Telegram Web Link
#InnoWeek_2025

🔺 “InnoWeek–2025” innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida “Baliq sanoati sohasida innovatsiyalar” mavzusida davra suhbati hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha loyiha takliflarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot tashkilotlari, xususan Bioorganik kimyo instituti, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti hamda sohaga taalluqli boshqa ilmiy tashkilot hamda ta’lim dargohlari olimlari, shuningdek, baliqchilik sanoati vakillari ishtirok etishdi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

🔺InnoWeek-2025” innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida “Innovatsiyalarda marketing” forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda tajribali ekspertlar va soha mutaxassislari innovatsion mahsulot va xizmatlarni mahalliy hamda xalqaro bozorlarga muvaffaqiyatli olib chiqishda marketingning o‘rni va ahamiyati yuzasidan tavsiyalar berishdi. Xususan, zamonaviy marketing strategiyalari, raqamli platformalardan samarali foydalanish, brend yaratish va bozorga chiqish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍31🔥1
#InnoWeek_2025

O‘zbekistondagi xotin-qizlarning ijodiy salohiyati, yangicha g‘oyalari va ilmiy-amaliy izlanishlari mamlakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutayotganini hisobga olgan holda “InnoWeek-2025” doirasida tashkil etilgan “InnowomenWeek-2025” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida “Ijodkor ayollar: g‘oyalar, ixtirolar va yutuqlar yo‘lida” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda ijodkor va ixtirochi lider ayollar o‘zlarining bilim va tajribalari, fan va innovatsiyalar sohasiga qo‘shgan hissalari hamda tadbirkorlik imkoniyatlari haqida maʼruzalari bilan ishtirok etib, hozirda xotin-qizlarning innovatsiya, raqamli texnologiyalar va startaplardagi erishgan yutuqlarini keng muhokama qildilar.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
7👍3🔥1
#InnoWeek_2025

“InnoWeek-2025” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining birinchi kuni
natijalari
 
Bugun, 9-oktabr kuni jami 15 ta ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etilib, ularda jami 6200 nafar mahalliy va 180 nafar xorijiy mehmonlar tashrif buyurdi.

Xalqaro ko‘rgazmada 6 ta yo‘nalishda 140 tamahalliy va 35 ta xorijiy korxonalar jami 462 taishlanma va mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Jami 19 ta B2B uchrashuvlar tashkil etilib, ularda 38 ta mahalliy va xorijiy kompaniya, tashkilot vakillari hamda investorlar ishtirok etdi.

Haftalik ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
 
🔥65🕊2💯2
#InnoWeek_2025

📣 Hurmatli InnoWeek–2025 mehmonlari!

“InnoWeek–2025” doirasida ishtirokchilar va mehmonlar hamda OAV vakillariga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentning bir nechta hududidan “CAEx Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasiga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

InnoWeek-2025ning ikkinchi ish kuni boshlanish arafasida!

Sizni kutamiz!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
3👍2🎉1
#InnoWeek_2025

“InnoWeek-2025” haftaligi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari hamda Germaniya Federal tadqiqot, texnologiya va kosmik vazirligi va Germaniya tadqiqot fondi (DFG) vakillaridan iborat Germaniya delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida “O‘zbekiston – Germaniya” qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovini o‘tkazish, shuningdek, qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ikki davlat vakillari ilmiy loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, hamkorlikda qo‘shma ilmiy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy dasturlarni amalga oshirish va ilmiy kadrlar tayyorlash yo‘nalishidagi imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy kelishuvga erishildi. Shuningdek, ikki tomonlama ilmiy tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish va innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha muhokama qilindi.


Uchrashuv O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsiya va tadqiqot sohasida hamkorlikni kuchaytirish hamda yosh olimlar uchun xalqaro ilmiy imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

Esin Akar Ergin – Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari.

Bugun ushbu muhim tadbirda ishtirok etish men uchun katta sharafdir. Ayollarni qo'llab-quvvatlash masalasi — jamiyat taraqqiyoti uchun eng muhim yo‘nalishlardan biridir. Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA) sifatida biz qaysi sohada loyiha amalga oshirmaylik, ayolni har doim uning markaziga qo‘yamiz. Chunki ayolning yuksalishi — bu jamiyatning yuksalishidir.


Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍51🔥1
2025/10/31 14:56:13
Back to Top
HTML Embed Code: