Telegram Web Link
Bugungi bilim: Har bir g‘oya sinovga loyiq!

Hayotimizda tug‘iladigan har bir g‘oya bu shunchaki fikr emas, taqdir tomonidan berilgan imkoniyatdir. Uni ichimizda saqlab qolish emas, unga namoyon bo‘lish uchun imkon berish kerak. Chunki:

Agar g‘oya foydali va to‘g‘ri bo‘lsa – u amalga oshadi, natija beradi. Sizning hayotingizda yangilik boshlanadi.

Agar g‘oya to‘g‘ri bo‘lmasa – siz uni sinab ko‘rganingiz uchun vijdoningiz pok bo‘ladi, vaqt va resurslarni katta yo‘qotishdan saqlanasiz.

Demak, g‘oyaga imkon berish – bu ham yutuq, ham himoya. Bir tomondan muvaffaqiyatga olib boradi, ikkinchi tomondan keraksiz yo‘lni o‘z vaqtida to‘xtatib, sizni katta mag‘lubiyatdan asraydi.



🚀 Bu fikr qayerdan?

Men hozir “Venture zehniyati” kitobini chuqur o‘rganmoqdaman. Bu kitob dunyoning eng katta kompaniyalarini yarata olgan insonlarning fikrlash tizimiga asoslangan. Ularning eng birinchi qoidasida aynan shunday yozilgan:

“G‘oya hech qachon qog‘ozda baholanmaydi, u bozorga chiqarilib sinovdan o‘tkaziladi.”

Yaratiladigan har qanday katta biznes, ilmiy kashfiyot yoki innovatsiya – aynan g‘oyani sinashdan boshlanadi. Men ham ushbu bilimlarni sizlarga eng foydali, amaliy va sodda shaklda yetkazishga qaror qildim.


Savol: Siz bugun tug‘ilgan qaysi g‘oyaga imkon berasiz?

📝 Izohlarda yozing – balki aynan sizning g‘oyangiz kelajakdagi katta o‘zgarishning boshlanishidir.
9👍1🔥1
Forwarded from Ibrat Farzandlari
– Xiva shahridagi 121-Nurli Maskan ko‘zi ojizlar maktab-internatida bizning Super Start platformamiz orqali ingliz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdik. Ustoz O‘ktam aka rahbarligida bu farzandlar cheklovlariga qaramay, katta orzular bilan til o‘rganmoqda.

🎁 Ularga 50 ta Super Start GOLD kartalari va Rustam Qoriyev ingliz tili kitob to‘plamlari sovg‘a qilindi.

💡 Eng quvonchli yangilik – ko‘zi ojizlar uchun maxsus ovozli ta’lim platformasini yaratish bo‘yicha ish boshlandi.

Ko‘rish qobiliyati cheklangan bo‘lishi – orzular cheklangan degani emas. Ilm – har bir inson uchun!

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥202
2025/10/27 16:36:29
Back to Top
HTML Embed Code: