Telegram Web Link
Kitob do‘konga, umuman har qanday do'kon-marketchalarga mijozlar oqimi to'xtab qolganda, mijozlarni jalb qilish uchun marketologlar turli strategiyalarni taklif etishadi.

Man kitob do'konda sotuvchi bo'lib ishlab ko'rgan odam sifatida bir usulni ishlab chiqdim. Bu uslub doim ishlashiga ishonaman. Keyinchalik ommalashsa, "Serobov strategiyasi" deb fanga kiritsa ham bo'ladi. Endi usulni tushuntiraman.

Tasavvur qiling, yarim soat, bir soat o'tyapti hamki, do'konga hech kim kirmayapti. Tushkunlikka tushmang. Sekin ovqatmi, biror yegulikmi olib yeb boshlang. Iloji bo'lsa gapirolmaydigan darajada og'zingizga majburlab tiqing va kuting. Xuddi shu paytda mijozlar oqimi boshlanadi. Savollarga tutishadi, xaridlar yana yurishib ketadi.

Albatta sinab ko'ring. Rahmat shart emas.

@janobsatirik
🤣20😁123
Hech qanaqa yomonlik qilmagan bo'lsa ham yomon ko'radiganlaringiz bormi sizlarda ham?

Ba'zida o'zimdan uyalib, o'zimdan jahlim chiqib ketadi. Nega yomon ko'raman?

Manga nima yomonlik qildi eski ellikmingtalik, o'nmingtalik va beshmingtaliklar?

@janobsatirik
🤣19😁4
— "Bu bizga qiziq" turkumidagi kitoblar bormi?
— Yo'q edi,
— Nega yo'q?
— Chunki bu bizga qiziq emas...))

@janobsatirik
🤣14😁6🔥1
Bu kitob ayni paxta yig'im terimi bahonasida tashkil etilgan tuman hokimining selektor majlisidan chiqqan fermerlarga bag'ishlanadi.

@janobsatirik
🤣10😁53😭1
2025/10/24 15:56:23
Back to Top
HTML Embed Code: