Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Python” haqida siz bilmagan 5 haqiqat! 🐍

Ko‘pchilik o‘ylaydi: “Python” nomi ilon bilan bog‘liq… Aslida esa yo‘q!
Bu nom “Monty Python’s Flying Circus” degan inglizcha komediya shousidan olingan 😄

📅 1989-yil Rojdestvo ta’tilida Guido van Rossum Python tilini yaratishni boshladi.
Maqsad bitta edi: oddiy va tushunarli dasturlash tili yaratish

Bugun esa Python:
- Eng tez rivojlanayotgan dasturlash tillaridan biri
- Google, Facebook, Netflix, NASA va boshqa gigantlar tomonidan ishlatiladi
- Sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va mashinani o‘rganishda yetakchi

Kutubxonalar haqida eshitganmisiz?
🔹 TensorFlow
🔹 Pandas
🔹 Scikit-learn
🔹 NumPy
🔹 Matplotlib

Ularning barchasi Python orqali AI ni “jonlantiradi”! 💡
Python bilan nima qilish mumkin? Juda ko‘p narsa!

Python nafaqat ilon emas — bu cheksiz imkoniyatlar tili 💻

🎮 Hatto o‘yin ham yozsa bo‘ladi!
Python’dagi pygame kutubxonasi orqali oddiy 2D o‘yinlarni yaratish juda ham oson.

“Bug lardan qo‘rqmang!
Python sintaksisi shunchalik soddaki, boshqa tillarga qaraganda xatolar kamroq uchraydi.

💡 Eng zo‘ri esa:
Python — ko‘p platformali til.
Windows, macOS, Linux, hatto mobil qurilmalarda ham ishlaydi!

Demak, siz qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, Python siz bilan! 🌍
2025/07/06 10:50:48
Back to Top
HTML Embed Code: