Telegram Web Link
Microsoft kutubxonasi

Bu esa yangi ochilgan kutubxona. Ichida hali unchalik ko'p kitob yo'qdek, lekin hozirgisi ham bemalol bir yilga yetarli (faqat qiziqqanlarimni hisoblasak).

Badiiy adabiyot, biznes, ijtimoiy va texnologik mavzularda kitoblar topish mumkin. Eng qizig'i aynan dasturlash va texnologiyalar bo'yicha u kitoblar kutganimdek ko'p emas.

Undan tashqari qolgan hamma qilganidek esdalik yig'ish bilan shug'ullandim. Rasmdagi kitob ishdan bo'sh vaqtda o'qish uchun juda yaxshi tanlov menimcha. Harvard Business Review bazasidan ham foydalanish imkoniyati bor bo'lsa kerak, faqat hali tekshirib ko'rmadim. Men uchun eng qiziq joyi shu bo'lardi.

Rasmdan bugungi eng asosiy foydani sezgan bo'lsangiz kerak. Ha endi menda O'Reilly paypog'i bor 😁

#microsoft_life

@Janob_Musayev
Amazondan Microsoftga

Ofisda oxirgi 2 oyda ishga kelganlar anchagina ekan (30-40 tacha). Eng qizig'i kim bilan gaplashsam "Oldin Amazonda ishlaganman" deyapti. Yangilar orasida ham, 2-3 yildan beri ishlaganlar orasida ham. O'zim shaxsan gaplashganlardan 6 tacha sanadim.

Bugun bittasidan "Sabab nima?" desam, "Yangi yildan har kuni ofisga kelish majburiy bo'ldi" dedi. Mastercardda ham o'tgan yili yanvardan kamida 3 kun kelish majburiy bo'lgandi. Bu yerda esa haliyam to'liq uydan ishlash mumkin. Irlandiyadagi eng katta ikkita muammo turar joy (ijara) va jamoat transporti ekanini hisobga olsak, bu narsa ish joyini tanlashda eng asosiy faktorlardan ekanini tushunish mumkin.

Amazonni men chinakam Amazon o'rmonlaridek tasavvur qilaman. Undan tirik chiqa olgan odam qolgan istalgan joyda bemalol yashab ketadi :)

Jahongir aka, anaqisa referral berishim mumkin, PHP mashhurligi uchun qo'shgan hissangiz hurmatidan 😁

#amazonian_life #microsoft_life

@Janob_Musayev
Bugun City o'yinidan oldin qilish kerak bo'lgan ish.

Bo'ydoqlar esa har doimgidek shunchaki ich etlarini yeyishi mumkin. Arzimaydi :)

#joke

@Janob_Musayev
2021-yilda Tesla kompaniyasi haddan tashqari qimmatlab ketganda BYD (Xitoy) sekin-asta uni o'z o'rniga tushirib qo'ygandi.

2025-yilga kelib DeepSeek (Xitoy) tarixni NVIDIA bilan takrorlaydi shekilli.

NVIDIA bozordagi o'rnini saqlab qolish uchun endi chinakamiga mehnat qiladigan vaqtlari kelyapti. Shundan qanday o'tishiga qarab keyin uni chinakamiga top 5 talikdagi kompaniya sifatida ko'rish mumkin bo'ladi (yoki yo'q).

#AI #news

@Janob_Musayev
Ishda ishlatadigan toollar ichida faqat Windows va Office bilan yaxshi tanish ekanman. Qolgan 985 tasi nima ekanini anglab olishim kerak 🤯

#no_comment #microsoft_life

@Janob_Musayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nodirbek No'monov 𓅱
ChatGPT lost it's job to AI ))

People are still employed
Janob Musayev | Engineering Life
Ishda ishlatadigan toollar ichida faqat Windows va Office bilan yaxshi tanish ekanman. Qolgan 985 tasi nima ekanini anglab olishim kerak 🤯 #no_comment #microsoft_life @Janob_Musayev
Microsoftda dasturiy muhandis sifatida foydalanadigan mahsulotlarim

"Hash-pash" deguncha ish boshlaganimga 1 oy ham bo'lib qolyapti ekan. Men esa haligacha ishlatishim kerak bo'lgan narsalarning oxiriga yetolmayapman. Xayron qoldiradigan va mazza qiladigan joying esa ularning deyarli hammasi Microsoft o'ziga tegishli bo'lgan mahsulotlar, ayniqsa softwarelar.

Laptop
Faqatgina shu joyida yaqqol Microsoftnikini bo'lmagan narsa ishlatyapman — Lenova Thinkpad. Lekin aytganimdek bu software emas hardware va hardware sanoatida Applega yetadigani yo'q ekanini tan olish kerak.

OS va hujjatlar uchun
Windows va Office. Menimcha bu yerda izohga hojat yo'q. Aynan shu 2 mahsulot Microsoftni Microsoft qilgan va albatta eng ko'p hate qilinadiganlari. O'zim ham shaxsiy maqsadlarda MacOS, Google Docs va Sheets ishlataman )

Shaxsiy cloud va Email
Oddiy odamlar orasida Gmail va Google Drive qanchalik yetakchi bo'lsa, korporativ dunyoda OneDrive va Outlook haqida shunday deyish mumkin. Mastercardda ham shulardan foydalanardik. Boshqa Microsoft mahsulotlari bilan birga ular sanoat standardiga aylanib ketgan.

Xabarlashish
Slack... Hazillashdim :)
Microsoft Teams albatta. Mijoz va hamkasblar bilan gaplashishda Slack, Whatsapp va boshqa messengerlardan foydalanish mumkin emasligi Mastercardda ham Microsoftda ham eng birinchi o'rgatiladigan narsalardan (xavfsizlik nuqtai nazaridan). Teams esa hozirgi vaqtda o'z dasturlari va botlariga ega ekosistemaga aylanib ketmoqda

Enterprise Cloud
AWS deb o'ylab ham ko'rmadingiz degan umiddaman. Azurega ham ishim Mastercarddayoq tushgandi va shu sababdan ham Azure Fundamentals sertifikatini olib qo'ygandim. Bu yerda ham cloud texnologiyalarida shubhasiz Azuredan foydalaniladi. Azure katta ehtimol bilan kompaniyaning oxirgi 15 yildagi eng yaxshi mahsulotlari top 3 taligida.

VCS and DevOps
Faqatgina Microsoft GitHubdek mahsulotga egalik qilib turib boshqa mahsulot ishlatishga jurat qila olsa kerak. Bu yerda biz Azure DevOpsdan foydalanyapmiz. Uning ichiga esa repository management, build pipelines, test suits, wikis va hattoki team management boardlar ham kirib ketadi. Qisqa qilib aytganda Atlassian (Jira, Bitbucket, Confluence) raqobatchisi. Qizig'i Gartner DevOps bozorida Microsoftni Atlassiandan oldinga qo'ygan ekan. DeepSeek ham Azure DevOps bozorda kattaroq ulushga ega deb tahmin qildi :)

IDE
JetBrains mahsulotlarini qanchalik yaxshi ko'rsam ham bu yerda Visual Studio va VS Codedan foydalanishni boshlashim kerak bo'lyapti. VS Code dasturchilar tomonidan judayam ijobiy kutib olingan va hozirgacha sevib ishlatiluvchi men eslaydigan birinchi Microsoft mahsuloti.

Database
Men uchun eng yangi narsalardan biri bu CosmosDB. Azure saytida yozilishicha CosmosDB "NoSQL, relational, and vector database" ekan. Shu ta'rif o'zi meni qo'rqityapti to'g'risi. Satya aka aytishiga qaraganda OpenAI ham ChatGPT servislari uchun CosmosDBdan foydalanar ekan

Frontend
Mana shu yerga kelib va nihoyat ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan — React. Lekin shu yerda ham ko'pchilik JSchilar hozirda TypeScriptdan foydalanishadi. Sanoatda buyam standard bo'lib ulgurgan. TypeScript kimniki ekanini esa bilasiz :)

Backend
Java...dan ko'chirilgan deb ataluvchi C# va .NET shubhasiz. 2000-yillarda Microsoft boshqa kompaniya va mahsulotlardan tez-tez "ilhom olib turgani" hech kimga sir emas. Lekin vaqt o'tishi bilan C# va .NET ortida ularni yaxshi ko'radigan juda katta community yaraldi. Bunga ular open source bo'lib o'zgargani ham katta ta'sir qilgan bo'lsa kerak.

Bular hozircha ishda ishlatishim kerak bo'lgan va dasturchi atalmish g'alatiroq odamlarga tushuntirish mumkin bo'lgan mahsulotlar.

Eng qiziq joyi men yuqoridagilarning hech biri bilan deyarli 1 yillik tajribaga ham emasman (Windows, Officedan tashqari). Shularning hammasini va yana tushuntirish qiyin bo'lgan boshqa juda ko'p narsalarni o'rganib chiqishim kerak.

Aytgancha, men hozir umuman Software Engineer bo'lib emas, Data Engineer sifatida ishlashim kerak ekan 😐

...

#engineering_life #software_engineering_life #data_engineering_life #life_is_hard

@Janob_Musayev
Bolaligimizda yoshi kattalar bilan ko'rishib qolsak, birinchi so'raladigan savol "Kimning o'g'lisan?" bo'lardi. Ishga kirgandan keyin bu savol "Menejering kim?"ga o'zgarar ekan :)

@Janob_Musayev
Amerika tengdir O'zbekistonga desak bo'ladimi endi? )

Lekin bizda haliyam GMni himoya qiladigan, Xitoy tovarlari kirmasligi kerak degan argumentlarni ba'zi odamlar qattiq himoya qilaveradi. Chunki biz zamonaviy erkin savdo muhitida yashab ko'rmaganmiz hech qachon. Amerika esa bu og'riqni his qilayotganiga atigi bir necha hafta bo'ldi.

Amerika tez orada o'ziga kelib oladi va tentak odam qarorini sudlar orqali bekor qilib yuboradi. Bizda esa shoyad shu bahona erkin bozor bo'yicha odamlarda fikr yaxshilanib qolsa.

#economics

P.S: Chet eldan shaxsiy foydalanish uchun telefon olib kirishda ham deklaratsiya to'ldirish majburiy qilib qo'yilgani, aks holda 30% miqdorida boj to'lash nima uchun kun muhokamasi bo'lmagani odamni o'ylantiradi.

@Janob_Musayev
Jamoada endi eng "kenja" emasman

Mastercardda ish boshlaganimda bir yilgacha jamoaga yangi odam qo'shilmagandi. Keyin qo'shilganlari ham asosan balandroq darajada qo'shilgandi. Men jamoada hisobda doim eng kenjasi edim.

Microsoftda esa bugun jamoamizga mening darajamdagi yangi dasturchi keldi va men bir oyga qolmasdan "kenja"lik o'rnimni yo'qotib qo'ydim. Uning ustiga unga o'zim onboarding buddy bo'lib berdim kutib olib, tanishtirib, yo'l-yo'riq ko'rsatib.

O'zimni afsonaviy va rahmatli Hojiboy Tojiboyevning mana bu hazilidagi "zo'rg'a yuradigan" bolaga o'xshatdim.

Microsoftda hayot og'ir, tez katta bo'lish kerak ekan 😁

#microsoft_life

@Janob_Musayev
Forwarded from Sardor og'a | Fikrlar
Mashenniklar

Boshida bular postlar tagiga yozishni boshlaganida indamadim, hatto o'chirmadim ham. Qo'y, balki rostdan ham yordamga muxtojdir derdim. Keyin yozaverishdi bular. Bir kuni boshqa ism bilan yana shunaqa xabar yozishgan, xabarda bir xil kartalar yozishganini sezib qoldim. Keyin shubha qildim va bloklab qo'ya qoldim, lekin hali aniq mashennik degan xulosa qilmagandim.

Bir blokladim, ikki blokladim, uch blokladim... lekin ular yana qaynab chiqishayotgan edi.

Muxtoj ekan, shuncha telegram akkauntni qayerdan olyapti bular?

Bir akkauntni delete qilib qaytadan ochyaptimi desam, bloklangan akkauntlar haliyam ishlab turibdi.

Ikkinchi rasmda ustiga qiziql chiziq chizilganidan boshqa hammasi Shahlo bular. Soliha degani shahlo mani onam man qiziman degan)

Bularga aslo pul bermang, o'tqizmang ham!

Yordam bermoqchi bo'lsangiz, qarindosh qo'shnilaringiz ichida ko'p muxtojlar bor, ishanavering
Ishdagi bo'ladigan qiziq voqealardan biri kunlik stendaplar bekor bo'lishi.

Stendap o'zi bekor bo'lishi unchalik qiziq emas. Lekin bekor bo'lgani haqidagi xabarni o'qimasdan kimlardir qayta-qayta meetingni boshlab yuborishi va 1-2 daqiqadan keyin chiqib ketishini kuzatish qiziq.

Eng yomoni har bir meeting avtomatik yozib olishga qo'yib qo'yilgan va u yozuvlardan kimlar qatnashganini ko'rsa bo'ladi. Yoki aniqrog'i kim xabarni o'qimasdan meetingga kirib olganini bilib olish mumkin. Toza "kazyol" :)

Bugun bekor bo'lgan stendap naqd 4 marta boshlab to'xtatildi. Kirib olgan odamlar o'zi shosha-pisha kirib keyin hech kim yo'qligini ko'rib chatni o'qib chiqib ketyapti. Lekin anavi "kazyol" hammasini yozib olyapti 😁

#microsoft_life

@Janob_Musayev
Jahongir aka Rust sekin kompilyatsiya bo'lishini tez-tez yozib turardi. Shunga orada ko'p vaqti bo'sh qolishini ham.

Men hozir ishlayotgan scriptni ishlatib ko'rishga yuborgandim 1 soat 12 daqiqada natija chiqardi 🥲

Yana birorta ishga kirib olsammikun qoladigan bo'sh vaqtda nimadir qilib turishga :)

#microsoft_life

@Janob_Musayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FAANG darajasidagi kompaniyalarga ishga kirishda yaxshi tomoni ular qaysidir texnologiyani bilmasligingga qarab o'tirmaydi. Muhimi muammoni yecha olishingni ko'rsata olsang bas.

FAANG darajasidagi kompaniyalarda ishlashning qiyin tomoni ular qaysidir texnologiyani bilmasligingga qarab o'tirmaydi. Muhimi muammoni yecha olishing kerak.

#faang #engineering_life

@Janob_Musayev
Microsoft uchun tayyorlangan rezyume tahlili

Dam olish kunlari ko'pchilik uchun qiziq bo'lgan mavzuda suhbat tashkil qilishga qaror qildim.

Suhbatni
➡️ Mastercard va Microsoftga kirish oralig'ida rezyumeim qanday o'zgardi
➡️ Rezyume tayyorlashdagi shaxsiy tavsiyalarim
➡️ Real rezyumening jonli tahlili
➡️ Erkin savol-javoblar bilan o'tkazamiz

Suhbat vaqti va joyi
📆 2-mart 18:00
⛳️ @Janob_Musayev kanali

Do'stlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang!

#masterclass #voicechat #Microsoft #Mastercard #resume

@Janob_Musayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
2025/07/01 06:40:46
Back to Top
HTML Embed Code: