salohiyatiga ishonch bilan qaralayotgani — barchamizni ruhlantiradi. Siz rahbarligingizda yaratgan imkoniyatlar tufayli minglab yoshlar bugun o‘z ustida ishlayapti, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtiryapti, orzu qiladi va erishadi.

Xususan, “Ibrat farzandlari” loyihasi — bu yosh avlodni chet tillarini puxta o‘rganishga, dunyo bilan teng bo‘lishga undaydigan bebaho tashabbus. Bu nafaqat tillarni, balki dunyoqarashni, o‘ziga ishonchni o‘rgatmoqda. Har bir yurtdoshimizning, ayniqsa yoshlarniki, bu loyihalarga bo‘lgan ishtiyoqi Sizning fidoyilikingiz samarasidir.

Til o‘rganish, texnologiyalarni egallash, ilg‘or ilm-fan sohalariga qadam qo‘yish — bularning barchasi Siz yaratgan sharoitlarda imkoniyatdan haqiqatga aylanyapti.

Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, ezgu ishlaringizda bardavomlik va xalqimiz ishonchini oqlash yo‘lida kuch-quvvat tilaymiz.
53👍9🔥8
Forwarded from Ibrat Farzandlari
⚡️ Ibrat Academy jamoasiga qo'shil!

Yangilik yaratishga intiluvchi, o‘rganishga chanqoq yosh dasturchilar uchun ajoyib imkoniyat.

AI, Frontend, Backend, Full-stack injener yoki Web developer bo’lsangiz. Unda o’z rezyume’ingizni quyidagi telegram link orqali yuboring @ibratsupport.

Tajriba mutlaqo shart emas. Biz uchun eng muhim fazilatlar – ishtiyoq, g‘oya va mehnatsevarlik.

@ibratfarzandlari
19🔥15👍10
Forwarded from Ibrat Farzandlari
💬Uplift dan foydalanib ko'rdingizmi?

Sayt uchun havola: https://clck.ru/3P49vs

🎁 O'z fikrlaringizni izohlarda yozib  qoldiring. Fikrlarini yozib qoldirganlar uchun alohida sovg'amiz bor ;)

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTubep
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥107👍4
Forwarded from Ibrat Farzandlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩 "Ibrat Farzandlari" jamoasidan yana bir "update"

➡️ Ko'pchilikning talab va istaklariga binoan endi siz loyiha rahbari Rustam Qoriyevning A1 dan C1 gacha darajalab chiqilgan kitoblarini bemalol xarid qilish imkoniga egasiz.

To'plamning afzallik jihati esa har bir kitob dunyoning TOP universitetlari Kembridj va Oskfordning xalqaro standartlariga asosan ishlab chiqilgan.

💾 Aloqa uchun: +998785555505 (@ibratadmin)

Ro'yxatdan o'tish: https://ibratacademy.tilda.ws/
Siz uchun yangilik qilishda davom etamiz, siz ham ilm olishdan to'xtamang ;)

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTubep
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍14🔥7
Rustam Qoriyev Ingliz tili bo‘yicha kitoblari endi nashrda!

📘 Bu kitoblar A1 dan C1 gacha bo‘lgan darajalardagi barcha grammatik mavzularni o‘z ichiga oladi.
🎥 Qulayligi shundaki, Ibrat Farzandlari video darslari bilan birga foydalanishingiz mumkin: videoni ko‘rasiz, kitobdan mashqlarni bajarasiz — samarali va tizimli o‘rganish imkoni!

📌 Afzalliklari:
• Kitoblar O‘zbek tilida tushunarli tarzda yozilgan.
• Har bir mavzu uchun alohida lug‘at ro‘yxati berilgan.
• Mustaqil o‘qiydiganlar ham, o‘qituvchilar ham bemalol foydalanishi mumkin.

🔑 Endi ingliz tilini o‘rganish yanada oson, tartibli va samarali bo‘ladi!

Aloqa uchun: 78 555 5505 (@ibratadmin)
👍54🔥1716
😉 Hey, yaqinroq keling, sizga aytmay bir ish boshlab qo'ydik!

📌 "Ibrat haftaligi: Ustozlar marafoni" da siz 7 kun davomida 7 ta o'z sohasida eng kuchli ustozlardan bo'lgan TOP ekspertlar bilan suhbatlarda qatnashib, savollaringizga javob olasiz:

• Bekzod Jalilov – Target school asoschisi;
• Barno Muqimova – IELTS 8.5 sohibi va ustoz;
• Shahzod Bahodirov – Thompson school asoschisi;
• Umidjon Ishmuhammedov – "Millat umidi" universiteti asoschisi;
• Rustam Qoriyev – "Ibrat Farzandlari" loyiha rahbari;
• Barno Asqarova – IELTS instruktor;
• Davron Turdiyev – Eslab qolish bo'yicha Rossiya rekordchisi, ustoz

🤩 Bundan tashqari, eng faol targ'ibotchi sifatida 12.000.000 so'mgacha pul mukofotlari, shuningdek, 100 dan ortiq 3 oylik premium til kurslarini yutib olish imkoniga ega bo'lasiz.

🫱🏻‍🫲🏻 Qatnashish – mutlaqo BEPUL.

https://www.tg-me.com/ibratmarafon_bot?start=RZOT6L52
18👍8
Forwarded from Ibrat Farzandlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezidentimiz BMT Bosh assambleyasining 80 yillik yubileyida nutq so'zladi.

• Davlatimiz rahbari tomonidan "Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati" ni ta'sis etish va uning qarorgohini ochish taklifining ilgari surilganligi jahon hamjamiyatining Yangi O'zbekistonga yuksak ishonchi o'laroq yangradi.

👍 Biz "Ibrat Farzandlari" jamoasi davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslarni qo'llab-quvvatlagan holda yurtimizning yanada rivojlanishi va xorijiy tillarni yoshlarga o'rgatishda yuksak natijalarga yetishish uchun barcha kuch-g'ayratimizni safarbar etishga va'da beramiz.

🙌🏻 Bu buyuk missiyada biz bilan birga ekanligingizdan minnatdormiz!

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1612🔥7
😄 100 million so'mlik sovg'alardan biri sizniki bo’ladi

••• “Ibrat academy” 17-oktyabrdan 31-oktyabrgacha ingliz tili bilimdonlari uchun "Ibrat Marafon – 2" tashkillashtirmoqda.

🏆 Unga ko'ra, Ibrat academy ilovasi” dagi test orqali siz ingliz tilidagi bilimlaringizni tekshirib, Iphone 17 pro max, chet elga sayohat, kontrakt to'lovi uchun 10 mln so'm va boshqa 100 lab sovg'alardan birini yutib olishingiz mumkin.

🎁 Hech bir ishtirokchi sovg'asiz qolib ketmaydi.

Marafonda qatnashishmutlaqo BEPUL.

🫱🏻‍🫲🏻 Batafsil ma'lumot va eng muhim "yangiliklar" lardan qolib ketmaslik uchun pastdagi havola orqali maxsus kanalga qo'shilib oling:

🫴🏻 Sovg’alar ro’yxati bilan tanishish
🔥65
Forwarded from Ibrat Farzandlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😅 Eshitdingizmi? Sovg'alar ro'yxatini e'lon qildik!

Avval e'lon qilganimizdek, 17-31-oktyabr kunlari Ibrat Academy ilovasida marafon bo'lib o'tadi.

🏆 Eng katta sovg'alar:
1-o'rin – Iphone 17 Pro Max;
2-o'rin – Chet el sayohati;
3-o'rin – Kontrakt to'lovi yoki 10 mln so'm pul mukofoti;
4-10-o'rin – IELTS imtihoni uchun 100% lik vaucher;
11-20–o'rin – 1 million so'mdan pul mukofoti;

Va haftalik, kunlik sovg'alar haqida batafsil bilib olish uchun hoziroq maxsus kanalga qo'shilib oling!

••• Marhamat: https://www.tg-me.com/+xyNW5rYA2ZRmNzQy

Eslatib o'tamiz, marafonda qatnashish – bepul va atigi 3 kundan keyin START beriladi
🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥113
🎉 Ibrat Academy marafoni boshlandi va siz hali ham 100 millionlik sovg'alarni yutib ololasiz!

Qanday qilib deysizmi?

👍 Ibrat Academy ilovasini yuklab olasiz va marafonda qatnashib, ingliz tili topshiriqlarini bajarasiz. Marafon 31-oktyabrgacha davom etadi.

🎁 Marafon doirasida qatnashchilarni Iphone 17 pro max, chet elga sayohat, kontrakt to'lovi uchun 10 million so'm kabi 100 lab mega prizlar kutmoqda.

Qatnashing, topshiriqlarni bajaring va reyting doskasida yuqori o'rin olib, kunlik, haftalik sovg'alardan birini yutib oling!
••• Marafonda qatnashish – mutlaqo BEPUL va allaqachon 30.000 ga yaqin odam maxsus kanalda yig'ilishga ulgurdi:

😄 Qisqasi, safimizga faqat siz yetishmayapsiz

👉🏻 Marafon yangiliklari ulashiladigan kanal

Ilovani yuklab olish: https://onelink.to/ibratfarzandlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O'z tilini yo'qotgan inson butun millatini yo'qotibdi!

🏆 O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga naq 36 yil bo'lgani munosabati bilan "O'zbek tili" premium dasturi ishlab chiqilgani nafaqat jamoamizning, balki butun millatning katta yutug'idir!

➡️ Shu vaqtga qadar biz premium dasturlar, zamonaviy kurslar bilan chet tilini o'rgangan bo'lsak, endi bizning ham tilimizni bu dastur orqali tez, oson va kreativ usulda o'rgana olishadi.

🤝🏻 Xorijlik do'stlaringiz, madaniyatimiz, tariximizga qiziqadigan barchaga tavsiya qiling: https://learnuzbek.ai/

🎉 Yana bir bor bayram barchangizga muborak bo'lsin!

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥179👍1
Bugungi bilim: Har bir g‘oya sinovga loyiq!

Hayotimizda tug‘iladigan har bir g‘oya bu shunchaki fikr emas, taqdir tomonidan berilgan imkoniyatdir. Uni ichimizda saqlab qolish emas, unga namoyon bo‘lish uchun imkon berish kerak. Chunki:

Agar g‘oya foydali va to‘g‘ri bo‘lsa – u amalga oshadi, natija beradi. Sizning hayotingizda yangilik boshlanadi.

Agar g‘oya to‘g‘ri bo‘lmasa – siz uni sinab ko‘rganingiz uchun vijdoningiz pok bo‘ladi, vaqt va resurslarni katta yo‘qotishdan saqlanasiz.

Demak, g‘oyaga imkon berish – bu ham yutuq, ham himoya. Bir tomondan muvaffaqiyatga olib boradi, ikkinchi tomondan keraksiz yo‘lni o‘z vaqtida to‘xtatib, sizni katta mag‘lubiyatdan asraydi.



🚀 Bu fikr qayerdan?

Men hozir “Venture zehniyati” kitobini chuqur o‘rganmoqdaman. Bu kitob dunyoning eng katta kompaniyalarini yarata olgan insonlarning fikrlash tizimiga asoslangan. Ularning eng birinchi qoidasida aynan shunday yozilgan:

“G‘oya hech qachon qog‘ozda baholanmaydi, u bozorga chiqarilib sinovdan o‘tkaziladi.”

Yaratiladigan har qanday katta biznes, ilmiy kashfiyot yoki innovatsiya – aynan g‘oyani sinashdan boshlanadi. Men ham ushbu bilimlarni sizlarga eng foydali, amaliy va sodda shaklda yetkazishga qaror qildim.


Savol: Siz bugun tug‘ilgan qaysi g‘oyaga imkon berasiz?

📝 Izohlarda yozing – balki aynan sizning g‘oyangiz kelajakdagi katta o‘zgarishning boshlanishidir.
9👍1🔥1
Forwarded from Ibrat Farzandlari
– Xiva shahridagi 121-Nurli Maskan ko‘zi ojizlar maktab-internatida bizning Super Start platformamiz orqali ingliz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdik. Ustoz O‘ktam aka rahbarligida bu farzandlar cheklovlariga qaramay, katta orzular bilan til o‘rganmoqda.

🎁 Ularga 50 ta Super Start GOLD kartalari va Rustam Qoriyev ingliz tili kitob to‘plamlari sovg‘a qilindi.

💡 Eng quvonchli yangilik – ko‘zi ojizlar uchun maxsus ovozli ta’lim platformasini yaratish bo‘yicha ish boshlandi.

Ko‘rish qobiliyati cheklangan bo‘lishi – orzular cheklangan degani emas. Ilm – har bir inson uchun!

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥192
2025/10/27 04:58:31
Back to Top
HTML Embed Code: