Telegram Web Link
50km - Zomin tog’laridagi ilk Ultra marafonim!

Yugurishda marafon masofasi bor - 42 km. Undan yuqori masofalar Ultra marafon deb ataladi va odatda 50kmdan boshlanadi. Men shu paytgacha 7 ta marafon yugurganman (6 ta katta Major marafonlar va Doha marafoni) va bitta Ironman 70.3 masofasini bosib o’tganman.

Lekin, Ultra marafon bu men uchun yangilik va yangi daraja bo’ldi. Zomindagi Ultra marafonning 50km masofasiga ro’yxatdan o’tganimda bu darajada qiyin bo’ladi deb o’ylamagan edim. Deyarli 8 soat vaqt ichida to’xtamasdan, tepa-pastlik, adirlik va to’gliklarda yugurish sizdan nafaqat chidamlilik, balki mustahkam iroda ham talab qiladi. Pastga tushishda oson bo’lishi mumkin, lekin tog’liklarga ko’tarilishda hatto yurishga ham kuch qolmaydi. Vaqt limiti qo’shimcha psixologik bosim beradi.

Ustozim Shoxrux aka bilan masofani birga bosib o’ttik, ular motivatsiya berib, qo’llab va kerak joyda urishib ham berdilar) Ular nafaqat men balki o’nlab shogirdlarini qo’llash uchun ham qatnashdilar. 2 marta full Ironman masofasini bosib o’tgan Shoxrux aka uchun 50km nima bo’libdi 🙂

Qiyinchiliklarga qaramasdan, Allohning marhamati va yordami bilan Zaamin Ultra marafonida 50kmlik masofani tahminan 7 soat 45 daqiqada bosib o’ttim va limitga tushdim!

Men bu musobaqada yugurishni yangidan kashf qildim! Zaamin ultra marafoni men uchun yangi sport maqsadlar qo’yishga sababchi bo’ldi! Ultra marafon bu tana charchaganda ham, yurak bilan davom etishni o‘rgatadigan masofa ekan!

Fikr qoldirish uchun shu matn ustiga bosing
Barchaga xayrli kech

Kitob o’qib eslab qolishga qiynalyapsizmi? Xurshid aka yaxshi tavsiya beribdilar 👇👇👇

https://www.youtube.com/watch?v=vdPfZIGyUjo
Alisher Sa’dullayev Stanforddagi “Stanford Executive Programm” dasturida o’qiyotganini eshitib juda hursand bo’ldim! O’tgan yili Akmal aka Paiziyev o’qishni boshlaganida sahifasini kuzatib ko’p ma’lumot olgan edim, menga yoqqani sabab o’sha yerda o’qishni niyat qilgan edim. Mana endi Alisher Sa’dullayev ham borib o’qimoqda va bu haqida @stanford_kundaligi kanalida yoritib bormoqda. Obuna bo’lishni tavsiya qilaman, jarayonni kuzatib sizda ham huddi shunday yaxshi bir orzu paydo bo’ladi!

O’ylaymanki Akmal Paiziyev va Alisher Sa’dullayev kabi insonlar Stanfordda o’qishi boshqa yoshlarga, o’zbeklarga katta shijoat beradi, miyyadagi chegaralarni olib tashlaydi. Hammamizga shu kabi dargohlarda o’qish va u yerdagi bilimlarni olib yurtimiz rivojiga ishlatish nasib qilsin 🤲

@jahongir_pulatov_blog
Ta’lim sohasi O’zbekistondagi eng innovatsion va raqobat katta sohalardan biri deb o’ylayman. Raqobat bor joyda har doim yangi g’oya va yondashuvlar bo’ladi.

Huddi shunday yondashuvni Najot Ta’lim o’quv markazi bugun bir qisqa taqdimotda e’lon qilibdi. Eng qizig’i endi Najot Ta’limga kurslarga yozilish uchun taklifnoma kerak ekan) Juda noodatiy uslub.

Taqdimotni ko’rishni tavsiya qilaman 👇🏻👇🏻👇🏻

https://youtu.be/tUvJJQQxvvc?si=_mf8Vl_5tMkMg2SV
2025/07/04 14:28:38
Back to Top
HTML Embed Code: