Ucell raqamli kelajak tarafdori

Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va Ucell ko‘magida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida “Cyber Summer Camp – 2025” yozgi ta’lim oromgohi o‘tkazildi. Oromgohning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatning barcha viloyatlari pedagoglari va o‘quvchilarining ilg‘or tajriba almashishi, murabbiylikni rivojlantirishi va texnologik salohiyatini oshirishi.

Ikki haftalik qizg‘in dasturning birinchi qismida loyihaning 120 nafar murabbiysi raqamli pedagogika, IT yo‘nalishlari va ingliz tili bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi. Kiberxavfsizlik, DevOps, back-end va front-end dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, IT mutaxassislari uchun ingliz tili bo‘yicha bilimlar bilan 11 nafar murabbiy o‘rtoqlashdi. Lager doirasida xakaton o‘tkazilib, unda ishtirokchilar yangi bilimlarni amalda qo‘lladilar.

Oromgohning ikkinchi bosqichida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yuqori natija ko‘rsatgan 53 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Dastur mashg‘ulotlar, ijodiy va rolli o‘yinlar, jamoaviy loyiha ishi va “Ideathon”: g‘oyalar tanlovini o‘z ichiga oldi. AQShlik ma’ruzachilar ishtirokidagi interaktiv sessiyalar esa bolalarni ilhomlantirib, kasbiy dunyoqarashini kengaytirdi.

Ucell mamlakatning raqamli kelajagini qurayotganlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
👍4
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Excel jadvaliga sonlarni matn sifatida qabul qilinadigan qilib kiritamiz 🔢🔤

Kichik hiyla va tryuklarni bilish, ba’zida Excel'dagi ishimizni ancha tezlashtirishi mumkin. Masalan, yacheykaga sonli qiymatni matn formatida kiritish uchun shunchaki kiritishni apostrof (') belgisidan boshlash yetarlidir.

Apostrofni, va uning ortidan – kerakli sonni kiritamiz. Natijada Excel uni matn sifatida qabul qiladi.

❗️Excel'da sonli qiymatlar qoida bo‘yicha yacheykaning o‘ng tomoni bo‘ylab, matnli ma’lumotlar esa chap tomoni bo‘ylab tekislanadi.

Qiziq tomoni shundaki, apostrof belgisi formulalar satrida ko‘rinadi, yacheykada esa ko‘rinmaydi. Bu nafaqat sonlarga nisbatan, balki sana va vaqt qiymatlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin (chunki ular ham aslida sonli qiymatlardir).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍81
Forwarded from IT Masters
#lifehack

🖥 Ko'pchilik internetda rasmlar ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosib, "saqlash" variantini tanlaydi, ammo kompyuteringizga suratni yuklab olishning ancha oson va tezroq usuli mavjud.

Siz shunchaki “ALT” tugmasini bosishingiz va keyin sichqonchani chap tugmasini bosishingiz kifoya va u avtomatik ravishda kompyuteringizda “Yuklashlar” papkasiga saqlanadi.

👉 Bizning barcha loyihalar
🔥12👏32
Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabiga qabul e’lon qildi!

14-17 yoshli o‘quvchilar uchun bepul Dasturlash maktabiga qabul boshlandi. Dasturda Python asoslari va kutubxonalar bilan ishlash o‘rgatiladi. Darslar Toshkent, Samarqand, Urganch shaharlarida hamda onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Maktabga kirish uchun ariza topshirish, 18 sentyabrgacha test va suhbatdan o‘tish kerak. Arizalar 30 sentyabrgacha qabul qilinadi.

👉 Ariza topshirish

O‘zbekistonda loyiha ilk bor 2023 yilda Toshkentda ish boshlagan. Ikki yil davomida 75 nafar o‘quvchi ushbu dastur bitiruvchisiga aylangan.
👍4
Forwarded from IT specialist
#word

Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi? 🤔

Word jadvallarida bir nechta formulalardan foydalanish ko‘zda tutilgan, ulardan foydalanish uchun kerakli yacheykani tanlash va Макет → Данные bo‘limining Формула tugmasini bosish lozim.

Ochilgan oynadagi Вставить функцию menyusida funksiyalardan biri tanlanadi va ma’lumotlar keltirilgan yacheykalar havolalari qo‘lda ko‘rsatiladi. Shunday qilib, post ostiga biriktirilgan rasmda keltirilgan misolda ushbu yacheykalar B2; C2; C3 koordinatalariga ega.

❗️Agar sizda natija o‘rniga shaklli ({}) qavslar ichida funksiya paydo bo‘lsa, ushbu yacheyka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Коды/значения полей bandini tanlang.

🎞 Ushbu postimizga mos mavzuda keltirilgan (ovozsiz) video ko‘rsatmani ham tomosha qilishni tavsiya etamiz.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍52
Forwarded from Klabuz.com
🇰🇷 Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining tarkibiy agentligi hisoblangan Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi (National IT Industry Promotion Agency, NIPA) tomonidan tashkil etilayotgan Uzbekistan K-LAB ICT Education Center sizni HACKATHONga taklif qiladi!

📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
14-sentabrgacha

❗️Yosh chegarasi pastdagi
havolada.

🏆 Har ikkala toifadagi g‘olib jamoalar umumiy 36 000 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘ladilar!

---

🚀 Toifa 1 — Digital Manufacture (o‘quvchilar uchun bepul kursdan so‘ng)

''Bolalar xavfsizligi qurilmasi”ni yasashni bepul o‘rganing.

🕔 Dars vaqtlari:

## 1-guruh: 17:00–19:00
## 2-guruh: 19:00–21:00

(22-sentyabrdan~ 24-oktyabrgacha)
---

🚀 Toifa 2 — Programming (soha mutaxassislari uchun 48 soatlik “Non-sleep” musobaqa)

⁉️ 2–4 kishidan iborat jamoangiz bilan portfoliolaringizni bizga yuboring (Google Form orqali).

Havola orqali ma'lumot oling hamda ro'yhatdan o'ting!
---

📲 Biz bilan bog‘laning:
Telegram | Instagram | ManzilWebsite

⚠️ Joylar soni cheklangan — bugunoq ro‘yxatdan o‘ting!
👍32🔥1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security

Windows 10'da parol kiritishga bo‘lgan urinishlar soniga limit o‘rnatish 🔐

Agar kompyuteringizdan foydalanish uchun parol himoyasidan foydalanib, boshqa foydalanuvchilar tizimga kirish paytida parolingizni chamalab ko‘rishlarini istamasangiz, u holda parolni kiritish uchun urinishlar sonini belgilab keting. Foydalanuvchi o‘rnatilgan urinishlar limitiga borib yetganida, kompyuter muayyan daqiqaga parol kiritishdan bloklanadi.

1️⃣. Buning uchun WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib ENTER klavishini bosish orqali Редактор локальной групповой политики oynasini ekranga chaqiring.

2️⃣. Oynaning chap tomondagi panelida Конфигурация компьютера - Конфигурация Windows - Параметры безопасности - Политика учетных записей - Политика блокировки учетной записи ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

3️⃣. Sozlash uchun sizga uchta parametr taqdim etiladi:

⚡️ Пороговое значение блокировки - parolni kiritish uchun urinishlar soni (limit).

⚡️ Продолжительность блокировки учетной записи - foydalanuvchining parol kiritishga qarshi bloklanishi davomiyligi daqiqalarda ko‘rsatiladi.

⚡️ Время до сброса счета блокировки - parolni kiritishga bo‘lgan omadsiz urinishlar hisoblagichini qayta o‘rnatish uchun talab etiluvchi vaqt daqiqalarda ko‘rsatiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍43
🔥 Servercore’dan biznes-kechki ovqat Toshkentda

Mavzu: Cloud (bulutli) xotiralar yordamida biznesda ma’lumotlarni samarali boshqarish

🍴 Biznes-uchrashuvda siz bilib olasiz:

▫️ Servercore S3-xotirasi qanday ishlaydi, qaysi vazifalar uchun mos va qanday qilib xarajatlarni 30% gacha kamaytirishi mumkin

▫️ O‘zbekistonda mavjud saqlash sinflari va ulardan foydalanish ssenariylari

▫️ AWS S3 bilan mosligi va allaqachon ishlayotgan integratsiyalar

👨‍💻 Servercore mijozlari tajribasi ham taqdim etiladi:

▫️ Bosch — Germaniya brendining Markaziy Osiyodagi rasmiy dileri

▫️ M Cosmetic — go‘zallik va uy uchun mahsulotlarga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi chakana tarmoq

▫️ Alif Tech — to‘lovlar, pul o‘tkazmalari va online xaridlar uchun FinTech yechim

🤝 Networking vaqtida ishtirokchilar professional mavzularni muhokama qiladi, tajriba almashadi va yangi aloqalar o‘rnatadi.

📅 Sana: 2-oktabr
💯 Ishtirok etish mutlaqo bepul — ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali o'ting.
4👍2
Forwarded from IT specialist
#word

Word hujjatidagi qisqa tirelarni uzunlariga almashtiramiz 🔄

Oddiy chiziqchalar o‘rniga uzun tirelar qo‘llanilgan hujjat yanada jozibali ko‘rinadi.

Hujjatda qo‘llanilgan qisqa tirelarni uzunlariga almashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

— 1-qadam
CTRL + H kombinatsiyasini bosish yoki menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida joylashgan Заменить tugmasidan foydalanish orqali Найти и заменить muloqot oynasini ekranga chaqiramiz.

— 2-qadam
Найти
maydoniga ^=, Заменить maydoniga esa — ^+ belgilarini mos tarzda kiritamiz.

— 3-qadam
Заменить всё
tugmasi ustiga bosamiz, tayyor.

📝 Manba: @hacks_word

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍43🔥2
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #maslahat

Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova

1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish

Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.

2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish

Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.

3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish

Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
Chizmachilik uchun mobil ilovalar
Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
List of English & IELTS Channels to follow
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥42
🇰🇷 Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining tarkibiy agentligi hisoblangan Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi (National IT Industry Promotion Agency, NIPA) tomonidan tashkil etilayotgan Uzbekistan K-LAB ICT Education Center sizni startap tanloviga chorlab qoladi!


🚀Qobiliyatli hamkasblar bilan jamoa tuzing, strategiyalar ishlab chiqing va haqiqiy tadbirkorlik tajribasini orttiring. Agar siz Start-Up qilishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz – bu musobaqa aynan siz uchun🚀


Sizni nimalar kutmoqda?

📌 Mentoring & Start-Up kansultatsiyasi

📌 Pul mukofotlari:

    🥇 1-o‘rin: 15 mln so‘m
    🥈 2-o‘rin: 10 mln so‘m
    🥉 3-o‘rin: 5 mln so‘m

Bundan tashqari, 1-2-o‘rin g'olib jamoalarga o‘z Start-Uplarini yo‘lga qo‘yishlari uchun qo'shimcha ''Qo'llab-quvvatlash' taqdim etiladi!
👥  2–5 kishilik jamoa tuzing va bugunoq pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

📌  Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 19-oktyabrgacha

❗️  Kimlar layoqatli: Yoshlar & Keng jamoatchilik
____

📌 Marketing & Influencer seminari – (mb_korea 👉 Mahfuza Baykaraeva) offline/online

⚠️Online seminarda qatnashish uchun Telegram kanalimizga a'zo bo'ling. Ro'yhatdan o'tish kerak emas.

🕑 27-sentyabr (shanba) / 14:⁰⁰~18:⁰⁰

🔗  To'liq ma'lumot
🔗  Ro'yhatdan o'tish

📲 TelegramInstagram
          ManzilWebsite
👍4
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows'dagi dasturning internetga kirishini taqiqlash!
#info / #internet

ℹ️ Barcha dasturlar ham internetga kirishga muhtoj emas. Biroq, ularning ba'zilari trafikni faol ravishda "yoqib" yuboradi, yangilanishlar mavjudligini tekshiradi yoki xizmat ma'lumotlarini yuboradi. Bu, ayniqsa, hisoblangan ulanishdan foydalanganda (masalan, smartfondan internetni tarqatishda) yoqimsizdir.

Windows'da ma'lum bir dasturning umuman internetga kirishini yoki ma'lum tarmoqlarga ulanishni cheklash imkonini beruvchi o'zining standart funksiyasi mavjud.

🗒 Buning uchun:

1️⃣ Win + R tugmalarini bosib, firewall.cpl ni kiritib, xavfsizlik devorini ishga tushiring.

2️⃣ "Дополнительные параметры" tugmasini bosing va "Правила для исходящего подключения" ni tanlang.

3️⃣ O'ng qatordagi "Создать правило" tugmasini bosing.

4️⃣ "Для программы" ni tanlang.

5️⃣ Internetni blokirovka qilish kerak bo'lgan dasturga yo'lni belgilang.

6️⃣ "Блокировать подключение" katagiga belgi qo'ying.

7️⃣ Agar kerak bo'lsa, qoida qo'llaniladigan muayyan tarmoqlarni belgilashingiz mumkin.

8️⃣ Qoidani aniq nomlash va tavsiflashni unutmang, shunda kelajakda uni topish osonroq bo'ladi.

9️⃣ "Готово" tugmasini bosing. @tech_lifehacks

😉 Oldingi holatiga qaytarish uchun o'zimiz kiritgan bandni tanlab, sichqonchani o'ng tugmasini bosaniz va "Oтключить правилo" ni tanlaymiz, bo'ldi!

▶️ Keyingi postda to'liq video qo'llanma berilgan.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar
👍62
💼 Yangi imkoniyatlar dunyosiga xush kelibsiz!

🔎 IT, ta’lim, marketing yoki boshqa sohalarda ish qidiryapsizmi?
Yoki yangi vakansiyalarni boshqalardan oldin bilishni xohlaysizmi?

📲 @ishmi_ish Telegram kanaliga qo‘shiling va:

IT, dizayn, ta’lim, marketing kabi sohalarda eng so‘nggi vakansiyalarni ko‘ring
Ofis yoki masofaviy ishlardan o‘zingizga mosini tanlang
Bepul e’lon joylashtiring — ish beruvchilar va izlovchilar uchun
Rezyume yozish, intervyu, va o‘sish bo‘yicha foydali maslahatlar oling

🔥 Ish topish endi oson va ishonchli!
📌 Obuna bo‘ling 👉 @ishmi_ish
🔥5
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows 10'da uzun yozuvdagi manzillar qo‘llab-quvvatlanishini faollashtirish

Ehtimol, kimdir bilmas, ammo Windows'dagi fayl yoki papka manzilining maksimal uzunligi qoida bo‘yicha 260 belgidan oshmasligi lozim. Agar ushbu qiymatdan oshib ketilgudek bo‘lsa, bunday ma’lumotlar bilan ishlashda biz Слишком длинный целевой путь xabariga duch kelamiz va bu, ayniqsa ma’lumotlarni bir joydan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida xalal berishi mumkin.

Windows 10'da biz ushbu cheklovni chetlab o‘tishimiz mumkin. Boshlanishiga WIN + R klavishlari birikmasi yordamida Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Редактор локальной групповой политики'ni ishga tushiring.

Ochilgan oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Система → Файловая система yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. Включить длинные пути Win32 parametrini faollashtiring (Включено).

📥 Yuqorida keltirilgan harakatlarni qo‘lda bajarib o‘tirmaslik uchun ushbu tayyor reyestr tvikidan foydalanishingiz mumkin.

📌 P.S.: Ushbu yechimni bilmagan va fayllarni nusxalash hamda bir joydan boshqasiga to‘liq ko‘chirishda muammoga duch kelmaslik uchun ba’zi foydalanuvchilar Total Commander'ga murojaat etib yurishgan bo‘lsa ham ajabmas. 😉

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
🇰🇷 Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining tarkibiy agentligi hisoblangan Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi (National IT Industry Promotion Agency, NIPA) tomonidan tashkil etilayotgan Uzbekistan K-LAB ICT Education Center sizni 3D Printer va Laser Cutter darslariga taklif qiladi!

📢 18+ yoshdagilar uchun 3D Printer va Laser Cutter bo‘yicha intensiv BEPUL darslar!

🗓 13~26-oktyabr kunlari sizni quyidagi innovatsion texnologiyalar bilan tanishtiramiz:
🔹 3D printerdan foydalanish va modellashtirish

🔹 Laser cutter yordamida yog‘och, akril va boshqa materiallarda ishlash

🔹 Prototip tayyorlash va kichik hajmda ishlab chiqarish

🔹 Startap va ijodiy loyihalarda qo‘llash imkoniyatlari


⁉️ Barcha darslarga qayta qatnashish imkoniyati mavjud bo'lib, darslar dasturi bir xil !!!

📅 Dars jadvali:
▪️ 3D Printer:

13–17 okt, 18:00–22:00 (5 kunlik guruh)
18–19 okt, 14:00–18:00 (2 kunlik guruh)

20–24 okt, 18:00–22:00 (5 kunlik guruh)
25–26 okt, 14:00–18:00 (2 kunlik guruh)

▪️Laser Cutter:

13-17 okt, 15:00-19:00 (5 kunlik guruh)
18-19 okt, 14:00-18:00 (2 kunlik guruh)

20-24 okt, 15:00-19:00 (5 kunlik guruh)
25-26 okt, 14:00-18:00 (2 kunlik guruh)


🌐 Til: o‘zbek

🔗 Qabul 8-oktyabrgacha

Format: Offline

👉 USHBU HAVOLA orqali dastur bilan tanishib, ro'yxatdan o'ting.

TelegramInstagram
Manzil     | Website
👍3🔥2
Forwarded from IT specialist
#internet #game

🎮 Google'da sirli minio‘yinlarni faollashtiramiz

Google o‘z qidiruv tizimida biror yuz bergan voqea yoki tadbirlarga nisbatan munosabat bildirib eslatishni xush ko‘radi va bugun biz ushbu imkoniyatlar sarasiga kiruvchi ayrim minio‘yinlar haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Chrome brauzerida saytlarga o‘tish va ma’lumot izlash bilan bir qatorda, turli o‘yinlar o‘ynab, gohida vaqtichog‘lik qilish mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi.

Pac-Man. Sharpalardan qochib, missiya bajarish uchun qidiruv tizimiga “Google Pacman” so‘rovini yuborib, ENTER'ni bosing. “Играть” tugmasiga bosing. O‘yin mazmuni quyidagicha: barcha nuqtalarni yeyishingiz va sizni ta’qib etayotgan sharpalar iskanjasiga tushmaslik lozim.

Solitaire.Solitaire” so‘rovi bo‘yicha qidiruvni amalga oshiramiz. va “Играть” tugmasiga bosamiz. So‘ngra o‘yinning murakkablilik darajasi tanlagan holda kartalarni yoyamiz. Asosiysi – ko‘p muddat o‘tirib qolmaslik, chunki hammamizga ma’lumki, pasyans o‘yinchini o‘ziga rom etadi.

Tic-tac-toe. Qidiruv satriga “Tic-Tac-Toe”ni kiritamiz. Barchamizga ma’lum bo‘lgan krestik-nolik o‘yini ochiladi. Murakkablilik darajasini tanlagan holda kompyuterga qarshi yoki do‘stingiz bilan o‘ynashingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
Google Chrome'ni bir zumda tozalash
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish
Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
Google Chrome haqida yana bir hazil post
Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda
Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
Brauzer ishlashini tezlashtirish
Brauzerda videoning qotib ishlashi
Kesh nima?
Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍41
Forwarded from isroil/🧠AI blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 GOOGLE’DAN YANA BIR YANGILIK! 😱

Google Stitch endi Canvas funksiyasini taqdim etdi — barcha interfeysni bitta oynada ko‘rish va boshqarish imkoniyati!

🎨 Endi dizaynerlar yanada aniqroq qilib:
◀️ Interfeys ekranlarini to‘liq ko‘rishlari mumkin
◀️ Foydalanuvchi oqimlarini tahrirlash va sozlashlari mumkin
◀️ UX (User Experience)ni yaxshilash uchun test va iteratsiyalarni tezlashtirishlari mumkin

😮 Eng qizig‘i — bularning barchasini Figmaga ham ko‘chirish mumkin!

➡️ Sinab ko‘rish uchun shu yerga bosing↖️

@a1withus
😎3😁1
Forwarded from IT specialist
#smartfon #maslahat

📱 Xarid qilish oldidan ikki smartfonni barcha xususiyatlari bo‘yicha vizual solishtirish

Smartfon xususiyatlari bo‘ylab mustaqil ravishda o‘tib ko‘rish mumkin, albatta — chunki ularning tavsifi odatda batafsil keltiriladi. Biroq ularni unchalik tushunmagan taqdiringizda, xarakteristikalarni qanday solishtirishingiz mumkin? Yoki ularda sezilarli farq bo‘lmasa-da, bir smartfon ikkinchisini ish samaradorligi bo‘yicha testlarda ishonchli tarzda ortda qoldirsachi?

Ikki smartfon xususiyatlarini solishtirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan maxsus xizmat mavjud. U e’tibor berilishi lozim bo‘lgan eng muhim joylarni ajratib, ularni sodda tilda tushuntiradi.

Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. NanoReview saytiga o‘tamiz.

2️⃣. Qidiruv satrlariga kerakli qurilmalar brendi va modellarini kiritamiz.

3️⃣. “Сравнить” tugmasini bosamiz.

Barchasi oddiy! “Ключевые отличия” bo‘limida smartfonlarning eng muhim afzalliklari haqida umumiy ma’lumotni ko‘rish, “Цена/Качество” bo‘limida smartfonlardan qaysi biri o‘z narxiga ko‘ra yaxshiroq ekanini bilish mumkin. Quyiroqda esa — smartfonlarni har tomonlama batafsil taqqoslanishi keltiriladi.

📝 Manba: @tech_lifehacks

📌 P.S.: Maqolada keltirilgan xizmatga muqobil va o‘z ishini juda yaxshi uddalovchi veb-sayt bilan ham tanishing: GSMArena

ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
2025/10/17 06:11:30
Back to Top
HTML Embed Code: