Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

Paolo Taroli, Italiyaning Padua (University of Padua) universitetida qishloq xo‘jaligida suv resurslarini boshqarish bo‘yicha professori, “Xalqaro ilm-fan kommunikatsiyalari” konferensiyasi spikeri:

Ushbu muhim tadbirda ishtirok etayotganimdan juda mamnunman. Men innovatsion jarayonlarga ishonch bildiraman. Tadqiqotlarim ham innovatsiyaga asoslangan bo‘lib, qishloq xo‘jaligida suv resurslarini samarali boshqarishga iqlim o‘zgarishining ta’sirini tushunish uchun katta hajmdagi ma’lumotlar (big data) va masofaviy zondlash texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan.

Bundan tashqari, ilmiy g‘oyalarni to‘g‘ri tushuntirish ham juda muhim. Bugun men ilmiy kommunikatsiya, Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlovchi ilmiy targ‘ibot, qishloq xo‘jaligi, ilm va siyosatning o‘zaro bog‘liq jihatlari borasida ma’ruza qilaman.

Biz ilmiy maqolalar chop etishimiz mumkin, lekin, eng muhimi – ushbu maqolalardagi g‘oya va tadqiqotlar mazmunini jamiyat uchun foydali tarzda taqdim etish va manfaatdor tomonlarga yetkazishdir.


Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
#InnoWeek_2025

“Xalqaro ilm-fan kommunikatsiyalari” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan tashkil etilib, ilmiy asoslangan innovatsion ekotizimni shakllantirishda ilmiy muloqotning hal qiluvchi o‘rni muhokama qilindi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍42
#InnoWeek_2025

“InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida panel sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 172-son qaroriga muvofiq, Jahon banki moliyaviy ko‘magida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “MUNIS” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Sessiyaning asosiy maqsadi mamlakat ilmiy-tadqiqot faoliyatini modernizatsiya qilish, ilm-fan va biznes o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihaning amalga oshirilish jarayonlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

“InnoWeek–2025” – yangi ishlanmalar va ixtirolar maydoni.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
11👍5🎉3🤩32🕊1
#InnoWeek_2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov hamda Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi vitse-prezidenti janob Morimoto Shigeo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuv yakunida “Sakura Science” dasturi doirasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, suvni tejovchi texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
3🔥32👍2👏2
2025/10/25 19:06:41
Back to Top
HTML Embed Code: