Telegram Web Link
Jamoada endi eng "kenja" emasman

Mastercardda ish boshlaganimda bir yilgacha jamoaga yangi odam qo'shilmagandi. Keyin qo'shilganlari ham asosan balandroq darajada qo'shilgandi. Men jamoada hisobda doim eng kenjasi edim.

Microsoftda esa bugun jamoamizga mening darajamdagi yangi dasturchi keldi va men bir oyga qolmasdan "kenja"lik o'rnimni yo'qotib qo'ydim. Uning ustiga unga o'zim onboarding buddy bo'lib berdim kutib olib, tanishtirib, yo'l-yo'riq ko'rsatib.

O'zimni afsonaviy va rahmatli Hojiboy Tojiboyevning mana bu hazilidagi "zo'rg'a yuradigan" bolaga o'xshatdim.

Microsoftda hayot og'ir, tez katta bo'lish kerak ekan 😁

#microsoft_life

@Janob_Musayev
😁28👍74
Forwarded from Sardor og'a | Fikrlar
Mashenniklar

Boshida bular postlar tagiga yozishni boshlaganida indamadim, hatto o'chirmadim ham. Qo'y, balki rostdan ham yordamga muxtojdir derdim. Keyin yozaverishdi bular. Bir kuni boshqa ism bilan yana shunaqa xabar yozishgan, xabarda bir xil kartalar yozishganini sezib qoldim. Keyin shubha qildim va bloklab qo'ya qoldim, lekin hali aniq mashennik degan xulosa qilmagandim.

Bir blokladim, ikki blokladim, uch blokladim... lekin ular yana qaynab chiqishayotgan edi.

Muxtoj ekan, shuncha telegram akkauntni qayerdan olyapti bular?

Bir akkauntni delete qilib qaytadan ochyaptimi desam, bloklangan akkauntlar haliyam ishlab turibdi.

Ikkinchi rasmda ustiga qiziql chiziq chizilganidan boshqa hammasi Shahlo bular. Soliha degani shahlo mani onam man qiziman degan)

Bularga aslo pul bermang, o'tqizmang ham!

Yordam bermoqchi bo'lsangiz, qarindosh qo'shnilaringiz ichida ko'p muxtojlar bor, ishanavering
🔥31👍106💯1
Ishdagi bo'ladigan qiziq voqealardan biri kunlik stendaplar bekor bo'lishi.

Stendap o'zi bekor bo'lishi unchalik qiziq emas. Lekin bekor bo'lgani haqidagi xabarni o'qimasdan kimlardir qayta-qayta meetingni boshlab yuborishi va 1-2 daqiqadan keyin chiqib ketishini kuzatish qiziq.

Eng yomoni har bir meeting avtomatik yozib olishga qo'yib qo'yilgan va u yozuvlardan kimlar qatnashganini ko'rsa bo'ladi. Yoki aniqrog'i kim xabarni o'qimasdan meetingga kirib olganini bilib olish mumkin. Toza "kazyol" :)

Bugun bekor bo'lgan stendap naqd 4 marta boshlab to'xtatildi. Kirib olgan odamlar o'zi shosha-pisha kirib keyin hech kim yo'qligini ko'rib chatni o'qib chiqib ketyapti. Lekin anavi "kazyol" hammasini yozib olyapti 😁

#microsoft_life

@Janob_Musayev
😁31👍3
Jahongir aka Rust sekin kompilyatsiya bo'lishini tez-tez yozib turardi. Shunga orada ko'p vaqti bo'sh qolishini ham.

Men hozir ishlayotgan scriptni ishlatib ko'rishga yuborgandim 1 soat 12 daqiqada natija chiqardi 🥲

Yana birorta ishga kirib olsammikun qoladigan bo'sh vaqtda nimadir qilib turishga :)

#microsoft_life

@Janob_Musayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣47😁9👍41🔥1
FAANG darajasidagi kompaniyalarga ishga kirishda yaxshi tomoni ular qaysidir texnologiyani bilmasligingga qarab o'tirmaydi. Muhimi muammoni yecha olishingni ko'rsata olsang bas.

FAANG darajasidagi kompaniyalarda ishlashning qiyin tomoni ular qaysidir texnologiyani bilmasligingga qarab o'tirmaydi. Muhimi muammoni yecha olishing kerak.

#faang #engineering_life

@Janob_Musayev
🤣36🤨19👍9😐6😁2
Janob Musayev | Engineering Life
FAANG darajasidagi kompaniyalarga ishga kirishda yaxshi tomoni ular qaysidir texnologiyani bilmasligingga qarab o'tirmaydi. Muhimi muammoni yecha olishingni ko'rsata olsang bas. FAANG darajasidagi kompaniyalarda ishlashning qiyin tomoni ular qaysidir texnologiyani…
Texnologiyalar o'zgaradi, muhandislik qoladi

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, hozirgi vaziyatim aynan shunday. Hozirgi ishlatadigan dasturlash tili tugul, IDEdan tortib operatsion tizim ham men uchun qaysidir ma'noda yangi.

Masalan, dasturlashni boshlaganimdan beri Java va PHP 7+ kabi OOP tillarda backend engineer sifatida ishlab kelganman. Har doim JetBrains IDElari Intellij yoki PhpStorm ishlatardim. Sohaga jiddiy kirishganimdan beri Windowsni faqat Office dasturlari uchun Linux bilan bir qatorda majbur ishlatganman. Oxirgi 2 yilda umuman ishlatmadim ham. Script tillar, log fayllar va albatta frontend bilan ishlashni yoqtirmasdim (SQL, Javascript, Python, PHP 5.4 dan pasti).

Hozir bo'lsa Windowsda VS Code bilan Microsoft ichki texnologiyalari - Cosmos platformasida (Big Data uchun. CosmosDB emas) va SCOPE degan gibrid (SQL + C#/Python) skript dasturlash tilida log fayllar bilan ishlashim va Data Engineer ishiga yordam berishim kerak. Ba'zida frontend tomonda ham u-bu narsani to'g'irlash kerak bo'ladi. Backendda esa deyarli ish yo'q (menga).

Bir tomondan komfort zonadan yoppasiga chiqish bo'lgani ozroq qiynaydi. Ayniqsa, har bir qadamda oddiy narsada ham ikkilanib turish, ma'lumot qayerdan kelib qayerga ketayotganini bilmaslik va yozgan kodingni testlab ko'rishga qiynalish odamni ancha aqlan charchatar ekan.

Lekin boshqa tomondan oxirgi 2 yilda ishlatishim kerak bo'lgan vositalar haqida ko'p o'ylamaslik ko'nikmasi shakllandi. Endi asosiy e'tibor shunchaki qilinishi kerak bo'lgan ishni bajarishda. Agar foydalanayotgan narsam yangi bo'lsa, shunchaki uni o'rganish uchun ozroq vaqt ketishini hisobga olaman va shuni tushuntiraman xolos. U menga yoqadimi yo'qmi, boshqa dasturchilarga u yoqadimi yo'qmi buning deyarli farqi yo'q :)

Muammolarni yecha olish, yangi narsalarga tez moslashish, savolni to'g'ri joyda to'g'ri berish va muhandislikni o'rganing. Shunda imkoniyatlaringiz faqat ma'lum vositalarga bog'lanib qolmaydi. Texnologiyalar keladi-ketadi, lekin muhandislik doimiy qoladi


#engineering_life #learning_advice

@Janob_Musayev
🔥30👍17
Microsoft uchun tayyorlangan rezyume tahlili

Dam olish kunlari ko'pchilik uchun qiziq bo'lgan mavzuda suhbat tashkil qilishga qaror qildim.

Suhbatni
➡️ Mastercard va Microsoftga kirish oralig'ida rezyumeim qanday o'zgardi
➡️ Rezyume tayyorlashdagi shaxsiy tavsiyalarim
➡️ Real rezyumening jonli tahlili
➡️ Erkin savol-javoblar bilan o'tkazamiz

Suhbat vaqti va joyi
📆 2-mart 18:00
⛳️ @Janob_Musayev kanali

Do'stlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang!

#masterclass #voicechat #Microsoft #Mastercard #resume

@Janob_Musayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥176🗿1
Live stream scheduled for
Chatimiz boshlandi

Savollaringizni shu yerda yozib qoldirishingiz mumkin.

#masterclass #voicechat #Microsoft #Mastercard #resume

@Janob_Musayev
🔥91
Live stream finished (1 hour)
Forwarded from REVO Global LLC
🏆 80 MLN so‘mdan ortiq mukofot belgilangan "REVO CUP" dasturlash musobaqasiga marhamat! 🎉

🚀REVO Global kompaniyasi faoliyatining 5 yilligi munosabati REVO CUP - Sport dasturlash va Kiberxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha musobaqa tashkillashtirmoqda.

Musobaqa tartibi:

🗂 Saralash bosqichi (onlayn, kep.uz platformasida):


Sport dasturlash: 2025-yil 29-mart, soat 20:00
Kiberxavfsizlik: 2025-yil 30-mart, soat 20:00

🏁Final bosqichi (oflayn, Urganch shahri, IT park binosi):


Sana: 2025-yil 5-aprel, soat 9:00
P.s Finalchilar har ikki yo‘nalishda ham ishtirok etishlari mumkin.

🏆Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar:

🥇 1-o‘rin — 12 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 9 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 6 000 000 so‘m
⭐️ 4-10-o'rinlar 1 000 000 so'm

🎁 Shuningdek, ishtirokchilar uchun qo'shimcha sovg'alar va sertifikatlar mavjud.

⚠️ Ro'yxatdan o'tish 29-mart, soat 19:00da yakunlanadi!

REVO CUP'da qatnashib o'z imkoniyatlaringizni sinab ko'ring va go'liblar safidan joy olib sovrinlarga ega bo'ling!

🔗 Musobaqada qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!

"REVO CUP" kompaniyaning 5 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilyotgan "REVO DAY" tadbiri doirasida bo'lib o'tadi.

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥3🏆1
Otabek Kholmirzaev 💻
AI is overrated )
One thing is missing here is the amount of work done in an hour.

For example, let's say:
1. AI does 300 units in an hour
2. Developer with $400 price does 50 units
3. $33 per hour developer does 10 units

Then the real price is:
1. $3.3 per unit for AI
2. $8 per unit for the second developer
3. $3.3 for the third one

Now you can see AI might be not too overrated. It is at the same price level as "cheap" developer.

But one more point. If work is 3000 units in total. Then AI would spend only 10 hours to finish it, while the third developer takes almost a year. It is very crucial point for business. So crucial that some business might be willing to pay $33 per hour to get the project done in a day, rather than a year.

Of course, all these points are based on assumptions. Reality is much more complicated than that. But my point is

Do not draw a picture based on one factor. Always, try to deep a little bit deeper. Do not be afraid to think critically. This is the only way to find the truth


#thoughts #discussion

P.S: The post is not about AI vs Humans. If it looks so, read it again replacing the places or numbers

@Janob_Musayev
🔥13👍52
Sardor Dushamov | PHP - tengi yo'q til!
XSS - Xohlagan savolingizni so'rang.
Janob Musayevda birinchi XSS yoki AMA

Xohlagan savolingizni so'rashingiz mumkin. Yarim soat davomida javob berishga harakat qilaman.

Edit: Tugatdik

@Janob_Musayev
👍19
Forwarded from Pivot.uz | Rasmiy kanal
MentorGO: Yangi avlod uchun mentorlik platformasi

MentorGO hamasoschisi Nuriddin Qamardinov bilan platformaning qanday g‘oya asosida yaratilgani, duch kelgan qiyinchiliklar va kelajak rejalari haqida suhbatlashdik.

👉Batafsil



MentorGO: A mentoring platform for the new generation

We talked with MentorGO co-founder Nuriddin Kamardinov about the idea behind the creation of the platform, the challenges it has faced, and its future plans.

👉For more information

Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥7😁2🏆21
Telefon ekrani va oila

iPhone telefonining bir yaxshi funksiyasi bor. Har hafta oxirida shu hafta davomida o'rtacha necha soatdan telefoningiz ekrani aktiv bo'lganini ko'rsatadi. Ya'ni kuniga tahminan qancha vaqt telefonda o'tayotganini.

Odatiy hayot tarzi, asosan ish bilan band bo'lgan vaqtlarim bu vaqtni o'rtacha 6 soatdan ham pastga tushirishga qiynalardim. Ba'zida 8 soatga ham chiqib ketadi.

Lekin ikki safardan beri O'zbekistonda bo'lgan va oilam bilan vaqt o'tkazgan paytimda bu vaqt kamida 2 baravarga kamayib ketishini kuzatyapman. Sababi o'zi shundoq ham cheklangan vaqtimni iloji boricha telefon bilan o'tkazmaslikni xohlayman.

Yaqinda "1930-2024 yillar oralig'ida odamlar vaqtini qanday o'tkazgan" degan video ko'rib qolgandim. Unda 1930-yillarda odamlar 21% (eng ko'p) vaqtini oila uchun sarflaganini, 50-90-yillarda do'stlar tahminan 25% bilan yetakchilikni olganini ko'rish mumkin. 2007-yillardan keyin esa odamlar eng ko'p vaqtini onlayn o'tkazishni boshlagan.

Bu videoga ishonadigan bo'lsak, hozir odamlar oila bilan 5% ham vaqt o'tkazmas ekan. Vaqtning 60%i esa ekran qarshisida o'tib ketyapti.

Ish, qilayotgan loyihalarimiz, qiziqishlarimiz oilamiz bilan o'tkazish mumkin sifatli vaqtdan o'g'irlashni boshlagan nuqtadan asl ma'nosini ham yo'qotishni boshlaydi


#family_life

@Janob_Musayev
👍328🔥2
Forwarded from Vohid Karimov
Global IT ish bozoridagi xolat:

1. Ishga topshirish ancha qiyinlashgan. Oldin “og’zinga siqqanini beramiz” deyishgan bo’lsa hozir “qani ko’raylikchi qo’lingdan nima keladi” deyishyapti.

2. Lekin hafsalangiz pir bo’lmasin. 2023-yildan beri tech ish o’rinlari 40% o’sgan va hozirni o’zida FAANG’da ~40 000 ish o’rinlari mavjud.

3. AI eksponentsial o’smoqda va tepadagi ish o’rinlarining katta qismini tashkil qiladi.

4. AI dasturchilar ishini olib qo’yadi degan gaplarga e’tibor bermang. Bizneslarga dasturchilar juda kerak va tepadagi 40% o’sish buni yaqqol ko’rsatadi.

5. Intervyu jarayoni g’alati xolatda: oddiy kompaniyalar/startuplar intervyu jarayonlarini AI’ga moslashmoqda, Big Tech esa deyarli o’zgargani yo’q.

6. Intervyuga sistematik yondashgan va ko’p vaqt ajratgan kandidatlar hali ham yaxshi offer’lar olishyapti.

7. O’yin qiyinlashdi, lekin qoidalar hammaga ochiq va oydin. Yetarlicha mehnat va to’g’ri uslub bilan siz hozirgi ish bozorida ham yutib chiqa olasiz.

Manba: Pragmatic Engineer
🔥26👍91💯1🏆1
Janob Musayev | Engineering Life
Janob Musayevda birinchi XSS yoki AMA Xohlagan savolingizni so'rashingiz mumkin. Yarim soat davomida javob berishga harakat qilaman. Edit: Tugatdik @Janob_Musayev
22 yoshda startap yoki karyera?

O'tgan safargi AMA sessiyamizda berilgan eng birinchi yaxshi savol shunday bo'ldi. Savolga qisqa, izohlarda bergan javobim:

Ikkalasini ham. Qo'shimchasiga biror narsa o'rganib, zalga chiqishga ham harakat qilgan bo'lardim. 22 yosh bittasini tanlaydigan yosh emas


Batafsilroq to'xtaladigan bo'lsam, bu savol tagida "Ikkita qayiqqa tengdan osilsam, cho'kib ketmaymanmi? Bittasini yaxshi ushlab oxirgacha olib borib keyin boshqasiga o'tish kerakmi?" degan ma'nolar bor.

Lekin tepada ham aytganimdek 22 yosh bu hali bemalol risk qilib, cho'kib ko'rish mumkin bo'lgan yosh. Bundan tashqari 22 yosh yigitda u o'zi o'ylagandan ancha ko'proq vaqti bo'ladi. Agar uni to'g'ri taqsimlab amal qilishni o'rgansa, undan ancha ko'prog'iga ham ulgurish mumkin.

Undan tashqari hali bu yoshda siz aynan qayerda zo'r bo'lib ketishingizni ham aniq bilmasligingiz mumkin. O'zingizni biznesda zo'r deb o'ylaganingiz bilan, buni sinab ko'rmaguncha bila olmaysiz. Huddi shu narsa siz qiziqqan sohaga ham taalluqli.

Menimcha, konsentratsiya va bitta narsani tanlash haqida tahminan 27-30 yoshlarda jiddiy o'ylash kerak. Sababi u yoshga borganda ko'pincha sizda oila va farzandlar atalmish muhim javobgarlik paydo bo'ladi. Ularni karyera yoki startap sabab qurbon qilish esa eng katta xato bo'lishi shubhasiz.

20-23 yoshlar atrofida bo'lsangiz esa bundan maksimum unumli foydalaning. E'tibor va vaqt jihatdan esa 70/30 nisbatda biror sohada mutaxassis bo'lish va startapga ajratgan bo'lardim (yoki 80/20). Qurbon qilishga kelsak, ijtimoiy tarmoqlar, oshlar va behuda gap sotishlarni tanlang.

Vaqtni to'g'ri taqsimlash bo'yicha esa narigi blogimdagi #time_management tegi bilan yozilgan postlarni va YouTube kanalimdagi shu mavzudagi 2 ta chatni ko'rib chiqing.

#QA #professional_life

@Janob_Musayev
🔥37👍92
2025/10/18 16:55:29
Back to Top
HTML Embed Code: