Telegram Web Link
“MVP” nima va nega u kerak?

Startup boshlayotganingizda mukammal mahsulotni yaratish emas, tezroq sinov qilish muhimroq! Shuning uchun MVP (Minimum Viable Product) - boshlang‘ich, lekin ishlaydigan mahsulot versiyasi kerak bo‘ladi.

📌 MVP nima beradi?

⏱️ Tezroq bozorda ko‘rinish
Yillar davomida mukammallikka erishishni kutmasdan, fikrni tezda real foydalanuvchiga yetkazish imkonini beradi.

💬 Mijoz fikrini olish
Bozorda qanday muammolar borligi, foydalanuvchilarga nimalar yoqayotgani va yoqmayotgani haqida bevosita tahlil olish mumkin.

💰 Mablag‘ni tejash
Keraksiz funksiyalar va ortiqcha xarajatlarsiz mahsulotni ishlab chiqib, sarmoyani samarali boshqarish imkonini beradi.


🚀 Sizda g‘oya bormi? Avval MVP’ni yarating – keyin uni kuchli ekotizimda rivojlantiring!
🇺🇿 Aziz yurtimiz farzandlari!

Bugun xalqimiz uchun ulug‘ va unutilmas sana - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi. Bu kun bizning milliy g‘ururimiz, ozod va erkin hayotimizning, tinch va farovon kelajagimizning yorqin ramzidir.

Ushbu kunda barchangizning xonadonlaringizga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va osoyishtalik tilaymiz.

Hurmat va ehtirom bilan,
ITIC jamoasi.
2025/10/22 20:50:47
Back to Top
HTML Embed Code: