Telegram Web Link
— Aka, bu shimlar qanchadan?
— 200 ming soʻmdan.
— Rangi yoqdi. Oʻlcham bormi?
— Bor, hozir ombordan olib keladi.

— Allo, ombordan shim olib chiqish kerak.
— Qaysidan?
— Birinchi polkadagi toʻqroq rangli shimlardan.
— 130 ming soʻmlik qatormi?

Ovoz dinamik oʻchirildi.

— Yoʻq, u emas. Lekin oʻshandan olib chiqsang ham boʻladi.

@janobsatirik
😁69🤣5
Reels koʻrib tugraningizda “Toʻxtang” deb boshlanadigan video chiqib qolsa toʻxtaysizmi yoki videoga boʻysunadigan odatingiz yoʻqmi?

@janobsatirik
😁55👍2
Uylanishga navbatim kelganining 1-kuni.
🤣45😁12
Oʻzi aktiv kuzatuvchilarim kamayib ketgan. Bu ham yemtagandek, bir-ikkita bot profillar har kuni kanalini kommentda reklama qilib ketaveradi. Bunaqalarni yangi oʻrilgan bedapoyada oyoqyalang yurdirsang-da.

@janobsatirik
😁44🤣52🔥1
Kelajakda intervyuga chaqirib, baxt formulamni so'rashsa, kinetik energiyaning formulasini aytsammikin yoki tinchgina o'zimni qiynamasdan v=s/t ni ko'rsatsammikin.

@janobsatirik
😁34
Dasturlashni o'rgangan zira soha bo'yicha bilimlarini ulashish maqsadida shaxsiy blogini ochibdi va unga dev_zira deb nom qo'yibdi.

@janobsatirik
🤣48👍4😁4
Oʻzbekistonda “Tovuq birinchi paydo boʻlganmi yoki tuxum?” degan savoldan-da aktualroq va javobi topilmayotgan savol: “Eng yaxshi osh qaysi?”

Bu bahslarga yakun yasaymiz. Eng yaxshi osh — uyimizda qilingan osh. Eng yomon osh — ustida goʻshti tugab qolgan osh.

Sana. Muhr. Imzo.

Bu mavzuga endi qaytmaymiz.

@janobsatirik
😁27🤣18💯921
O‘qituvchi:

— Biologiyadan nimani bilasan?

Xurshid Rasulov:

— Ilonning bolasi ilon bo‘ladi.

@janobsatirik
🤣47😁11👍3
To'yda kamera borishi bilan aristokratdek o'tirib olib, ovqatlanmay turishadi, a? Go'yo u odam hech narsa yemaydi. Lekin tarelkadagi osh 2 qoshiq qolgan bo'ladi xolos.

@janobsatirik
🤣39😁12👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10
"Olmaning yaxshisini eshak yeydi" degan gapni eshitgan eshak odamlardan alamzada bo'lib yuribdi: tuxmatga statya yo'qmi deb.

@janobsatirik
🤣41👍2
Abituriyent edim. Repititordan velikda qaytayotgan paytim toʻsatdan kuchuk quvib, sumkamdan tishlab uzib tortgan. Oradan yillar oʻtib oʻsha kuchukning rasmini topib oldim.
😁44
Baxtli olchalar kompot bo'ladi, baxtsizlari esa...

💬 @janobsatirik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁44
Red bullni piyolaga solib icharkansan, kola olib ichavergin edi...

💬 @janobsatirik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣41😁9🤔5
avgustda hech narsa yozmabman-ku

hamma sog‘-omonmi?
🤣15😁8👍2
Argentinada Colgate tish pastalarini sotish taqiqlanibdi.

Tushunmadim, qo‘l-oyog‘i kuyib qolsa, nima surtishadi keyin?

💬 @janobsatirik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁31🤣151
Telegramda kanallarni yulduzcha bilan qo'llab-quvvatlash funksiyasi chiqqandan keyin man yandex taksistlarga qanchalik qiyinligini tushunib yetdim.

💬 @janobsatirik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁36🤣152
— Qorinni yoʻqotib koʻrsatuvchi, qolaversa ozdiradigan, yana koʻp funksiyali maykamiz reklamasiga tushib bering.
— Xoʻp.
— Maykasiz holatingizni olamiz. Qorinni koʻrsatib qoʻying.
— Mana.
— Oldik. Yaxshi. Endi maykani kiying.
— Kiydim.
— Ana qorinni koʻrsatmayapti deb aytib berasiz.
— Lekin qornim bilinib turibdi-ku.
— Bir, ikki, uch deb sanab kameraga start beraman. Chuqur nafas olib, qorinni maksimal tortib gapirasiz.
— Iye, gʻalati-yu.
— Rozi qilamiz.
— Roziman.

💬 @janobsatirik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣48😁13👍1😐1
Kechagi Jennifer Lopez konsertidan keyin tushganlar va tarmoqda ko‘rganlarning aksari “Yosh o‘z so‘zini aytibdi”, “Yosh o‘z so‘zini aytibdi” deb qayta-qayta ta’kidlashyapti. Nima so‘z o‘sha?

💬 @janobsatirik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁35
2025/10/22 19:53:06
Back to Top
HTML Embed Code: