Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi.

Президент Шавкат Мирзиёев дал старт второму этапу проекта "IT-Park".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3
“Oʻzbek tili – millat g‘ururi, davlat timsoli”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish va soha doirasidagi ishlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-oktabrdagi PF–5850-son Farmoniga muvofiq 21-oktabr sanasi — Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilangan.

Shu kundan boshlab har yili mamlakatimiz miqyosida targ‘ib etuvchi turli madaniy, ilmiy, maʼrifiy tadbirlar, anjumanlar va tanlovlar o‘tkazib kelinadi.

Xabaringiz bor 1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Bu tarixiy hujjat o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamladi, uning huquqiy asosini yaratdi, barcha sohalarda o‘zbek tilidan foydalanishni ta’minlashni belgilab berdi.

Shu sababli 21-oktabr sanasi — nafaqat qonuniy, balki ma’naviy tarixiy burilish nuqtasi sifatida nishonlanadi.

2025-yil 21-oktabr Oʻzbek tili bayrami kuni Innovatsion rivojlanish agentligida ham keng nishonlandi.

Uchrashuvda oʻzbek tili davlat mustaqilligimiz ramzlaridan biri, milliy g‘urur va ma’naviyatning poydevori ekanini ta’kidlandi.

Oʻzbek tili nafaqat xalqimizning boy madaniy merosini, balki milliy tafakkur va zamonaviy dunyoqarashni ifoda etuvchi, davlat boshqaruvida, ilm-fan, texnologiya, xalqaro aloqalarda faol qo‘llanilayotgan mustaqil tilga aylangani e’tirof etildi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, til siyosatining dolzarb masalalari, shuningdek, yoshlar o‘rtasida ona tiliga hurmat va e’tiborni oshirish borasidagi tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘zbek tilining zamonaviy kommunikatsiya va innovatsiyalar sohasidagi o‘rni, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar davrida milliy tilni rivojlantirish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida ona tilini targ‘ib qilish, davlat tili siyosatini takomillashtirish, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ushbu bayram xalqimiz ma’naviyatini, milliy birlik va g‘urur tuyg‘usini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Akademik_harakatchanlik

Na’matak hosildorligi pasayishiga sabab bo‘luvchi zararkunandalarga qarshi ilmiy tadqiqot olib borilyapti.

“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan izlanishlar yakuniga ko‘ra, mazkur mevadan ishlab chiqariladigan tabiiy dori vositalarining hajmi ortishi kutilmoqda.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sana

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
Innovatsion rivojlanish agentligi
#foydali Ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni identifikatsiya tizimi orqali shaxsiy identifikatsiya raqam (ScienceID)ni olish bo‘yicha video qo‘llanma. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
#foydali

ScienceID — sizning ilmiy pasportingiz!💳

Endi siz o‘z ilmiy maqolalaringizni, loyihalaringizni va erishilgan natijalarni yagona tizimda jamlashingiz mumkin.

ScienceID — bu shunchaki platforma emas, bu sizning ilmiy faoliyatingizni tanituvchi raqamli identifikator.

Bu tizim orqali:
🔘Ilmiy yo‘nalishingiz va yutuqlaringiz bir joyda jamlanadi;
🔘Hamkasblar bilan muloqot va hamkorlik imkoniyatlari kengayadi;
🔘Grantlar va loyihalar haqidagi ma’lumotlarga tezkor kirish imkoni yaratiladi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 08:12:53
Back to Top
HTML Embed Code: