Telegram Web Link
ISFT Malayziyada! 🌏🇲🇾

ISFT instituti
professor-o‘qituvchilari va talabalari 1–5 may kunlari davom etayotgan "MESRA" volontyorlik dasturida, Sultan Idris Ta’lim Universiteti (UPSI) da faol ishtirok etmoqda.

Dastur boshlanishidan oldin, 28-aprel kuni ISFT vakillari Malayziyaga yetib borib, UPSI talabalari va professorlari uchun ISFT hamda O‘zbekiston haqida taqdimot o‘tkazishdi.

📍 Delegatsiya UPSI universiteti kampusi bilan yaqindan tanishdi hamda bir qator fakultetlar bilan kelajakdagi hamkorlik loyihalarini muhokama qildi.

🤝 Ta’kidlash joizki, ISFT va UPSI o‘rtasidagi hamkorlik bir necha yildan beri davom etmoqda va har yili yanada mustahkamlanib bormoqda.


📝Telegram 📝Facebook 💻Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2082🦄1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧘‍♀️ Yoga — g‘amxo‘rlikning bir shakli: kunni ongli harakat bilan boshladik

Mehnat muhofazasi haftaligi doirasida ishtirokchilar tongni yoga mashqlari bilan boshlashdi — bu amaliyot bizga shuni eslatdi: inson haqida g‘amxo‘rlik qilish kichik qadamlardan boshlanadi.

👥 Biznes, fan va turli tashkilotlar vakillari bir joyga jam bo‘lib, o‘zlariga — tana va onglariga — vaqt ajratishdi. Oddiy harakatlar, nafas olish va sukunat — bular ish kunini tetiklik va diqqat bilan boshlashga xizmat qildi.

🌱 Tadbir tashkilotchilari employers.uz va isft_research_centre sog‘liq — jismoniy hamda ruhiy — korporativ kun tartibida munosib o‘rin egallashi kerakligini amalda ko‘rsatishdi.

👕 Tashabbusga ko‘maklashgan hamkor brend — 7saber — faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlovchi yozuvli uslubiy futbolkalar orqali bu g‘oyani yanada kuchaytirdi.

📌 Xodimlarga g‘amxo‘rlik qilish — bu shunchaki moda emas. Bu — yangi norma.
Aynan shunday lahzalar insonni markazga qo‘ygan madaniyatni shakllantiradi.


📝Telegram 📝Facebook 💻Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1851🔥1😍1🦄1
📚 Kitoblar olamiga sayohatga tayyormisiz? ISFT'dagi yarmarkaga taklif qilamiz!

Diqqat, talabalar va kitobsevarlar! 📖

NMIU «O‘zbekiston» bilan hamkorlikda kitob yarmarkasini tashkil etmoqdamiz. O‘z shaxsiy kutubxonangizni boyitish va ilhom olish uchun ajoyib imkoniyat.

📍 Manzil: https://maps.google.com/maps?q=41.324885,69.327990&ll=41.324885,69.327990&z=16
🕓 Vaqt: 10:00 dan 15:00 gacha
🗓 Kun: 8-may


Yangi kitoblar, yangi g‘oyalar va, albatta, ajoyib kayfiyat sizni kutmoqda!
Bu yarmarka adabiyotni qadrlaydigan va vaqtini foydali o‘tkazishni istaganlar uchun.

Fursatni qo‘ldan boy bermang! 🎉
Sizni kutib qolamiz.


📝Telegram 📝Facebook 💻Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🕊21🔥1🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bitiruvchilarimiz esdalik uchun maxsus fotosuratlarga tushishdi 🚀

🥹 4 yil ham bir kundek o'tib ketdi, sizning talabalik davringiz qanday o'tgan?


📝Telegram 📝Facebook 💻Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24👍108💘4❤‍🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😍 ISFTda "boom" yangilik bo‘lish arafasida

Tez orada hammaga yoqadigan, kutilmagan super yangilik e’lon qilinadi!

🤔 Sizningcha, bu qanday yangilik bo‘lishi mumkin?

Yangi yo‘nalishmi? Chet el bilan hamkorlikmi?

Fikringizni izohlarda yozing — eng qiziqarli taxminlarni sahifamizda alohida ta’kidlaymiz!

🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yo‘lingiz!

📝Telegram 📝Facebook 💻Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184❤‍🔥31
🔗 BRM 17 – Hamkorlik orqali maqsadlarga erishish!

BRM 17 doirasida 19 ta vazifa belgilangan va bugun biz uchun muhim bo‘lgan ayrim vazifalarni ko'rib chiqamiz:

🤝 17-maqsad vazifalari:

📢 Hamkorlik – barcha maqsadlarning kalitidir!

🌐 17.6 Bilim va texnologiyalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;
♻️ 17.7 Rivojlangan mamlakatlar tomonidan ekologik toza texnologiyalarni yetkazib berishni rag‘batlantirish;
📘 17.8 Rivojlanayotgan davlatlarda fan, texnologiya va innovatsiyalar salohiyatini oshirish;
📈 17.9 BRM maqsadlarini amalga oshirish uchun salohiyatni oshirish bo‘yicha xalqaro yordamni kuchaytirish;
⚖️ 17.14 Barqaror rivojlanish siyosatlarida uyg‘unlikni ta’minlash;
🌍 17.16 Global ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
🤝 17.17 Davlat, nodavlat va xususiy sektorlar o‘rtasida samarali hamkorlikni ilgari surishdan iboratdir.

#BRM17 #GlobalHamkorlik


🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yo‘lingiz!

📝Telegram 📝Facebook 💻Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17💋4🔥3❤‍🔥22🤩21🤯1
🎖 9-May — Xotira va qadrlash kuni

Bugun yuragimizda abadiy iz qoldirgan kun. Bu sana nafaqat tarixni eslash, balki fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz oldida chuqur ta’zim qilish kunidir.

ISFT jamoasi sifatida biz tinchlik, ozodlik va farovonlik yo‘lida jon fido qilgan barcha yurtdoshlarimizni yod etamiz. Ularning jasorati, sabr-toqati va Vatanni sevishdek yuksak fazilatlari har birimiz uchun buyuk ibratdir.


🕊 Barchamiz tinchlikni asrash va kelajak avlodga qadriyatlar merosini yetkazish yo‘lida mas’ulmiz.

🎓 ISFT — qadriyatlarni unutmasdan kelajakni barpo etadigan avlod bilan birga

📝Telegram 📝Facebook 💻Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🕊5🔥4👏31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

ISFTda 2025–2026-o‘quv yili uchun qabul boshlanishiga 4 kun qoldi


Orzular kutmaydi — ular harakatni kutadi.

Orzularingiz sari bir qadam yaqinroq keling — bu yil siz uchun o‘zgarishlar yili bo‘lsin!

🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yo‘lingiz!

📝Telegram 📝Facebook 💻Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥7👏3🏆21🆒1
🏆 ISFTda “Rektor Kubogi”: korporativ o‘yinlarga start berildi!

ISFT institutida xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari boshlandi — “Rektor Kubogi” rasman ochiq deb e’lon qilindi!

💥 Boshlanish bosqichida quyidagi 3 yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi:
⚽️ Mini-futbol
🏐 Voleybol (erkaklar va ayollar alohida jamoalarda)
🏸 Badminton (har bir jins vakilidan bittadan ishtirokchi)

📌 Ishtirok shartlari:
Jamoangizni shakllantiring, nomini tanlang va to‘ldirilgan arizani (Word hujjat ko‘rinishida) 14-may, soat 18:00 ga qadar @Adilovich905 Telegram manziliga yuboring.

🔗 Talabnoma: https://disk.yandex.ru/i/q9S6_PDs2ZudIw

🔁 Qur’a tashlash:
🗓 15-may
📍 Manzil: Asosiy bino, 6-qavat, sport zali
Vaqtlar:
Mini-futbol — 12:00
Voleybol — 13:00
Badminton — 14:00

👥 Har bir jamoaning sardori yoki vakili qatnashishi majburiy!

ISFT jismoniy faollik va jamoaviy ruhni qo‘llab-quvvatlaydi.

🎽 Birga harakatdamiz, halol o‘ynaymiz, go‘zal g‘alabalarni qo‘lga kiritamiz!


📝Telegram 📝Facebook 💻Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4🔥21🥰1
2025/07/08 19:28:56
Back to Top
HTML Embed Code: