Telegram Web Link
"Til – millat ko‘zgusi" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 21-oktyabr sanasida Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti N. Mo‘minova ma’ruza bilan ishtirok etib, talabalar e’tiboriga o‘zbek tilining boyligi, uning tarixiy ildizlari hamda bugungi kundagi nufuzli o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Shuningdek, “Til – millat ko‘zgusi” sarlavhasi ostida tayyorlangan videoroliklar namoyishi hamda talabalarning badiiy chiqishlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh va ma’naviy fayz bag‘ishladi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
3
Viktorina

Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarida qanday asosiy ijtimoiy muammo ko‘tarilgan?
Anonymous Quiz
15%
Savodsizlik
61%
Erkinlik va milliy uyg‘onish
6%
Diniy mojarolar
19%
Sevgi va fojia
8👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirjamilova Hulkar tomonidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Dars jarayonida talabalarga mavzuga oid nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy misollar asosida chuqurlashtirilgan tushunchalar berildi.

O‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan samarali foydalangan holda, talabalarning faolligini oshirishga erishdi.

Ochiq dars yakunida ishtirokchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotining mazmuni, uslubiy jihatlari va qo‘llanilgan metodlarning samaradorligi yuqori baholandi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
👍62🔥1👏1
⚡️Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Nizom bilan:

tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;

tyutorlarning huquq va majburiyatlari;

tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;

hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.

2025-yilda:
har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qo‘mitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;

talabalarning bildirgan fikrlari asosida “Muammolarni bartaraf etish dasturi” ishlab chiqiladi;

talabalar uchun maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar yaratiladi;

medialaboratoriyalar faoliyati tashkil etiladi;

“Yetakchi va faol talabalar maktabi” tashkil etiladi;

“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz” tizimi joriy etiladi;

musiqa va raqs ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

2025/2026-o‘quv yili davomida “O‘zbekiston Qahramonlari” darslari tashkil etiladi

2026-yilda:

🟢“Amir Temur vorislari” sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi

🟢har bir hududdagi bitta OTMda “Harbiy sport maydonchalari” tashkil etiladi;

🟢tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib, reyting tizimi joriy etiladi;

🟢eng yuqori reytingga ega tyutorlarni rag‘batlantirish, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga jazo choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;

🟢eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi;

🟢tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platforma yaratiladi.


Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
DiqqatTanlov

Hurmatli bakalavr talabalari!
(Iqtisodiyot, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Ingliz tili yo‘nalishlari uchun)

Universitetimiz Erasmus+ ICM KA-171 loyihasi doirasida Portugaliyaning Tomar politexnika instituti va Ispaniyaning Leon universitetida 1 semestr (5 oy) grant asosida o‘qish imkoniyatini e’lon qiladi!

Tanlov mezonlari:
• Ingliz tili — 25 ball
• Mutaxassislik fani — 25 ball
• Ma’naviy salohiyat — 25 ball
• Yevropa va dunyo haqida bilim — 25 ball

Arizalar 31-oktabrgacha qabul qilinadi.
Eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar talaba xorijda o‘qishga tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun: +99891 956 21 68 (Telegram)
Manzil: Bosh bino, 2-qavat, 222-xona
Email: [email protected]

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun:

1.
ipuedu.uz saytiga kiring;
2. Ro‘yxatdan o‘ting;
3. Shartnomangizni yuklab oling!

Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
11👍1
#DiqqatTanlov

Hurmatli Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari!
(Faqat Iqtisodiyot, Ingliz tili, Axborot texnologiyalari va Atrof-muhit muhofazasi mutaxassisliklari uchun)

Universitetimiz Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ICM KA-171 loyihasi doirasida Ispaniyaning Leon universiteti va Ruminiyaning Lucian Blaga-Sibiu universitetiga bir haftalik Staff Mobility (Xodimlar harakatchanligi) dasturida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun talab etiladigan hujjatlar:
• Obyektivka (CV)
• Pasport nusxasi
• Xorijiy til sertifikati (agar mavjud bo‘lmasa, suhbat asosida)

Arizalar 31-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Tanlov yakunida 4 nafar professor-o‘qituvchi tanlab olinadi va mavjud grantlar asosida xorijiy safarga tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun: +99891 956 21 68 (faqat Telegram orqali)
Manzil: Bosh bino, 2-qavat, 222-xona
Email: [email protected]

Xalqaro hamkorlik bo‘limi


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
2👌1
Viktorina

“Kompetensiya” so‘zi pedagogikada:
Anonymous Quiz
9%
Bilim hajmi
73%
Amaliy ko‘nikma va malakalar birligi
7%
Motivatsion kuch
11%
Tajriba darajasi
9🎉5👍2🥰1👌1💯1
“Oltin kuz va Mehrjon” bayram tadbiri

Ma’lumki, har yili kuz faslining oktyabr oyida barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Hosil bayrami” oyligi o‘tkaziladi. Ushbu an’ana “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi jamoasi hayotida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, yildan-yilga izchil davom ettirib kelinmoqda.

Bo‘lajak tarbiyachilarda zarur kasbiy va estetik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida 2025-yil 24-oktabr kuni “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 3-kurs sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Oltin kuz va Mehrjon” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida sirtqi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 400-guruh talabalari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari, raqslari va sahna ko‘rinishlari bilan bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar. Kuz ne’matlari bilan bezatilgan dasturxon esa o‘zbek xalqining mehnatsevarligi va mehmondo‘stligini ifodalab berdi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
4🎉3👍1
2025/10/31 08:26:56
Back to Top
HTML Embed Code: