Telegram Web Link
📌 🟦🟦🟦
📊 Bozor yo‘nalishini PCE statistikasi belgilaydi

Avgust oyidagi shaxsiy daromadlar va xarajatlar bo‘yicha hisobot, jumladan iste’mol xarajatlari indeksi (PCE) e’lon qilinishi kutilmoqda. Federal rezerv uchun bu inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Kutilayotgan natija: iyulga nisbatan bazaviy ko‘rsatkich 0,2% ga o‘sishi.

— Inflyatsiya signallari
Zaif inflyatsiya ko‘rsatkichlari yuqori xarajatlar fonida iqtisodiyotning “yumshoq qo‘nishi”ni tasdiqlaydi va xavfga bo‘lgan ishtahani oshiradi. Aksincha, PCE kutilganidan yuqori chiqsa va xarajatlar kuchli bo‘lsa, bu pul-kredit siyosatini yumshatishni sekinlashtiruvchi omil sifatida qaraladi.

— Tramp tashabbuslari
1-oktabrdan boshlab Tramp patentlangan dorilar importiga 100% va og‘ir yuk mashinalariga 25% boj joriy etilishini ma’lum qildi. Bu farmatsevtika va sanoat sohalarida xavf tug‘dirib, savdo jarayonida bosimni kuchaytirishi mumkin.

— TikTok kelishuvi
Tramp TikTok bo‘yicha bitimni ma’qulladi. Biroq kelishuvni yakunlash uchun Xitoy hukumatining ruxsati zarur. Shu bois noaniqlik hanuz saqlanib qolmoqda.

— Bozor kayfiyati
Xavf muvozanati neytral, volatillik esa yuqori darajada. S&P 500 indeksi 6540–6670 punkt oralig‘ida tebranishi kutilmoqda.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3830👍20🔥15💯1
📢 Tramp va Pauell qarama-qarshiligi bozorlarni larzaga solmoqda

Prezident Donald Tramp shanba kuni Federal rezerv raisi Jerom Pauell bilan kelishmovchiligini yanada kuchaytirdi. U Truth Social’da Pauellni ishdan bo‘shatayotganini tasvirlagan karikaturani joylashtirdi va bu bozorlar uchun yangi noaniqlik manbai bo‘ldi.

— Trampning posti
Karikaturada Tramp “Siz ishdan bo‘shatildingiz!” deb aytayotgani, Pauell esa qo‘lida idoradagi buyumlari solingan qutini ushlab, xafa ko‘rinishda tasvirlangan. Tramp ilgari ham Pauellni lavozimidan olish fikrini bildirgan edi.

— Pauell muddati
Jerom Pauellning raislik muddati 2026-yil may oyida tugaydi. U bir necha bor lavozimda o‘sha vaqtga qadar qolishini ta’kidlagan.

— Rasmiy izohlar
Federal rezerv kengashi izoh bermadi, Oq uy esa sharh so‘roviga darhol javob qaytarmadi. Bu esa moliya bozorlarida taranglikni kuchaytirib, investorlarning haftaning boshida qanday munosabat bildirishiga oid savollarni yuzaga keltirmoqda.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48👏3327🔥21🤯4🤔2💯1
🌍 2026-yil real GDP o‘sishi prognozi (OECD ma’lumotlari bo‘yicha)

OECD
prognozlariga ko‘ra, 2026-yilda dunyo iqtisodiyotida o‘sish sur’atlari biroz sekinlashadi, biroq ayrim davlatlar yuqori natijalarga erishishi kutilmoqda. Eng tez o‘sish asosan Osiyo mamlakatlari hamda rivojlanayotgan bozorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🇮🇳 Hindiston – 6.2%
🇮🇩 Indoneziya – 4.9%
🇨🇳 Xitoy – 4.4%
🇸🇦 Saudiya Arabistoni – 3.9%
🇹🇷 Turkiya – 3.2%
🇰🇷 Janubiy Koreya – 2.2%
🇦🇺 Avstraliya – 1.3%
🇲🇽 Meksika – 1.3%
🇨🇦 Kanada – 1.2%
🇩🇪 Germaniya – 1.1%


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3928👏27🔥21🤔2
🔅 Dushanba kuni oltin narxi untsiya uchun 3 800 dollardan yuqoriga sakrab, rekord darajaga chiqdi.

Bunga dollarning zaiflashishi hamda Federal Rezerv bu yil foiz stavkalarini yanada pasaytirishi haqidagi kutilmalar turtki bo‘ldi.


🛢 Dushanba kuni neft narxlari pasaydi.

Bunga Iroqning Kurdiston mintaqasi dam olish kunlari Turkiya orqali xom neft eksportini qayta tiklagani va OPEC+’ning noyabr oyida yana neft ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejalari sabab bo‘ldi. Bu esa jahon ta’minotiga qo‘shimcha hajm qo‘shmoqda.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🔥37👏2827💯1
📌 🟦🟦🟦

AQSh fond bozorlari qisqa muddatli byudjet masalasi va siyosiy kelishuvlar fonida yuqori noaniqlikda savdo qilmoqda. Investorlar hukumat faoliyatidagi xavf va diplomatik uchrashuvlardan keladigan yangiliklarga e’tibor qaratmoqda.

— Asosiy xavf
1-oktabrdan hukumatning qisman shutdown xavfi saqlanib qolmoqda. Respublikachilar 21-noyabrgacha vaqtinchalik byudjetni taklif qilmoqda, demokratlar esa sog‘liqni saqlashga qo‘shimcha mablag‘ qaytarishni va ACA subsidiyalarini uzaytirishni talab qilmoqda. Bu bozor volatilligini oshirmoqda.

— Diplomatik uchrashuv
AQSh prezidenti Donald Trump va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uyda uchrashib, G‘azo va kengroq Yaqin Sharq bo‘yicha muzokara o‘tkazadi. Bu esa mudofaa, energiya va xavfsiz aktivlar bo‘yicha qisqa muddatli tebranishlarni kuchaytirishi mumkin.

— Makroiqtisodiy kalendar

Bugun asosiy e’tibor uy-joy bozoridagi tugallanmagan bitimlar statistikasi hamda Fed amaldorlari — Christopher Waller, John Williams va Robert Perli izohlariga qaratiladi. Ularning fikrlari stavka traektoriyasi, inflyatsiya xavflari va moliyaviy sharoitlarga oid qo‘shimcha signallar berishi mumkin.

— Bozor kutilmalari
Balans riski neytral, volatillik o‘rtacha. S&P 500 ko‘rsatkichi 6600–6700 punkt oralig‘ida tebranishi prognoz qilinmoqda.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏33🔥2923👍18
🌏 Jahon qarzi rekord darajada oshib bormoqda

Xalqaro moliya instituti (IIF)
ma’lumotlariga ko‘ra, global qarz hajmi 2025-yilning ikkinchi choragida 337,7 trillion dollarga yetdi. Bu yil boshidan buyon 21 trillion dollardan ortiq o‘sib, jahon iqtisodiyotiga katta bosim qilmoqda.

— Eng katta o‘sish manbalari
Qarzning asosiy ortishi Xitoy, Fransiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Yaponiya hissasiga to‘g‘ri keladi.

— Qarz va YaIM nisbati
Dunyo miqyosida qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati 324% dan yuqori darajada saqlanmoqda. Rivojlanayotgan bozorlar uchun bu ko‘rsatkich rekord 242,4% ga yetdi. Umumiy qarz hajmi 109 trillion dollardan oshdi.

— Asosiy xavf
Qarzning ko‘payishi asosan davlat qarzlari bilan bog‘liq. Ayniqsa, G7 davlatlari va Xitoyda bu tendensiya kuchliroq. 2025-yil oxirigacha rivojlanayotgan mamlakatlar 3,2 trillion dollar qarzni qaytarishi kerak bo‘ladi.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏75👍53🔥3029🤔3
❗️🇺🇸 Tarixiy burilish: Deyarli 30 yildan so‘ng birinchi marta xorijiy markaziy banklarning oltin zaxiralari hajmi AQSh g‘aznachilik obligatsiyalari hajmidan oshib ketdi. Bu esa jahon moliya tizimida oltinning ahamiyati ortayotganidan dalolat beradi.

📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏39🔥3327👍16🤔1💯1
🌏 Rynok AQSh hukumati “shutdown” oldida

Bugungi savdo sessiyasida asosiy noaniqlik omili — AQSh hukumati moliyalashtirilishining to‘xtash xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Kechagi muzokaralarda partiyalar muhim kelishuvga erishmadi. Moliyalashtirish muddati — 30-sentabr. Agar “shutdown” yuz bersa, muhim makrohisobotlar, jumladan juma kungi bandlik statistikasi, kechiktirilishi mumkin.

💬 Polymarket 1-oktabr kuni “shutdown” ehtimolini 75% dan yuqori deb baholadi.

— Asosiy e’tibor
Investorlar uchun asosiy drayverlar — JOLTS avgust hisobotlari va Conference Board iste’molchilar ishonch indeksi. Ochiq ish o‘rinlari kutilmoqda 7,1–7,2 mln (iyul: 7,181 mln). Bu mehnat bozorining asta-sekin sovuqlashayotganini ko‘rsatadi.

— Iste’molchilar kayfiyati
Conference Board indeksi bo‘yicha prognoz — 96,0 punkt (avvalgi 97,4 ga nisbatan). Bu esa optimizm pasayayotganidan darak beradi.

— Bozor kayfiyati
Balans — neytral, volatillik — o‘rtacha. S&P 500 bo‘yicha tebranishlar 6600–6700 punkt diapazonida kutilmoqda.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏68🔥3522👍8💯1
JAHON Insights
🌏 Rynok AQSh hukumati “shutdown” oldida Bugungi savdo sessiyasida asosiy noaniqlik omili — AQSh hukumati moliyalashtirilishining to‘xtash xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Kechagi muzokaralarda partiyalar muhim kelishuvga erishmadi. Moliyalashtirish muddati —…
Polymarket platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 1-oktabrdan boshlab hukumat ish faoliyati vaqtincha to‘xtashi — ya’ni “shutdown” yuz berish ehtimoli 75% dan yuqori baholanmoqda.

“Shutdown” — bu Kongress federal byudjetni vaqtida tasdiqlamaganida, davlat idoralarining moliyalashtirilishi to‘xtashi demakdir. Natijada minglab davlat xizmatchilari vaqtincha ish haqisiz ta’tilga chiqariladi, ayrim xizmatlar sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi.

📉 Agar bu safar ham kutilyotganidek “shutdown” bo‘lsa, qisqa muddatda fond bozorlari pasayishi, dollar va obligatsiyalar bo‘yicha noaniqlik kuchayishi mumkin. Lekin odatda muammo hal etilgach, bozor tezda tiklanadi.

📜 Tarixda esa AQShda 20 dan ortiq “shutdown” bo‘lgan. Eng uzun to‘xtash 2018–2019 yillarda kuzatilib, 35 kun davom etgan. O‘sha paytda S&P 500 indeksi qisqa muddatli pasayishdan so‘ng tezda o‘zini tiklagan.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏35🔥3424👍16💯1
🔅 Oltin narxi AQSh hukumati yopilishi xavfi va stavka pasayishi kutilayotgani fonida rekord darajaga chiqdi

Chorshanba kuni oltin narxi tarixiy cho‘qqiga ko‘tarildi. Investorlar AQSh hukumati yopilishi xavfi kuchaygani bois xavfsiz aktivlarga murojaat qilmoqda. Shu bilan birga, sust mehnat bozoriga oid ma’lumotlar Federal Rezervning keyingi foiz stavkasi pasaytirishi haqidagi taxminlarni yanada mustahkamladi.


🛢 Neft bozori OPEC+ ishlab chiqarishni oshirish rejasi va AQShdagi zaxiralar pasayishi ehtimoli o‘rtasida barqarorlashdi

Ikki kunlik pasayishdan so‘ng, chorshanba kungi erta savdolarda neft narxlari muvozanatni saqladi. Investorlar OPEC+’ning kelasi oy ishlab chiqarishni ko‘paytirish ehtimolini AQSh xom nefti zaxiralari qisqarishi prognozi bilan taqqoslamoqda.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏48👍4025🔥23🤯1💯1
🌏 Fond bozori “shutdown” bosimi ostida

🇺🇸 AQSh hukumatining moliyalashtirilish to‘xtashi (shutdown) tufayli yarim tundan boshlab taxminan 750 ming federal xodim vaqtincha maosh to‘lovi bo‘lmagan ta’tilga yuborilishi mumkin. Bu iqtisodiyotga kuniga qariyb $400 mln zarar keltiradi. Tarixda bunday vaziyatlar bozorni katta pasayishlarga olib kelmagan bo‘lsa-da, bu safargi holat yanada xavfliroq ko‘rinmoqda.

— Makrodrayverlar
Bugun ADP xususiy sektor bandlik hisobotini kutmoqdamiz. U vaqtincha rasmiy non-farm payrolls o‘rnini bosadi. Prognoz — 50 ming ish o‘rni yaratilishi (avgust: +54 ming). Har qanday kutilmagan o‘zgarish bozorlarni harakatlantirishi mumkin.

— Sanoat sektori
ISM ishlab chiqarish faolligi indeksi ham e’lon qilinadi. Kutilayotgan qiymat — 49 punkt. Yuqori ko‘rsatkich sektorda barqarorlashuv signali, pastroq natija esa iqtisodiyotning sekinlashuvini tasdiqlaydi.

— Indekslar dinamikasi
AQSh fond bozoridagi fyucherslar pasayish ko‘rsatmoqda. Balans — salbiy, volatillik — yuqori. S&P 500 tebranishlari 6590–6700 punkt oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37👏32🔥3130💯2
JAHON Insights
🌏 Fond bozori “shutdown” bosimi ostida 🇺🇸 AQSh hukumatining moliyalashtirilish to‘xtashi (shutdown) tufayli yarim tundan boshlab taxminan 750 ming federal xodim vaqtincha maosh to‘lovi bo‘lmagan ta’tilga yuborilishi mumkin. Bu iqtisodiyotga kuniga qariyb…
‼️ AQSh hukumati faoliyati to‘xtadi: kelishuv amalga oshmadi

Chorshanba tongida AQSh hukumati rasmiy ravishda faoliyatini to‘xtatdi. Bu yuz minglab federal xodimlarning ta’tilga chiqishiga va ko‘plab muhim dastur hamda xizmatlarning yopilishiga olib kelmoqda. Tramp, respublikachilar va demokratlar mablag‘ taqsimoti borasida kelisha olmadi.

📊 Fond bozoriga ijobiy ta’sirlar

— Hukumatning faoliyati to‘xtashi qisqa muddatli bo‘lsa, investorlar uni vaqtinchalik xavf sifatida ko‘rishi mumkin.

Yaqin kunlarda BLS (Mehnat statistikasi byurosi) rahbarligiga yangi nomzod tayinlanishi bozor ishtirokchilarida iqtisodiy ma’lumotlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha umid uyg‘otadi.

— Trampning iqtisodiy islohotlar va davlat xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish tashabbuslari ayrim investorlarga byudjet samaradorligini oshirish ehtimolini ko‘rsatishi mumkin.

📉 Fond bozoriga salbiy ta’sirlar

— Hukumat faoliyatining to‘xtashi yuz minglab federal xodimlarning ta’tilga chiqishiga va muhim xizmatlarning yopilishiga olib kelishi — bu esa iqtisodiy faollikni pasaytiradi.

— Siyosiy kelishmovchiliklar (Tramp, respublikachilar va demokratlar o‘rtasida) investorlar orasida noaniqlikni kuchaytiradi.

— Makroiqtisodiy statistikani (masalan, bandlik hisobotlari) e’lon qilishdagi uzilishlar bozor uchun muhim ma’lumotlarning kechikishiga sabab bo‘ladi.

— Davlat qarzining oshishi fonida bozorlar Amerika iqtisodiyotining moliyaviy barqarorligiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishi mumkin.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏40🔥37👍3531
AQSh fond bozorlari hukumat ishdan to‘xtashiga qaramay barqaror

Indekslar dinamikasi (fyucherslar)
— Dow Jones: −0,06% (−30 punkt)
— S&P 500: −0,04%
— Nasdaq 100: o‘zgarishsiz


— Bozorlar va yangi rekordlar


Chorshanba kuni asosiy AQSh indekslari ijobiy yakunlandi. BATAFSIL:👉 https://telegra.ph/AQSh-fond-bozorlari-hukumat-ishdan-toxtashiga-qaramay-barqaror-10-02

📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42🔥3530💯2🫡1
🅰🅰🅰🅰🅰🔣🅰🅰🅰🅰

🔅 Oltin narxi AQSh hukumati yopilishi fonida rekord darajaga chiqdi

Chorshanba kuni oltin narxlari tarixiy cho‘qqiga ko‘tarilib, bir unsiya narxi qariyb 4 000 dollarga yetdi. Bu, so‘nggi yetti yil ichida ilk bor AQSh hukumati moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sababli yopilish holatiga tushganidan keyin yuz berdi.


🛢 Neft narxlari AQSh va Osiyo iqtisodiy xavotirlari hamda OPEC+ ishlab chiqarish oshirishi kutilayotgani sababli pasaydi

Chorshanba kuni neft narxlari ketma-ket uchinchi kun ham pasayib, pastlashni davom ettirdi. AQSh hukumati yopilishi global iqtisodiyotga oid xavotirlarni kuchaytirar ekan, treyderlar kelasi oy OPEC+ tomonidan bozorga qo‘shimcha taklif chiqarilishi kutilayotganini inobatga olishmoqda.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏38🔥3224👍6💯1🫡1
🟥 AQSh Moliya vaziri: Hukumat yopilishi YaIMga zarba berishi mumkin

AQSh Moliya vaziri Skott Bessent CNBC telekanaliga bergan intervyusida hukumat faoliyatining to‘xtashi mamlakat iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu jarayon YaIM pasayishiga va oddiy amerikaliklar uchun iqtisodiy og‘irliklarga olib keladi.

— Bessent ogohlantiruvi
“Bu muloqot qilishning yo‘li emas – hukumatni yopish va YaIMni pasaytirish noto‘g‘ri,” dedi u jonli efirda. “Biz YaIMga zarba, o‘sishga zarba va ishlayotgan amerikaliklarga zarba bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.”

— Vaziyat tafsilotlari
Vazir ushbu fikrlarni hukumat yopilishining ikkinchi kunida bildirdi. Vashingtonda ikki tomon hali ham davlat xarajatlarini davom ettirishga imkon beradigan vaqtinchalik qaror yuzasidan kelisha olgani yo‘q.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏65🔥3824👍14
📌 🟦🟦🟦
“Shutdown” sabab statistik ma’lumotlar kechikdi

AQShda hukumat faoliyatining to‘xtashi tufayli mehnat bozori bo‘yicha asosiy hisobot noma’lum muddatga kechiktirildi. O‘rniga xizmatlar sektori faoliyatini aks ettiruvchi PMI indekslari e’lon qilinadi.

— ISM indeksi
Sentyabr uchun prognoz: 51,7 punkt (avgust: 52,0). Bunday ko‘rsatkichlar fond bozorida risksiz muvozanat uchun ijobiy signal bo‘lishi mumkin.

— S&P Global PMI
Xizmatlar sektori uchun dastlabki qiymat 53,9 punkt. Investorlar yakuniy hisobot ushbu ko‘rsatkichni tasdiqlashiga katta e’tibor qaratmoqda. Bu, rasmiy statistik ma’lumotlar kechikayotgan bir paytda, sektorning holatini ko‘rsatib beradi.

— Siyosiy vaziyat

Senatda hukumatni moliyalashtirish bo‘yicha muhim ovoz berish kutilmoqda. Oq uy bosimni kuchaytirmoqda: Donald Trump davlat xizmatchilarining qisqarishi mumkinligini ogohlantirdi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, qisqartirilishi mumkin bo‘lgan idoralar ro‘yxati allaqachon tayyorlanmoqda.

— Indekslar dinamikasi
Balans riski – neytral, volatillik – o‘rtacha.
Kutilayotgan harakat: S&P 500 — 6690–6760 punkt.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3630👏28👍18🤯1💯1
🅰🅰🅰🅰🅰🔣🅰🅰🅰🅰
🔅 Oltin birinchi bor 3 900 dollar/unsiya darajasidan oshdi — xavfsiz aktivlarga talab oshmoqda

Dushanba kuni oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 3 900 dollardan oshdi. Bunga yapon iyenasining pasayishi va AQSh hukumati yopilishi sababli xavfsiz aktivlarga bo‘lgan talabning kuchayishi turtki berdi. Shuningdek, Federal Rezerv tomonidan qo‘shimcha foiz stavkalari pasaytirilishi mumkinligi haqidagi kutilmalar ham bozorni qo‘llab-quvvatladi.


🛢 OPEC+ ishlab chiqarishni kutilganidan kam oshirgach, neft narxi 1 foizga ko‘tarildi

Dushanba kuni ertalabki savdolarda neft narxlari qariyb 1 foizga o‘sdi. OPEC+ tashkiloti ishlab chiqarish hajmini kutilganidan kichikroq miqdorda oshirishini e’lon qilgani natijasida, taklif ortishi borasidagi xavotirlar yumshadi va narxlar o‘sishga yuz tutdi.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥3423👏20💯2
📌 🟦🟦🟦
🇺🇸 Siyosiy noaniqlik markazda

AQShda hukumat faoliyatining to‘xtashi (shatdaun) va Donald Trumpning federal xizmatchilarni ommaviy ishdan bo‘shatish haqidagi tahdidlari investorlar e’tibor markazida qolmoqda. Milliy iqtisodiy kengash direktori Kevin Hassett bu ehtimoliy ssenariyga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqladi — bu iqtisodiyot uchun yangi xavf omili sifatida baholanmoqda.

— Kongressdagi bahslar

Demokratlar ACA (Affordable Care Act) doirasida tibbiyot sohasiga berilgan soliq imtiyozlarini doimiy ravishda uzaytirish va xarajatlarni qisqartirishdan voz kechish kafolatini talab qilmoqda.Respublikachilar esa hukumat ishini qayta yo‘lga qo‘yish tarafdori.

Bugun vaqtinchalik moliyalashtirish bo‘yicha beshinchi ovoz berish va demokratlarning muqobil taklifi kutilmoqda. Hozircha hech bir tashabbus zarur 60 ovozni to‘play olgani yo‘q. Muzokaralardagi yangiliklar kun davomida volatillikning keskin oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.

— Makroiqtisodiy ma’lumotlar
Bugun yengil yuk avtomobillari savdolari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar e’lon qilinadi. Agar natijalar past bo‘lsa, bu avtomobilsozlik sektori aksiyalariga bosim o‘tkazishi mumkin.

— Bozor kayfiyati
AQSh indekslari fyucherslari ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda.
Balans riski — neytral, volatillik — o‘rtacha.
Kutilayotgan harakat: S&P 500 – 6690–6760 punkt oralig‘ida.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏34🔥3024
🇺🇸 New York Stock Exchange (NYSE) — bu dunyodagi eng yirik va eng mashhur fond birjasidir. U Nyu-Yorkning Wall Street ko‘chasida joylashgan bo‘lib, global moliya markazining yuragi hisoblanadi. Har kuni bu yerda trillionlab dollarlik savdolar amalga oshiriladi. NYSE nafaqat AQSh, balki butun dunyo iqtisodiy barqarorligining timsoli sanaladi.

🏛 Tarixiy kelib chiqishi

NYSE 1792-yil 17-mayda 24 nafar broker tomonidan imzolangan “Buttonwood Agreement” asosida tashkil topgan. Ular Nyu-Yorkdagi ko‘chada, daraxt soyasida kelishuv tuzishgan. Dastlab “New York Stock & Exchange Board” nomi bilan tanilgan bu birja 1863-yilda hozirgi nomini oldi. 230 yildan ortiq tarixga ega NYSE bugun ham o‘z mavqeini yo‘qotmagan.

💰 Bozor hajmi va qudrati

NYSE dunyodagi eng katta fond bozori bo‘lib, unda ro‘yxatga olingan kompaniyalarning umumiy qiymati 28 trillion dollardan ortiq. Bu raqam butun Yevropa iqtisodiyotidan ham katta. Birjada Apple, Coca-Cola, Microsoft, Chevron, JPMorgan Chase kabi gigant kompaniyalar aksiyalari savdoga qo‘yilgan. NYSE — global sarmoya oqimining eng muhim manbai.

🧩 Tuzilishi va egasi

NYSE 2013-yildan beri Intercontinental Exchange (ICE) korporatsiyasiga tegishli. U ilgari foyda qilmaydigan tashkilot bo‘lgan, ammo 2006-yilda jamoat kompaniyasiga aylangan. Shu orqali u yanada zamonaviy, raqamli va xalqaro moliya tizimining ajralmas qismiga aylandi.

🕒 Savdo tizimi

NYSE gibrid savdo tizimi bilan mashhur: elektron savdo ham, an’anaviy “trading floor”dagi jonli bitimlar ham mavjud. Savdolar har kuni dushanbadan jumagacha soat 9:30 dan 16:00 gacha (AQSh sharqiy vaqti bilan) olib boriladi. Bozor keskin tushsa, “circuit breaker” tizimi avtomatik tarzda savdoni to‘xtatadi — bu investorlarni vahimadan himoya qiladi.

🏗 Binoning o‘ziga xosligi

NYSE binosi 1903-yilda qurilgan bo‘lib, u o‘zining klassik ustunlari va tarixiy fasadi bilan mashhur. Binoning ichida joylashgan savdo zali bir vaqtlar AQShdagi eng yirik yopiq joylardan biri bo‘lgan. Har kuni savdo qo‘ng‘iroq (bell) chalish marosimi bilan boshlanadi va yakunlanadi — bu an’ana hali ham davom etmoqda. Qo‘ng‘iroqni odatda mashhur mehmonlar — kompaniya rahbarlari, sportchilar yoki aktyorlar chaladilar.

👩‍💼 Ayollar va tarixiy burilishlar

1967-yilda Muriel Siebert NYSE’da faoliyat yuritgan birinchi ayol broker bo‘ldi. Bu tarixda muhim burilish bo‘lib, ayollar uchun moliya sohasida yangi yo‘l ochdi. 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi sababli birja birinchi marta o‘z tarixida to‘liq masofaviy elektron savdo tizimiga o‘tdi.

📊 Indekslar va ta’siri

NYSE — dunyoning eng mashhur indekslarining uyi:
Dow Jones Industrial Average (DJIA) — eng yirik 30 kompaniya.
S&P 500 — AQShning 500 yirik kompaniyasi.
NYSE Composite Index — birjadagi barcha kompaniyalarni o‘z ichiga oladi.

Bu indekslardagi o‘zgarishlar butun dunyo iqtisodiy ahvolini aks ettiradi.

⚠️ Inqirozlar va sinovlar

NYSE ko‘plab sinovlarni boshidan kechirgan. Eng mashhuri — 1929-yilgi “Black Thursday” va “Black Tuesday”, ya’ni qora kunlardir. O‘sha paytda aksiyalar narxi keskin tushib, “Buyuk Depressiya” boshlangan. 2001-yil 11-sentabr hujumlaridan so‘ng birja to‘rt kunga yopilgan, ammo qisqa vaqt ichida tiklanishga muvaffaq bo‘lgan. Bu uning mustahkamligi va global ahamiyatini yana bir bor isbotlagan.


New York Stock Exchange — bu shunchaki fond birjasi emas, balki ikki asrdan beri moliya tarixini yozayotgan global institutdir. U innovatsiya, ishonch va barqarorlik timsoli bo‘lib qolmoqda.


📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50👏3633🔥30💯1
AQSh Dollari Kursi (DXY)

2025-yil 7-oktabr holatiga ko‘ra, AQSh dollari indeksi (DXY) 98.4459 darajaga ko‘tarildi, bu avvalgi sessiyaga nisbatan 0,34 % o‘sishni bildiradi. So‘nggi bir oy davomida dollar 1,02 % ga mustahkamlangan bo‘lsa-da, oxirgi 12 oy ichida u 3,95 % ga pasaygan. Tarixan, AQSh dollari eng yuqori darajaga 1985-yil fevral oyida — 164,72 ko‘rsatkichida erishgan.

📊 JAHON Insights
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3533👍29🔥22
2025/10/17 22:59:51
Back to Top
HTML Embed Code: