Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bojxonadan begonalarning yukini olib o‘tmang!
Bojxonadan begonalarning yuklarini olib o‘tayotgan shaxsga bu hojatbarorligi qimmatga tushdi. Chunki, u o‘zi olib o‘tayotgan jihozlar ichiga sintetik narkotik modda yashirilganini bilmas edi! Ammo, bu uni endi javobgarlikdan ozod etmaydi!
Hushyor bo‘ling!

👍11🔥7❤4
O‘zbekistonning oila siyosati xalqaro forum markazida
Ayni kunlarda Turkiya Respublikasida "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Bizning oila – bizning kelajak" mavzusidagi nufuzli xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Turli mamlakatlardan tashrif buyurgan vakillar ishtirokida o‘tayotgan mazkur anjumanda oila institutini mustahkamlash, uning jamiyatdagi o‘rni, bolalarda oilaga muhabbat va hurmatni shakllantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ishtirok etib, davlatimizning oila siyosatiga oid ma’ruzasi bilan ishtirokchilar e’tiborini tortdi. U o‘z nutqida oila masalasi Yangi O‘zbekiston davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/wcu/news/view/56093

👍7❤4💯1
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova Malayziyaning Ayollar, oila va jamiyatni rivojlantirish vaziri Shri Xajah Nensi Shukri bilan Istanbul shahrida uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur muloqot ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy va oilaviy masalalar bo‘yicha strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash sari tashlangan muhim qadamdir.

👍6❤2🔥1👏1
O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari: “Kuchli oila – barqaror jamiyatning asosi”
Bu haqda Istanbulda o‘tayotgan Xalqaro oila forumi doirasida “Anadolu” axborot agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ma’lum qildi.
“Hududiy va global chaqiriqlar - geosiyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy - sharoitida bunday forumlar oilani himoya qilish va mustahkamlashga qaratilgan kuchlarni birlashtirish imkonini beradi. Aynan oila jamiyatning tayanchi, tinchlik va barqarorlik kafolati bo‘lib qolishi lozim”, - dedi u.

👍5❤1🔥1👏1
Kitob taqdimoti 🇺🇿🇹🇷
2025-yil 25-may kuni Istanbul shahrida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarjimon va shoir Yo‘ldosh Eshbekning turk tiliga tarjima qilgan “Turkiyaga Maktub” nomli asari taqdimoti o’tkaziladi.
Yoʻldosh Eshbek tarjima sohasida salmoqli ishlar qilgan boʻlib, Imom G’azzoliyning “Ey farzand“, Ahmad Lutfiy Qozonchining “Oʻgay ona“, “Hazrati Ali“, Fotima Temurning “Koʻngil do‘stlari“, “Tazkirat ul-avliyo“, Amina Shenliko'g'luning “Vijdon azobi“ va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Taqdimotga she’riyatga qiziquvchilarni taklif etamiz.
📅 Sana: 2025-yil 25-may, yakshanba
🕒 Vaqt: 15:30
📍 Manzil: Topkapi, Turk Dunyo Madaniyat Mahallasi

🔥9❤4👍4👏3
#Ogohlantiruv -
Odam savdosiga qarshi kurash
Oʻzbekiston Respublikasida odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi. Jinoyat kodeksining 135-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, endilikda odam savdosi bilan shugʻullangan shaxslar quyidagi jazolarga tortiladi:
10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish.
Agar jinoyat ogʻir oqibatlarga olib kelsa - 15 yilgacha qamoq jazosi belgilanadi.
Shuningdek, jabrlanuvchining pasportini olib qo‘ygan yoki odam savdosini tashkil etgan shaxslar ham qatʼiy javobgarlikka tortiladi.
Eʼtiboringizda boʻlsin!
Odam savdosi jinoyatlariga qarshi kurash doirasida Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorlikda aniqlash, fosh etish va qonuniy chora koʻrish bo‘yicha qatʼiy ish olib bormoqda.
2025-yilning o’zida bir nechta vatandoshlarimizni bunday shaxslar iskanjasidan qutqarilib, aloqador shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko’rildi.
Odam savdosiga qarshi birgalikda kurashaylik!
Agar siz yoki yaqinlaringiz shubhali holatlarga duch kelsangiz, darhol tegishli organlarga yoki Bosh konsulxonaga murojaat qiling.

❤9👍6🔥3😱2
Hurmatli fuqarolar!
Yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan xorijdagi ba’zi muassasa va tashkilotlar tomonidan “ilmni qo‘llab-quvvatlash”, “insonparvarlik”, “mehr-shafqat” kabi shiorlar ostida turli xayriya aksiyalari keng targ‘ib qilinmoqda.
Biroq, afsuslanarli jihati, bunday tuzilmalarining ayrimlari ezgulik niqobi ortida jinoyatchi guruhlar, terroristik va ekstremistik harakatlarni moliyalashtirish, ularning g‘oyaviy markazlarini qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlayotganligi namoyon bo'lmoqda.
Shu munosabat bilan, siz aziz fuqarolarni har qanday nomdagi xayriya jamiyatlariga ehson mablag‘larini yo‘naltirishda ehtiyotkorlikka chaqirib, ushbu orqali o‘zingiz bilmagan holda noqonuniy faoliyatlarga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib qo‘yishdan saqlanishingizni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz: yaxshilik qilish avvalo o‘z yaqinlaringizdan, oilangiz, mahallangiz va jamiyatingizdagi ehtiyojmandlarga ko‘mak berishdan boshlanadi. Ehsonlaringiz haqiqiy yaxshilik va barakaga sabab bo‘lsin!

❤25👍10🔥1👏1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❤29👍5👏1
🇺🇿 34 yillik orzu nihoyat amalga oshdi!
Uzbek futbolining oltin sahifasi yozildi — biz birinchi bor Jahon chempionatida ishtirok etamiz! 🌍⚽️
🇺🇿 2026-yilgi Futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi! 🇺🇿
Yigitlar, sizlar tarix yaratdingiz! Endi butun dunyo bizni ko‘radi.
Barakalla, O‘zbekiston! 💪🔥

❤65🔥20👏11💯11
📢 OTA-ONALARGA MUHIM OGОHLANTIRUV
So‘nggi kunlarda OAVda Istanbul shahrining Bahchelievler tumanidagi Diyonat boshqarmasiga qarashli Qur’on kurslarida tahsil olgan 24 nafar voyaga yetmagan o‘quvchi jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgani haqidagi xabarlar keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.
🔹 Jabrlanganlar orasida O’zbekiston fuqarolari mavjudligiga mahalliy hokimiyat idoralari orqali aniqlik kiritilmoqda.
🔹 Avvalroq yuqoridagi holat bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, Turkiya hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan yashirin diniy ta’lim muassasalarida voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari aniqlangani va bir qator shaxslar javobgarlikka tortilganini ma’lum qilamiz.
‼️ Hurmatli ota-onalar!
Farzandlaringizni begona shaxslarga ishonib, chet eldagi norasmiy diniy ta’lim muassasalariga yubormang. Ularning taqdiri va xavfsizligi – sizning e’tiboringiz va mas’uliyatingizga bog‘liq!
Agar sizda shubhali ta’lim muassasalari yoki bolalar huquqlariga tajovuz holatlari haqida aniq ma’lumot bo‘lsa, darhol Bosh konsulxonaga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi
📍 Manzil: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
🔗 Rasmiy Telegram kanalimiza obuna bo‘ling!
📢 ОТА-ОНАЛАРГА МУҲИМ ОГОҲЛАНТИРУВ
Сўнгги кунларда ОАВда Истанбул шаҳрининг Бахчелиэвлер туманидаги Диёнат бошқармасига қарашли Қуръон курсларида таҳсил олган 24 нафар вояга етмаган ўқувчи жинсий зўравонлик қурбони бўлгани ҳақидаги хабарлар кенг жамоатчилик муҳокамасига сабаб бўлмоқда.
🔹 Жабрланганлар орасида Ўзбекистон фуқаролари мавжудлигига маҳаллий ҳокимият идоралари орқали аниқлик киритилмоқда.
🔹 Аввалроқ юқоридаги ҳолат билан боғлиқ бўлмаган ҳолда, Туркия ҳудудида ноқонуний фаолият юритаётган яширин диний таълим муассасаларида вояга етмаган Ўзбекистон фуқароларига нисбатан жинсий зўравонлик ҳолатлари аниқлангани ва бир қатор шахслар жавобгарликка тортилганини маълум қиламиз.
‼️ Ҳурматли ота-оналар!
Фарзандларингизни бегона шахсларга ишониб, чет элдаги норасмий диний таълим муассасаларига юборманг. Уларнинг тақдири ва хавфсизлиги – сизнинг эътиборингиз ва масъулиятингизга боғлиқ!
Агар сизда шубҳали таълим муассасалари ёки болалар ҳуқуқларига тажовуз ҳолатлари ҳақида аниқ маълумот бўлса, дарҳол Бош консулхонага мурожаат қилишингизни сўраймиз.
🇺🇿 Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси
📍 Манзил: Levent, Lale Sokağı No:8, 34330 Beşiktaş/İstanbul
🔗 Расмий Телеграм каналига обуна бўлинг!

❤15👍9😱8
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Болгария Президенти Румен Радев Кўксаройда тантанали кутиб олинди.
—
Президент Болгарии Румен Радев торжественно встречен в "Куксарое".

👏8👍2