Telegram Web Link
Bugundan O’zbekistonda FinTech yangi challenge’ga yuzlandi! Bu challenge’ni Iman Invest loyihasi taqdim etdi!

Gap shundaki, bugun Iman Invest loyihasining yangi taqdimotida bo’ldik! U yerda Iman loyihasining yangi IMANUM ilovasi, yangi investitsion imkoniyatlar, Saas, SNPL (save now, pay later) xizmatlari bilan tanishdik 🔥

To’g’risi, bu umuman boshqa daraja. U yerdagi juda ham ko’p yangiliklar hali bozorda umuman yo’q bo’lgan trendlardir.

Sizga ham yangi IMAN ilovasini yuklab ishlatib ko’rishni samimiy tavsiya qilaman 🤝
Boston Marafoni 2025

Allohning fazli bilan 129 yillik tarixga ega dunyodagi, deyarli har yili o’tkizib kelinayotgan eng tarixiy marafon bo’lmish Boston marafonini yugurib o’ttim. Bu marafon juda obro’li bo’lib har bir …

Postning davomini o’qish uchun shu mant ustiga bosing
MIT va Harvard dunyoning eng TOP o’quv dargohlaridan hisoblanadi. Ularni bu darajaga chiqishini o’ylab ko’rsak bu faqatgina moddiy resursga, insonlarga yoki qayerdandir kelgan qo’llab-quvvatlovga bog’liq emas. To’g’ri bu faktorlar oz bo‘lsa ham rol o’ynagan, lekin bu dargohlarning yuz yillab (MIT 164, Harvard 389 yoshda) yashab qolishi va dunyodagi 50 mingga yaqin universitetlar orasida 1-chi va 2-chi o’rinni egallashida bular asosiy faktor bo’lmagan.

Bu o’quv dargohlarining asrlar davomida insonlarga xizmat ko’rsatishida asosiy faktor bu - loyiha asos solinganida asoschilar o’z oldiga qo’ygan maqsadi, missiyasi va ularning himmatidir! Ya’ni, bu loyihalar chinakamiga dunyoni yaxshilash uchun xizmat qilishi kerak degan niyat va g’oya bilan asos solingan.

John Harvard o’z mulkini yarmini va butun kutubxonasini berishi yoki William Rogers MITni ochish uchun 20 yil harakat qilgani ularning bu yo’ldagi ishtiyoqlari moddiy emas, kattaroq maqsad ortidan bo’lganini bildiradi.

Bu universitetlarga borib, ularning tarixi haqida o’rganib 3 xulosa qildim:
1 - Biror katta ish niyat qilinsa, moddiyat uchun emas, balki Alloh yo’lida, xalq-millat uchun, dunyo obod bo’lishi uchun sidqidildan harakat qilinsa, bu ish bardavom bo’lishi ehtimoli ortadi.
2 - Maqsad qancha katta bo’lsa, sinovlar ham shunga yarasha qiyin bo’ladi. Oxirida natija va hosil ham ulkan bo’ladi.
3 - Amerika dunyoda birinchi raqamli (~$28 trillion) iqtisodiyot bo’lishiga eng ko’p ta’sir qilgan omillardan biri bu uning texnologiya, moliya va innovatsiyalarda global ustunligidir. Buning kaliti esa sifatli va tizimli ta’limda.

Soddaroq qilib aytadigan bo’lsam, O’zbekistonni ko’p yo’nalishlarda yuksaltirishimiz uchun avvalambor ta’limni yuksaltirishimiz kerak!

Fikrlaringiz va izohlaringiz bo’lsa, yozish uchun mana shu matn ustiga bosing!
Allohning fazli va yordami bilan 6 ta katta marafonni tamomlagan birinchi O’zbek bo’lish nasib etti 🇺🇿

To’g’risi, bu sayohat juda qiyin va mashaqqatli bo’ldi! Juda ko’p nuqtalarda ilojsiz qolgan paytlarim, Allohning ko’magi bilan qiyinchiliklar yengib o’tildi! 7 oy ichida 6 ta katta marafonni ketma-ket o’tish nasib etti!

🇩🇪 Berlin - 29 Sentyabr, 2024
🇺🇸 Chicago - 13 Oktyabr, 2024
🇺🇸 New York - 3 Noyabr, 2024
🇯🇵 Tokyo - 2 Mart, 2025
🇺🇸 Boston - 21 Aprel, 2025
🇬🇧 London - 27 Aprel, 2025

Bu qo’yilgan maqsadga…

Postning davomini o’qish uchun shu matn ustiga bosing
Forwarded from Рамазон 365
"Кишининг мукаммал мусулмон бўлаётганлиги белгиларидан бири молояъний (ўзининг на дини, на дунёси учун керакли бўлган - бефойда нарсалар, бировларнинг ишига аралашиш каби ноўрин гаплар, ножўя қилиқлар)ни тарк этишидир".

Ибн Умар розияллоҳу анҳу
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cambridge’dan Yangi Loyiha 🔥

Kanalga obuna bo’ling 👇🏻

@yangi_loyiha_2025
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Jahon School – Salohiyatni kashf etamiz!

Jahon tajribasiga asoslangan milliy ta’lim

Biz bilan bog’lanish:
📞 78 777 07 07
🌐 jahonschool.uz

@jahon_school
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Jahon School — kompleks yechimlar maktabi!

Farzandingiz bu yerda:
SkillDev mualliflik dasturi asosida hayotiy ko‘nikmalarni o‘rganadi
Repetitorsiz mustahkam bilim oladi
Har kuni maktabga ilhom bilan boradi
Psixologik va ijtimoiy ko‘mak oladi
Texnologiyalar bilan qurollangan xavfsiz muhitda ta’lim oladi

👦Agar siz farzandingiz uchun ishonchli, sifatli va ilhom beruvchi maktab izlayotgan bo‘lsangiz, — Jahon School aynan siz uchun!

Batafsil ma’lumot uchun:
📞 78 777 07 07
🌐 jahonschool.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Do’stimiz Temurbek Adhamovning Lola Animation loyihasi o’zining kurslarini yo’lga qo’yibdi. Bu kasb egasi bo’lish va jamoaga qo’shilish uchun yazshi imkoniyat🚀

Batafsil 👇🏻👇🏻
🤔 Siz Ijodkormisiz?

🤓 Unday bo'lsa Disney va Pixar multfilmlari kabi animatsiyalar tayyorlashning ayni vaqti. Bunda esa sizga Lola Animation yordam beradi!

🎨 Endi Lola Animationda 3D animatsiyani onlayn tarzda ham uydan chiqmasdan professionallardan o'rganishning imkoni bor!

📌 Haftada 2 marta – ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar bosh animator Ilhom Karimov tomonidan olib boriladi.

Kurs davomida nimalarga ega bo'lasiz?

- 3D animatsiya va personaj animatsiyasining asoslarini o‘rganasiz
- avvalgi o'quvchilarga berilgan fidbeklarni qo'lga kiritish
- Ish topishda yordam beradigan shaxsiy portfolioga ega bo‘lasiz

Kurs tez orada start oladi, joylar soni cheklangan! Hoziroq o'z joyingizni band qiling.

✍️ Murojaat uchun: @lolaanimation_studio
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇 Jahon School yurtimizning eng malakali ustozlari uchun bo'sh ish o’rinlarini e’lon qiladi!

Maktabimizda ustozlar uchun barcha qulaylik va sharoitlar yaratilgan:

🔸20 million so’mgacha raqobatbardosh maosh
🔸Yozgi mehnat ta'tili uchun 100% kompensatsiya
🔸Farzandingiz uchun Jahon School’dan maxsus chegirma
🔸Bog’chadagi farzandingiz uchun moliyaviy yordam
🔸Bepul tushlik va transport uchun maxsus karta hamda bir qator qulayliklar.

❗️Agar siz 5 yillik tajribaga ega malakali ustoz bo'lsangiz, jahonschool.uz/vacancy saytimiz orqali ariza topshiring!
Bugun 3 yoshli qizim ilk bor startga chiqib, yugurish musobaqasida qatnashdi. Umrida birinchi marta maqsad qo‘yib, unga erishishni o‘zida sinab ko‘rdi. Musobaqa yakunida medalini taqqach, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada oshdi, Alhamdulillah!

Buning sababi shundaki, deyarli bir oy mobaynida men u bilan uyda shug‘ullanib, musobaqaga ruhan va jismonan tayyorlagan edim. Ota sifatida bu men uchun ham kichik g‘alaba bo‘ldi!

Kichik-kichik maqsadlarni qo‘yish va ularga erishishni yoshlikdan mashq qilish bolalarda o‘ziga ishonch hamda «men ham uddalay olaman» degan tuyg‘uni uyg‘otadi.

Faktlar ham buni tasdiqlaydi: Harvard School of Public Health’ning 2018-yilgi tadqiqotiga ko‘ra, 3–6 yoshda sport bilan shug‘ullana boshlagan bolalarda o‘ziga ishonch 13 %ga, ijtimoiy ko‘nikmalar 20 %ga oshgan.

Ota-onalar farzandlarini o‘ta ehtiyot qilib, asrab-avaylagandan ko‘ra, ularga xato qilish va qoqilishga qo’yib berishlari, qoqilganda yana turib, ko’z yoshini artib davom etishni o‘rgatishlari kerak. Sport esa bularni amalga oshirishning eng yaxshi usullaridan biridir.

Fikr qoldirish uchun shu matn ustiga bosing
50km - Zomin tog’laridagi ilk Ultra marafonim!

Yugurishda marafon masofasi bor - 42 km. Undan yuqori masofalar Ultra marafon deb ataladi va odatda 50kmdan boshlanadi. Men shu paytgacha 7 ta marafon yugurganman (6 ta katta Major marafonlar va Doha marafoni) va bitta Ironman 70.3 masofasini bosib o’tganman.

Lekin, Ultra marafon bu men uchun yangilik va yangi daraja bo’ldi. Zomindagi Ultra marafonning 50km masofasiga ro’yxatdan o’tganimda bu darajada qiyin bo’ladi deb o’ylamagan edim. Deyarli 8 soat vaqt ichida to’xtamasdan, tepa-pastlik, adirlik va to’gliklarda yugurish sizdan nafaqat chidamlilik, balki mustahkam iroda ham talab qiladi. Pastga tushishda oson bo’lishi mumkin, lekin tog’liklarga ko’tarilishda hatto yurishga ham kuch qolmaydi. Vaqt limiti qo’shimcha psixologik bosim beradi.

Ustozim Shoxrux aka bilan masofani birga bosib o’ttik, ular motivatsiya berib, qo’llab va kerak joyda urishib ham berdilar) Ular nafaqat men balki o’nlab shogirdlarini qo’llash uchun ham qatnashdilar. 2 marta full Ironman masofasini bosib o’tgan Shoxrux aka uchun 50km nima bo’libdi 🙂

Qiyinchiliklarga qaramasdan, Allohning marhamati va yordami bilan Zaamin Ultra marafonida 50kmlik masofani tahminan 7 soat 45 daqiqada bosib o’ttim va limitga tushdim!

Men bu musobaqada yugurishni yangidan kashf qildim! Zaamin ultra marafoni men uchun yangi sport maqsadlar qo’yishga sababchi bo’ldi! Ultra marafon bu tana charchaganda ham, yurak bilan davom etishni o‘rgatadigan masofa ekan!

Fikr qoldirish uchun shu matn ustiga bosing
Barchaga xayrli kech

Kitob o’qib eslab qolishga qiynalyapsizmi? Xurshid aka yaxshi tavsiya beribdilar 👇👇👇

https://www.youtube.com/watch?v=vdPfZIGyUjo
Alisher Sa’dullayev Stanforddagi “Stanford Executive Programm” dasturida o’qiyotganini eshitib juda hursand bo’ldim! O’tgan yili Akmal aka Paiziyev o’qishni boshlaganida sahifasini kuzatib ko’p ma’lumot olgan edim, menga yoqqani sabab o’sha yerda o’qishni niyat qilgan edim. Mana endi Alisher Sa’dullayev ham borib o’qimoqda va bu haqida @stanford_kundaligi kanalida yoritib bormoqda. Obuna bo’lishni tavsiya qilaman, jarayonni kuzatib sizda ham huddi shunday yaxshi bir orzu paydo bo’ladi!

O’ylaymanki Akmal Paiziyev va Alisher Sa’dullayev kabi insonlar Stanfordda o’qishi boshqa yoshlarga, o’zbeklarga katta shijoat beradi, miyyadagi chegaralarni olib tashlaydi. Hammamizga shu kabi dargohlarda o’qish va u yerdagi bilimlarni olib yurtimiz rivojiga ishlatish nasib qilsin 🤲

@jahongir_pulatov_blog
Ta’lim sohasi O’zbekistondagi eng innovatsion va raqobat katta sohalardan biri deb o’ylayman. Raqobat bor joyda har doim yangi g’oya va yondashuvlar bo’ladi.

Huddi shunday yondashuvni Najot Ta’lim o’quv markazi bugun bir qisqa taqdimotda e’lon qilibdi. Eng qizig’i endi Najot Ta’limga kurslarga yozilish uchun taklifnoma kerak ekan) Juda noodatiy uslub.

Taqdimotni ko’rishni tavsiya qilaman 👇🏻👇🏻👇🏻

https://youtu.be/tUvJJQQxvvc?si=_mf8Vl_5tMkMg2SV
2025/07/04 03:24:24
Back to Top
HTML Embed Code: