This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Leksiya o'tadigan zallardan biri. Bu xonani bitta yaxshi tomoni bor. Oynalaridan tashqaridagi tabiat oz moz ko'rinib turadi. Darsdan zerikib ketganingizda ozgina tashqariga qarab xayol surib olsangiz bo'ladi.
👍5🔥3❤1
Xitoy tili ingliz tilidan o‘tib ketadimi?
Yaqinda bir O‘zbekistonlik IELTS instruktoridan: "Yaqin orada biror boshqa til ingliz tilidan o‘tib ketishi mumkinmi?" degan savolga:
"Hozirda Xitoy iqtisodiyoti juda rivojlanayapti va hozirgi geosiyosiy vaziyatni hisobga olsak, Xitoy tili dominant tilga aylanishi mumkin," degan javobni berganini eshitdim.
Bu haqiqattan ancha yiroq bashorat. Xitoyda aholi soni ko‘pligi va iqtisodiyotining ta’siri oshib borayotgani Xitoy tilini dominant tilga aylantiradi deb o‘ylamayman. Xitoyliklarning o‘zlari to’da-to’da bo‘lib Britaniya va AQSh universitetlariga maxsus ingliz tili hamda ingliz tilida o‘tiladigan boshqa sohalardagi kurslarni o‘qishga kelishayapti. Buyuk Britaniyaga kelib o‘qiyotgan Xitoyliklar soni tobora ortib bormoqda.
Xitoyliklar uchun xitoy tilini rivojlantirish qandaydir milliy dastur yoki strategiya sifatida ularning madaniy merosi va o‘zligini saqlash uchun muhim bo‘lishi mumkin. Lekin Xitoy tilini global tilga aylantirishni imkonsiz deb hisoblayman. Eng katta sabablaridan biri bu Xitoy tilining ingliz tiliga nisbatan ancha murakkabligi. Xitoy tilini o‘rganish ingliz tilidan farqli ravishda juda ko‘p vaqt va resurslar talab qiladi.
Ingliz tilini o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha esa global industriya shakllanib bo‘lgan va bu industriya yildan-yilga rivojlanmoqda. Xitoyliklarning o‘zlari ham Xitoy tilini global tilga aylantirish uchun sarflanadigan resurslarni ingliz tilini rivojlantirishga qaratishsa ma’qulroq ish bo‘lishini yaxshi tushunsalar kerak.

👍4👏3
Matndagi 85% so'zni tushunish, matnni ma'nosini 85% tushunish degani emas. Qo'shilasizmi shu fikrga?
💯8👍6⚡2
70-yillarda “International language” (“xalqaro til”) atamasini ilmiy muomalaga kiritgan Smith ismli olim uchta jihatni alohida ta’kidlagan:
1 Xalqaro til (katta ehtimollik bilan ingliz tili nazarda tutilgan) o‘rganuvchilari til egalarining (inglizlarning) madaniyatini qabul qilishlari shart emas.
2 Xalqaro til alohida bitta millatga tegishli bo‘lmaydi
3 Xalqaro tilni o‘rganishning asosiy maqsadi – til o‘rganuvchilar boshqa madaniyat vakillari bilan muloqot qila olishidir.
Shundan kelib chiqsak, til o‘rganishning asosiy maqsadlaridan biri ingliz tilida so‘zlashiladigan davlatlarning madaniyatini o‘rganish emas, balki xalqaro til orqali o‘z madaniyatingizni boshqa davlat vakillariga targ‘ib qilish bo‘lishi kerak, deb hisoblanadi.
Meni o‘ylantirgani shuki, uzoq yillar davomida davlat maktablari, o‘quv markazlari va universitetlardagi darsliklarning mazmuni asosan talabalar orasida g‘arb davlatlari madaniyatiga nisbatan simpatiya uyg‘otib, hatto o‘z madaniyatini undan pastroq qo‘yish darajasiga olib keldi.

👍5🔥3🤔2
Yaqinda Torquayga aylanib kelgandim. Torquay Britaniyadagi dengizga yaqin shaharcha bo'lib, ko'p turistlarni jalb qiladi. Yana bir qiziq ma'lumotni o'qib qoldim, Mashxur yozuvchi Agata Kristi ham Torquayga tug'ilgan ekan.
Kristi xonim shu dengizlarni atrofida yurib, ilhomlanib yoki soatni tagida xayol surib, shunaqa katta asarlarni yozgan bo'lsalar kerak.

👍8🔥4😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Murabbiy "Twilight zone" degandi, lekin tarjimon...)))
😁4👍1
A non-interventionist approach to language learning is based on the idea that explicit instruction is unnecessary for language acquisition. Instead of actively teaching grammar rules, this approach emphasizes natural exposure to the language, where learners acquire grammar and vocabulary implicitly through meaningful communication.
But
But
There may be some disadvantages as well
Language teachers can you comment on the disadvantages?

👍5
Forwarded from British Embassy Tashkent🇺🇿🇬🇧 Buyuk Britaniya elchixonasi
📣JOB VACANCY: APPLY NOW! 📣
💼 The British Embassy in Tashkent is looking for a Corporate Services Assistant to support the Corporate Services team with the procurement requests of services and goods. The successful candidate will be responsible for the day-to-day admin work of the Corporate Services team and will work closely with Corporate Services Officer.
💻 Responsibilities:
- Procurement
- Inventory Management
- Other broader duties
Required skills and qualifications:
🗣 Proficiency in English (C1) and Russian (B2);
✍️ Previous relevant background and minimum one (1) year of experience.
🛒 Ability to handle procurement processes.
👩💻 Good IT skills.
🔎 Apply here
🗓 APPLICATION DEADLINE: 23 February 2025, 23:55 local time
- Procurement
- Inventory Management
- Other broader duties
Required skills and qualifications:
🔎 Apply here
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Qoyil, bu SMS Istanbuldan Angliyaga qaytayotganimda, hali samolyot Londonga qo‘nishidan oldin keldi. UK sizni osmondaligingizda kutib oladi. Istanbuldagi Sabiha Gökçen aeroportidagi xodimlarning turistlarga munosabati esa menda yaxshi taassurot qoldirmadi. Ko‘p xodimlar ingliz tilini bilishmaydi. Mehmonlar bilan do‘stona muloqot ko‘nikmalari shakllanmagan. Diskriminatsiya elementlari bilinib turadi.
Angliyaga kelishingiz bilan pasport nazoratidagi xodimlar, o‘zlari charchab turgan bo‘lsalar ham, sizni albatta tabassum bilan kutib oladi. Mabodo nimadandur shubhalanishsa, strategik savollarni ham terrorchiga muomala qilganday emas, do‘stona ohangda, shaxsiyatingizga tegmasdan so‘rab olishadi.

👍11❤5🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana shunga o‘xshagan anglo-sentrik yo‘nalishdagi, britancha yoki amerikancha aksentni targ‘ib qilayotgan kontentlar hozirgi multilingual (ko‘p tilli) va multicultural (ko‘p madaniyatli) jamiyatlar shakllanib borayotgan bir paytda allaqachon o‘z ahamiyatini yo‘qotib bo‘lgan.
Angliyada o‘qish mobaynida dunyoning 25 ga yaqin davlatidan kelgan turli millat vakillari bilan tanishdim va suhbatlashdim. Ishonavering, birorta insonni (agar Angliyada tug‘ilib o‘smagan bo‘lsa) inglizcha aksentda gapirganini yoki qiynalib, shu nativelarga o‘xshab gapirishga harakat qilayotganini ko‘rmadim. Lekin bu insonlar magistratura yoki PhD o‘qiyotgan va Britaniyaga nufuzli grantlarni yutib kelgan insonlar.
Hozir bunday kontentlarni ko‘proq britancha aksentni o‘rgatish uchun emas, balki bu aksentni prikol qilish uchun chiqarish yaxshi “yeb” ketyapti. )))
Believe me, NOBODY CARES about your ACCENT, even British people.

👏4👍1🤯1
Hayitov ELT
Mana shunga o‘xshagan anglo-sentrik yo‘nalishdagi, britancha yoki amerikancha aksentni targ‘ib qilayotgan kontentlar hozirgi multilingual (ko‘p tilli) va multicultural (ko‘p madaniyatli) jamiyatlar shakllanib borayotgan bir paytda allaqachon o‘z ahamiyatini…
Videoda, agar native darajasida gapirishga ozgina yetmayotgan bo‘lsa, nimalardir qilib ozgina ishlansa, native darajasiga chiqib olasiz degan qandaydir bir mavhum tavsiyalar berilgan.
O‘zi shuncha yil mehnat qilib, tilni o‘rganib, inglizlar bilan bemalol gaplashadigan, kerak bo‘lsa, bahslashadigan darajaga kelganingizda, “Eh, aksentimga yana ozgina yetmayapti-da, native bo‘lishimga” deb hayotdan hafa bo‘lib o‘tirish kerakmi endi?
Bu holatni men xuddi qo‘lingizga bir parcha go‘shtni olib, itga tutib, it endi sakrab go‘shtni olaman deganda, uni it ololmasligi uchun yana ham teparoqqa ko‘tarishga o‘xshatdim.
Muallifning niyati bu yerda albatta yaxshi – til o‘rganuvchilarga tavsiyalar berish. Lekin aslida hamma uzoqlashib borayotgan va eskirgan, til o‘rganishdagi anglo-sentrik yondashuvlar targ‘ib qilinyapti.
To‘g‘ri, bir vaqtlar bu trend bo‘lgan, lekin endi unday emas. Ingliz tili endi faqat inglizlarga tegishli emas, u xalqaro til sifatida “Lingua Franca” maqomini olgan. Masalan, O‘zbekistonlik bir inson Yaponiyalik boshqa bir inson bilan uchrashib, ingliz tilida gaplashsa, bu “Lingua Franca” bo‘ladi. Bu vaziyatda qaysi aksentda gaplashishingizning ahamiyati yo‘q.

🔥7👍1🤔1
#Tavsiya
Reading (o‘qish) ko‘nikmasining xususiyatlarini yaxshiroq tushunishni istagan ingliz tili ustozlari, reading bo‘yicha kurs ishlari qilayotgan talabalar yoki tadqiqotchilar uchun William Grabe va Fredericka Stollerning “Teaching and Researching Reading” kitobini o‘qib chiqishni tavsiya qilaman.
ESLATMA: Kitob reading ko‘nikmalarini oshirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga mos emas.
Keyin, “Reading” deganda faqat IELTS testidagi readingni tushunmang. Reading — bu bola harf tanishi bilan bog‘cha paytidan boshlanib (avvalambor ona tilimizda), keyin maktabda boshlang‘ich, o‘rta va katta sinflarda, undan keyin universitetda va umuman insonning butun hayoti davomida unga kerak bo‘ladigan ko‘nikmadir.
Kitob barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan, o‘quvchilarida reading ko‘nikmasini yaxshilash ustida ish olib borayotgan ustozlar va tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishiga ishonaman.

❤3👍2