Telegram Web Link
Bu yil sizni ochiq eshiklar kuniga taklif qilmaymiz!

🤯 1 Kun emas balki
10 kunga:
10 kun davomida siz ISFTni yanada yaqinroq tanishingiz va ajoyib ko'nikmalar egasi bo’lish imkoniyatiga egasiz.

Har bir kun o'ziga xos tarzda rejalashtirilgan!

🗓 Sana: 19–28-may
📍 Manzil: ISFT institutining asosiy binosi

Sizni quyidagilar kutmoqda:
*Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot
*Dars jarayonlari va talaba hayoti bilan tanishuv
*Kampus bo‘ylab tur
*Qiziqarli uchrashuvlar, sovg‘alar va zavq bilan o‘tadigan kunlar!

Kelajagingiz sari birinchi qadamingizni biz bilan boshlang!

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🤩6❤‍🔥3😍3🔥2🆒2
🚀 Jump rope (argʻimchoqda sakrash) sport turi boʻyicha oliy ta'lim muassasalari oʻrtasida o‘tkazilgan Toshkent shahar hokimi kubogi mutloq g‘olibi ISFT instituti

Poytaxtimizda joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Jump rope (argʻimchoqda sakrash) sport turi boʻyicha universitetlar oʻrtasida Toshkent shahar hokimi kubogi g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.

⚡️ Ushbu tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari D.Rahimova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshaboyev, Jump rope federatsiyasi mas'ullari va hamkor tashkilotlar ishtirok etdilar.

Yurtimizda ilk bora oʻtkazilgan ushbu musobaqada 20 ta Oliy ta'lim muassasalaridan 200 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdilar. Musobaqa murosasiz baxslarga boy o‘tib, yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥3👏21🕊1🏆1
🎉 TALABA FEST 2025 – ISFTda!

Talabalikni esda qolarli lahzalar bilan to‘ldirish va yozni ajoyib boshlash vaqti keldi!

🗓 23-may | 🕓 17:00 – 20:30
📍 Havas bino

Mehmon san'atkor – Shaxriyor!
🎤 Jonli ijro, hayajonli atmosfera va do‘stlaringiz bilan unutilmas tun kutmoqda!

🔥 Tanlovlar, sovg‘alar, musiqa va to‘liq FEST muhitini o‘tkazib yubormang!

Kirish barcha ISFT talabalari uchun ochiq.

📣 Kursdoshlaringizni ham chaqirishni unutmang!


🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰5👍3🔥32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISFT bitiruvchilari katta hayotga qadam qo‘ymoqda

ISFT — bilim, tajriba va hayotiy tayyorgarlik beradigan muhit.

Va biz bilamiz — bugun bitiruvchimiz bo‘lgan yoshlar, ertaga o‘z sohasining yetakchilariga aylanadi.

❤️ Biz bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz!

🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yoʻlingiz!

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍117🔥4💯2🕊1💘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar bilan yuzma-yuz

📍 14-may kuni ISFT instituti Andijon shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan “Ta’lim va kasb” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ushbu ko‘rgazma davomida institutimiz vakillari abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlari, o‘qish shakllari va talabalik hayoti haqida batafsil ma’lumot berishdi.

🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yoʻlingiz!

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤‍🔥1🦄1
🌍 ISFT — xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan institut!

ISFT instituti xalqaro akkreditatsiyadan 2025-yil 23-yanvarda muvaffaqiyatli o‘tgan.

⁉️ Xalqaro akkreditatsiya nima degani?
Bu — institut ta’lim sifati, o‘quv dasturlari, professor-o‘qituvchilar salohiyati va boshqaruv tizimi dunyo standartlariga javob beradi, degani.

ISFT o‘qitish tizimning sifat nazorati "Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta’minlash Yevroosiyo markazi (ECAQA)" tomonidan litsenziyalangan.

Bu tashkilot AQSh Ta’lim Akkreditatsiya Kengashi xalqaro guruhi (CHEA/IQG) a’zosi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ta’kidlash joiz, O‘zbekistondagi xususiy OTMlar ichida faqatgina ISFT institutida ECAQA akkreditatsiyasi mavjud.

Bu talabalar uchun nimani anglatadi?
• ISFT diplomining xorijiy 70 ta mamlakatda tan olinishi
• Chet ellik ish beruvchilar va universitetlar oldida yuqori ishonch
• ISFT diplomi bilan chet elda o‘qishni davom ettirish imkoniyati
• Raqobatbardosh ta’lim va kasbga zamonaviy yondashuv

Akkreditatsiyani yuklab olish

Biz sifatga sodiqmiz. Bu akkreditatsiya — o‘z ustimizda olib borayotgan ishlarga berilgan munosib bahodir.

🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yoʻlingiz!

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17👍11👏8🏆64😍3💋2❤‍🔥11💯1🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 16-may kuni ISFT instituti hamda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi tomonidan “Tillarni o‘qitish va madaniyatlararo aloqalarda innovatsiyalarni qo‘llashning ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

ISFT rektori v.b. I.G‘ulomovning kirish so‘zi bilan ochilgan ushbu ilmiy anjumanga  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va matktab ta’limi vazirligi, Toshkent Fransuz Alyansi boshqaruv kengashi, “Til va adabiyot” jurnali tahririyati vakillari, shuningdek AQSH, Yaponiya, Rossiya, Oman va Fransiya davlatlarining olimlari tashrif buyurdilar.

Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsadi xorijiy tillarni o‘rgatish hamda davlat tilini o‘qitish tizimini ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida yanada rivojlantirish, bu sohada ta’lim sifatini keskin yaxshilash, malakali pedagog kadrlarni jalb etish va talabalar orasida xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy asoslangan takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5❤‍🔥43
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤷‍♂️ Kasbingiz bor, oliy ma’lumotingiz yo‘qmi?

ISFT bilan bu ortiq muammo emas!

Agar karyerangiz o‘sishini istasangiz, lekin ishdan uzilib, oilangizdan uzoqlashishni xohlamasangiz — bizda yechim bor!

Masofaviy ta’lim — moslashuvchan va qulay o‘quv shaklidir.


Kundalik hayot ritmini saqlagan holda, o‘zingizga qulay vaqtda tahsil oling va maqsadlaringizga erishing.

O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlab, ISFT masofaviy ta’lim shakliga hujjat topshiring!

🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yoʻlingiz!

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍8❤‍🔥211🕊1🍾1💋1🆒1
📌 Barqaror rivojlanishning 12 - maqsadining jami 11 ta vazifasi mavjud bo’lib, ularning barchasi muhim va o‘zaro bog‘liqdir.

Bugun biz BRM 12 - maqsad vazifalarini ko‘rib chiqamiz.

♻️ 12-Maqsad vazifalari:

Ma’suliyatli iste’mol va ishlab chiqarish – bu xavfsiz kelajakdir.

📦 12.1 Barcha va ayniqsa rivojlangan davlatlar, uzoq muddatli barqaror iste’mol va ishlab chiqarish dasturlarini joriy etishi.

🌿 12.2 2030-yilgacha tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanishni ta’minlash.

🍽 12.3 Global oziq-ovqat isrofini yarmiga kamaytirish va yetkazib berish zanjirida yo‘qotishlarni minimallashtirish.

☣️ 12.4 Kimyoviy chiqindilarni xavfsiz boshqarish orqali salomatlik va atrof-muhitni muhofaza qilish.

🚯 12.5 Qayta ishlash va foydalanish orqali chiqindilarni sezilarli kamaytirish.

🏢 12.6 Kompaniyalar barqaror amaliyotlarni qabul qilishi va hisobotlarida ularni aks ettirishini rag‘batlantirish.

📚 12.8 Odamlarga barqaror rivojlanish va tabiat bilan uyg‘un hayot tarzi haqida axborot va xabardorlikni yetkazish.

⛽️ 12.c Atrof-muhitga zarar yetkazuvchi va isrofgarchilikka olib keluvchi subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish.


📢 Barqarorlik — sizdan boshlanadi. Har bir ongli tanlov — katta o‘zgarishdir!

#SDG12 #MasuliyatliIstemol


🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
62👍2❤‍🔥1🔥1👏1🏆1🆒1
2025/07/09 05:43:11
Back to Top
HTML Embed Code: