Telegram Web Link
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Raqamli texnologiyalar fakultetining Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi talabalari ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — ota-onalarni ta’lim jarayoniga faol jalb etish, universitet rahbariyati va ota-onalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, talabalarning o‘qishdagi yutuqlari va erishgan natijalarini ularning ota-onalari bilan baham ko‘rishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida fakultet rahbariyati tomonidan ta’lim-tarbiya jarayoni, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ilmiy va ijtimoiy faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ota-onalar esa o‘z fikr va takliflarini bildirishdi hamda farzandlarining ta’limdagi muvaffaqiyatlaridan mamnunlik izhor etishdi.

Mazkur uchrashuv o‘zaro muloqot va hamkorlik ruhida o‘tib, ota-onalar, talabalarning o‘qituvchilari hamda fakultet rahbariyati o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamladi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
Talabalar turar joyida iliq muhit va samimiy suhbat!

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti talabalari turar joyida “Birlik va samimiyat kechasi” o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan osh va shirinliklar tayyorlanib, quvnoq o‘yinlar, kulgili sahnalar hamda ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

Davra suhbatida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Xudoyqulov Anvar ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

U yoshlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berib, ularni faollikka va o‘qishda yuqori natijalarga erishishga chorladi.
Tadbir samimiy muhitda, iliq suhbatlar va kulgu bilan yakunlandi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
4👍2🔥1
Aloqabank va IT Klaster Qashqadaryoda grand loyihaga start berdi

Aloqabank tashabbusi bilan, IT Klaster hamkorligida Grand e’lon qiladi. Bunda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, ingliz tili va IT ni biladigan yoshlar imtihon asosida testtime.uz platformasi orqali saralab olinib, 3 oy davomida xalqaro IT sertifikatlarga MUTLAQO BEPUL oʻqitiladi. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻquvchilarga xalqaro IT sertifikat topshiriladi. Iqtidorli oʻquvchilarga nufuzli IT kompaniyalarga yoʻllanma beriladi.

Buning uchun siz havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz, hamda IT Klasterga tashrif buyurgan holda imtihon topshirishingiz kerak boʻladi. Ushbu loyihaning birinchi bosqichida 50 nafar yoshlar saralab olinadi. Imkoniyatdan foydalaning, kelajagingizni hozirdan quring.


👇👇👇👇👇
Roʻyxatdan oʻtish

☎️ | 99-688-11-99
💬 | @IT_Klaster_admin

IT KLASTER - yangi avlodning boshlanishi
Telegram |Instagram | Manzil
5
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabalari diqqatiga!

2025–2026 o‘quv yili uchun shartnoma to‘lovining 25 foizini to‘lash muddati 2025-yil 15-oktyabrga qadar etib belgilangan edi.

Shu munosabat bilan, shartnoma to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabalardan tez fursatda to‘lovni amalga oshirishlari so‘raladi.

To‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish o‘qish jarayonida noqulayliklar yuzaga kelmasligi uchun muhimligini eslatib o‘tamiz.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
2
Viktorina

“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” tadbirlari O‘zbekistonda asosan qaysi maqsadga qaratilgan?
Anonymous Quiz
13%
Dasturchilarni tayyorlashga
80%
Yoshlarning axborot makonida madaniyatli va mas’uliyatli bo‘lishiga
4%
Internet tezligini oshirishga
3%
Onlayn o‘yinlarni cheklashga
💯64🎉1👌1😍1
Biologiya yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
- ishlab chiqarish korxonalari biologik laboratoriyalarida;
- davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
- Biologiya fani o‘qituvchisi;
- O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’limda laborant;
- kabinet mudiri.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
3💯2👍1
“USTOZIMDAN KITOB SOVG‘ASI” AKSIYASI O‘TKAZILADI!

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Raqamli texnologiyalar fakultetida ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib etuvchi “Ustozimdan kitob sovg‘asi” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida fakultet ustozlari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi yoshlarga badiiy va ma’naviy-axloqiy kitoblar sovg‘a qilinadi.

Tadbirning maqsadi — kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ilm va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, hamda ustoz va talaba o‘rtasidagi samimiy rishtalarni yanada mustahkamlashdir.

Hurmatli ustozlar!
Ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok eting — siz sovg‘a qilgan har bir kitob talabalarning qalbida nur va ilhom manbaiga aylansin!

Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
3👍1
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvning maqsadi — ota-onalar va universitet rahbariyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, talabalarning ta’lim jarayonidagi yutuqlari, til o‘rganishdagi muvaffaqiyatlari hamda erishgan natijalarini ota-onalar bilan baham ko‘rishdan iborat bo‘ldi.

Ota-onalar farzandlarining o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari va faoliyati bilan tanishib, o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.

Uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tib, ota-onalar va fakultet jamoasi o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
4👍2
2025/11/09 05:09:27
Back to Top
HTML Embed Code: