This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Stripe networking event
2-3 hafta oldin Linkedinda Stripe tomonidan tashkil qilinayotgan tadbirga taklif olib qoldim. Shunchaki e'lon emas, shaxsiydan yozilgan taklif.
Tadbir maqsadi aniq – head hunting. Lekin menga ularning yondoshuvi juda qiziq tuyuldi. Shunchaki "Hey, bizda falon rolda ishlashni xohlaysanmi?" degan tipik xabar o'rniga jonli demo tashkil qilishibdi.
Tadbir o'zi ham juda yaxshi tashkil qilingan. Ish kuni, kechki payt tanlangan. Ishdan ruxsat olish ham, dam olish kunini qurbon qilish ham shart emas.
Taqdimot qismi super qiziq bo'lmagan bo'lsa ham networking vaqtida ancha odam bilan gaplashib tanishib oldim. Internetda Stripedagi work culture haqida ko'proq salbiy fikrlar bor edi. Reallik u darajada dramatik emasligi bilindi.
Qiziq tadbir, qiziq kompaniya, qiziq odamlar. Head hunting qanday bo'lishi kerakligi bo'yicha "shpargalka" :)
#engineering_life #networking
@Janob_Musayev

👍7❤6🔥3✍1👨💻1
Paiziev24
Кўпчилик "стартап фалонча пул кўтарди" деганда, асосчилар долларлар устида ўтиргандай тасаввур қилади
Eng muhim joyi startap asoschilari bu pulning bir so'mini ham o'z ehtiyoji uchun, iPhone yoki Tesla sotib olishga shunchaki ishlatib yubora olmaydi. Albatta, agar asoschining o'zi scammer bo'lmasa.
Startap egasi ham huddi boshqalar kabi maoshga ishlaydi. Tirikchilik manbasi shu yerdan bo'ladi. Ko'p hollarda bu maosh hattoki ishchilarnikidan pastroq yoki o'sha odam boshqa korporatsiyada ishlaganidan ko'ra ancha kamroq bo'ladi. Ba'zida yillab tekinga ham ishlashi mumkin. Sababi bu bosqichda xarajatlarni minimum ushlab turish muhim.
Startap millionlab daromad qilib, korporatsiya darajasiga yetib qolgandagina asoschi oyligi ham millionlarga yetishi mumkin. Unda ham o'sha startapda ishlayotgan bo'lsa.
Asosiy boylik esa startapdagi ulushdan keladi. Unda ham o'sha ulushni boshqa investorlar sotib olsagina bu boylik haqiqiy pul ko'rinishiga o'tishi mumkin.
Qisqa qilib aytganda startap ham bu yakunda oddiy ishdan katta farq qilmaydi. Ancha qiyin, riski baland va yakunda hech narsasiz qolib ketish mumkinligini aytmasa 🙂
#startup_life

🔥15👍13❤4😁2
ChatGPT mavjud rasmlarni ozroq o'zgartirib berishni ajoyib tarzda uddalayapti. Hattoki, tekin versiyasida.
Sinab ko'rmagan bo'lsangiz, albatta bir ishlatib ko'ring!
#AI
@Janob_Musayev
Sinab ko'rmagan bo'lsangiz, albatta bir ishlatib ko'ring!
#AI
@Janob_Musayev
👍32🔥12✍1🫡1
Junior dasturchilar haqida bir narsani qayta-qayta aytgim keladi:
Hali ish tajribasiga ega bo'lmagan dasturchilar Junior deyilmaydi!
Junior darajasiga erishish uchun ma'lum bir joyda 1-2 yil ishlash yoki kichik bo'lsa ham biror mijoz ishlatayotgan loyihani ishlab chiqqan bo'lish kerak.
O'qish yoki bootcamplarni bitirgan tajribasiz dasturchilar bitiruvchi dasturchilar yoki tajribasiz dasturchilar deyilishi ancha to'g'riroq.
Dasturchilikda eng qiyini junior dasturchi uchun ish topish ham emas. Aksincha, eng qiyini junior dasturchi bo'lib olish.
Ishni Junior bo'lishdan boshlang!
#opinion #discussion #war_start :)

👍16💯8❤4😁3
Ish tajribasi o'rnini qanday qilib pet projectlar bilan to'ldirish mumkin
Har safar ishga kirish haqida postlarni o'qib ichingizda "Ishga kirish uchun tajriba to'plash kerakligini bilamiz. Lekin qanday qilib buni qilish kerak?" degan e'tiroz o'tsa, buni to'g'ri tushunaman. Shuning uchun bugun aynan shu haqida yozmoqchiman.
Ish tajribasi o'rnini qiziqish orqasidan qilingan kichik loyihalar — pet projectlar bilan to'ldirish mumkin ekanini yaxshi bilasiz. Lekin muammo ko'pchilik bu loyihalar qay darajada yaxshi bo'lishi kerakligi haqida tasavvurga ega emasligida.
Bunga qisqa javob berish kerak bo'lsa rezyumengizdagi pet project tirik, kimdir chinakamiga foydalanayotgan va iloji boricha ochib ishlatib ko'rish mumkin bo'lishi kerak. Boshqacha aytganda u o'zingiz emas, mijoz ishlatadigan holatda bo'lishi muhim.
Tasavvur qilish osonroq bo'lishi uchun rezyumengizda "Stomotologlar uchun oddiy CRM tizim" degan loyiha bor. Rezyumingizni ko'rib turgan ish beruvchi sifatida quyidagilarni tekshirib ko'rgan bo'lardim:
1. Tizimni qayerdadir ochib ishlatib ko'rishim mumkinmi? Shunchaki Github repo emas, oddiy mijoz tarzda ochish mumkin oyna
2. Agar tizimda avtorizatsiya mavjud bo'lsa, demo akkaunt uchun login parolni tezda topa olamanmi? Avtorizatsiya qismini 2-3 daqiqada buzib kirish ilojsizmi?
3. Tizim ichida demo datalar mavjudmi? Uning funksionalligini 5 daqiqadan kamroq vaqtda tekshirib ko'rish mumkinmi?
4. Agar tizimda API lar mavjud bo'lsa ularni qayerdandir oson ishlatib ko'rish mumkinmi? (masalan Swagger)
5. Ana undan keyin tizim kodini qanday ko'rishim mumkin? Asosiy Readme faylda loyiha, qo'llanilgan arxitektura va texnik ma'lumotlarni topish mumkinmi?
6. Repositorydan har qanday darajadagi avtomatizatsiya testlarni topish mumkinmi?
7. U yerda har qanday darajada CI/CD, build pipelinelari ishlatilganmi?
Albatta, bu loyihani mijoz talabidan yoki o'z fantaziyangizdan kelib chiqib yana xohlagancha kengaytirib borishingiz mumkin.
"Ehhe shuncha narsa qilish kerakmi?" deb o'ylayotgan bo'lsangiz aytishim mumkinki, ish beruvchiga shunchaki YouTube Tutorialdan qarab qilib qo'yilgan 10 ta loyihadan, boshidan-oxirgacha qilingan va yaxshi ishlaydigan 1 ta loyiha ancha qiziqroq bo'lishi aniq.
Ayniqsa, gap chinakam ish tajribasiga ega bo'lmagan dasturchini ishga olish haqida ketganda.
"Bitta bo'lsin, zo'r bo'lsin!" degan qo'shiq ham aslida shu haqida 😁
#junior_engineering #tips

👍25❤10😁6🔥3👌1
Forwarded from Rasul Kusherbayev
Ишинг тушмасин!
Инсон умри нима билан ўлчанади? Йиллар, ютуқлар, бахтли онлар биланми? Шунга амин бўлдимки, инсон умрининг катта бир қисми… шунчаки кутиш билан ўтар экан. Биз навбат кутамиз, рухсат кутамиз, имзо кутамиз, "эртага" бўлишини кутамиз. Илгари давлат билан боғлиқ ҳар бир ишимиз ана шундай туганмас кутишлар занжиридан иборат эди.
Куни кеча янги қўшнимни кўриб қолдим. Ёш ота фарзандини аравачада сайр қилдира туриб, ҳозиргина my.gov.uz орқали уйини рўйхатдан ўтказганини, бунинг учун унга бир неча дақиқа кифоя қилганини айтиб қолди.
Бу манзарани кўриб, ўзимнинг "йўқотилган вақтим" кўз олдимга келди. Бу вақтни олдинлари соатлаб идора йўлакларида, турнақатор навбатларда, "началник"нинг қабулини кутиб ўтказганмиз. Ўшанда биз ҳужжат тўғрилашга бормасдик, биз "ишимиз тушиб" борардик. "Ишинг тушмасин" деган дуо бежизга айтилмасди. Чунки ҳар бир идоранинг эшиги – бу ўзига хос синов майдони эди. У ерда сенинг сабринг, матонатинг, баъзан эса қадринг синовдан ўтарди. Эшик ортидаги ходимнинг кайфияти сенинг бир кунлик, баъзан бир ҳафталик тақдирингни ҳал қиларди. Биз фуқаро эмас, илтимосчи эдик. Қўлимиздаги қонуний ҳуқуқимизни ҳам ялиниб сўраб олардик. Бу жараён инсон руҳиятини сездирмай эзарди, уни кичрайтириб қўярди.
my.gov.uz ва унга ўхшаш рақамли тизимларнинг энг катта ютуғи – бу шунчаки вақтни тежаш эмас. Бу – инсонга ўз қадрини қайтариб беришдир. Бу – давлат ва фуқаро ўртасидаги муносабатларни тубдан ўзгартирган инқилоб. Энди сен илтимосчи эмассан, сен – фойдаланувчисан. Хизматдан фойдаланиш сенинг қонуний ҳуқуқинг. Энди сенинг "ишинг тушмайди", сен шунчаки ўз ишингни бажарасан. Тизим учун сенинг ижтимоий мақоминг, танишларинг ёки кайфиятингнинг аҳамияти йўқ. У ҳаммага бир хилда, адолатли хизмат қилади.
Бугунги авлод буни оддий ҳолдек қабул қилади ва шундай бўлиши ҳам керак. Уларнинг онгида "идора эшигида сарғайиш" деган тушунча йўқ. Уларнинг вақти ўзларига тегишли.
Ўша йўқотилган вақтларим учун ачинмайман. Чунки айнан ўша тажриба бугунги куннинг қадрини теранроқ ҳис қилишимга ёрдам беради. Деразам тагида фарзанди билан беташвиш сайр қилаётган ўша ёш отанинг хотиржамлиги – бу бизнинг авлод орзу қилган, аммо фақат бугунги кунга келиб ҳақиқатга айланган мўъжизадир. Буни кўриб, юрагимда ажиб бир сокинлик, келажакка нисбатан янада катта умид пайдо бўлади...
👉 @r_kusherbayev

❤18👍12🔥3💯2🏆1
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qudratxoʻja Musayev: IT sertifikat Sizga biror narsani kafolatlamaydi, uning Sizga beradigan asosiy qiymati sertifikat ortidagi bilim...
🏷 Asli fargʻonalik, hozirda Microsoftning Dublin ofisida dasturiy taʼminot muhandisi boʻlib ishlovchi hamyurtimiz Qudratxoʻja Musayev bilan suhbatlashdik.
➡️ Qudratxoʻja GrantGO, EventGO va MentorGO loyihalari hamda Janob Musayev kanali asoschisi.
➡️ Batafsil: https://youtu.be/YDIvfIDq_WI
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
🔗 Intervyu davomida qahramonimiz Azure Fundamentals sertifikati orqali olgan bilimlari, Microsoftga ishga kirish jarayonida qoʻl kelgani haqida gapirib berdi.
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🏆3❤1🔥1
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Keyingi oydan NVIDIA ga o’tyapman.
O’sha Rust da o’sha murakkab distributed systems ishlarini qilishda davom etaman.
Ana endi “Amazon da bunaqa qilinadi” deb emas, “NVIDIA da bunaqa qilinadi” deb boshinglarni og’ritaman.
@jakhonrakhmonov

🔥43👍9
Recruiterlar uchun qanchalik qiziq kandidat ekaningizni sezish uchun ba'zida ortiqcha urinish ham shart emas.
Albatta, ularni ham tushunsa bo'ladi. Bu kabi startuplar uchun recruit qilayotgan outsource kompaniyalar asosiy maqsadi juda ko'p odamga yozib tezroq ishni bitirish, eng mos kandidatni topish emas.
Ozroq hazil qilib turish esa zarar qilmasa kerak :)
Hurmat bilan,
Ism Familiya

🤣77❤3😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tramvay (Luas) bekatidan ofisgacha bo'lgan 5 daqiqalik yo'l videosi.
Shunchaki ko'rib bahra olishingiz uchun 🏞️
#microsoft_life
@Janob_Musayev
Shunchaki ko'rib bahra olishingiz uchun 🏞️
#microsoft_life
@Janob_Musayev
🔥10❤9👍4🗿1
Forwarded from Vohid Karimov
Tajribamdan kelib chiqib aytaman — universitet davomida yo'nalishdan tashqarida ishlashlik keyinchalik o'qishni bitirganingizda yo'nalishingiz bo'yicha ishlamaslik ehtimolligini ancha ko'taradi. Ko'p 1- va 2-kurs studentlar ingliz tili yoki matematika o'qituvchisi bo'lib ishlashadi. 3- va 4-kurslar esa logistika kompaniyalarda dispatcher yoki work & travel qilishadi.
Men ham Westminster universitetida 1-kursda o'qiyotganimda o'z harajatlarimni qoplash uchun Toshkentda ingliz tili o'qituvchisi bo'lib ishlamoqchi bo'lganman. Omadim kelib meni ishga olishmagan (pedagogik mahorat kam bo'lgan) va shu narsa dasturlashni tezroq o'rganib ish topishga undagan.
Aslida, masuliyat olib o'z harajatlaringizni qoplashingiz bu juda yaxshi narsa. Lekin buning "2nd order effect"larini esdan chiqarmang. Universitet davrlari ishlab boyib ketadigan vaqt emas, universitet davrlari kelajak uchun poydevor quradigan eng zo'r vaqt. Ko'p pul topib chotkiy yashagandan ko'ra, harajatlarni eng pastiga tushurib o'sha bo'sh vaqtni o'z yo'nalishingiz uchun ishlatishingiz uzoq muddatli zo'r sarmoya bo'ladi.

❤22👍6
Vohid Karimov
Tajribamdan kelib chiqib aytaman — universitet davomida yo'nalishdan tashqarida ishlashlik keyinchalik o'qishni bitirganingizda yo'nalishingiz bo'yicha ishlamaslik ehtimolligini ancha ko'taradi. Ko'p 1- va 2-kurs studentlar ingliz tili yoki matematika o'qituvchisi…
Aynan shu sababga ko'ra 2019-yil IELTS 7.5 olganimdan keyin moliyaviy holatim havas qilarli bo'lmasa ham dars berish takliflarini qabul qilmaganman.
6 oy o'tib-o'tmasdan esa Yo'ldosh aka bilan Revolution Teamdagi birinchi ishimni boshlaganman. Hozir esa shu yerdaman.
Qarorim to'g'ri bo'lgan ekan, Xudoga shukur

🔥26❤8👍8💯1
JR TwitGram 🥂
Amazonda ham Nvidiada ham men tanigan kuchli dasturchilar IDE larida oq background ishlatishadi. Tasodifmi yoki yo'q, bilmadim. Men qora ishlataman. Sizchi?
Bu darajadagi kuchli dasturchilar "chiroqni" yoqib buglarni o'zining oldiga chaqirib oladi. Qolganlar bemalolroq yashasin deb.
Ularning kuchliligi ham shunda bo'lsa kerak 😁
@Janob_Musayev
Ularning kuchliligi ham shunda bo'lsa kerak 😁
@Janob_Musayev
🔥16😁8❤2👍2
Yaxshi xabar:
Fiskal yil yakuniga ko'ra yillik oyligim 10%i atrofida bonus oldim.
Og'riqli xabar:
Irlandiyada bonuslardan 54% soliq ushlanar ekan 🥲

😁38🤣20🤨6👍4❤3👎1🤯1
O'zbekistonda 2018-yillardan beri mavjud funksiyani (balki oldinroq ham) Irlandiya eng yirik banki endi qo'shyapti ekan )
Irlandiyada o'zi yirik 2 ta bank qolgan xolos. Qolganlari bozor kichikligi va boshqa sabablar bilan chiqib ketgan. Shu sababdan servislar rivojlanmay qolib ketgan.
Revolut yoki N26 kabi onlayn banklar ham bor yaxshiyamki sal qolganlarni qimirlashga majbur qiladi. Lekin aksiga olib Revolut meni bloklab qo'ygan.
Nima uchunligini qiziq deb hisoblasangiz aytib berishim mumkin
#fintech

👍19❤4🔥2
Revolut, kripto va P2P. Qanday qilib Revolut meni bloklab qo'ygani haqida
Irlandiya / Yevropaga kelgandan keyin "qoyillatgan" eng birinchi ishlarimdan biri Revolut akkauntimni bloklatib qo'yish bo'lgan. Bundan hozirgacha qiynalsamda yakunda ancha-muncha narsani anglab yetganman va yaxshi dars bo'lgan.
Ibtido
Yevropaga kelishdan oldin kriptovalyutalar oldi-sotdi qilinadigan Binance platformasidagi P2P funksiyasi haqida bilardim. P2P sizga kriptoni to'g'ridan-to'g'ri boshqa odamlardan sotib olish va sotish imkonini beradi. Bu kabi oldi-sotdida komissiya bo'lmaydi va yaxshiroq narxlarda savdo qilish mumkin. Qiziq tomoni arzonroqqa olib qimmatroqqa sotish imkoni ham bor. "Valyutchiklik"ning onlayn ko'rinishi.
Lekin P2P jarayoni oson emas. Unda kriptoni sotib olish uchun pulni to'g'ri o'sha kartasiga Click/Payme qilib o'tkazish kerak (shuning uchunam P2P deyiladi). U orada Binance tranzaksiyani ushlab turadi va pulni olgan odam tasdiqlagandan keyin kriptoni sotib oluvchi hisobiga o'tkazadi.
U vaqtda bu jarayondagi xavf-xatarlar haqida bilmasdim. Hattoki bu kripto oldi-sotdisi ekanini ham to'liq anglamaganman.
Revolut va P2P
Bu yerga kelganimda qo'limda ozroq pul bor edi. Men ham uni bekor ushlab turgandan Binancedagi shu P2P orqali aylantirib ozroq ko'paytirib olmoqchi bo'ldim. Yevropada esa Payme / Click yo'q. Banklar esa pulni 1-2 kunda o'tkazadi. Yagona yechim - Revolut edi.
Shunday qilib kuniga uzog'i bir soatcha sarflab 5-10 ta tranzaksiya qilib bir haftachalar ishladim. Pulim rostdan ham 10% lar atrofida ko'paydi. Hammasi yaxshi ketayotgandek edi.
Toki...
Surishtiruv
Bir kuni Revolutdan "Sizning hisobingizga yaqin kunlarda X summada pul kelib tushibdi. Shuni tagi qayerdan ekanini bir ko'rsatib yuboring. Ungacha hisobingizni muzlatib turamiz" degan mazmunda xabar keldi. Aytilgan summa mendagi bor puldan 10 baravarcha ko'p edi.
Tushunishim bo'yicha P2P orqali menga o'tkazilgan pullarni Revolut menga kelayotgan daromad sifatida qaragan va bu daromadni qayerdan olganimga qiziqqan. Ish yoki xizmat shartnomasi yoki shunga o'xshash hujjat so'ragan.
To'g'risi o'sha vaqt qo'rqib ketdim. Aslida yomon ish qilmaganimniku bilaman, lekin ular noto'g'ri qabul qilsachi deb o'yladim. Ish jiddiylashib ketsa o'qishimga ham ta'sir qilmay qolmasdi.
O'ylab-o'ylab ularga borini boridek aytish to'g'ri degan qarorga keldim. O'zimdagi bor narsalarni yig'ib, "tushuntirish xati" bilan birga qo'shib yubordim. Javob kelishiga esa salkam bir oy vaqt ketdi...
Oson jazo
Tahminan bir oycha hisobimdagi pulga termulishdan boshqa ish qila olmaganimdan keyin Revolutdan javob keldi.
"Hurmatli janob. Sizning hisobingiz 3 oydan keyin to'liq yopiladi va siz bilan xayrlashamiz. Ungacha pulingizni boshqa hisobingizga ovolishingiz mumkin. Shu bilan ko'zimizga qaytib ko'rinmang" degan xabar yumshoqroq ko'rinishida.
"Xayriyat. Har holda Revolut hisobim bloklanishidan boshqa hech narsa yo'qotmadimku" deb xursand bo'lib hisobimdagi pulni eng qadimiy va "toshbaqa" bankdagi hisobimga o'tkazib oldim.
Sal kechroq kirgan aql
Bo'lgan ishlardan keyin o'tirib internetni o'qib ko'rsam bu kabi holatlar ko'p sodir bo'lgan ekan. Redditda bir guruh odamlar aynan bir xil sabab bilan Revolut ularni bloklab qo'yganini yozishgan ekan.
Yomon tomoni Revolut gaplarini juda jiddiy aytgan ekan. Keyinchalik bir necha marta urinsam ham, o'zlariga yozib ko'rsam ham "Uzr siz bilan ishlay olmaymiz" deb hisobimni qayta ochishga yo'l qo'yishmadi.
Keyinchalik "Nima sababdan bu ish shunchalik jiddiy bo'lishi mumkin?" deb o'ylab qoldim va ancha-muncha sabablarni tushunib yetdim. Xulosalarim haqida keyingi postda alohida yozaman :)
Eslatma!
Postda eslangan amaliyotni sinab ko'rishdan jiddiy tarzda qaytaraman. Oqibatlari ancha yomonroq bo'lishi mumkin.
#financial_life

👍24🗿3✍2🤨2😐2👨💻1
Janob Musayev | Engineering Life
Revolut, kripto va P2P. Qanday qilib Revolut meni bloklab qo'ygani haqida Irlandiya / Yevropaga kelgandan keyin "qoyillatgan" eng birinchi ishlarimdan biri Revolut akkauntimni bloklatib qo'yish bo'lgan. Bundan hozirgacha qiynalsamda yakunda ancha-muncha narsani…
Kripto va P2P xavflari
Yuqoridagi holatni o'qib ko'rib "Kimgadir pul o'tkazib-qabul qilishning yoki stablecoin bilan oldi-sotdi qilishning nima yomon tomoni bor?" deb o'ylashingiz mumkin. Men ham boshida shunaqaroq fikrda edim.
Lekin bo'lgan ishdan keyin o'ylab ko'rib bu ish o'ylaganimdan ancha xavfliroq ekanini tushundim.
Begonalar bilan P2P xavflari
- Soliqdan qochish. Qandaydir begona odamlardan sizning kartangizga doimiy pul tushishi moliyaviy servislar tomonidan "daromadni yashirish va soliqdan qochish" deb qaralishi mumkin. Yevropada esa har qanday daromadlar haqida xabar berish va soliq to'lashga qattiq qaraladi (bizda ham sekin-asta shunday bo'lyapti). Revolut shuning uchun ham ularning manbasini so'ragan
- Noqonuniy ishlarni moliyalashtirish. Pul o'tkazishda esa narigi tomon haqida ma'lumotga ega bo'lmaysiz. Agar ulardan kimdir qandaydir noqonuniy ishlar (qoradori, odam savdosi, terrorizm yoki hatto urush )ga aloqador bo'lib chiqsa, sizni ham bu ishda yordam bergan deb gumon qilishlari mumkin. Ayniqsa doimiy ravishda qandaydir turli davlatlardagi odamlarga pul yuborilganda
- Moliyaviy firibgarlik. Bu kabi harakatlar yana sizni kimlarnidir chuv tushirayotgan firibgar deb qaralishga sabab bo'lib qolishi ham mumkin.
Kriptovalyutalar bilan ishlash xavflari
Kriptovalyutalar asosiy xususiyati ular markazlashmagani, zanjir bo'lib bir-biriga bog'langani yoki "inflatsiyaga bardoshliligi" emas balki kriptovalyutalar bilan qilingan tranzaksiyalar egalarini aniqlash deyarli imkonsiz ekanida.
Aynan mana shu xususiyat kriptovalyutalar, xususan Bitcoinni qora bozor, dark web, narkobiznes, qurol oldi-sotdisi, odam savdosi, pul yuvish xullas jamiki noqonuniy va jirkanch ishlar asosiy valyutasiga aylantirgan va qiymatini osmonlarga ko'targan.
Aynan shularni tushungandan keyin shaxsan men kriptovalyutalar insoniyatga hech qanday ma'nili foyda keltirmagan, keltirgan bo'lsa ham yetkazgan ziyoni oldida u hech narsa emas degan xulosaga kelganman.
Kriptovalyutalar bilan doimiy oldi-sotdi qilish va ularning muxlisi bo'lish esa sizni shu kabi ishlarga aloqador deb ko'rsatishi mumkin.
Xulosa
Yuqoridagilarni tushungandan keyin yuqoridagi ishlar shunchaki Revolut akkauntim bloklangani bilan tugaganiga shukur qilganman va qaytib o'zim yaxshi tushunmagan moliyaviy ishlar bilan shug'ullanmaslikka qaror qilganman.
Investitsiya va passiv daromad sifatida esa boshqa ancha yaxshiroq yo'llar borligini tushundim. Ular haqida esa keyinroq :)
#financial_life #financial_frauds
@Janob_Musayev
Yuqoridagi holatni o'qib ko'rib "Kimgadir pul o'tkazib-qabul qilishning yoki stablecoin bilan oldi-sotdi qilishning nima yomon tomoni bor?" deb o'ylashingiz mumkin. Men ham boshida shunaqaroq fikrda edim.
Lekin bo'lgan ishdan keyin o'ylab ko'rib bu ish o'ylaganimdan ancha xavfliroq ekanini tushundim.
Begonalar bilan P2P xavflari
- Soliqdan qochish. Qandaydir begona odamlardan sizning kartangizga doimiy pul tushishi moliyaviy servislar tomonidan "daromadni yashirish va soliqdan qochish" deb qaralishi mumkin. Yevropada esa har qanday daromadlar haqida xabar berish va soliq to'lashga qattiq qaraladi (bizda ham sekin-asta shunday bo'lyapti). Revolut shuning uchun ham ularning manbasini so'ragan
- Noqonuniy ishlarni moliyalashtirish. Pul o'tkazishda esa narigi tomon haqida ma'lumotga ega bo'lmaysiz. Agar ulardan kimdir qandaydir noqonuniy ishlar (
- Moliyaviy firibgarlik. Bu kabi harakatlar yana sizni kimlarnidir chuv tushirayotgan firibgar deb qaralishga sabab bo'lib qolishi ham mumkin.
Kriptovalyutalar bilan ishlash xavflari
Kriptovalyutalar asosiy xususiyati ular markazlashmagani, zanjir bo'lib bir-biriga bog'langani yoki "inflatsiyaga bardoshliligi" emas balki kriptovalyutalar bilan qilingan tranzaksiyalar egalarini aniqlash deyarli imkonsiz ekanida.
Aynan mana shu xususiyat kriptovalyutalar, xususan Bitcoinni qora bozor, dark web, narkobiznes, qurol oldi-sotdisi, odam savdosi, pul yuvish xullas jamiki noqonuniy va jirkanch ishlar asosiy valyutasiga aylantirgan va qiymatini osmonlarga ko'targan.
Aynan shularni tushungandan keyin shaxsan men kriptovalyutalar insoniyatga hech qanday ma'nili foyda keltirmagan, keltirgan bo'lsa ham yetkazgan ziyoni oldida u hech narsa emas degan xulosaga kelganman.
Kriptovalyutalar bilan doimiy oldi-sotdi qilish va ularning muxlisi bo'lish esa sizni shu kabi ishlarga aloqador deb ko'rsatishi mumkin.
Xulosa
Yuqoridagilarni tushungandan keyin yuqoridagi ishlar shunchaki Revolut akkauntim bloklangani bilan tugaganiga shukur qilganman va qaytib o'zim yaxshi tushunmagan moliyaviy ishlar bilan shug'ullanmaslikka qaror qilganman.
Investitsiya va passiv daromad sifatida esa boshqa ancha yaxshiroq yo'llar borligini tushundim. Ular haqida esa keyinroq :)
#financial_life #financial_frauds
@Janob_Musayev
👍11🔥3❤2💯1
Ipak Yo'li Banki juda ko'pchilik tomonidan maqtab kelingan, boshqalardan ustunlik sifatida ko'rsatilgan, ayniqsa chetda yurgan odamlar uchun juda muhim bo'lgan funksiyani to'xtatyapti ekan.
Agar Markaziy Bank tomonidan "xavfsizlik" vaji bilan majburlangan bo'lsa tizim noto'g'ri va mantiqsiz tomonga yurishda va o'z qobig'iga o'ralishda davom etayotganidan dalolat.
Agar bu bank rahbariyati qarori bo'lsa, unda bu judayam ahmoqona strategik qaror. Rebrending yomon ta'sir qilayotganidan dalolat.
#fintech #banking #security

👍9💯3