Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 16-may kuni ISFT instituti hamda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi tomonidan “Tillarni o‘qitish va madaniyatlararo aloqalarda innovatsiyalarni qo‘llashning ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

ISFT rektori v.b. I.G‘ulomovning kirish so‘zi bilan ochilgan ushbu ilmiy anjumanga  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va matktab ta’limi vazirligi, Toshkent Fransuz Alyansi boshqaruv kengashi, “Til va adabiyot” jurnali tahririyati vakillari, shuningdek AQSH, Yaponiya, Rossiya, Oman va Fransiya davlatlarining olimlari tashrif buyurdilar.

Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsadi xorijiy tillarni o‘rgatish hamda davlat tilini o‘qitish tizimini ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida yanada rivojlantirish, bu sohada ta’lim sifatini keskin yaxshilash, malakali pedagog kadrlarni jalb etish va talabalar orasida xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy asoslangan takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Bugun Plagiat haqida gaplashamiz.

Plagiat — bu shunchaki ko‘chirish emas, balki Akademik qoidabuzarlik hisoblanadi.

📌 Qachon PLAGIAT hisoblanmaydi?

✔️ Siz o‘zingiz yozgan, ammo iqtiboslar va havolalar bilan rasmiylashtirilgan fikrlar
✔️ In-text citation to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa
✔️ To‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtiboslar, agar ular aniq va manbasi bilan birga ko‘rsatilgan bo‘lsa

🚫 Qachon PLAGIAT hisoblanadi?

– Boshqa insonlarning fikrini o‘z so‘zlaringizga o‘tkazib, manba ko‘rsatmasangiz
– Matnni biroz o‘zgartirib (mozaikali plagiat) topshirsangiz
– To‘liq nusxa ko‘chirsangiz
– Iqtiboslar va adabiyot ro‘yxati bir-biriga mos kelmasa(in-text citation & reference)
– Bir xil ishni ikki kishi topshirsa
– Eski ishingizni boshqa topshiriqqa yana topshirsangiz (o‘z-o‘ziga plagiat)

📚 Ilmiy halollik – bu mas’uliyat va ishonch!

#AkademikHalollik #Turnitin #SDG4


🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤️ Biz bilan ekaningizdan minnatdormiz

ISFTda yana bir oʻquv yilining muvaffaqiyatli yakunlanayotgani chinakam bayram bilan qarshi olindi.

“Havas” binosida bo‘lib o‘tgan #TALABAFEST2025 esa talabalarning xotirasida uzoq saqlanadigan jonli musiqalar, do‘stlar davrasidagi quvonchli lahzalar va energiyaga to‘la raqslar bilan yodda qoldi.

Mehmon san’atkor Shaxriyorning chiqishi esa raqs maydonchasini yanada jo‘sh urdirdi.

ISFTda talabalik — bu faqat taʼlim emas, bu — yoshlikning jo‘shqin onlarini to‘la his qilish, demak.

🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yoʻlingiz!

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bugun bitiruv malakaviy ish yozib topshirayotganlar uchun muhim eslatma!

Bitiruv yoki kurs ishingiz — hammasi Turnitin orqali tekshiriladi. Bu dasturiy ta'minot internetdagi maqola, kitob va hatto Sun'iy Intellekt (AI) matnlarini ham tanib oladi.

⚠️ ChatGPT yoki MyEssayWriter kabi Sun'iy Intellekt (AI) vositalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga — yo‘l qo‘yilmaydi!

Grammarly kabi yordamchi vositalar esa — mumkin!

❗️ O‘zingizga ishoning va boshqalarning mehnatini hurmat qiling!

🏛 ISFTda bu qadriyatlar
"Akademik Halollik va Ilmiy-Tadqiqot Etikasi Kodeksi"  orqali mustahkamlangan.

🔗 Batafsil ma’lumot uchun havolaga o‘ting. "Akademik Halollik va Ilmiy-Tadqiqot Etikasi Kodeksi”

#ISFT #AkademikHalollik


🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, talabalar!

O‘z loyihangizni boshlash g‘oyasi bormi?
Jamoangiz tayyor bo‘ldimi?


Keling, o‘zingizni rivojlantiring va shaxsiy biznesingizga yo‘l oching
2-iyun kuni ISFT inkubatsiya dasturi boshlanadi!

6 hafta davomida siz va jamoangiz o‘z biznes g‘oyangizni rivojlantirasiz - g‘oyadan tayyor modelgacha va ishga tushirishning dastlabki qadamlarigacha.

Har hafta muhim mavzu bo‘yicha mutaxassis bilan 4 soatlik o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi.
Hafta oxirida mavzuni chuqurroq tushunishingiz va loyihangizni oldinga surishingizga yordam beradigan ustoz-murabbiylar ko‘magi bo‘ladi.

Haftalik mavzular:
1. G‘oya va qiymat taklifini tasdiqlash
2. Bozor va raqobatchilar tahlili
3. MVP va prototiplash
4. Moliyaviy model va daromad olish
5. Targ‘ib qilish
6. Taqdimot va Demo kun
3-5 kishidan iborat jamoa tuzib, g‘oya o‘ylab toping, biz uni amalga oshirishingizga yordam beramiz!

Ustoz-murabbiylar loyihangiz ishga tushguncha sizga hamrohlik qilishadi.

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi- https://forms.gle/Dt887N1z5Fj1vqLR7
Telegram guruhiga havola- https://www.tg-me.com/+IpqBXMu9H1BmNDU6
Ro‘yxatdan o‘tish 31-mayda yakunlanadi — arizangizni topshtirishga ulgurib qoling!


Yozning o‘zidayoq o‘z birinchi startapingizni ishga tushirish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!


🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/07 05:27:20
Back to Top
HTML Embed Code: