Telegram Web Link
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Сахий инсонлар кўмагига муҳтож оилаларга ёрдам берган инсонлар барака топсин!

Бу галги мурожаатчимиз — жажжи қизалоқ Ахмаджонова Робия. 1 ёшда.

Хасталик ташхиси — юз жағ ўсимтаси лимфангиома, 1-гуруҳ ногирони…

🇸🇱Uzcard карта рақами:
8600530461266325
Алиханова Умида
+998901786232

Манзил: Наманган вилояти, Норин тумани, Шаҳидмозор МФЙ.
👍6
CHALLENGE 2023 - VEBINAR

🔥 O’quv markazi egalariga shaxsiy rivojlanish va samaradorlik bo’yicha vebinar.

🚀 Modme jamoasidan 2023-yilning ilk vebinarini kutib oling! Barcha o’quv markaz rahbarlari uchun navbatdagi juda foydali va manfaatli bo’lishi kutilayotgan vebinar 28-yanvar soat 20:00da bo’lib o’tadi.

💻 Ushbu vebinarda Jahongir Po’latov tadbirkor sifatida qanday qilib samardorlikni oshirish va shaxsiy rivojlanishning biznesga ta'siri haqida trening o'tib beradi.

Shu bilan birga Modme ga qo'shilayotgan funksiyalar bilan tanishtiradi.

🔥 Eng quvonarlisi ushbu vebinarda "MODME - FOUNDERS CLUB" o'quv markazlar egalarining klubini tashkil etilishi va unga qanday a'zo bo'lish haqida ham bilib olasiz

👇 Ushbu link orqali vebinarga ro’yxatdan o’ting va maxsus guruhimizga qo’shilib oling:
https://bit.ly/3wmTdpU

P.S. Ushbu vebinarni  aslo o’tkazib yubormang!
🔥11👍6🤩3👎1
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
"At-tasʼhiluz zaruriy"

Mazkur kitob Imom Quduriyning fiqhiy masalalar to‘g‘risidagi to‘plamining yengillashtirilgan bayonidir.

Kitob boshlovchilarning fahmi tez qabul qiladigan, zehnda yodlab qolish oson bo‘lgan tarzda, savol-javob tartibida tayyorlangan.

Asar tahorat masalalari bilan boshlanib, meros ahkomlarini bayon qilish bilan nihoyalanadi.

Muqova — qattiq;
O‘lchami — 18x25;
Sahifa — 419 bet;
Narxi — 138.000 so‘m.

🚚 Toshkent shahri bo’ylab 15.000 so’mga yetkazib beramiz.

Buyurtma uchun @qamar_delivery profiliga murojaat qiling yoki +998998454400 raqamiga bog’laning.

Manzil: Alisher Navoiy ko'chasi, 42-uy.

🌓 @qamarbooks
👍10
Forwarded from Cambridge LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​Sen ham inglizcha gapiraman deb, uyalib qolma! 😉

O’zingni qiynama, Cambridge’ga bor! 😎

CAMBRIDGE - Impossible is possible!

📞 Tel: +998787777774
😁15🔥9👍62
Shu ulug' kunlarda ehson qilishga imkoniyati bor yaxshilar, 1991-yil tug'ilgan ukamiz, hozirda 2 ta buyrak qurishi kasalligi bilan og‘ir yotibdi.

Oz bo'lsa ham shu Ahrorjonning tuzalib ketishiga yordam qo'lini ayamaydiganlarni Alloh mukofotlasin.

Maxsus yordam guruhi: https://www.tg-me.com/+m1D8nTfIskc3ZWFi

Uzcard: 8600042319073341
       
Qurbonov Axror G'ayrat o'g'li
Murojat uchun  tel: +998912273456
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
24👍8
Barchaga xayrli kech!

Modme loyihasidan sizlarga juda katta yangiligimiz bor 🔥 Tez kunlarda xabarini beraman)

Oramizda EDTECH sohasiga qiziqadiganlar bormi? Izohlarda yozib qoldiring 👇

ps: EDTECH: EDucation & TECHnology so’zlarining boshi olingan bo’lib ta’limda yangi texnologiyalarni qo’llashni anglatadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥5👍4
Obunachilarimiz orasidagi Online darslar yozadigan kuzatuvchilarimizga bir savolim bor!

- Odatda kurslaringizni qanday vosita yordamida yozib olasiz?

- Kurs yozib olishda odatda nima muommolarga duch kelyapsiz?

- Kurslaringizni sifatli yozib olishda nimalar muhim deb o’ylaysiz?

- Kurslar tayyorlash jarayonidan qanday natija kutasiz?

Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring👇🏻👇🏻
👍13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangilik🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yuksalish liderlar akademiyasidagi eng kuchli o'quvchilar va qabulga yozilayotgan omadli nomzodlardan iborat maxsus Alif guruhlarini tashkil qilayotganimizni e'lon qilamiz.

O'quvchilarimiz orasidan saralangan bu guruh a'zolarini dam olish kunlari maxsus darslar, ikki haftada bir o'z sohasida muvaffaqiyat qozongan mutaxassislar bilan ovozli chatlar va loyiha asoschisi Muhammadali Eshonqulov tomonidan o'tiladigan darslar kutib turibdi.

Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting:

https://forms.gle/vgUgjDYZMesywp9W8

Har bir filialdan faqatgina 40 ta nomzod tanlanishini hisobga olsak, shoshilganingiz ma'qul.😉

Batafsil ma'lumot uchun:
+998781220222

@Yuksalish_Leaders_Academy
👍13🔥2🤩1
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Авезметов Баҳодир, 1976 йилда туғилган. Икки нафар вояга етмаган фарзанди бор. 2-гуруҳ ногирони ва ишга лаёқатсиз. 600 000 сўм нафақа олади.

Жигар церрозининг охирги босқичи билан кассаллангани аниқланган. Жигар трансплантацияси учун афсус донор топилмади.

Ҳозирда соғлиги ёмонлашган, жигар церрози асоратлари ҳар бир тана аъзосига таъсир кўрсатмоқда. Ордер учун навбатга турибди, лекин навбати 955-ўринда. Зудлик билан даволаниши зарур.

Муолажа учун сахийлар кўмагига муҳтож.

UzCard OFB:
8600572999513067
Худайбердиев Темур номида.
Тел рақами:
+998901852299
👍2
🚀Modme jamoasiga qo’shilish uchun ajoyib imkoniyat!

📞 Modme jamoasi call-operator va sotuv menejeri izlamoqda.

📌Bizning talablar:
- 18-22 yoshli o’g’il bollar;
- IT sohasiga qiziqishi va doimiy rivojlanish istagi;
- Ma'suliyatli va intiluvchan bo'lishi;
- Rus va O’zbek tilini bilish;
-Talabalar ham ishlashi mumkin!

💰Bizning takliflar:
- O’zbekiston va xalqaro bozorda tez rivojlanayotgan kompaniyalardan birida ishlash imkoniyati;
- Sotuv sohasini o’rganish va rivojlanish uchun sharoitlar;
- Qulay ish grafigi;
- Xalqaro darajadagi start-up loyihada tajriba orttirish imkoniyati;
- Doimo o'zini rivojlantirishga intiladigan do'stona jamoa;
- 2,000,000 so’mdan 6,000,000 bonuslar bilan oylik maosh.

😉Jamoamizga qo’shilmoqchimisiz?

⬇️Unday bo’lsa CV'ingizni menejerga yuboring: @modme_manager
👍2
Forwarded from Temurbek Adhamov
Sizlarga nima yordam kerak?

Amaldorlar bilan ko‘rishib qolsam ko‘pincha aytadigan bir gaplari bor: “Tadbirkorsiz, qanday yordam kerak, nimadir kerak bo‘lsa ayting”, deyishadi. Ko‘p holatda tashakkur aytib, hammasi joyidaligini bildiraman. Aslida aytadigan gaplarim bor bo‘lsa ham...

Bugungi so‘zlarim aslida tushlarimda ko‘radigan “odil sudlov” haqida. Lekin mavzuni uzoqdan olib kelmoqchiman. Ayni paytda “Najot Taʼlim”da 330 nafar inson 2700 nafar o‘quvchiga dasturlash, dizayn, marketing bo‘yicha 11 xil yo‘nalish bo‘yicha taʼlim berib kelishmoqda. Bu O‘zbekistondagi eng ko‘p o‘quvchiga ega IT o‘quv markazi hisoblanadi. Bugun “Najot Taʼlim”ni rivojlantirishdagi eng katta muammo kadr masalasiga borib taqaladi. Taʼlim berish uchun tajribali dasturchi, dizayner, marketolog topish HR bo‘limining eng katta og‘riqlaridan biri. Vaholanki bu bo‘limda 8 nafar inson ishlaydi.

Mavzuga sudlovni nima aloqasi bor, deyotgandirsiz. Kecha va bugun ikki yigitni “diniy materialni saqlash va tarqatish” bo‘yicha qamalgani haqida eshitdim. Biri SMM menejer, ikkinchi kuchli dasturchi yigit. SMM menejer bo‘lgan yigit bundan 3 yil avval yuklab olgan nashidasi tufayli qamalgan bo‘lsa, dasturchi yigit insonlarga manfaat beradigan mobil ilova tayyorlash jarayonida hatto Din ishlari boʻyicha qo‘mitaning xabari bo‘lgan loyiha uchun qamalgan. Afsus, ming afsus... Eng ajablanarli tomoni shundaki, ikki sudda ham qoralovchi kamroq muddat so‘rasa ham sudyalar ikki holat uchun ham 5 yil berishgan... Biz uchun kerakli bo‘lgan ikki kadr qamoqda o‘tiribdi, biz kadr izlab yuribmiz...

Mavzuning boshiga qaytgan holda aytaman! Bizga odil, mustaqil sudlov kerak. Nahotki shu yigitlar telegramdagi material uchun qamalishga loyiq deb topilgan bo‘lsa, yigitlar bo‘yicha ijobiy xulosalar ham sudda inobatga olinmagan bo‘lsa? Odil sudlov bo‘yicha kimga murojaat qilishimiz kerak o‘zi? Dardimizni kim eshitadi shu vaqtda? Axir inson achinadi yoshlar uchun...

Aslida mavzu juda keng, men deputatlar, quyi va yuqori palata vakillariga yuzlanmoqchiman. Nima uchun shunday qonun hali ham amalda ekan, siz jim o‘tiribsiz, nima uchun o‘sha qonunni o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqmaysiz? Agar tashabbus bilan chiqa olmasangiz, dardimizni eshitmasangiz, nima qilib o‘tiribsiz u yerda, xalqning pulidan oylik olib?

Sudlov tizimiga, qonun chiqaruvchi tizimga yuzlanib aytaman, dardimizni kimga aytaylik, qarg‘ashdan boshqa chora bormi bu kabi holatlar uchun?
👍48😢19🔥52
Forwarded from Alohida mavzu
Jamiyat, xalq va millat najoti haqida gaplashamiz

Ko’p kuttirdik-u, ammo izlanishlar va biroz vaqtdan so'ng akalar bilan yana bir dolzarb mavzu ustida yig'ildik.

Ta'lim mavzusini o'rtaga olib, o'z fikrlarimizni va jamiyatimizdagi muhim masalalarni muhokama qildik.

🔥 "Свежий" holatda videoni ko'rish uchun bugun soat 20:30 da quyidagi havola orqali videoni tomosha qiling!

Havola: https://youtu.be/fbJrLOSVbd4
👍19🔥42
Arzon sotish qiyin emas. Chunki, chegirmani har doim ham bera olasiz.

Haqiqiy mashaqqat yaxshi mahsulotni loyiq narxda sotish. Chunki bu bellashuvda siz narxdan boshqa barcha narsa bilan bellashasiz.

Mikhail Tokovinin, AMOCRM asoschisi.

@jahongir_pulatov_blog
👍24🔥6🤩4🎉1
Forwarded from Shohruxbek Alibek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diniy ma’ruzalarni hech kimga yubormang!

Siz yaxshilik qilmoqchidirsiz, ammo siz yuborgan material taqiqlangan boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortilishingiz mumkin!

Yaqinlaringizga ham ulashing, ularni ham ogohlantiring!

➡️ Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
👍17🔥1🤯1
Forwarded from Xayrulla Sattarov
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ АЗИЗ ЮРТДОШЛАР

➡️ ТУРКИЯ ҚАРДОШ МАМЛАКАТДА ЮЗ БЕРГАН ҲОДИСАГА БЕФАРҚ БЎЛМАЙ, ЁРДАМ ҚЎЛИНИ ЧЎЗИШ, ОҒИР ВАЗИЯТДА  ЁЛҒИЗ ҚОЛДИРМАСЛИК, ҲАМ МОДДИЙ, ҲАМ РУҲИЙ КЎМАК БЕРИШ МАҚСАДИДА «ЁШЛАР ИЖОД САРОЙИ»ДА МАХСУС ШТАБ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ.

➡️ СИЗ У ЕРГА — КИЙИМ-КЕЧАК, ОЗИҚ-ОВҚАТ ВА КЕРАКЛИ НАРСАЛАР ЁРДАМНИ ТАҚДИМ ЭТИШИНГИЗ МУМКИН , ХАМДА АГАР ИСТАСАНГИЗ ҚУЙИДАГИ БАНК КАРТАСИГА ПУЛ ЎТКАЗИШ ОРҚАЛИ ҲАМ ЁРДАМ БЕРИШИНГИЗ МУМКИН.

ЯХШИ КУНДА ҲАМ, ЁМОН КУНДА ҲАМ ЁЛҒИЗЛАТИБ ҚЎЙМАСЛИК ИНСОНИЙЛИК БЕЛГИСИДИР!

🟢  ХАЙРИЯ ЛОЙИҲАСИНИНГ ҲИСОБ РАҚАМИ:

МФО 00407
20212000300853182002

КОРПОРАТИВ КАРТА РАҚАМИ
8600 0226 5378 7540

🗺
ЛОКАЦИЯ: ЁШЛАР ИЖОД САРОЙИ

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring
:
🥇Telegram 🥈Facebook 🥈Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4
Ta'lim sohasidagi biz boshqaradigan loyihalardan biri bu Modme - o'quv markazlari uchun CRM va LMS platformasi.

2022 boshida MDH davlatlaridagi eng katta sotuv CRM platformasi AmoCRM asoschisi Mixail Tokovinin Modme loyihasiga investitsiya kiritdi va loyihaning aksionerga aylandi.

Shu kundan boshlab u bizni loyihamizga nafaqat investor balki bizga mentorga ham aylandi. Oxirgi bir yil ichida 30 dan ortiq zoom uchrashuvlar o'tkizdik va Mixailning maslahatlari sabab Indoneziya bozoriga kirdik. Bundan tashqari uning maslahatlari sabab katta xatolar oldi olindi.

Yaqinda Mixail Toshkentga tashrif buyurdi va biz u bilan ilk bor hayotda ko'rishdik)

#edtech #startups #amocrm #modme
👍304🔥1
2025/07/09 09:25:25
Back to Top
HTML Embed Code: